Сурхондарё вилоят прокурори Б


Download 60.27 Kb.
bet1/2
Sana11.11.2023
Hajmi60.27 Kb.
#1766906
  1   2
Bog'liq
1-23-guruh Bayonnomasi


Termiz iqtisodiyot va servis universiteti” nodavlat ta’lim muassasasi
“Pedagogika va ijtimoiy gumanitar fanlar ” fakulteti “Boshlang`ich

ta’lim” yo‘nalishi BT-123 - guruh yig‘ilishi
B A Y O N N O M A S I

2023-yil “ “-oktyabr № -son Termiz shahri





Raislik etuvchi:

“Boshlang`ich ta’lim” yo‘nalishi BT-123 - guruh murabbiyi D.Badalov



Ishtirok etishdi:

“Boshlang`ich ta’lim” yo‘nalishi BT-123 – guruhining 30-nafar talabalari



Taklif etilganlar:

Yoshlar bilan ishlash, ma’naviyat va ma’rifat bo‘limi boshlig‘i U.N.Choriyev

K U N T A R T I B I :




1. Universitetning “Ichki tartib qoidalari” talablari va mazmun mohiyatini o‘rganish muhokamasi haqida
2. Universitetning “Odob-ahloq kodeksi” talablari va mazmun mohiyatini o‘rganish muhokamasi


Y I G‘ I L I SH N I N G B O R I SH I

Yig‘ilishni raislik etuvchi guruh murabbiyi M.Uralova yig‘ilishni ochib, kun tartibidagi masalalarni ma’lum qildi va yig‘ilishni o‘tkazishlik uchun talabalar orasidan yig‘ilish kotibini saylab olinishi lozimligini ta’kidlab, yig‘ilish kotibligiga guruh sardori talaba S. Shomurodovaning nomzodini taklif qildi.


Yig‘ilishda ishtirok etayotgan talabalar tomonidan guruh sardori talaba S. Shomurodovani yig‘ilishda kotiblik qilishi haqidagi taklif bir ovozdan ma’qullandi, qarshilar va betaraflar bo‘lmadi.
Shundan so‘ng raislik etuvchi yig‘ilish kotibi S. Shomurodovadan yig‘ilishda kimlar ishtirok etayotganligi haqida axborot berishni so‘radi.
Yig‘ilish kotibi S. Shomurodova mazkur yig‘ilishda guruhning barcha talabalari ishtirok etayotganligini, bundan tashqari yig‘ilishga taklif qilingan universitetning Yoshlar bilan ishlash, ma’naviyat va ma’rifat bo‘limi boshlig‘i U.N.Choriyev ishtirok etayotganligini, yig‘ilish o‘tkazishga barcha talabalar va ishtirokchilarning hozirligini bildirdi.
Shundan so‘ng, yig‘ilish raisi M. Uralova kun tartibidagi birinchi masala yuzasidan ma’ruza qilib, o‘z ma’ruzasida “Termiz iqtisodiyot va servis universiteti” nodavlat ta’lim muassasasining
“Ichki tartib qoidalari” ishlab chiqilgan bo‘lib, universitet rektori tomonidan 2022-yil 27-dekabrda tasdiqlanganligini ma’lum qilib, yig‘ilish ishtirokchilariga to‘liq o‘qib eshittirdi va mazmun, mohiyati tushuntirib berildi.
Mazkur “Ichki tartib qoidalari” O‘zbekiston Respublikasining Mehnat kodeksi, O‘zbekiston Respublikasining “Ta’lim to‘g‘risida”gi qonuni va boshqa oliy ta’limga oid qonun va qonunosti hujjatlarni inobatga olgan holda ishlab chiqilgan hamda “Termiz iqtisodiyot va servis universiteti” nodavlat ta’lim muassasasidagi mehnat, ilmiy faoliyat va ta’lim-tarbiya jarayoniga oid bo‘lgan munosabatlarni tartibga soluvchi lokal normativ hujjat xisoblanadi.
Universitetning “Ichki tartib qoidalari” 9 ta bob, 96 banddan iborat bo‘lib, 1-bobida umumiy qoidalar, 2-bobida mehnat shartnomasini tuzish, o‘zgartirish va bekor qilish qoidalari, 3-bobida ish vaqti, dam olish vaqti hamda ulardan foydalanish tartibi, 4-bobida ta’limni tashkil etish tartibi, mehnat va o‘quv intizomi, 5-bobida binolar ichidagi tartib, 6-bobida ish va o‘qishdagi yutuqlar uchun rag‘batlantirish, 7-bobida mehnat va o‘quv intizomini buzganlik uchun javobgarlik, 8-bobida alohida qoidalar hamda 10-bobida yakuniy qoidalarni o‘z ichiga olgan.
Ushbu qoidalar Universitetning Ichki tartib, Universitet, rahbariyat, xodim, talabaning burchlari, shuningdek, ishga qabul qilish, ya’ni mehnat shartnomasini tuzish, mehnat shartnomasini o‘zgartirish va mehnat shartnomasini bekor qilish, ta’lim va tarbiya jarayonini tashkil etish tartibi, mehnat va ta’lim intizomi, ish vaqti, dam olish vaqti va undan foydalanish, shu bilan birga ish va o‘qishdagi yutuqlar uchun rag‘batlantirish, mehnat va o‘quv intizomini buzganlik uchun javobgarlik, Universitet hududi va binolar ichidagi tartib hamda ish beruvchi bilan xodim va talabalar o‘rtasida yuzaga keladigan boshqa huquqiy munosabatlarga oid masalalarni tartibga soladigan asosiy ichki normativ hujjat xisoblanadi.
Raislik etuvchi M. Uralova o‘z ma’ruzasida talabalarga universitetning Ichki tartib qoidalari, uning maqsad va vazifalari haqida tanishtirib, batafsil tushunchalar berdi.
Shundan so‘ng, raislik etuvchi guruh murabbiyi M. Uralova kun tartibidagi ikkinchi masala yuzasidan, o‘z ma’ruzasida universitet tomonining “Odob-ahloq kodeksi” ham ishlab chiqilgan bo‘lib, universitet rektori tomonidan 2022-yil 27-dekabrda tasdiqlanganligini ma’lum qilib, yig‘ilish ishtirokchilariga to‘liq o‘qib eshittirildi va mazmun, mohiyati tushuntirilib berildi.
Ushbu kodeks O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi, “Termiz iqtisodiyot va servis universiteti” nodavlat ta’lim muassasasi Ustavi talablari asosida ishlab chiqilib, Universitetning ma’muriyat xodimlari, professor-o‘qituvchilar va boshqa xodimlari, talabalari kasbiy odob-axloqining tamoyillari, me’yorlari, ta’lim jarayoni va xizmatdagi xulq-atvorining asosiy qoidalari bilan bog‘liq munosabatlarni tartibga soladi.
“Odob-ahloq kodeksi” 10-bob, 35-moddadan iborat bo‘lib, 1-bobida umumiy qoidalar, 2-bobida kodeksning tamoyillari, 3-bobida korrupsiyaga qarshi kurashish, 4-bobida xodim va talabalar
yurish-turish va rasmiy muloqotiga oid talablar, 5-bobida universitet rahbariyatining odob-ahloqqa oid majburiyatlari va kasbiy faoliyatda manfaatlar to‘qnashuviga yo‘l qo‘ymaslikka oid tartiblar, 6-bobida xodim va talabalarning o‘zaro munosabatlariga oid talablar, 7-bobida xodim va talabalarning
odob-ahloqqa oid majburiyatlari, 8-bobida xodim va talabalarning rag‘batlantirish va chora ko‘rish tartiblari, 9-bobida odob-ahloq komissiyasi faoliyatini tashkil etish, 10-bobida yakuniy qoidalar bayon etilgan.
“Odob-axloq kodeksi”ning maqsad va vazifalari xodim va talabalarda umumiy madaniyatni rivojlantirish, universitet xodim va talabalarning zamonaviy imidjini shakllantirish, xodim va talabalarni universitet va uning qadriyatlariga hurmat ruhida tarbiyalash, ta’lim muassasasi odob-ahloqi tushunchasini takomillashtirish va universitetda tashqi ko‘rinish va xulq-atvorga bo‘lgan talablarga oid yagona yondashuvni ishlab chiqish, huquqbuzarlik va jinoyatchilikning oldini olish, xodim va talabalar orasida odob-axloq qoidalarini buzish bilan bog‘liq bo‘lgan nomaqbul hatti-harakatlar, jumladan, zo‘ravonlik, shafqatsizlik va hayosizlikni targ‘ib va tashviq qilish, shuningdek, turli salbiy illatlar va milliy dunyoqarashimizga yot bo‘lgan g‘oya va qarashlar, ekstremizm, separatizm, fundamentalizm va “ommaviy madaniyat”ning ta’siri hamda xurujlaridan himoya qilish, mazkur nomaqbul hatti-harakatlar sodir etilishining sabab va shart-sharoitlarini aniqlash va ularni bartaraf etish, xodim va talabalarni yuqori huquqiy ong, O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi, qonunlari va boshqa me’yoriy-huquqiy hujjatlariga qat’iy rioya qilish ruhida tarbiyalash, xodim va talabalarda fuqarolarning huquqlari, erkinliklari va manfaatlarini doimo hurmat qilish va himoya qilish ko‘nikmasini shakllantirish va yuksaltirish, xodim va talabalarda vatanparvarlik, yuksak ma’naviy-axloqiy fazilatlarni shakllantirish va ularni milliy qadriyatlarimizga hurmat ruhida tarbiyalash, universitetda sog‘lom ijtimoiy-ma’naviy va psixologik muhitni shakllantirish va rivojlantirish, universitet xodim va talabalarida tashqi ko‘rinishga oid madaniyatni shakllantirish uchun sharoitlar yaratish, universitetning davlat va jamiyat hayotidagi hamda ta’lim tizimidagi nufuzi, obro‘-e’tiborini avaylab-asrash va yanada oshirishdan iborat.
Shundan so‘ng, raislik etuvchi guruh murabbiyi M. Uralova yig‘ilish ishtirokchilariga kun tartibidagi masalalar yuzasidan savollar bor-yo‘qligini so‘radi.
Kun tartibidagi masalalar yuzasidan talabalar va raislik etuvchi M. Uralova o‘rtasida o‘zlarini qiziqtirgan mavzularda savol-javoblar bo‘lib o‘tdi. Talabalarning fikr va mulohazalari eshitildi.
Kun tartibidagi masalalar yuzasidan talabalar tomonidan qo‘shimcha taklif va e’tirozlar bo‘lmadi.
Yig‘ilish kun tartibidagi masalalar yuzasidan bildirilgan fikr va takliflarni inobatga olgan holda


Download 60.27 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling