Summativ baholash 10-sinf adabiyot iii-chorak
Download 46.28 Kb.
|
10-sinf adabiyot 3-chorak BSB (2)
- Bu sahifa navigatsiya:
- Topshiriq turi Topshiriq soni Vaqt (daqiqa)
- 3-BSB.Nazorat ishi. Insho (Jami:25 ball) Insho mavzulari: ’’Men she’riyat shaydosiman’’, ’’Asarni o ‘qigach…” mavzularidan birini tanlab insho yozish
- Inshoni baholash mezonlari
- 10-sinf Adabiyot fanidan 3-chorak
SUMMATIV BAHOLASH 10-SINF ADABIYOT III-chorak
3-BSB.Nazorat ishi. Insho (Jami:25 ball) Insho mavzulari: ’’Men she’riyat shaydosiman’’, ’’Asarni o ‘qigach…” mavzularidan birini tanlab insho yozish Insho yuzasidan ko‘rsatmalar : ’’Men she’riyat shaydosiman’’ mavzusida insho yozish uchun o‘zingizga yoqadigan, yod olgan, yurakka yaqin 3-4 she’rni tanlab oling. She’r mualliflari haqida qisqacha fikr bildiring yoki aniq ma’lumotlarni qayd etishingiz mumkin. Tanlab olingan she’rlar yuzasidan mustaqil, ijodiy fikrlab, ularning badiiyati, inson ruhiyatiga ta’siri haqida munosabat bildiring. ’’ Asarni o‘gigach…’’ mavzusida o‘qigan biror hikoya, qissa, roman haqida o‘z fikr-mulohazalaringizni bildiring. Asar janri, muallifi haqida qisqacha ma’lumot bering. Asar qahramonlari xususiyatlari haqida munosabat bildiring. Asarning sizga yoqqan jihatlari yoki ruhiy ta’siri haqida ham yozishingiz mumkin.
10-sinf Adabiyot fanidan 3-chorak 4-BSB topshirig‘i Ifodali yod aytish (25 ball) Mumtoz yoki zamonaviy o‘zbek she’riyati yoki tarjima asarlardan 20 misra yod olish va ifodali tarzda aytib berish. ( biror asar qahramonining nutqi-monolog bo‘lishi ham mumkin ) Baholash mezonlari: 25 b Tutilmasdan vazn talabi asosida ifodali o‘qilsa,berilgan hajm talabi bajarilsa – 22-25 ball Hajm talabi bajarilsa,vazn talabiga mos kelmasa – 18-21ball Hajm talabi bajarilsa,vazn talabiga mos kelmasa ,aytish jarayonida biroz to‘xtam bo‘lsa -14-17 ball Hajm talabi bajarilmasa,( 12 misra) so‘z talaffuzida nuqsonlar bo‘lsa – 10-13 ball Hajm talabining yarmi bajarilsa, (10 misra) ifodali o‘qish talabi biroz buzilsa -10 b Hajm (8 misra) bo‘lsa -8 b Hajm (4 misra) bo‘lsa -6 b Qolgan hollarda -5 b Topshiriq bajarilmagan holda -0 b Download 46.28 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling