Sun’iy tafakkur: qudratli texnologiyalar va donishmandlik poygasi


 Ochiq ekotizim va kadrlarni tayyorlash: Global akademiyalar, sanoat sohalari va hamkorlar bilan keng miqyosda hamkorlik olib borish 4


Download 1.44 Mb.
bet8/9
Sana19.07.2023
Hajmi1.44 Mb.
#1661006
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
suniy ttt

3. Ochiq ekotizim va kadrlarni tayyorlash: Global akademiyalar, sanoat sohalari va hamkorlar bilan keng miqyosda hamkorlik olib borish
4. Mavjud portfolioni kuchaytirish: Imkoniyatlarni kengaytirish va raqobatbardoshlikni saqlash uchun mavjud mahsulotlarga sun'iy intellekt konsepsiyasi va instrumentlarini qo'llash.
5. Huawei doirasida ish samaradorligini oshirish: Ish sifatini oshirish va raqobatbardoshlik salohiyatini kuchaytirish uchun ko'plab moliyaviy operatsiyalarga sun'iy intellekt texnologiyasini joriy etish.
Syuyning taxminiga ko'ra, Huawei kompaniyasining kompleks yechimli AI-portfoliosi barcha sohalarga sun'iy intellekt texnologiyasini tatbiq qilish jarayonini tezlashtiradi va aqlli aloqa dunyosini yaratishga hissa qo'shadi.
Barcha ssenariylar mos kompleks AI-yechimlar portfoliosi: keng va arzon hisoblash quvvatlari sun'iy intellektning asosiga aylanadi
Huawei kompleks portfoliosi tarkibiga kirgan sun'iy intellekt bazasidagi Ascend protsessorlari shu turdagi jahondagi birinchi protsessorlar bo'lib, TeraOPS/vatt optimal ko'rsatkichida barcha ssenariylar kesimida ishlashga mo'ljallangan. Ushbu seriyadagi protsessorlar minimal quvvat iste'molida yoki ma'lumotlarni qayta ishlash markazlarida maksimal hisoblash jarayoni yuz berganda ham, yuqori darajada barqaror va samarali ishlay oladi. Ularning bir xil shaklga keltirilgan tuzilishi sun'iy intellekt ilovalarini turli ssenariylarda qulay ishlatish, ko'chirish va o'zaro bog'lashni osonlashtiradi.
Forum davomida e'lon qilingan Ascend 310 va Ascend 910 chiplari stekning quyi darajasidagi yuksak protsessorlar hisoblanadi. Ushbu chiplar barcha sanoat sohalarida sun'iy intellektning joriy qilinishini tezlashtirishga turtki beradi.
Ascend seriyasidan tashqari, kompaniyaning kompleks AI-portfoliosi quyidagilarni ham o'z ichiga oladi:
• CANN (Neyron tarmoqlar uchun hisoblash tuzilmalari): Chip operatsiyalari to'plami va yuqori darajada avtomatlashgan operatorni ishlab chiqish vositalari
• MindSpore: Qurilma, periferiya va bulut uchun (alohida va birga) bir o'lchamga keltirilgan infratuzilma/o'rganish muhiti.
• Ilovalarni qo'llab-quvvatlash: Full-pipeline xizmatlari (ModelArts), iyerarxik API-interfeyslar va oldindan sozlangan yechimlar)
“Kompleks” termini Huawei texnologiyasining funksiyalarini ifodalaydi. Huawei kompaniyasining kompleks yechimlar portfoliosiga protsessorlar, protsessorlarni qo'llab-quvvatlash platformasi, mashg'ulot va mantiqiy xulosa uchun o'rganish infratuzilmasi hamda tatbiq etish mexanizmlari kiradi.
«Barcha ssenariylarga mos» atamasi Huawei hamma foydalanishi mumkin bo'lgan bulutlar, shaxsiy bulutlar, barcha shakllarda periferik hisoblash, IoT asosidagi sanoat internet va iste'mol qurilmalari kabi sun'iy intellekt texnologiyalaridan foydalanish ssenariylarini bildiradi.
Inklyuziv sun'iy intellekt texnologiyasi bilan ta'minlash amaliyoti kompleks AI-strategiya va barcha ssenariylarga mos kompleks AI-yechimlar portfoliosini ishlab chiqish doirasidagi kompaniyaning asosiy maqsadlaridan biri sanaladi. Huawei sun'iy intellekt texnologiyasini amalda joriy qilish uchun qiziqish bildirgan barcha sub'ektlar bilan hamkorlik qilishga tayyordir.
2017-yilning sentyabr Huawei korxona va davlat idoralari uchun mo'ljallangan sun'iy intellekt servisi — Huawei Cloud EI platformasini ishga tushirdi. 2018-yilning aprel oyida esa kompaniya aqlli qurilmalar uchun HiAI sun'iy intellekt dasturini taqdim qildi. Barcha ssenariylarda ishlaydigan kompaniyaning kompleks AI-yechimlar portfoliosi Huawei Cloud EI va HiAI texnologiyasi bilan integratsiyalanishga mo'ljallangan.
Sun'iy intellekt yordamida Huawei Cloud EI tashkilot va davlat idoralariga kompleks yechimlarni taqdim etadi, HiAI platformasi esa aqlli qurilmalarni kompleks portfolio bilan ta'minlaydi. HiAI xizmatlari Huawei Cloud EI tizimida ishlaydi.


Download 1.44 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling