Sulfat kislota navlari va ishlab chiqarish apparatlari materiallari
Download 40.33 Kb.
|
7 ma`ruza
- Bu sahifa navigatsiya:
- Tayanch iboralar
MAVZU-7 SULFAT KISLOTA NAVLARI VA ISHLAB CHIQARISH APPARATLARI MATERIALLARI. Reja:
2. Sulfat kislotasi va oltingugurt 3 oksidining suv bilan birikmalari haqida. 3.Sulfat kislota navlari haqida. 4.Sulfat kislota ishlab chiqarishda qo‘llanadigan materiallar. 5.Sulfat kislotasini saqlash va tashish. 6.Sulfat kislotasi bilan ishlash qoidalari haqida. Tayanch iboralar: Sulfat kislotasi birikmalari, standartli oleum, st. 3 markali po‘lat tarkibi va ishlatilishi, X18N9T markali po‘lat tarkibi va ishlatilishi, qo‘rg‘oshinni ishlatish muhiti, sulfat kislotasini saqlash, sisterna, soda eritmasi. Foydalanilgan adabiyotlar: 2,3,4,5,6,7 II.1. SULFAT KISLOTASI VA OLTINGUGURT UCH OKSIDINING SUV BILAN BIRIKMASI XAQIDA. Sulfat kislotasi deb, SO3 bilan H2O ning aralashmasiga aytiladi. Agarda bu aralashmasi ichidagi SO3 molekulalari sonining suv molekulalari soniga nisbati birga teng bo‘lsa, sulfat kislotasining monogidrat yoki konsentratsiyasi 100% ga teng bo‘lgan sulfat kislota eritmasi olinadi, ya’ni nSO3/nH2O = 1 bulsa, Cn2so4 = 100% bo‘ladi. Agarda bu nisbat 1dan kichik bo‘lsa, u vaqtda sulfat kislotaning suvdagi eritmasi olinadi. nSO3/nH2O < 1 bo‘lsa Cn2so4 < 100%. Agarda bu nisbat birdan katta bo‘lsa u vaktda konsentratsiyasi 100%dan oshiq bo‘lgan N2SO4 yoki oleum olinadi, ya’ni 100% sulfat kislota eritmasida n molekula ozod SO3 gazi shimdirilgan bo‘lsa, oleum-H2SO4 · nSO3(OZOD) hosil bo‘ladi. Xozirgi vaqtda sulfat kislotasi yoki oltingugurt uch oksidining suv bilan quyidagi birikmalari mavjuddir. Ularning kristallanish temperaturalari (2.1.-rasm) va 2.1.-jadvalda ko‘rsatilgandir. Sulfat kislotasi va oltingugurt uch oksidini suv bilan birikmalarining kristallanish temperaturasi. Download 40.33 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling