30
23.1. Hakam qarorlari bo‘yicha shikoyat yoki e’tiroz
mazkur Reglamentga
muvofiq beriladi va ko‘rib chiqiladi.
23.2. Hakamlik sifatiga nisbatan futbol klubida e’tirozlar mavjud bo‘lsa, bosh
murabbiy yoki sport direktori uchrashuv yakuniga yetganidan keyingi 30 daqiqa ichida
bu haqda Liga komissariga ma’lum qilishga hamda o‘z e’tirozini
uchrashuv
qaydnomasida imzolashni talab qilishga haqli.
23.3. Hakamlik sifatiga nisbatan rasmiy e’tiroz yozgan futbol klubi 24 soat ichida
mazkur uchrashuv videoyozuvini (aniq holatlar daqiqalari bilan keltirilgan vaziyatning
qisqacha ta’rifi) Ligaga taqdim etishi talab etiladi. Bunda hakamning mazkur Reglament
va “O‘yin qoidalari” talablaridan kelib chiqqan harakat yoki
harakatsizligiga nisbatan
e’tiroz beriladi.
Do'stlaringiz bilan baham: