Бурҳониддин марғиноний исми, унвони ва куняси хусусида


Download 1.2 Mb.
bet1/147
Sana01.03.2023
Hajmi1.2 Mb.
#1238737
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   147
Bog'liq
02 (3)


“Oltin meros” xalqaro xayriya jamg‘armasi Farg‘ona viloyat boshqarmasi


Nodirbek Abdulahatov, Tolibjon G‘oziev


Burhoniddin Marg‘inoniy:


tarixiy haqiqat va asotirlar



“Yangi asr avlodi” Toshkent – 2010


Farg‘ona viloyat ma’naviyat-marifat kengashi homiyligida chop etildi


taqrizchilar:


MUHAMMADJON ISOMIDDINOV,
tarix fanlari doktori, professor.

AShIRBEK MO‘MINOV,


tarix fanlari doktori, professor.


Mas’ul muharrir:


DURBEK RAHIMJONOV,
tarix fanlari nomzodi, dotsent
Mazkur kitob buyuk fiqhshunos olim, ulug‘ vatandoshimiz Burhoniddin Marg‘inoniy yashagan davr tarixi va avlodlari taqdiri bayonini o‘z ichiga olib, unda xalqimizning boy madaniy merosi, ijtimoiy-siyosiy ahvoli, turmush-tarziga doir ayrim sahifalari yoritib berilgan.

© N.Abdulahatov., T.G‘oziev


HIDOYaT SOHIBI

Buyuk shaxslar haqida xalq orasida doimo tarixiy faktlar bilan bir qatorda turli rivoyatlar, qarashlar va afsonalar keng tarqaladi. Bunday ma’lumotlarning qanchalik keng miqyosli va ko‘p bo‘lishi mazkur kishining shunchalik mashhurligidan darak beradi. Ammo inson aqlini hayratga soluvchi bu kabi rivoyatlar ostida o‘ziga xos tarixiy haqiqat ham yotadi.


Burhoniddin Marg‘inoniy nomi bilan shuhrat qozongan Abul Hasan Ali ibn Abu Bakr al-Farg‘oniy ar-Rishtoniy al-Marg‘inoniy ana shunday – faqihlar tomonidan e’tirof etilgan, xalq orasida mashhur olimlardan biri hisoblanadi. Olim “al-Hidoya” asarini yozish bilan hanafiy fiqhi taraqqiyotiga beqiyos hissasini qo‘shdi. Bu kitobning yozilishi Burhoniddin Marg‘inoniyning nafaqat fiqhni yaxshi biladigan, balki uning keng ilm sohalarini qamrab olgan qomusiy olim ekanidan darak beradi. Chunki u mazkur asarida musulmon olamida mashhur olimlar, xususan hanafiy va mintaqada faoliyat yuritgan faqihlar chiqargan fatvolarni qiyosiy o‘rganib, ulardan haqiqatga yaqinroq va amalda ko‘proq qo‘llanadiganlarini ajratib ko‘rsatib berdi.
Olim Farg‘ona diyorida tug‘ilib voyaga yetgan bo‘lsa-da, ona yurti ilmiy salohiyatini yanada yuksaltirish uchun o‘sha davrning ilmiy markazlaridan bo‘lgan Samarqand shahrida o‘z tahsilini davom ettirdi. Bunda u ko‘plab olimlar bilan uchrashdi, ilmiy munozaralarda qatnashdi.
Burhoniddin Marg‘inoniyning ilmiy merosi shu qadar shuhrat qozondiki, uning “al-Hidoya” asari keyinchalik sharhlanib, unga muxtasarlar yozildi va bu birlamchi manba madrasalarda hanafiy fiqhi bo‘yicha o‘qitiladigan asosiy darslikka aylandi. Olim tomonidan fiqhga oid yozilgan “Bidoyot-al-mubtadiy” (“Qonunni o‘rganishga kirish”), “Kifoyat ul-Muntahiy” (“Yakunlovchilar uchun tugal ta’limot”) kitoblari uning shoh asari “al- Hidoya”ga asos bo‘ldi. Mazkur kitob nafaqat Movarounnahrda, balki butun islom Sharqida bir necha tillarga tarjima etilib, ma’lum va mashhur bo‘lib ketdi. Undan asrlar davomida islom huquqshunosligi bo‘yicha qo‘llanma sifatida foydalanilgan.
Burhoniddin Marg‘inoniy yana bir qancha asarlar yozgan. Xususan, “Nashr al-mazhab” (“Mazhabning tarqalishi”), “Kitob-at-tajnis va-l-mazid” (“Fuqarolik huquqini taqdim etish”), “Kitob ul-faroiz” (“Meros haqida kitob”), “Mazid fi furu’ al-hanafiy” (“Hanafiy mazhabiga qo‘shimchalar”) nomli kitoblarida ijtimoiy-iqtisodiy munosabatlar, mulkchilik turli shakllari (davlat va xususiy mulkchilik), moliyaviy faoliyat, jinoyat va jazoning huquqiy asoslarini, fuqarolik huquqi nazariyasi va amaliyoti, qozilik muassasalari tarkibi, tartibi va jinoiy ishni ko‘rish masalalarini batafsil yoritib berdi.
Islom olamida olimning hayotini o‘rganishga bo‘lgan qiziqish doimo katta bo‘lgan. Ammo bu kabi fozil kishilarga xos xususiyatlardan biri shunday ediki, ilm uchun, insonlar manfaati uchun jon kuydirib mehnat qilsalar-da, o‘z hayotlari haqida yozishni ko‘pincha “unutar” edilar. Shu sababli ham keyingi
tadqiqotchilar olim haqidagi turli manbalardagi qisqa-qisqa ma’lumotlarni jamlab, o‘sha davr muhitini tiklashga harakat qildilar.
Mazkur amalga oshirilgan ishda manbalarda kelgan Burhoniddin Marg‘inoniy yashagan davr, muhit, uning atrofidagi odamlar bilan bog‘liq yozma va og‘zaki ma’lumotlar, ibratli hikoyalar jamlanib, umumlashtirilgan. Bu kitob o‘quvchilarimizni yurtimizdan chiqqan buyuk olim haqidagi ma’lumotlardan bahramand etadi degan umiddamiz. Shuning bilan bir qatorda asar mamlakatimiz ma’naviyati tarixini o‘rganishda muhim qo‘llanma bo‘ladi. Yoshlarni yuksak fazilatlarga ega qilib tarbiyalashda ham bu kitob alohida ahamiyat kasb etadi.

Mas’ul muharrir t.f.n., dos. D.Rahimjonov





Download 1.2 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   147




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling