Sulfat kislota ishlab chiqarishning kontakt usuli
-rasm. Oraliq issiqlik almashtirgichli va ikki bosqichli kontaktlanishli kontakt bo‘linmasining tasviri
Download 0.67 Mb.
|
SULFAT KISLOTA ISHLAB CHIQARISHNING KONTAKT USULI JUMANIYOZ
- Bu sahifa navigatsiya:
- To‘rt qatlamli kontakt jihozlari sutkasiga 60, 120 va 240 t sulfat kislotasi unumdorligiga ega bo‘ladi.
4.8-rasm. Oraliq issiqlik almashtirgichli va ikki bosqichli kontaktlanishli kontakt bo‘linmasining tasviri:
1 – qizdirgich; 2 – birinchi issiqlik almashtirgich; 3 – ikkinchi kontakt jihozi; 4 – ikkinchi issiqlik almashtirgich; 5 – birinchi kontakt jihozi; 6–11 – gaz jo‘mraklari. Ishlatish bo‘linmasi (ishchi sxema) dagi ishchi tartib o‘rnatilgach, tozalangan quruq gaz qizdirgich 1 dan o‘tib, birin-ketin birinchi va ikkinchi issiqlik almashtirgich 2 va 4 larning quvurlararo bo‘shlig‘idan o‘tadi, so‘ngra birinchi kontakt jihozi 5 ga keladi. Gazlar (SO2 + SO3) aralashmasi bu yerdan sovutish uchun ikkinchi issiqlik almashtirgich 4 ning quvurlariga, so‘ngra ikkinchi kontakt jihozi 3 ga, undan esa birinchi issiqlik almashtirgich 2 quvurlariga o‘tadi, undan keyin sulfat angidrid absorbsiya bo‘linmasiga yuboriladi. Kontakt apparatiga kirishda gazning haroratini jo‘mraklar 9 va 10 yordamida to‘g‘rilanadi. Ishga tushirish bo‘linmasi (ishga tushirish tizimi) davrida sovuq sulfitli gaz qizdirgich 1, birinchi kontakt jihozi 5 orqali o‘tadi, so‘ngra ikkinchi issiqlik almashtirgich 4 ga keladi, undan esa – gaz harakatining ishchi tizimi bilan bir xildagi keyingi jihozlardan o‘tadi. Bo‘linmaning barcha jihozlari qizigach, qizdirgichni jo‘mrak 6 orqali berkitiladi, undan keyin gazni ishchi sxema bo‘yicha aylantiriladi. Birinchi kontakt jihozi 5 da kontakt massali ikkita tokcha bo‘ladi; bu yerda kontaktlanishning birinchi bosqichi ketadi. Ikkinchi kontakt jihozi 3 da kontakt massali to‘rtta tokcha joylashgan (kontaktlanishning ikkinchi bosqichi) bo‘ladi. To‘rt qatlamli ikkinchi kontakt jihoz balandligi birinchi ikki qatlamli jihozning balandligidan katta bo‘ladi. Ikki qatlamli kontakt jihozlarida kontaktlanish foizi 96% ga yetadi. Yanada yuqoriroq kontaktlanish darajasiga erishish uchun SO2 ni oksidlash hozirgi paytda to‘rt va xattoki besh bosqichda o‘tkazilmoqda; ko‘pchilik hollarda barcha bosqichlarning kontakt massalari birgina kontakt jihoziga joylashtirilgan. 4.9-rasmda ishlab chiqarishda keng qo‘llanilayotgan oraliq issiqlik almashtirgich bilan ishlaydigan to‘rt qatlamli kontakt jihozining tasviri ko‘rsatilgan. U pastki qismi kengaytirilgan po‘lat silindrik shakldagi korpusdan iborat, uning ichida issiqlik almashtirgichlar 1, 2 va 3 bo‘ladi. Birinchi ikkita issiqlik almashtirgich 1 va 2 po‘lat to‘rga bo‘ylama o‘qi bo‘yicha yaxlit tortilgan quvurlardan tayyorlangan; issiqlik almashtirgich 3 ning yuzasi birinchi va ikkinchi issiqlik almashtirgichlarga nisbatan kichik, odatda uchinchi issiqlik almashtirgich – o‘ramli yoki plastinkali bo‘ladi. To‘rt qatlamli kontakt jihozlari sutkasiga 60, 120 va 240 t sulfat kislotasi unumdorligiga ega bo‘ladi. 4.10-rasmda jihoz unumdorligi sutkasiga 540 t sulfat kislota bo‘lgan oraliq issiqlik almashtirgichli kontakt jihozi tasvirlangan. Bu jihozda birinchi qatlam I dan so‘ng gazni sovutish sovuq sulfitli gaz qo‘shish orqali amalga oshiriladi. Gaz ikkinchi, uchinchi va to‘rtinchi qatlamlar II-IV dagi kontakt massalaridan o‘tgan so‘ng kontakt jihoziga mahkamlangan oraliq issiqlik almashtirgichlar 1-3 da sovutiladi. Kontakt jihozining ichki diametri 8,5 m ni, umumiy balandligi 19,6 m ni tashkil etadi. Download 0.67 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling