Superliga va pro liga futbol klublari


IV. Musobaqalar hujjatlari va ularni rasmiylashtirish tartibi


Download 424.58 Kb.
Pdf ko'rish
bet3/5
Sana20.12.2022
Hajmi424.58 Kb.
#1033941
1   2   3   4   5
Bog'liq
U 14 ва U 16 NIZOM

IV. Musobaqalar hujjatlari va ularni rasmiylashtirish tartibi  
4.1. O‘zPFLga quyidagi ariza hujjatlari taqdim etiladi: 
• ariza beruvchining nomi yozilgan musobaqada qatnashish bo‘yicha taqdim 
etilgan ariza. Bunda futbolchining arizasiga futbolchining to‘liq ism-sharifi va 
fotosurati, tug‘ilgan yili va sanasi, yashash joyi, maydondagi ampluasi
fuqarolik pasporti (ID kartasi)ning raqami, futbolchi pasportining raqami 
ilova qilinadi. Rahbariyat tarkibidan esa to‘liq ism-sharif va fotosurat
tug‘ilgan yili, yashash joyi kabi ma’lumotlarni kiritish talab qilinadi. Futbol 
klubi, akademiyasi/maktabi rahbariyati imzo va muhri bilan tasdiqlangan 
jamoaning barcha vakillari lavozimlari bilan ko‘rsatilgan tarkibi va 
shifokorning har bir futbolchi familiyasi qarshisiga hamda umumiy varaqaga 
muhri qo‘yilgan ariza varaqasi so‘raladi;
• futbol klubi bilan murabbiy o‘rtasida tuzilgan mehnat shartnomasi ikki 
nusxada; 
• har bir futbolchi uchun tibbiyot muassasasi tomonidan tasdiqlangan hamda 
futbolchining fotosurati aks etgan maxsus tibbiy ruxsatnoma; 
• musobaqa ishtirokchisining (shu jumladan vakillarning) fuqarolik pasporti (ID 
kartasi)ning asl nusxasi; 
• musobaqa ishtirokchilarining hayoti va sog‘lig‘ini Musobaqa o‘tkazilayotgan 
davrda baxtsiz hodisalardan sug‘urtalovchi sug‘urtalash polislarining asl 
nusxalari; 
• hududiy futbol assotsiatsiyasida ro‘yxatdan o‘tkazilgan har bir futbolchi 
pasportining nusxasi; 



• klub 
akademiyasi/maktabi 
va 
futbolchi 
o‘rtasida 
tuzilgan, 
klub/akademiya/maktab va futbolchining otasi yoki onasi tomonidan 
imzolangan ikki tomonlama kelishuvning 2 nusxasi, kelishuvni imzolagan ota 
yoki ona pasporti (ID kartasi)ning nusxasi; 
• Pro liga jamoalari uchun agar ularda o‘zining futbol akademiyasi/maktabi 
bo‘lmasa, hududiy futbol akademiyasi/maktabi bilan o‘zaro hamkorlik 
to‘g‘risidagi shartnomaning nusxasi; 
• litsenziya olish uchun: musobaqada ishtirok etadigan har bir futbolchi uchun 
3x4 sm o‘lchamli 1 fotosurat; 
• ariza hujjatlari 2021-yilning 15-sentabr kuniga qadar Tashkiliy qo‘mitaga 
taqdim etilish kerak. 
4.2. Jamoalardan ariza qabul qilish chempionat boshlanishidan 1 kun oldin 
to‘xtatiladi. Chempionat o‘tkazilayotganda jamoa tarkibiga boshqa futbolchilarni 
kiritish uchun taqdim etilgan ariza qabul qilinmaydi.
4.3. Futbol akademiyasi/maktabi, Futbol mahorati maktabi va Bolalar-
o‘smirlar futbol maktabi tarbiyalanuvchisi o‘z yoshi uchun o‘tkazilayotgan 
musobaqada ishtirok etish uchun 2021-yilning 15-sentabrigacha boshqa klubning 
Futbol akademiyasi/maktabi, Futbol mahorati maktabi va Bolalar-o‘smirlar futbol 
maktabida ro‘yxatdan o‘tkazilishi mumkin.

Download 424.58 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling