Sulfat kislota ishlab chiqarishning kontakt usuli


Download 0.67 Mb.
bet13/15
Sana28.03.2023
Hajmi0.67 Mb.
#1303711
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15
Bog'liq
SULFAT KISLOTA ISHLAB CHIQARISHNING KONTAKT USULI JUMANIYOZ

H2 = (H1 – H)∙K2
Kontakt tizimning gidravlik qarshilikni kamayishidagi gaz purkagich unumdorligining ortishi hisoblash yo‘li bilan aniqlanadi.

Gaz purkagich unumdorligini hisoblash. Boshlang‘ich ma’lumotlar:


Kontakt tizimning umumiy gidravlik qarshiligi (umumiy dispersiya) H1 = 24700 n/m2; gaz purkagich to‘la quvvat bilan ishlaydi; kontakt bo‘linmasi parallel ishlayotgan ikkita kontakt jihozidan iborat; jihozlarning gidravlik qarshiligi h1 = 11800 n/m2.
Aniqlash talab etiladi: uchinchi kontakt jihozi o‘rnatilgandagi gaz purkagich unumdorligining ortishi, umumiy gidravlik qarshilik va elektroenergiya sarfining ortishi.
Uchinchi kontakt jihozi o‘rnatilgandagi kontakt bo‘linmasining jihozlarida gaz teziligi w1 ning pasayishi: w2 = 2/3w1 ni tashkil qiladi. Shuning uchun kontakt bo‘linmasining gidravlik qarshiligi h1 qiymati h2 kattalikkacha pasayadi:

Demak, umumiy gidravlik qarshilikning kamayishi:
H = 11800 – 5230 = 6570 n/m2 ni tashkil etadi.
Olingan natijadan tegishli yuqorida keltirilgan tenglama asosida K ni topamiz:

Bundan K = 1,12, ya’ni gaz purkagich unumdorligi 12% ga ortishi kelib chiqadi.
Uchinchi kontakt jihozi o‘rnatilgandan va gaz purkagichning unumdorligi 12% ga oshirilgandan keyin kontakt tizimning umumiy gidravlik qarshiligi quyidagi tenglama orqali aniqlanadi:
H2 = (H1 - H)K2 = (24700 – 6570)∙1,122 = 22700 n/m2
Gaz purkagich ta’minlanadigan umumiy quvvat:

ya’ni 2,7% ni tashkil etadi.
Hisoblashda foydali ta’sir koeffitsienti doimiy deb qabul qilinadi, chunki ishlab chiqarishni ozgina o‘zgartirilganda uning o‘zgarishi sezilarsizdir.


Filtrlar. Ko‘pgina ishlab chiqarish korxonalarida gazni gaz purkash qurilmasidan qattiq zarrachalar va sulfat kislota bug‘laridan tozalash uchun filtrlarga uzatiladi. Filtrlarni ko‘pincha moy ajratgichlar deb ham ataladi. Eng sodda filtr sferik qopqoq va taglikka ega bo‘lgan po‘lat silindr ko‘rinishida bo‘lib, filtrning ichiga po‘lat to‘rlar joylashtirilgan bo‘ladi, ular orasiga tolasimon asbest (yoki shisha mato) solinadi. Filtrlovchi material orasidan gaz o‘tganda, undagi qattiq va suyuq qo‘shimchalar ushlanib qoladi.

Nasoslar. Sulfat kislotali tizimlarda minoralar va absorberlarga taqsimlash uchun ko‘p miqdordagi kislotani haydashga to‘g‘ri keladi. Kislotalarni uzatish uchun turli xil konstruksiyadagi markazdan qochma nasoslar ishlatiladi. 4.31-rasmda shunday markazdan qochma nasoslardan birining tasviri ko‘rsatilgan. Uzatiladigan suyuqlik vazifasiga bog‘liq holda kislotali markazdan qochma nasoslar turli xil materiallardan: past va o‘rtacha konsentratsiyadagi kislotalar uchun – ferrosilisiddan, konsentrlangan sulfat kislota uchun – yuqori sifatli cho‘yandan, oleum uchun esa – po‘latdan tayyorlanadi.



4.31-rasm. Markazdan qochma kislota nasosi:
1 – stanina (korpus qismi) birlashtirgichi; 2 – korpus; 3 – val; 4 – himoya ftulkasi; 5 – ishchi g‘ildirak; 6 – zichlashtirgich (salnik); 7 – stanina; 8 – moyli vanna; 9 – sharli podshipniklar; 10 – stanina qopqog‘i; 11 – zaglushka (bo‘g‘ib qo‘yilgan qism); 12 – elastik birlashtiruvchi mufta.

Nasosga kerakli quvvat (kvt da) quyidagi tenglama bilan ifodalanadi:



bu yerda: Qnasosning unumdorligi, m3/sek; N - to‘la bosim kuchi (siquv), mm.sim.ust.; – suyuqlikning solishtirma og‘irligi, n/m3; – foydali ta’sir koeffitsienti (0,35-0,55).
Suyuqliklarni uzatishda vertikal botirma nasoslar ham ishlatiladi. Bunday nasoslar ko‘pincha yig‘gichlardagi suyuqliklarni uzatishda ishlatiladi. 4.32-rasmda botirma nasoslardan biri tasvirlangan. Har xil konsentratsiyadagi kislotalarni uzatish uchun ishlatiladigan botirma nasoslarning unumdorligi 45 dan 288 m3/soat ni tashkil etadi.

4.32-rasm. Botirma nasos:
1 – ishchi parrak; 2 – so‘ruvchi quvur; 3 – korpus; 4 – podshipniklar; 5 – vertikal val; 6 – to‘ldirgich quvurlar; 7 – purkagich quvuri.



Download 0.67 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling