Surxon adiblari- bizning faxrimiz
Download 16.7 Kb.
|
Insho Surxon adiblari (1)
Bandixon tumani 1-umumiy o’rta ta’lim maktabining 10-A sinf o’quvchisi Ashurov Sardorbekning “Surxon adiblari- bizning faxrimiz” nomli yozgan inshosi Reja:
Surxon elining buyuk ijodkorlari Shukur Xolmirzayev ijodida hikoyachilik janri “Shafoat- Surxondaryolik yigit”- Saida Zunnunova shoir ijodi haqida Tog`ay Murod - novator ijodkor. Shafoat Termiziy ona diyorning go’zalliklarini maftunlik bilan kuylaydi Xulosa. Go`zal diyorimiz- Surxon zamini o`zining ajoyib tabiati, bag`rikeng xalqi shuningdek durdona asarlar yaratgan adiblari bilan ham dovruq topgan. Ayniqsa adiblarimizdan Shukur Xolmirzayev, Tog`ay Murod, Sirojiddin Sayidlarning asarlari xalqimiz qalbidan chuqur joy olgan. Ardoqli adibimiz Shukur Xolmirzayev vohamizning so`lim Boysun tumani farzandi. Bu buyuk qalam sohibi u qadar ko`p hayot kechirmagan bo`lsa-da, asrlarga tatigulik o`lmas asarlar yaratib ketdi. Adibning tog` bolalari hayotidan hikoya qiluvchi “Oq otli” deb nomlangan ilk qissasi o`quvchilar orasida katta shov-shuvga sabab bo`lgan. Shukur Xolmirzayev shundan so`ng “Olos yulduzlar ostida”, “Hayot abadiy”, “ Og`ir tosh ko`chsa”, “Bodom qishda gulladi”, “So`nmas olov” kabi hikoyalar to`plamalari keng kitobxon muhokamasiga taqdim etilgan. Bu asarlar adibning qalamini yanada charxladi. Shukur Xolmirzayev o`zbek hikoyachiligini ustoz adibimiz Abdulla Qahhordan keyin yangi, yuqori bosqichga ko`targan yozuvchidir. Adib romanchilikda ham katta muvaffaqiyatlarga erishdi. Uning hikoya, qissa va romanlari tesha tegmagan voqealarga bag`ishlanganligi, xarakterlarga boyligi bilan ajralib turadi. Uning “So`ngi bekat”, “Qizil ko`prik”, “Yo`lovchi”, “Olabo`ji” romanlari chop etildi. Buyuk adib O`zbekiston xalq yozuvchisi Shukur Xolmirzayev adabiyot sohasidagi xizmatlari uchun Respublika Davlat mukofotiga sazovor bo`lgan. Yana bir ulkan qalb egasi, tanti adibimiz Tog`ay Murod Surxon zaminida yetishib chiqqan qalami o`tkir ijodkorlardan biri. Tog`ay Murod hayoti davomida ko`plab gazeta va jurnallarda mas’uliyatli vazifalarda ishllagan bo`lsa-da, bir zum ham ijoddan to`xtamagan. U o`z ijodini puxta tayyorgarlikdan so`ng 1976-yil “Yulduzlar mangu yonadi” qissasidan boshladi. Bu qissa o`zbek adbiyotiga tug`ma iste’dod egasi kirib kelayotganidan darak berdi. Bunda Bo`ri polvon Tilovberdi, Abil polvonlar obrazlarida o`zbek milliy kurashi badiiy ifodasini topdi. Shundan so`ng Tog`ay Murod “Ot kishnagan oqshom” qissasi bilan kitobxon qalbida qadrdon insonga aylandi. Adibning 1980-yilda chop etilgan “Oydinda yurgan odamlar” qissasi esa adibninggina emas, o`zbek milliy adabiyotining noyob xazinasiga aylandi. Shafaot Termiziy ona diyorning go’zalliklarini maftunlik bilan kuylaydi. Uning rangin tashbexlarga, nozik hazil-mutoyibaga, lirizimga boy she’rlarida Vatanga bo’lgan iftixor barq urib turadi: Ming yillarkim o’zbekona pok tutgansan shoningni, Ming asrlar yurtim yana sharaf chulg’ar nomingni. O’zbekona haqiqat bu, o’zbekona qasamyod, O’zbekiston, buyuk yurtsan, O’zbekiston to abad. Xulosa qilib aytganda, biz Surxon farzandlari bunday buyuk adiblarimiz bilan faxrlanamiz va ularning o`lmas asarlarini o`qib-o`rganib, badiiy jihatdan tahlil qilib, avloddan-avlodga yetib borishida o`z hissamizni qo`shamiz. Surxon adiblari nafaqat Surxon xalqining balki o`zbek adabiyotining yorqin namoyondalari ham hisoblanadi. Ular yaratgan asarlar chapani xalqimizning buyuk tarixi, yorqin kelajagi, bugungi hayotini ham qalamga olib o`z asarlarida hikoya qilgan. Bugun bu asarlarni o`rganib dunyo tillariga tarjima qilib, ularni yanada abadiylashtirib surxon adiblarini dunyoga tanishtiramiz. Download 16.7 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling