Surhondaryo viloyati


Oltinsoy tumani XTB-ga qarashli 9-umumiy o’rta ta’lim maktabi


Download 82.32 Kb.
bet2/5
Sana11.01.2023
Hajmi82.32 Kb.
#1088914
1   2   3   4   5
Bog'liq
3.uslub birlashma uchun STEAM

Axborot yozuvchi : Uslub birlashma rahbari S.Abdurahimov

Oltinsoy tumani XTB-ga qarashli 9-umumiy o’rta ta’lim maktabi

Boshlang’ich sinflar uslubiy birlashma rahbari S.Abdurahimovning 2-chorakda “Boshlang’ich sinflarda STEAM yondashuvini samarali tatbiq etish yuzasidan o’tkazilgan davra suhbati” haqida yozma

AXBOROTI

Oltinsoy tumani XTB-ga qarashli 9 – umumiy o’rta ta’lim maktabida 2021 yilning 13 dekabr kuni Boshlang’ich sinflar uslubiy birlashmasi a’zolari ishtirokida “Boshlang’ich sinflarda STEAM yondashuvini samarali tatbiq etish” yuzasidan davra suhbati o’tkazildi. Suhbatni Boshlang’ich sinflar uslubiy birlashma rahbari S.Abdurahimov olib bordi. Davra suhbatida asosan STEAM ta’lim texnologiyasi haqida gapirildi.

STEAM ta’lim texnologiyasi maktab o’quvchilarini yangicha o’qitish metodikasi boʻlib, anʼanaviy oʻqitish metodikasidan farqli metodika hisoblanadi. U oʻquvchilarni bir vaqtning oʻzida toʻrtta – fan (Science), texnologiya (Technology), muhandislik, (Engineering), tasviriy sanʼat (Art), matematika (Math) boʻyicha oʻqitishga moʻljallangan. STEAM fan boʻyicha emas, balki mavzular boʻyicha integratsiyalashgan oʻqitish tizimidir. STEAM taʼlimi amaliy mashgʻulotlar yordamida ilmiy-texnik bilimlarni real hayotda qoʻllash tushuniladi.

Ta’lim sifatini oshirish maqsadida qabul qilingan farmon va qonunlarda, xalq ta’limi tizimiga ilg‘or xorijiy tajribalar, o‘quv-tarbiya jarayoniga zamonaviy pedagogik texnologiyalarni, jumladan ta’lim berishning innovatsion usulllarini joriy etish, o‘quv va o‘quv-uslubiy adabiyotlarni yangi avlodlarini joriy etish va amaliy ilmiy tadqiqotlarni amalga oshirish belgilangan. Shuningdek, umumiy o‘rta ta’limning yangi davlat ta’lim standartlari va o‘quv dasturlarini takomillashtirish va shu bilan birga STEAM metodlarini bosqichma-bosqich amalga oshirish belgilangan. Shu bilan birgalikda, jamiyatning talablari, shaxsning manfaatlari ham shunga ko‘ra o‘zgarib bormoqda. Bugungi kunda o‘quvchilarni robototexnika, 3D dizayn, modellashtirish, dasturlashga bo‘lgan qiziqishlari ortib bormoqda. Ushbu manfaatlarni ro‘yobga chiqarish uchun mahorat va kompetentlik talab etiladi. Faqat bilish va anglash emas, balki tadqiqot va ixtiro qilish ham muhimdir. Bunda STEAM (Sciyence, technology, engineyering and mathematics) – bir vaqtning o‘zida fan, texnologiya, matematika va muhandislik sohalarini bir so‘z bilan birlashtirish mumkin bo‘lgan integratsiyalashgan ta’lim yondoshuvi muhim ahamiyat kasb etadi.




Download 82.32 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling