Sulfat kislota ishlab chiqarishning kontakt usuli


Muvozanatdagi kontaktlanish darajasi


Download 0.67 Mb.
bet2/15
Sana28.03.2023
Hajmi0.67 Mb.
#1303711
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15
Bog'liq
SULFAT KISLOTA ISHLAB CHIQARISHNING KONTAKT USULI JUMANIYOZ

Muvozanatdagi kontaktlanish darajasi. Kontaktlanish darajasi inkatalizator turi, gazning tarkibi va haroratga bog‘liqdir. Kontakt massa orqali sulfit angidrid o‘tkazilganda har bir katalizator uchun ma’lum haroratdagina kontaktlanish boshlanadi. Asbestga surtilgan platina uchun bu harorat 250OC ga, vanadiyli kontakt massa uchun esa – qariyib 400OC ga teng. Haroratning o‘zgarishi bilan kontaktlanish darajasi ham o‘zgaradi. Bunda har bir harorat uchun kontaktlanish darajasining ma’lum chegarasi bo‘ladi, ya’ni ushbu tarkibdagi gaz uchun nazariy mumkin bo‘lgan kontaktlanish darajasi faqat haroratga bog‘liqdir.
Muvozanatdagi kontaktlanish darajasi quyidagi tenglama bilan ifodalanadi:

bu yerda: va – SO3 va SO2 larning muvozanatdagi parsial bosimlari.
Haroratning ortishi va bosimning ko‘tarilishi bilan xp ortadi. Bu SO2 ni SO3 ga oksidlanish reaksiyasi issiqlik ajralishi va molekulalar miqdorining kamayishi orqali sodir bo‘lishi bilan izohlanadi. 4.3 va 4.4-jadvallarda tarkibida 7% SO2, 11% O2 va 82% N2 tutgan gazning turlicha harorat va bosimdagi xp qiymati keltirilgan.
4.3-jadval
Muvozanatdagi kontaktlanish darajasi xp ning haroratga bog‘liqligi

Harorat, OC

xp∙100

Harorat, OC

xp∙100

Harorat, OC

xp∙100

390

99,4

470

96,2

550

85,6

400

99,2

480

95,4

560

83,5

410

99,0

490

94,5

570

81,2

420

98,7

500

93,5

580

78,7

430

98,4

510

92,2

590

76,0

440

98,0

520

90,8

650

58,5

450

97,5

530

89,2

700

43,6

460

97,0

540

87,5

1000

5,0

4.4-jadval


Muvozanatdagi kontaktlanish darajasi xp ning absolyut bosimga bog‘liqligi

Harorat, OC

Bosim bo‘yicha xp∙100 qiymati

1 at

5 at

10 at

25 at

50 at

100 at

400

99,2

99,6

99,7

99,9

99,9

99,9

450

97,5

98,9

99,2

99,5

99,6

99,7

500

93,5

96,9

97,8

98,6

99,0

99,3

550

85,6

92,9

94,9

96,7

97,7

98,3

600

73,7

85,8

89,5

93,3

95,0

96,4

Muvozanatdagi kontaktlanish darajasi gazdagi SO2 va O2 nisbatiga bog‘liqdir. Bu nisbat kuydiriladigan xomashyo turi va kuydirish uchun beriladigan havo miqdoriga bog‘liq bo‘ladi. Qanchalik havo ko‘p kiritilsa, gazlar aralashmasida shunchalik SO2 kam va O2 ko‘p miqdorda bo‘ladi va natijada muvozanatdagi kontaktlanish darajasi ham shunchalik yuqori bo‘ladi.


4.5-jadvalda kolchedanni har xil ortiqcha miqdordagi havo bilan kuydirilishidan olingan gaz uchun xp qiymatlari keltirilgan.

4.5-jadval


Muvozanatdagi kontaktlanish darajasi xp ning gazlar aralashmasi tarkibiga bog‘liqligi


(475OC harorat va 0,98 bar yoki 1 atm absolyut bosimda)

Gazdagi miqdori, hajmiy %

xp∙100

Gazdagi miqdori, hajmiy %

xp∙100

SO2

O2

SO2

O2

2

18,14

97,1

7

11,0

95,8

3

16,72

97,0

8

9,58

95,2

4

15,28

96,8

9

8,15

94,3

5

13,86

96,5

10

6,72

92,3

6

12,43

96,2










Sulfit angidridni sulfat angidridga oksidlash reaksiyasining tezligi. Sanoat sharoitida SO2 oksidlanish reaksiyasining tezligi muhim ahamiyat kasb etadi. Katalizator massa birligiga, binobarin, katalizator sarfiga, kontakt jihozi o‘lchamiga va boshqa kontaktlanish jarayonining texnik-iqtisodiy ko‘rsatkichlariga muvofiq keladigan vaqt birligi ichidagi oksidlanadigan sulfit angidrid miqdori ushbu reaksiya tezligiga bog‘liqdir. Jarayonni shunday amalga oshirish lozimki, bunda sulfit angidrid oksidlanishining tezligini eng yuqori darajada bo‘lishini ta’minlanishi mumkin bo‘lsin.


SO2 ning oksidlanish tezligi reaksiyaning tezlik konstantasi kc bilan tavsiflanadi:

bu yerda: ko – katalizatorni tavsiflaydigan va haroratga bog‘liq bo‘lmagan empirik koeffitsient; E – faollanish energiyasi, j/mol (kal/mol); R – universal gaz doimiysi [8,326 j/(mol∙grad) yoki 1,987 kal/(mol∙grad)]; T – absolyut harorat, OK.
Gazlarning kinetik nazariyasidan ma’lumki, energiyaga ega bo‘lgan molekulalar ulushi, ularning birinchi to‘qnashuvida reaksiya sodir bo‘lishi uchun yetarli bo‘lishi kerak va u birinchi yaqinlashishda ni tashkil etadi. Shunday qilib, reaksiya tezligi tenglamasidagi bu a’zo sulfat angidrid molekulalari hosi bo‘lishiga olib keluvchi effektiv to‘qnashuvlar ulushini ifodalaydi. ifodada daraja ko‘rsatkichi manfiydir; binobarin shunday ekan, haroratning ko‘tarilishi (T ning ortishi) bilan reaksiya tezligi ham ortadi, E ning ortishi bilan kamayadi. SO2 ni SO3 ga oksidlanish reaksiyasining faollanish energiyasi E juda kattadir va shu sababli xattoki yuqori haroratda ham katalizator ishtirokisiz bu reaksiya (gomogen oksidlanish jarayoni) amalda sodir bo‘lmaydi. Qattiq katalizator ishtirokida faollanish energiyasi pasayadi va shunga muvofiq geterogen katalitik reaksiya tezligi ortadi. Shunday qilib, katalizator, masalan, vanadiyli kontakt massaning vazifasi faollanish energiyasi E ni pasaytirishdan iboratdir.


Vanadiyli kontakt massa. Sulfat kislota ishlab chiqarishda BAV va SVD markali kontakt massalari ishlatiladi. BAV so‘zining ma’nosi – kontakt massa tarkibiga kiradigan elementlar (bariy, alyuminiy va vanadiylar) ning bosh harflaridan iborat. SVD so‘zi esa – sulfo-vanadat-diatomli ma’nosini anglatadi.
BAV kontakt massasini tayyorlash uchun kaliy vanadat (KVO3) ning ishqoriy eritmasini suyuq shisha K2SiO3 bilan aralashtiriladi va 70OC haroratgacha qizdirilgan holda to‘xtovsiz aralashtiriladi. Aralashtirilgan holda aralashmaga alyuminiy xloridning xlorid kislotali eritmasi va bariy xloridning suvli eritmasi qo‘shish yo‘li bilan kontakt massa cho‘ktiriladi. Uni filtrpressda filtrlanadi, so‘ngra gidravlik press yordamida siqiladi. Hosil qilingan (40-45% namlikdagi) cho‘kma donachalar, tabletkalar yoki halqachalar ko‘rinishda qoliplanadi (4.1-rasm). So‘ngra kontakt massa 60OC dan (quritishning boshlanishida) 115OC gacha (quritish oxirida) 30 soatdan kam bo‘lmagan vaqtda quritiladi.

4.1-rasm. Kontakt massa shakllari:
a – tabletka; b,v – donadorlangan massa; g – halqasimon kontakt massa; d – qaynovchi qatlam uchun kontakt massa.

BAV kontakt massasi oq yoki och pushti rangga ega bo‘ladi va taxminan quyidagi tarkibdagi aralashma tarzida bo‘lishi mumkin:



Download 0.67 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling