Бурҳониддин марғиноний исми, унвони ва куняси хусусида


Download 1.2 Mb.
bet3/147
Sana01.03.2023
Hajmi1.2 Mb.
#1238737
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   147
Bog'liq
02 (3)

Garchi Burhon mo‘tabar arab laqablaridan kelib chiqqan bo‘lsa-da, lekin uni arab mamlakatlarida uchratishingiz amrimahol. O‘rta Sharq mamlakatlarida ham g‘oyat siyrak ishlatiladi. Ammo Markaziy Osiyoda, ayniqsa Buxoroda Burhon eng urf bo‘lgan ismlardan biri edi. XI asrlarda Buxoroning podshohi xalifa Umar maslaklakdoshlari avlodidan deb hisoblangan Umarning o‘g‘li Abdulaziz edi. Unga berilgan mo‘tabar “Burhonul-millat-vaddin” – millat va din dalili” laqabining o‘ziyoq uning nechog‘li oliy darajaga ega bo‘lganligini ko‘rsatib turibdi. Bunday “zalvorli” unvon o‘sha paytlarda davlatdagi eng hurmatli va obro‘ kishilarga qo‘yilgan. Uch asrdan ko‘proq davr mobaynida Burhonlarning taqvodor sulolasi Buxoroyi sharif taqdirini qo‘lda tutib turdi. Burhonlar xonadonida shahar


1 Kattaev K. Imom Burhoniddin Marg‘inoniy, Imom Ali Sug‘diy va huquqshunoslik. Samarqand, 2007. –B. 21-27.
xalifaligining raisi (boshliq)lik lavozimini otadan o‘g‘ilga meros bo‘lib keladi. Burhonlar shaharni qurol kuchi bilan bosib olganlarning oliy hokimyatini og‘izdagina tan olar edilar... O‘zining jahonga Buxoroyi sharif Islom dinining tayanchi, deb nom chiqarishda bu ko‘hna shahar ma’lum darajada Burhonlardan ham minnatdor bo‘lishi kerak. Hatto Burhon degan muborak laqabning o‘zi ham buni tasdiqlagandek bo‘lib turibdi. “Millat va din dalili” – bunday tarjima g‘oyat jo‘n va so‘zma-so‘zdir. Burhoniddin unvoni “haqiqat” yoki “dinning haqiqiy ifodachisi” degan ma’noni anglatadi”1.
Burhoniddinni “al-Farg‘oniy ar-Rishtoniy al-Marg‘inoniy” deyilgan taxallus nisbalari esa, uning va ota-onalarining yurtlariga nisbatan berilgan. “Marg‘inoniy” nisbasi tug‘ilgan yurtini anglatib, qadimda arablar Marg‘ilon shahrini “Marg‘inon” deb atashgandir. Unga Abu-l-Hasan kunyasi qo‘shib aytilgan2.
Tarixdan ma’lumki, Burhoniddin Marg‘inoniy farzandlari ichida Hasan ismli o‘g‘lining nomi uchraymaydi. Shunday ekan uning Abu-l-Hasan kunyasi bilan atalishining sababi nimada? Bizningcha, bu uning Ali ismi bilan bog‘liq. Zero, Ali ismli kishilarga Abu-l-Hasan kunyasini qo‘shib aytish odati o‘rta asrlarda an’anaviy ko‘rinishga ega bo‘lgan. Garchand ularning Hasan ismli o‘g‘li bo‘lmasada, “Abu-l-Hasan” kunyasi qo‘shib aytilgan. Buning sababi hazrat Ali ibn Abu Tolibning kunyasi Abu-l-Hasan bo‘lib, ayrim hollarda Ali o‘rnida “Abu-l-Hasan” nomi qo‘llanilgan. Vaqtlar o‘tishi bilan Ali ismi bilan atalgan boshqa shaxslarga ham shu an’ana qo‘llanilgan bo‘lsa kerak.
Ma’lumki, hazrat Ali karramallohu vajhahu (ul zotning yuzini Alloh mukarram qilsin) Rasuli akram Muhammad (570/571-632) alayhissalomga eng yaqin olti kishidan hamda jannati ekanliklari bashorat qilingan o‘n sahobadan biri bo‘lgan. Manbalarning ko‘rsatishicha, hazrat Alining otasi Abu Tolib kambag‘al bo‘lgan, shu sababdan payg‘ambarimiz (s.a.v.) u kishining o‘g‘lini o‘z tarbiyasiga olgan edi3. Hazrat Ali ibn Abu Tolib tug‘ilganda, Rasuli akram (s.a.v.) o‘ttiz yoshda edi. Ali Abu Tolibning eng kichik o‘g‘li edi. Alining onasi Fotima xonimning aytishiga ko‘ra, o‘g‘li tug‘ilganda unga Ali degan nomni payg‘ambar (s.a.v.) tanlagan ekan, hatto tillarini uning og‘ziga solib, ozgina emdirgan ham ekan4. Alalxusus, hazrat Ali(k.v.) keyinchalik, Muhammad payg‘ambar (s.a.v.)ning yo‘ldoshiga aylanib, hatto kechalari ham u bilan yonma-yon uxlagan. Hazrat Ali Rasuli akram(s.a.v.)ning dunyodan erta o‘tib ketgan o‘g‘illarining o‘rnini bosganligi uchun ham ular bir-birlariga ota va o‘g‘ildek


1 G‘afurov O. Asma ul-husna yoxud tabarruk ismlar. I qism. T., 1998.-B.38-39.
2 Ma’lumki, kunya bu otaning farzand nomi bilan atalgan laqabidir. Ya’ni “Abu Tolib”,
– “Tolibning otasi”, “Abu-l-Qosim” – “Qosimning otasi” kabilar bunga misol bo‘ladi. Shuni aytib o‘tish kerakki, ba’zan o‘g‘li yo‘q kishilarga qandaydir boshqa ism bilan kunya qo‘yib kelingan. Masalan, arab faylasufi Abu A’loni ko‘rsatish mumkin. U Farzandsiz bo‘lsa-da, “Abu A’lo” kunyasini o‘ziga olgan edi. Bu to‘g‘risida Abu Rayhon Beruniyning quyidagi fikrni keltiradi: “Arablar kunyalar bilan kichiklarning qadrini ulug‘laydilar va kattalarning nomini aytmay, kunyalarini aytish bilan kifoyalanadilar”.
3 Bolshakov O.G. Istoriya xalifata. V 4 t. T.1. Islam v Aravii (570-633). M., 2002. S.66.
4 Abdusodiq Iris. Chahoryor // Muloqot. T., 1993, № 3-4.- B. 39.
bo‘lib qolganlar1. Ul zot Muhammad alayhissalomning payg‘ambar bo‘lishlarining ikkinchi kunida, o‘n yasharliklarida iymon keltirganlar. Keltirilgan ma’lumotlardan ko‘rinib turibdiki, hazrat Ali aslo butlarga sig‘inmaganlar. Shuning uchun ham uning muborak ismlari aytilganda “Karramullohu vajhahu” (ul zotning yuzini Olloh mukarram qilsin) deya ta’zim bajo keltiriladi2.
Qadimdan xalq ertaklari va dostonlaridagi ideal qahramonlar sifatlari hazrat Aliga qiyoslab kelingan va xalq baxshilari ham Alining ilohiy kuch – quvvati, mardligi haqidagi afsona va rivoyatlardan kelib chiqib, o‘z sevgan qahramonlariga Ali sifatlarini taqaganlar3. Xususan, X asrdan tortib to XX asr boshlariga qadar Markaziy Osiyoda yashab ijod etgan ko‘plab adiblarning asarlaridagi bosh qahramonning xislatlarini aynan hazrat Aliga qiyoslash an’anaga aylanganligi barchamizga ma’lum. Chunki hazrat Ali qahramonlardek – xalq ideali. U beqiyos kuch timsoli, tinchlik, mustaqillik, mardlik, pahlavonlik, to‘g‘rilik, mehribonlik, do‘stlik, adolatparvarlik, soddadillikning ramziy ifodasi. Uning jasur harakatida og‘irlik, salmoqdor vazminlik bo‘rtib tursa-da, keraksiz shoshqaloqlik, isyonkor ruh begona. Har bir faoliyati yagona maqsad tomon yo‘naltirilgan4. Aynan shu sababdan ko‘plab musulmon adiblari qadimda o‘z qahramonlarini mardlik ramzi hisoblanmish Ali ibn Abi Tolibga qiyoslab ta’riflashga alohida urg‘u berganlar.
Abdulloh ibn Ayyosh ibn Abu Robiy’a hazrat Aliga shunday ta’rif bergan edi: “Alida ilmda xohlaganingcha o‘tkir tishi bor edi. Uning maishatda soddaligi bor edi. Islomda qadimligi bor edi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam ila ahdi bor edi. Sunnatda fiqhi bor edi. Urushda qutqarishi bor edi. Molda saxiyligi bor edi”.
Abdulaziz Shanaviyning quyidagi ma’lumotlari hazrat Alining chuqur ilm sohibi ekanligiga yaqqol misol bo‘ladi deb o‘ylaymiz:
Olloh taolo Aliga Rasulullohning nevaralari Hasanni ato etdi. Shundan so‘ng hazrati Alini Abul Hasan deb chaqiradigan bo‘lishdi…

Download 1.2 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   147




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling