Бурҳониддин марғиноний исми, унвони ва куняси хусусида


Burhoniddin va Sulton Sanjar


Download 1.2 Mb.
bet6/147
Sana01.03.2023
Hajmi1.2 Mb.
#1238737
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   147
Bog'liq
02 (3)

Burhoniddin va Sulton Sanjar


Saljuqiylar hukmdori Sulton Sanjar3 bilan Burhoniddin Marg‘inoniy o‘rtasida bo‘lib o‘tgan voqealar to‘g‘risida xalq orasida rivoyatlar saqlanib qolgan. Shulardan biri quyidagicha:
“Aytishlaricha, Sulton Sanjar Farg‘onaga qilgan harbiy yurishidan qayta turib Rishton shahri yaqinidagi soya-salqin yerda (rivoyat bu joyni “Sohibi Hidoya” qabristonining o‘rni ekanligini ta’kidlaydi) dam olish uchun to‘xtaydi. Peshin namozi vaqti bo‘lganligi uchun Sulton imomgarchilikka o‘ta oladigan mulla hozir bo‘lishini so‘raydi. Mahalliy aholi bu ishga yosh Burhoniddinni taklif qiladi. Burhoniddin ko‘rsa-ki, hukmdor va uning odamlari yo‘l va jang azobidan toliqqan bir holatda ekan. Shu boisdan o‘n rakkatli namozni to‘liq, lekin qisqa zam suralarda o‘qib tugatadi. Shunda amir va ulamolar: “Shohimiz va ahli musulmonlarni hurmat qilmay, nechuk namozni qisqa qilding?”, deb dashnom beradilar. Bunga javoban yosh Burhoniddin “Malol kelib o‘qilgan namozning savobi kam bo‘lur”, deydi. Yosh imomning javobi Sulton Sanjarga ma’qul kelib, uni o‘zi bilan birga Samarqandga olib ketgan ekan”.
Bu rivoyatning qay darajada asosli ekanligi borasida fikr bildira olmasak-da, unda ishtirok etayotgan shaxslarning davrlari tarixiylikka mos tushmoqda. Shunga ko‘ra, xalq orasida saqlanib qolgan mazkur rivoyatning talqinida ma’lum bir ma’noda asos bordek tuyuladi. Bunga boshqa yana bir sabab ham bor. Chunonchi, ushbu tarixiy sharoitning vujudga kelishi bilan bog‘liq, ya’ni Samarqandda hukmdorlarning o‘zgarishi olimning taqdirida katta rol o‘ynagan. Bu haqda keyinroq so‘z yuritamiz.

MARG‘ILON RIVOYaTLARI


Go‘ri avval


1 Dala tadqiqotlari. 1999 yil. Farg‘ona viloyati, Rishton tumani, Zodiyon qishlog‘i.
2 Zahiriddin Muhammad Bobur. Boburnoma... – B. 35.
3 Sulton Sanjar – Saljuqiylar sulolasiga mansub sakkizinchi hukmdor (1118-1157). Uning davrida Saljuqiylar hukumati Movarounnahrning siyosiy hayotida ma’lum rol o‘ynagan.

Go‘ri avval ziyoratgohi Marg‘ilon shahri Go‘ri Avval mahallasida joylashgan. Rivoyatlarga ko‘ra, hazrat Burhoniddin Marg‘inoniy ushbu Go‘ri avvalga birinchi marta dafn etilgan deyiladi. Sababi, ul zot sakta (miyaga qon yugurib vaqtincha behush yotish) kasali bilan og‘rigan ekanlar. Ul zotning shogirdlari, yoru birodarlari “Hazrat vafot etdilar”,- deb ushbu joyga, Marg‘ilon shahrining eng markaziy joyiga (hozirgi Go‘ri Avval mahallasining boshiga) dafn etadilar. Burhoniddin Marg‘inoniyni qabriga qo‘yib ketayotganlarida uning yaqinlaridan biri ul kishining vafot etganliklarini eshitib, olis yerdan Marg‘ilon sari yo‘lga chiqadi. U Marg‘ilonga yetib kelgan zahoti shogirlariga qarata :



  • Hazrat Burhoniddin bir kitobni boshlagan edilar. Shul kitob yozilib bitdimi? Shuni bir ko‘rsam edi, – deydilar.

Aytishlaricha, bu kitob “Hidoya” bo‘lgan. Burhoniddin Marg‘inoniy kitoblarining birinchi muqovasida:

Savol bergan kishi mazkur jumlalarni o‘qib bo‘lgach, jonholatda:

  • Bu zot hali hayotlar, chunki kitob yarmiga boribdi. Hazratimni qaerga dafn etdilaringiz, – deb so‘rabdilar. Shunda shogirdlaridan biri Burhoniddinni qabri qaerda ekanligini aytadi. Biroq bu javobdan qoniqmagan o‘sha kishi :

  • Yozilayotgan kitob va aytilgan hadisga binoan bul zot hali hayotlar. Qabrni borib xabar olamiz, – deydilar.

Barchalari ortlariga qaytib kelib, qabrni ochib qarasalar, Burhoniddin tirik. Shunda bilibdilarki, vaqtinchalik behushlikdan forig‘ bo‘lgach, yana o‘zlariga kelgan ekan. O‘ziga kelgan hazrat Burhoniddin: “Meni olamdan o‘tdi deb oila ahllarim, shogirdlarim janozamni o‘qishib, qabrga qo‘yishibdi-da, buyog‘i endi Ollohdan”, deya Qur’on tilovati bilan mashg‘ul ekanlar. Uning tirikligini ko‘rgan shogirdlari Ollohga ming hamdu sanolar aytib xursandliklaridan uvvos ko‘tarib faryod qilgan ekanlar. Voqeani shu tarzda yaxshilik bilan nihoyasiga yetganidan so‘ng ulug‘ zot “Hidoya” ni yozishda davom etganlar1.
Shundan keyin, Burhoniddin Marg‘inoniy Samarqand va Buxoroda ta’lim olganlar, Makkai mukarramani, Ka’bani ziyorat qilganlar va vaqti kelib Samarqandda vafot qilganlar.
Ul zotning birinchi nurli qabrlari shu yerda bo‘lishi sababli bu maskan “Go‘ri avval” nomini olgan deyishadi.
Ma’lumotlarga ko‘ra, Go‘ri avval ziyoratgohi oldida shu nom bilan ataluvchi madrasa ham bo‘lgan. Qo‘qon xonlari davrida Go‘ri avval madrasasi uchun Zarkent, Ramadon qishloqlaridagi yerlar vaqf qilib berilgan edi2. Bundan ko‘rinadiki, Go‘ri avval ziyoratgohi yaqin o‘rtada rivoyatlar asosida paydo


1Dala tadqiqotlari. 2003 yil. Farg‘ona viloyati, Marg‘ilon shahri, Go‘ri Avval mahallasi.
2 Troiskaya A. L. Katalog arxiva Kokandskix xanov XIX veka... – B. 178.
bo‘lgan ziyoratgoh emas, balki tarixda qadimdan mavjud bo‘lgan muqaddas joylardan biridir. Zero, ushbu ziyoratgoh bo‘lmaganida, uning oldida Go‘ri avval madrasasi ham bino qilinmagan bo‘lur edi.
Aytish joizki, avvallari Burhoniddin Marg‘inoniy nomi bilan bog‘liq Go‘ri avval ziyoratgohi Go‘ri avval bozoriga kirish qismiga yaqin yerda joylashgan bo‘lib, o‘tgan asrning 50-yillariga qadar saqlanib turgan. Biroq shundan so‘ng yangi bino qurilishi bahonasi bilan buzib yuborilgan. Hozirda Go‘ri avval deb yuritib kelinayotgan ziyoratgoh aslida Mirpo‘stin ota mozori nomi bilan mashhur bo‘lgan. Aytishlaricha Mirpo‘stin ota kosiblarning piri bo‘lganligi bois kosibchilik bilan shug‘ullanuvchi hunarmandlar Mirpo‘stin ota mozorini ziyorat qilib kelganlar.

Download 1.2 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   147




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling