23
16.15. Futbol klubi stadionga kechikib yetib kelgan futbolchini qaydnomaga
uchrashuv startiga 20 daqiqa qolguniga qadar kiritishga haqli.
Buning uchun klub
rasmiysi Liga komissariga murojaat qilishi talab etiladi.
16.16. Liga komissari hamda bosh murabbiy tomonidan imzolangan uchrashuv
qaydnomasiga biror futbolchining kutilmagan jarohati
sabab uchrashuv startigacha
o‘zgartirish kiritish zaruriyati vujudga kelsa, qaydnomaga o‘zgartirish kiritiladi. Bunda
jarohatlangan futbolchiga uchrashuvni zaxira o‘rindig‘ida kuzatish hamda faqatgina
keyingi rasmiy uchrashuvdan boshlab maydonga tushish uchun ruxsat etiladi.
16.17. Futbol klubi shu bobning 16-bandidan kelib chiqib uchrashuv startigacha
biror futbolchini almashtirishga majbur bo‘lsa, klub uchrashuv davomida shu bobning 5-
bandida ko‘rsatilgan limitdan to‘liq foydalanish huquqini saqlab qoladi.
Do'stlaringiz bilan baham: