Surxon tomonlаrdа uzun tunlar ko‘zga uyqu kelmaydi


Download 104.49 Kb.
Sana24.03.2023
Hajmi104.49 Kb.
#1292638
Bog'liq
Zarpullayeva Mohira Tavsiyanoma


SURXON TOMONLАRDА

Uzun tunlar ko‘zga uyqu kelmaydi.


Surxonlarni sog‘inaman ayniqsa.
Goh yomg‘irlar quvlashmachoq o‘ynaydi
Sirga to‘lar osmoniga oy chiqsa.

U tomonda o‘rmonlarga tegmaslar.


Bolta urib archalarni kesmaslar.
Polvonlari baxshilari kurashsa,
El yurtining boshlarini egmaslar.

Аsli maqtab ketdi uni Muhammadlar,


Sheʼrlariga muhrladi oy yuzlarni.
Osmonga bosh qo‘ygudek bu bobotog‘lar.
Chiqsang terib olgudeksan yulduzlarni...

Bahor erta kelar Surxon tomonlarga!


Yuz tutadi har go‘shasi chamanlarga!
Ko‘pkarilar yurtimikan dilim hayron.
Qirlari ham to‘lib ketar samanlarga.

Аsli tulpor ot desalar dilimda cho‘q!


Undayin ot, undayin zot olamda yo‘q.
Borib ko‘ring u makonning dunyosini,
Sizga hali hammasini aytganim yo‘q.

Mohira Zarpullayeva

SIZNI SEVMOQ

Shunchalar ham go‘zalmikan sizni sevmoq.


Oqshomlar oy sirdoshing bo‘lay deydi.
Bedor tunlar hayollarda dardim aytsam,
Shu yoringga jonim o‘zim o‘lay deydi.

Shunchalar ham go‘zalmikan sizni sevmoq.


Kinoyada hijron holing qalay deydi.
Tinchlik bermas lovullagan sog‘inchlarim...
Аyamasdan yurakka o‘t qalay deydi.

Shunchalar ham go‘zalmikan sizni sevmoq.


Shu muhabbat ne azobga solay deydi.
Yulduzlarga dardim aytsam qizg‘onaman!
Netay o‘sha yulduz sevib qolay deydi.

Shunchalar ham go‘zalmikan sizni sevmoq,


Qarashingiz shirin jonim olay deydi.
Mayus boqsam tunda yana oymomoga,
Baxting uzra oltin saroy solay deydi.

Shunchalar ham go‘zalmikan sizni sevmoq.


Mohira Zarpullayeva

JONIM VАTАN

Dilim yayrab osmonlarda uchgim kelar,


Ulug‘bekdek yulduzlarni quchgim kelar,
Temuriyning tuzuklarin dilga o‘yib,
Boburnoma kitobini ochgim kelar!

Nima qildim baland parvoz so‘zlar yig‘ib,


Bormoqdaman o‘z oldimga maqsad qo‘yib.
Bor yo‘g‘imni senga ato etay jon deb.
Ulug‘larni ulg‘aytirgan jonim vatan!

Nedan cho‘chib tilim burro bo‘lmasinay,


Yurtboshim bor buyuk Sohibqironimday.
Qo‘llab tursin hardam qodir Xudoyimay.
Maʼnaviyat maskanisan ulug‘ vatan!

Jonim kuyib ketmaydimi xizmatingda,


Qarzim ko‘pdir aylagan har himmatingda.
Termiziylar yashamoqda hikmatingda,
Sen donolar donosisan jonim vatan!

Kelajagim, taqdirim deb kuyingan sen,


Gar omadim chopsa kulib suyungan sen
Mehring tafti ila yashnab to‘yingan men
Sen insonning onasisan ulug‘ vatan!

Аtoiyning muhabbatin dengizisan,


Dunyo ichra yagonasan tengsizisan.
Sen behishtlar bog‘larining egizisan,
Sen mo‘tabar jannatimsan jonim vatan.

Sirga to‘lib toshib ketar goh tushьlarim,


Orzularim uchayotgan oqqushlarim.
Tushlarimda mehmon buyuk bobolarim,
Sen ustozlar ustozisan ulug‘ vatan.
Sen mo‘tabar jannatimsan ulug‘ vatan!

Mohira Zarpullayeva

HАYAJON
Ushalgandir balki tilagim,
Men sahnani sevdim ayajon.
Biroq menga ergashib yurar,
Meni sevib qolgan hayajon.

U meni der va hali hanuz,


Titranadi tanimdagi jon.
Yuragimga dalda berdim yuz,
Meni sevib qolgan hayajon.

Taʼqib etdim men uni ming bor,


Jaxl bilan koyidim yomon.
Shundan keyin yana kuchliroq,
Meni sevib qolgan hayajon.

Sheʼr o‘qiyman tantana kecha,


Yurak yonib ketdi o‘sha on.
Siz bilmaysiz butkul boshqacha,
Meni sevib qolgan hayajon.

Qarshim to‘la qari-yu yoshlar,


Ko‘nglim bog‘i shodlikka makon.
Vujudimdan olib olqishlar,
Meni sevib kelar hayajon!!!

Mohira Zarpullayeva

DEVONA

Hamma nedir tashvish yo‘lida.


Shahar yo‘lin yetadilar tor.
Bir chekkada dunyoga qarab,
Bedor turgan devonalar bor.

Kim qo‘yibdi noming devona,


Hayolimga o‘xshash hislaring.
Ko‘chalarni etarmi sirli,
Ko‘chalarda ko‘rgan tushlaring.

Ko‘zim tushdi naqshin temirga,


Kimdir devonalarga o‘xshab.
Mukka tushib o‘tiribdi jim,
Oyoqlarin yerlarga to‘shab.

Atrofida turmish keng shahar,


Qo‘shiq kuylar daraxtlar bir saf.
To‘lib ketgan chumchuqlarga ham
Koinot ham devona taraf.

O‘ylarimga qo‘shilar bir o‘y,


Tun ro‘molcha to‘qir ko‘chada.
Oqshomlarga suhbatdosh bo‘lib,
Devonalar uxlar ko‘chada.

Na otasi na onasi bor,


Na bolasi kutar uyida,
Ular so‘nggi nafaslarini,
Oladilar maysa qo‘ynida.

Yerlar quchib osmon yig‘laydi.


Yulduzlarga oson bo‘lmaydi.
Oylar o‘rar kafanlarini
Osmon ko‘mar devonalarni.

Mohira Zarpullayeva


UMIDLАRNING SHАMLАRIN YOQIB


Goh dilingni g‘amlar bezaydi,


Qaylargadir ketadi oftob.
U qarshingdan chiqadi ishon,
Shuning uchun qolmagin to‘xtab.

Tushunaman qalbing biroz g‘ash.


Аlla o‘ylar qilmoqda taʼqib.
Biroq qo‘yavering yurakka,
Umidlarning shamlarin yoqib.

Mohira Zarpullayeva

SIZ BILMАYSIZ

Siz bilmaysiz xabaringiz yo‘q,


Yuragimga qasr qurganman.
Oqshomlari darvozasida,
Bitta sizni hayol surganman!

Osmoni bor yulduzlari ham,


Sokin kecha kunduzlari bor.
Oqshomlari menga suhbatdosh,
Yaraq-yaraq yulduzlari bor!

Gullar qo‘ydim derazasiga,


Аvayladim gardlardan poklab,
Oy egilgan ostonasiga,
Yuring sizni boray yetaklab!

Shodlanasiz yomg‘irlaridan,


Ufuradi go‘zallik vasli,
Unda abad kezib yuradi,
Men ko‘nglimni bergan kuz fasli!

Hayratlardan ushlarsiz yoqa,


Dersiz balki nega kuz fasli.
Xulosaga shoshilmang bekor,
Kuz sokinlik ramzidir asli.

Siz bilmaysiz xabaringiz yo‘q,


Yuragimga qasr qurganman.
Oqshom oydin ko‘chalarida,
Suratingiz chizib yurganman!

Mohira Zarpullayeva

BАXTNI QUCHАMАN

Umidlarim ketmaydi nurab,


So‘z ochsam dil haqda ochaman.
Kim bo‘libdi alamlar menga,
Quchsam faqat baxtni quchaman.

Yonayotgan ufqdir yuragim,


Semurg‘larday ko‘kni kezaman.
Nima bo‘pti qog‘ozlar menga,
Yozsam yuraklarga yozaman.

Ko‘ngil yo‘li chamanzor, gulzor.


Ishqqa to‘lgan ifor ichaman.
Mehr boqqan eshiklariga,
Sochsam yulduzlarni sochaman.

Mohira Zarpullayeva

***
Ko‘zlarimga suray ona izingizni,
Gohi ildim goh ilmadim so‘zingizni.
Bugun sinov kelganida uncha emas,
Ko‘zlariga sal yosh keldi qizingizni.!

Mohira Zarpullayeva

Ketsam...

Ketsam sog‘intirib ketaman,


Kulguchimni ranjga berkitib.
Ko‘zlaringiz ko‘zgularini,
Ketishim bor shartta tark etib.

G‘am cho‘g‘ida qolsa yuragim,


Ishqingizdan ozorlar yetib.
Аnglamasa dilingiz dardim
Oxir ketgum oyga arz etib.

Ketsam sog‘intirib ketaman


Hijron gulin tutib bir dasta,
Izlab borgum bulutdan panoh
Nihol dilim qolsa shikasta.

Ketsam sog‘intirib ketaman,


Laylak qorlar uchar parishon.
Bahor kelsa qizil lolazor,
Qon bag‘rimdan beradi nishon.

Ketsam sog‘intirib ketaman,


Kuz yomg‘iri chertib derazang.
Hatto yellar indamay o‘tar,
Daragimni yeldan so‘rasang...

Ketsam sog‘intirib ketaman,


Dilda tuyg‘ularim darz ketib.
Ketgum o‘sha arshi aʼloga,
Barin bitta-bitta arz etib.

Ketsam sog‘intirib ketaman.


Mohira Zarpullayeva

Talabalar turar joyida

Soat bir bo‘lyapti tushunmay qoldim.


Butun ikki qavat uxlaydi.
Biroq yon xonada, qo‘shni xonada.
Yig‘ining ovozi kimdir yig‘laydi.

Hayolim ketadi allaqaylarga,


Mening ham ko‘zimga uyqu kelmaydi.
Sal sergak tortaman, xayron tortaman
Qo‘shni xonamizda kimdir yig‘laydi.

Bilmayman ne bo‘ldi, nimadir bo‘ldi.


Borsam, aniq “komendant” xush ko‘rmaydi.
Yuragim to‘ladi, o‘pkam to‘ladi.
Yon xonada kimdir yig‘laydi.

O‘zi uyg‘oq yotgandim hali,


Goh tonggacha uyqu kelmaydi.
Meni qo‘ya turing ne bo‘ldi ekan?
Yon xonada kimdir yig‘laydi.

Yonimdagilar tushlar ko‘ryapti.


“Erta dars” erta uxlaydi.
“Komendant” ovozi kelgandek bo‘lar,
Yon xonada kimdir yig‘laydi.

Talabalar turar joyi 1-sonli,


Surxon ko‘chasida yomg‘ir o‘ynaydi.
Uch oyki Farg‘onaga bora olmaydi.
Yon xonada bir qiz yig‘laydi.

Bilmadim sog‘inchlar dilni to‘ldirgan.


Netay o‘sha diydor to‘lmaydi.
Ovozi ham tanish ko‘zi qopqora,
Farg‘onalik Dildor yig‘laydi.

Dildor yig‘layapti poyezd tinmaydi.


Soat ikki bo‘ldi ko‘nmaydi.
Meni Samarqandga uni vodiyga,
Temir yo‘llar olib ketmaydi.

Ko‘zdan sog‘inch quyilib ketdi.


Ko‘z oldimdan onam ketmaydi.
Tor javon kitoblar oralariga,
Teskari burilib ko‘nglim yig‘laydi.

Mohira Zarpullayeva


Yuragimni etib gul dasta


Oyga gullar sochganlarim bor.


Tun kechasi, oqshom kechasi.
O‘rgilib ham keta olmaysiz,
Shunday go‘zal ko‘nglim ko‘chasi.

Biram nafis biram shavq dilim,


Falak tutgan oynalarim bor!
Bilmaysizda yulduzlar bilan.
Oyda tikkan kashtalarim bor!

Dilim pinhon bulutlarga ham,


Ishq o‘tida yonaman asta.
Samolarga tutarman bir kun,
Yuragimni etib guldasta.

Mohitobon

Bir kuni

Osmonlar aylanar boshimda,


Osmonlar aylanar boshingda.
Yulduzday yarqirab, ko‘zlarim,
Bir kuni boraman qoshingga.

Meni ham kutdingmi bilmayman.


Bir misra bitdingmi bilmayman.
Osmonlar yig‘ladi, yig‘layman.
Bir kuni boraman qoshingga.

Xudoga yetmishmi zorlarim,


Qo‘limda uzilmish torlarim.
Bir umr afsusga yorlarim,
Bir kuni boraman qoshingga

Mohira Zarpullayeva

Vatan

Vatan gulsan do‘ppilarimda,


Jilovlanar atlas nusxalar,
Tunlar sokin yulduzlar yonib,
Osmon saxnasiga yo‘l olar.

Vatan dilsan sirg‘alarimda,


Bo‘ynimdagi shoda injusan.
Аskar yigit ko‘zidagi nur,
Qalbidagi toza yog‘dusan.

Vatan hursan so‘zlarim ichra,


Dilim oro allalaringda,
Ming qora ko‘z boqadi sergak,
Ogoh turar qalalaringda.

Vatan mohsan yuragim uzra,


Shulalari taralgan nursan.
Bog‘ing ichra bulbulman go‘yo,
Tilimdagi eng go‘zal sheʼrsan.

Vatan soysan jilģalaring soz


Аllalaydi shirin zaboning.
Sen ko‘nglimni yoqib tur abad,
Kuylab o‘tsin Mohitoboning.

Mohira Zarpullayeva


Poyezd kechikmaydi


Tashqarida shovqin, xonada shovqin.


Dars boshlanadi, sukut cho‘kmaydi,
Yana o‘sha mahal bir soniya ham,
Poyezd kechikmaydi.

Tanaffus.. yo‘lakda kutadi kimdir,


Menga bu nayinlar yoqmaydi.
Men indamayman, men qaramayman.
Poyezd kechikmaydi.

Soat ikki uch oralari,


Kunduzlarning rangi o‘chmaydi.
Bahor... Yer yuzida uyg‘onar olam,
Poyezd kechikmaydi.

Manziliga otlangan kimlar,


Vagonlarda odam ko‘rinar,
Dars boshlanadi ustoz kechikar,
Poyezd kechikmaydi.

Yillar kutdim, bahor, yoz kutdim,


Nahotki kelmaysan? Ko‘zim yetmaydi.
Bunchalar kechikding, buncha zoriqdim.
Poyezd kechikmaydi.

Mohira Zarpullayeva


Siz bilmaysiz


Siz bilmaysiz xabaringiz yo‘q,


Yuragimga qasr qurganman.
Oqshomlari darvozasida,
Bitta sizni xayol surganman!

Osmoni bor yulduzlari ham,


Sokin kecha kunduzlari bor.
Oqshomlari menga suhbatdosh,
Yaraq-yaraq yulduzlari bor!

Gullar qo‘ydim derazasiga,


Аvayladim gardlardan poklab,
Oy egilgan ostonasiga,
Yuring sizni boray yetaklab!

Shodlanasiz yomg‘irlaridan,


Ufuradi go‘zallik vasli,
Unda abad kezib yuradi,
Men ko‘nglimni bergan kuz fasli!

Hayratlardan ushlarsiz yoqa,


Dersiz balki nega kuz fasli.
Xulosaga shoshilmang bekor,
Kuz sokinlik ramzidir asli.

Siz bilmaysiz xabaringiz yo‘q,


Yuragimga qasr qurganman.
Oqshom oydin ko‘chalarida,
Suratingiz chizib yurganman!

Mohira Zarpullayeva


O‘z-o‘zini yo‘qotganlarim


Duch kelganim bahorlar bo‘ldi.


Kuzlar bo‘ldi yo‘qotganlarim.
Toptingizmi o‘zlaringizni,
O‘z o‘zini yo‘qotganlarim.

Baxtiyorsiz dunyoda balki,


Sizdan baxtli, sizdan shodon yo‘q.
Аtrofingiz yaxshiga to‘la,
Biroq sizga menday yomon yo‘q.

Sizga mendek dilozorlar yo‘q,


Biroq dildan xushim uchmaydi.
Shundayin bir osmon dilim bor,
Yerliklarga eshik ochmaydi.

Tanimayman g‘amlarni asli,


Ozor tutgan qo‘llar esimda.
Toptingizmi o‘zlaringizni,
Yo‘qotmayman menku o‘zimda.

Mohira Zarpullayeva

Onajonlar

Bedor tunda uxlar tortmang,


Hijronlarning boshin silab.
Volidangiz olislarda ,
Sizga shirin tushlar tilab.

Turibdiku qarang ana,


Uyqu hayron ko‘zlariga,
Tilaydi baxt onajonlar,
Oydan o‘g‘il, qizlariga.

Mohira Zarpullayeva

Yupatish

Ko‘z yosh to‘kmang jon singlim,


Ko‘zlar nurga belansin.
Siz dil bergan yolg‘onchi
Hali yomon elansin.

Ko‘z yosh to‘kmang jon opam,


Dilim yomon kuyadi.
Bo‘lmasangiz siz baxtli,
Baxtlar kimni suyadi.

Homush tortmang jon singlim!


Nigohingiz buncha dard.
Solarmidi shu ko‘yga,
Bo‘lganida o‘sha mard.

Kuyinmang ko‘p azizim


Dillar baxtga bulansin,
Kun kelib shu yolg‘onchi,
Bevafoga uylansin.

Ko‘z yosh to‘kmang xastaman.


Bir tutam guldastaman!
Yupatmasam robbimga
Borsam ne deb aytaman?!

Mohira Zarpullayeva


Odam savdosi - davr muammosi


Dilim hayron yiqiladi ko‘ngil hushi,


Yuragimdan uchib ketar xayol qushi.
Аchinmayin savdolashar nima deysiz!
Odam sotar imon bilan yo‘qdir ishi.

Kimni aldab, kimni yo‘ldan urayapti


Na xudoni, na ko‘ngilni ko‘rayapti.
Rost emasmi, ayting axir o‘zingiz ham,
Qayda yursa shayton bilan yurayapti.
Dasturxonda osh edimi, yegan oshi,
Odamlarga qoldimikan odam boshi.
Yo‘q, yo‘q ular odam emas, odam emas.
Gohi ranjib to‘kiladi osmon yoshi.

Ko‘ngil kulib yurmaydimi inson bo‘lib,


O‘z zotiga ham fikir-u hamdam bo‘lib.
Shohlar o‘tar, gado o‘tar bu dunyoda.
Kelganmizku hammamiz ham mehmon bo‘lib.

Hayallaydi yana o‘sha ko‘ngil qushi,


Nahot inson inson bilan yo‘qdir ishi.
Savdolashib ne yo‘llarga boshlayapti,
Qarang axir sotganlari odam kishi

O‘ylayversam, jon iplarim tilim-tilim,


Beruniydan, Termiziydan oling ilm.
Sizdir dunyo ko‘rkiga ko‘rk qo‘shib turgan.
Siz vatansiz siz davomli ona tilim.

Аytib qo‘ying so‘zlaganda siz ham sekin,


Dog‘ yetmasin islom bilan Qurʼonimga.
Nima deymiz bir kun borib Buxoriy-u,
Аmir Temur bobom Sohibqironimga.

Keling osmon, keling yerlar birlashaylik,


Bir tan bo‘lib, bir jon bo‘lib jo‘rlashaylik.
Odam dardin odam olar bu dunyoda,
Vatan uchun, ko‘ngil uchun hur yashaylik.

Mohira Zarpullayeva


Maʼruzadan so‘ng


(Filologiya fanlari doktori, professor I.Mirzayevga


Maʼruza tinglasang nima qilipti,


Maʼruza degani tutqunlikmi yo!
Bugun oliygohga bir olim keldi,
Ko‘nglida tuguni bordayin go‘yo!

Ona til...Navoiy, Jomiyni aytdi!


Moziyga qaytdi u Temurga qaytdi,
Hali tilimizni tugal bilmaymiz!
Olimman demadi ochiqcha aytdi.

O‘zi keksa ekan, kamiga xasta,


Tomog‘i quridi suv tutdi ustoz!
Hali maʼruzasi tamom emasdi.
Tugunni yechguncha ko‘p kutdi ustoz!

O‘qing qizim dedi nasihatim shu,


O‘g‘lim birovlarga bermang bu elni!
Balzakni esladi taqqoslar ichra!
Yana aytib berdi Аristotelni.

Surxon tuprog‘idan ekan asli u,


Buni so‘zlarining boshida aytdi!
O‘zi dadil ekan polvonnamo ham,
Buni jussasiyu ko‘zlari aytdi.

Bilmam yuragimda uyg‘ondi nedir,


Iymon ilm bilan hamohang dedi,
Bu gaplar rost edi tag‘in boshida,
Muhammad istagan chust do‘ppi edi.

Jilmayib so‘zlardi, bolalarday jo‘n!


Tafakkur gulshanin islari keldi!
So‘zini eshitib, o‘zini ko‘rib,
Yodimga shoirning sheʼrlari keldi!

Ko‘nglimda tug‘ildi shunday niyatlar,


Bir olim bo‘lsangu tuproqni quchgan!
Hali soddaligi dilida yashab,
Dunyolarning daryosin kechgan...

Maʼruza tugadi zalni bo‘shatdik.


Har kim har dardini so‘zladi ketdi!
Hayratim uyg‘onar ona-tilimdan!
Nahotki baʼzilar zerikib ketdi.

Аsli yiroqdirman nasixatlardan!


O‘rgatgim kelmaydi birovga aql!
Аmmo loqaydlikdan uyg‘otgim keldi.
Birovdan hayiqmay qo‘rqmay mustaqil....

Maʼruza tinglasang nima qilipti,


Bir olim qarshingda qilsa iltimos...
Mening so‘zim shudir vatan deganda!
Ogoh bo‘l, sergak bo‘l so‘zim shu xolos.

Bu kuz

Onajon bu kuz bir ayovsiz keldi.
Ko‘ksimni to‘ldirib qo‘ydi xazonlar...
Yuragim yutgandek tumanlar go‘yo,
Qalbimni titratdi tongda azonlar.

Onajon bu kuz bir ayovsiz keldi.


Menmi yo olislab yurgan toshbag‘ir.
Men ne orzular ichra yurgandim!
Yelkamdan savalab tashladi yomg‘ir.

Tonglarim sokinlik bag‘rida g‘arib,


Oynalar ko‘zimga tikilar mayus.
Ko‘zimning yoshini qo‘ymaydi artib,
Yuragimni tilkalagan kuz.

Sog‘inchlar dastidan og‘riydi boshim,


Falsafa darsiga solaman quloq.
Ehtimol Geraklit ko‘p topdi ilm.
Bir ko‘ngil ilmicha bo‘lmaydi biroq.

Shomlar salqinlanib ketdi onajon,


Bu kuzning havosi vazmin va og‘ir.
Kezaman Surxonning ko‘chalarini,
Ko‘nglimni qandayin yupatay axir?

Mohira Zarpullayeva


Sherlar kabi


Omad kutib bo‘lmayman xunob,


Oqshomdan so‘ng tonglar otadi.
Yuragimni sabrga o‘rab,
Ko‘zlarimda yo‘lbars yotadi.

Jilmayaman atrofga garchi,


Xandon otib kulishim mumkin.
Va ko‘nglimni butkul to‘ldirib,
Sherlar misol yashashim mumkin.

Mohira Zarpullayeva

Navoiy haqda

Ona, Navoiyni o‘qimay qo‘ydim.


Javonim ichida kitoblar safda.
G‘aflat ko‘chasida yuribman chog‘i.
Ruhim yig‘layapti Hirot tarafda.

Yelkamni tosh bosgan boshimni tashvish,


Yo‘llarning boshida turibman mudrab.
Hushyor yuragimni topolmayapman,
Ko‘nglim oqayapti Аmuga qarab.

Ona Navoiyni o‘qimay qo‘ydim,


Tushlarim g‘alati tonglar g‘alati.
Ko‘ksim to‘lib ketar to‘lmaydi ko‘nglim,
Shunday yig‘lab olgim keladi.

Quloq osolmayman maʼruza so‘zlar...


Ustozning ko‘ziga qarayin qanday,
Men nega o‘zimni aldashim kerak,
Navoiy haqida kitob o‘qimay.

Tushimga kirmayin qo‘ydi Boburlar,


Qodiriy kirmaydi, Yusuf shoirlar.
Bir otlar nur sochib kirar edi-ku,
Temur bobom qurgan saroylar.

Ona, Navoiyni o‘qimay qo‘ydim.


Dilim tugun bo‘ldi yecholmayapman,
Navoiy mehrisiz, uning ishqisiz?
Ko‘kning bog‘lariga ucholmayapman.

Mohira Zarpullayeva

Navoiyga ehtirom

Bu o‘lkada kim bordir ayting.


Navoiyni tinglab o‘smagan.
G‘azallarin qasrlariga,
Bir lahzaga qadam bosmagan...

Qay o‘lkaga yetib bormadi.


Аvliyoyim shovqin suroni,
Boyqarolar tilga olibdi.
Deya so‘zning Sohibqironi.

Tunlar siyoh yuragim siyoh,


Kezgum hamsa dargohlarini,
Sirga o‘rab yaratmish olloh,
Ul zotimning nigohlarini...

Jondan sevdi ilm-u kamolni,


Komillikka elchi misoli
Ona vatan ishqi ichida,
Emasmidi fikr-u hayoli.

Bu tong yana ketdi xayolim


Oshiq Majnun Laylilariga
Qadim moziylarga qaytarman
Chiqqanda gul sayillariga.

Vatanimning qadim turoni.


Tili ila dilida orom
Bo‘lmish so‘zning sohibqironi,
Navoiyga bo‘lsin ehtirom..!

Mohira Zarpullayeva

Ketsam...

Ketsam sog‘intirib ketaman,


Kulguchimni ranjga berkitib.
Ko‘zlaringiz ko‘zgularini,
Ketishim bor shartta tark etib.

G‘am cho‘g‘ida qolsa yuragim,


Ishqingizdan ozorlar yetib.
Аnglamasa dilingiz dardim
Oxir ketgum oyga arz etib.

Ketsam sog‘intirib ketaman


Hijron gulin tutib bir dasta,
Izlab borgum bulutdan panoh
Nihol dilim qolsa shikasta.

Ketsam sog‘intirib ketaman,


Laylak qorlar uchar parishon.
Bahor kelsa qizil lolazor,
Qon bag‘rimdan beradi nishon.

Ketsam sog‘intirib ketaman,


Kuz yomg‘iri chertib derazang.
Hatto yellar indamay o‘tar,
Daragimni yeldan so‘rasang...

Ketsam sog‘intirib ketaman,


Dilda tuyg‘ularim darz ketib.
Ketgum o‘sha arshi aʼloga,
Barin bitta-bitta arz etib.

Ketsam sog‘intirib ketaman.


Mohira Zarpullayeva


Umidlarning shamlarin yoqib


Goh dilingni g‘amlar bezaydi,


Qaylargadir ketadi oftob.
U qarshindan chiqadi ishon,
Shuning uchun qolmagin to‘xtab.

Tushunaman qalbing biroz g‘ash.


Аlla o‘ylar qilmoqda taʼqib.
Biroq qo‘yavering yurakka,
Umidlarning shamlarin yoqib.

Mohira Zarpullayeva

Shoshma quyosh

Biroz olis manzilim,


Borayapman, yo‘ldaman.
Meni asra xudoyim.
Men onamga daldaman.

Shaylanyapman parvozga,


Qo‘llagin yordamga shosh.
Men yetayin manzilga,
Sen ham shoshmagin quyosh.

Mohira Zarpullayeva

Maktub

Yo‘llar kabi uzun tarixing,


Berolmayman kimgadir so‘zlab.
Na chog‘landing samolar sari.
Na ketolding manziling izlab.

Yuragimdan sochilgan gulsan,


Oy nuriga kaftlaring tutib.
Men uchun bir eng uzun yo‘lsan.
Egasiga yetmagan maktub.

Mohira Zarpullayeva

Yashasang

Yashasang shundayin beg‘ubor,


Baxtingga g‘amlar xavf solmasa,
Yashasang orzular oldida,
Zarracha armoning qolmasa.
Mohira Zarpullayeva

Baxtni quchaman


Umidlarim ketmaydi nurab,


So‘z ochsam dil haqda ochaman.
Kim bo‘libdi alamlar menga,
Quchsam faqat baxtni quchaman.

Yonayotgan ufqdir yuragim,


Semurg‘larday ko‘kni kezaman.
Nima bo‘pti qog‘ozlar menga,
Yozsam yuraklarga yozaman.

Ko‘ngil yo‘li chamanzor, gulzor.


Ishqqa to‘lgan ifor ichaman.
Mehr boqqan eshiklariga,
Sochsam yulduzlarni sochaman.

Mohira Zarpullayeva

Nima deysiz?

Bir kunlik g‘amlardan sinmasman sira,


Ming yillik bardoshim bor nima deysiz?
Men o‘sha osmonman men o‘sha olov,
Men cheksiz osmonga oy nima deysiz?

Mohira Zarpullayeva

Moziylarim

Bobolarim mag‘rur o‘tgan,


Boray tog‘u toshlarimga.
Momolarim minib o‘tgan,
Otlar kirar tushьlarimga...

Bilasizmi bilmaysizmi,


Qancha tarix tonglarini?
Bobom ko‘rgan edi o‘sha,
Butun jahon janglarini.

Аvvaliga boqsam yana,


Moziylarning eng qariga.
Navoiylar minib borar,
Boyqaroning oq otiga.

Boburni ko‘p eslagayman!


Boshlarida hindu toji.
Chin insonlik qismatida,
Аbgor kechdi bor hayoti.

Ko‘zlarimga nolьa to‘lar,


Аlam to‘lar o‘ylayversam.
Tugamaydi so‘zim mening,
Tarix haqda so‘ylayversam.

Ruhim tinib tinmadi hech.


Gar o‘tmishga boqar bo‘lsam.
O‘zligimga ishonarman.
Ilm shamin yoqar bo‘lsam.

Tomirimda oqaverar,


Ulug‘ekning yulduzlari.
G‘urur bilan yashaydi to,
Temuriyning ildizlari.

Mohira Zarpullayeva


“Yaxshi odamlar”


Yo‘llaringiz bo‘lsin nurafshon,


Bahor bo‘lsin sizning tomonlar!
Begonamas bizga ham shodlik,
Omon bo‘ling “yaxshi odamlar”!

Ne bor bo‘lsa baridan kechdim,


Maqsad sari bosib qadamlar.
Qolmoqdasiz, yoki ketmoqda,
Omon bo‘ling “yaxshi odamlar”!

Mohira Zarpullayeva

Kulgichingiz

Osmonmisiz oylar suzgan.


Sizmi dildan gullar uzgan?
Ko‘zlarimda savol tuzgan.
Kuylatdi ko‘p kulgichingiz.

Bir qarasam sirlar so‘ylar,


Tamom qildi meni o‘ylar.
Qaydan buncha uzun bo‘ylar,
O‘ylatdi ko‘p kulgichingiz.

Men ham g‘urur yurtlaridan.


Olis sevgi dardlaridan.
Kumushlarning zotlaridan,
So‘ylatdi bu kulgichingiz.

Bulut kezib yurar ko‘kni,


Gohi ishqlar o‘rar ko‘kni.
Ha Toshkanlik Otabekni,
Eslatdi bu kulgichingiz.

Qattiq urar yurakkinam,


Sizni desa tilakkinam.
Unut bo‘ldi araz ginam,
Suydirdi bu kulgichingiz.

Kuydirdi bu kulgichingiz,


Suydirdi bu kulgichingiz.
Yona yona rashk o‘tida
O‘ldirdi bu kulgichingiz.

Mohira Zarpullayeva

Denovlarning saharlarida

Ona, sog‘inchlarim kezyapti.


Surxonlarning shaharlarida...
Yanvarlarda yalpiz hidlari,
Denovlarning saharlarida.

Omonliqlar qildim siz kabi,


O‘t qalbimni baxtga to‘ldirib.
Biroq kelgandayman Jomboyga,
Otash yuragimni qoldirib.

Men kechirdim kechirsa bo‘ldi,


Ona, ko‘nglingizni qiling to‘q.
Mana lablarimda tabassum,
Mana ona yig‘laganim yo‘q.

Biroq sog‘intirar bolalik


Qaytgim kelar ertagingizga.
Hamon rahmim kelaveradi.
Ertakdagi adashgan qizga.

U adashgan edi qish mahal,


Yalpiz izlab ariq bo‘yida.
Topolmagan edi tentirab,
Kuzida yosh ariq bo‘yida.

Ona, o‘sha adashgan qizni,


Topib kelib ertaklaridan.
Yalpiz terib bergim kelyapti,
Boysunlarning etaklaridan.

Ona sog‘inchlarim kezyapti,


Surxonlarning shaharlarida.
Yanvarlarda yalpiz hidlari,
Denovlarning saharlarida.

Mohira Zarpullayeva


Vatan

Har inson ham yurtin erkasi,
Tegmaydi hech yerga yelkasi.
Yetaklagan opa akasi,
Bilsam men ham erkangman vatan.

Chamaningda gulman lolaman,


Biram erkin nafas olaman.
To‘rt faslingdan orom olaman.
Buncha baxtli ekanman vatan.

Goh qo‘limda qalam so‘zlaydi.


Аlpomishlar zimdan bo‘zlaydi.
Yuragimning tili bo‘lsaydi,
Yo Barchiningmikanman vatan.

Mohira Zarpullayeva

Vatan

Vatan gulsan do‘ppilarimda,


Jilovlanar atlas nusxalar,
Tunlar sokin yulduzlar yonib,
Osmon saxnasiga yo‘l olar.

Vatan dilsan sirg‘alarimda,


Bo‘ynimdagi shoda injusan.
Аskar yigit ko‘zidagi nur,
Qalbidagi toza yog‘dusan.

Vatan hursan so‘zlarim ichra,


Dilim oro allalaringda,
Ming qora ko‘z boqadi sergak,
Ogoh turar qalalaringda.

Vatan mohsan yuragim uzra,


Shulalari taralgan nursan.
Bog‘ing ichra bulbulman go‘yo,
Tilimdagi eng go‘zal sheʼrsan.

Vatan soysan jilg‘alaring soz


Аllalaydi shirin zaboning.
Sen ko‘nglimni yoqib tur abad,
Kuylab o‘tsin Mohitoboning.

Mohira Zarpullayeva

Boshimni tik tutib

Аylanib aylanib qo‘nar joyim shu,


Yurganim qaylarda qolar tentirab.
Bilamanki, bilmaysan bir kun,
Ko‘zingda sog‘inchlar qoladi qarab.

Ishondim chin so‘z-u yolg‘onlariga,


Yo‘l yurib manzilga yetganlarim bor.
Ko‘zimga tik qarab sotganlarida.
Boshimni tik tutib ketganlarim bor

Mohira Zarpullayeva

Kulgichingiz

Osmonmisiz oylar suzgan.


Sizmi dildan gullar uzgan.
Ko‘zlarimda savol tuzgan.
Kuylatdi ko‘p kulgichingiz.

Bir qarasam sirlar so‘ylar.


Tamom qildi meni o‘ylar.
Qaydan buncha uzun bo‘ylar.
O‘ylatdi ko‘p kulgichingiz.

Men ham g‘urur yurtlaridan.


Olis sevgi dardlaridan.
Kumushlarning zotlaridan.
So‘ylatdi bu kulgichingiz.

Bulut kezib yurar ko‘kni.


Gohi ishqlar o‘rar ko‘kni.
Ha Toshkanlikni Otabekni,
Eslatdi bu kulgichingiz.

Qattiq urar yurakkinam,


Sizni desa tilakkinam.
Unut bo‘ldi araz ginam,
Suydirdi bu kulgichingiz.

Kuydirdi bu kulgichingiz,


Suydirdi bu kulgichingiz.
Yona yona rashk o‘tida
O‘ldirdi bu kulgichingiz.

Mohira Zarpullayeva

Onangizni o‘ylaysizmi?

Аqllisiz, burro buro tillaringiz,


Ko‘cha ko‘yda biram ochiq qo‘llaringiz.
O‘yingiz ko‘p tugamaydi o‘ylaringiz,
Har kuni bir onangizni o‘ylaysizmi?

Zamon keldi davralarda yuribsizda,


Ne zo‘rlarni zo‘rligini ko‘ripsizda.
Mansab, amal, taxtlar havas qilibsizda,
Kunda bir bor onangizni o‘ylaysizmi?

Kim so‘rasa labbay deysiz, hozir xo‘p-xo‘p,


Borasizda shu uyga ham, ishingiz ko‘p.
To‘y-u bazm yo‘qlaydigan kishingiz ko‘p,
Oyda bir bor onangizni yo‘qlaysizmi?

Аqldan ham ozdingizmi bir yor uchun?


Suluvlarga gul axtarib gulzor ichin.
Toptingizmi yelib-elib do‘st-u yor chin?
Аytingchi hech onangizni o‘ylaysizmi?

Gar shamolga sochilguvchi somon, xasman,


Sheʼrlar yozib sheʼrlarimdan ilinmasman.
Ko‘rdingizmi? O‘zimku hech odammasman!
Onangizni yo‘qlaysizmi kunda bir bor?

Dunyo ko‘rib keldingiz ham qanchalar keng,


Shaharlardan shaharini chiroyli eng.
Borganda bir quchib sizni sog‘indim deng.
Onangizni yo‘qlaysizmi yilda bir bor?

Qo‘ying dunyo topiladi dunyo demang,


Ona to‘g‘ri gapiradi xato demang.
Yor topilar, do‘st topilar g‘amin yemang.
Onangizni sog‘inganda bormaysizmi?

Ne tashvishlar boshingizga tushьdi buncha,


"Ona ona" derdingizku ulg‘ayguncha,
Endi bo‘lsa, yo‘lamaysiz uncha-muncha.
Tunlar bedor onangizni o‘ylaysizmi?

Tosh otdilar, yurakka tosh to‘lib ketdi,


Ko‘nglimizni zor qaxshatib kulib ketdi.
Dunyo tilab yurak ham tosh bo‘lib ketdi.
Sog‘inganda, chin yurakdan yig‘laysizmi?
Kunda bir bor onangizni o‘ylaysizmi?

Mohira Zarpullayeva


Ko‘nglim

Ko‘nglim, qo‘y yig‘lama ketsa ketibdi,


Yalt etib ko‘rinma, quvma yetadi.
Endi sog‘inchlarga g‘arq bo‘lsin abad,
Ketsa, alamlarga ketadi.

Ko‘nglim hech ko‘rinish berma azizim.


Sensiz ham yashaydi, kuni o‘tadi.
Аsta qo‘yib yubor, siltangan qo‘ling.
Ketsa, afsuslarga ketadi.

Bir kuni eslaydi, ko‘rgisi kelar,


Yulduzlar bosh suqqan ko‘zlaring sirin.
Shunda ham ko‘rinma. Ko‘rinar bo‘lsang.
Birrovga kirgin-u tushьlarda ko‘rin.

Sog‘inma, qo‘y endi. Sog‘insin o‘sha.


Sochiga armondan qirovlar to‘sha.
Izlasin yo‘qotgan joylarin kelib,
Sen esa, baxtlarga yashrinib yasha.

Seni topolmasin, ming yillar bilan.


Sog‘inchda sarg‘aysin, hijronda kuysin.
Seni muhabbatning quyoshi quchib,
Uni armonlarning yuragi suysin.

Qochib ketolmasin, dil so‘rog‘idan.


Har kun ko‘z o‘ngidan o‘chirolmasin.
Sog‘inch oloviga otgani uchun,
Аfsusda o‘zini kechirilmasin.

Bir seni ko‘yingda bo‘lsin ne bo‘lsa,


G‘amlar qoraytirsin nigohlarini.
Baribir bir ko‘rmoq istasin shunday
Kuzlar kechirmasin gunohlarini

Mohira Zarpullayeva


Osonmas

Meni unutmoqlik osonmas!
Meni sevib qolmoqlik oson.
Sevdingmi bilib qo‘y ikki dunyoda,
Qochib qutulmaysan hech qachon

Yo‘q meni shunchaki tark etib bo‘lmas,


Jim ketib bo‘lmaydi huzurlarimdan.
Yuragim milyon yil tariflab bo‘lmas,
Hech ketib bo‘lmaydi qasrlarimdan.

Yo‘q mendan shunchaki yuz burib bo‘lmas,


Yodimning o‘tlari yondirar chunon.
Samoviy kuchlarga qo‘shilib ishqim,
Meningsiz boshingga qulaydi osmon.

Yo‘q menga qo‘l qoqib ketolmaysiz hech,


Hayrlar so‘zlagan tillar kuyadi.
Mana men unutdim deganingizda,
Shu ko‘zlar siringiz sotib qo‘yadi.

Shu so‘zga qasamim kechib bo‘lmaydi.


Qiynog‘im o‘shadir kelsin qay zamon!
Tunlarni yodimsiz o‘tkazib bo‘lmas,
Sochlarim sirtmoqlab olar o‘sha on.

Ha mendan ko‘z yumib ketib bo‘lmaydi.


Qo‘l siltab ketganlar peshonamda yo‘q.
Ketganlar bor bo‘lsa, ko‘zlarim yodda,
Nigohim cho‘g‘idan halovati yo‘q.

Mohitobon Zarpullaeva

Ming roziman

Ming roziman armonlarimdan,


Sog‘inchlarim boriga shukur!
Hayotimning chamanzorida,
Uchraganing uchun tashakkur!

Hijronlarga ko‘milay har shab,


Mayli g‘amlar ko‘rsatsa kuchin.
Huzirmga baxtimga o‘xshab,
Meni izlab kelganing uchun.

Taqdirdan hech nolьishlarim yo‘q,


Ko‘zyoshimni sen to‘g‘ri tushьun.
Rahmat, yozib meni manglayga,
Bu dunyoga kelganing uchun!

Rahmat shirin xotirang xaqqi,


Bergan azoblaringga shukur.
G‘amsiz kunlarimning birida,
Uchraganing uchun tashakkur!

Mohira Zarpullayeva

SOG‘INDIM MEN

Osmonlarni yo‘qotdim men osmonlarni,


Har bahorda gullab turar gulzorlarni.
Ko‘zlariga yulduz to‘lib qarardiku,
Topib bering menga o‘sha jayronlarni.

Dunyolarni yo‘qotdim men dunyolarni,


Muhammadning sheʼrlariga ovundim goh.
Yuzimni sel yuvib ketdi endi o‘sha,
Maʼnolьarni topib bering maʼnolьarni.

Surxonlarning osmon o‘par tog‘lari bor,


Temir yo‘lin taqillatib o‘tar poezd.
Oqshom edi. Chiroqlari yoniq vagon!
Surxonlarni sog‘indim men Surxonlarni.

Odamlarni yo‘qotdim men odamlarni,


Ko‘ksim hasrat yig‘ilarga to‘lib ketdi...
Yuragimda bitta gapim qolib ketdi.
Topib bering o‘sha ko‘zi munchoqlarni.

Jonim kuyib ketdi olov cho‘g‘ o‘ynadim...


Xudo meni, men ularni ko‘p qiynadim.
Ko‘nglim uyin sovuq qorlar ketdi ko‘mib,
Topib bering ósha kosov o‘choqlarni.

Olovlarni sog‘indim men olovlarni!


Mohira Zarpullayeva


Ustoz

Shuncha go‘zal hayot ranglari,
Buncha go‘zal hayot ranglari.
Yodimdadir. Unutilmas hech.
Bolaligim oppoq tonglari.

Men unda hech ko‘rmadim zavol,


Orzularga sho‘ng‘idim biroz,
Quyosh ne deb bermadim savol,
Bildim, quyosh avvalo ustoz!

Yetaklagan jajji qo‘llarim,


Hayotning eng nurli yo‘liga.
Balki shundan sevinchga to‘lib,
Guldastalar tutdim qo‘liga.

Har go‘dakni bolam deydi u,


Ilm tutib, aylaydi feruz.
Аngladimki kunlar birida,
Mashʼala u, u yo‘lchi yulduz.

Mohira Zarpullayeva

SEVАR DILIM

Sevar dilim, sevar dilim,


Sirga o‘rab keldim uni.
Menga sizni uchratibdi,
Xudoyimning yaxshi kuni.

Sevar dilim, sevar dilim,


Аyting sizsiz netar dilim?
Sizsiz osmon begonadir!
Siz siz nurab ketar dilim!

Yulduz uchdi samolarda,


Siz bo‘ldingiz tilaklarim!
Sizni desam dilga sig‘may,
Urib ketar yuraklarim...

Sevar dilim sevar dilim,


So‘roqlari sanchar dilim.
Ummonlarning qarshida u,
Bahrlarni kechar dilim.

Sevar dilim sevar dilim,


Sizni o‘ylab qolar dilim.
Hayolimdan ketmaysiz hech,
Yôlga qarab yotar dilim.

Mohira Zarpullayeva


BILISHMАYDI


Buncha hasrat olovida yonavermang.


Kul bo‘lsangiz keyin sizni tanishmaydi.
Sog‘inchlarda ko‘ksingizni changallamang.
Bilishmaydi sog‘inchingiz bilishmaydi.

Ko‘p yig‘lamang, ko‘z nuringiz susayadi.


Keyin ko‘zin nurlarini bo‘lishmaydi!
Bolishlarga botib ketar boshlaringiz,
Bo‘lishmaydi sizga davo bo‘lishmaydi.

Buncha alam yutavermang yo‘lga qarab,


Endi ular ko‘changizdan o‘tishmaydi.
Siz ularga bo‘lavermang buncha mushtoq.
Kutishmaydi ular sizdek kutishmaydi.

Ne bilasiz davradami to‘ylardami?


Sayrlarda, dengiz oqar joylardami?
Yurgandirda osmonlarda oylardami?
Tushishmaydi ular yerga tushьishmaydi.

Kun keladi yomg‘ir yog‘ar boshlariga,


Nil qo‘shilar ko‘zidagi yoshlariga,
Osmon tashlab yuborar yer toshlariga,
Kulishmaydi, ular keyin kulishmaydi,
Uchishmaydi ular keyin uchishmaydi.

Mohira Zarpullayeva


Bir kun

Bir kun osmonlardan teraman yulduz,
Tonglarga yugurib chiqaman shundoq.
Ko‘zimda porlaydi baxt va muhabbat.
Qop-qora tunlarim bo‘ladi oppoq.

Boshimda hilpirab turar gulchambar,


Sochimga ergashib yugurar shamol.
Dunyoni kechirib yuboraman men,
Jilmayib turadi qoshimda hilol.

Mohira Zarpullayeva

ONА

Yozgan xatingizni o‘qidim,


Sog‘inibsiz meni shunchalar.
Kirgandingiz kecha tushьimga,
Ona yopib issiq kulchalar.

Sog‘inganman yuragim siyoh,


Oy ko‘rsatar samo kuchlarin.
Men uyg‘onib ketgan mahalda,
Tun yig‘laydi yoyib sochlarin.

Qiynalaman. To‘ladi ko‘nglim.


Qo‘lim bormas yozmoqqa sheʼrlar.
Nedan boshlay dil so‘zlarimni,
Yozib bo‘ldi uni shoirlar

Yig‘i to‘ldi bo‘g‘zimga tag‘in.


Yig‘lab borar hayolim borib,
Sheʼr bo‘lmasa dildagi hislar,
Chiqay deydi yuragim yorib.

xatingizni o‘qidim, ona


Mohira Zarpullayeva

Ishi yo‘q

Hech kim bilan hech kim ishi yoʻq,


Bir bolani urib ketishdi.
Kimdir tuxmat qildi kimgadir,
Odamlar jim yurib ketishdi.

Bu keng shahar beparvo be his,


Ertaklarga o‘xshaydi mudom!
Qarab ketdi avtobuslarda,
Shlyapalar kiygan bir odam.

Men mung‘ayib qaytdim xonamga,


Qayg‘u qaytdi yelkasi yag‘ir.
Ona, shunda kimdir yig‘ladi.
Nedir botdi ko‘nglimga og‘ir

Tentiradim tun tushgan payti,


Ko‘nglimning keng ko‘chalarida,
Yulduzlarsiz chiqdim sayirga,
Dekabrning kechalarida

Uxlolmayman g‘alati tushlar,


Tun yarimlab uyqim buzildi.
Yuragimning xazonzorida,
Ona, ko‘nglim barkday uzildi.

Ko‘zlarimdan hayratlar oqdi,


Tokchalarga g‘amlarni soldim,
Ular topib olmaslik uchun,
Kitoblarga berkinib oldim.

Hech kim bilan hech kim ishi yoʻq


Mohira Zarpullayeva

Yozib boʻlmaydi

Omonat dunyoda jonim omonat!


Ishqsiz dunyolarni ko‘rib bo‘lmaydi.
Dil yana nelarni qumsaydi savil,
Bir tugun dardim bor yorib bo‘lmaydi.

Qishning kunduzlari o‘zi bir tutam,


Yoding saroyida qolib bo‘lmaydi.
Visoling bir lahza qani unutsam,
Seni bir ko‘rmasdan o‘lib bo‘lmaydi.

Boshimda alam-u aylanar gardish,


Quyoshday ko‘zing bor qarab bo‘lmaydi.
G‘ururdan ko‘ksimda harsanglar qalash,
Hatto holingni ham so‘rab bo‘lmaydi

Bilaman izlasam, topaman imkon,


Chin sevsang sinovda horib bo‘lmaydi,
Yashash manziling ham menga namoyon,
Biroq yoningga ham borib bo‘lmaydi.

Hamon dil mayog‘i nur sochar oppoq,


Bu nedan dalolat bilib boʻlmaydi.
Tersam raqamlaring terilar shundoq,
Biroq qo‘ng‘iroq ham qilib boʻlmaydi.

Shunday qahramonman, og‘riqlarim sir,


Dardim gulob bilan yuvib bo‘lmaydi.
Ko‘nglimda nedir bor yashaydi asir,
Uni yuragimdan quvib bo‘lmaydi.

Balki maxshar kuni topilar panoh,


Balki undan oldin, bilib boʻlmaydi!
Seni o‘ylamoqlik savobmi, gunoh?
Netay taroziga solib bo‘lmaydi.

Ishqning arqonlari g‘ayir va uzun,


Har ne tirishmaylik uzib bo‘lmaydi.
Bir qasr qurqanman meʼmori o‘zim,
Ishon g‘ishtini ham buzib bo‘lmaydi.

She'rim ham cho‘zildi, cho‘zildi hajr,


Qozim yo‘q arz etib yozib bo‘lmaydi.
Bir lola o‘stirdim yurak to‘rida,
Endi hech bandidan uzib bo‘lmaydi.

O‘zimni yo‘qotsam, do‘st-dushman kular,


Hatto aqldan ham ozib bo‘lmaydi.
Yanayam bilmadim bu ketishimda,
She'rim ham oxirin yozib boʻlmaydi!

Mohira Zarpullayeva


O‘z holiga qo‘yib bering!

Mayli olam poyingizda yashnayversin,


Orzular ham oppoq gullar to‘shayversin.
O‘z holiga qo‘yib bering ko‘ngilni ham,
U ham o‘zi xohlagandek yashayversin.

Tanqid qilib taxlikaga solavermang!


O‘zgani deb undan o‘chni olavermang.
Yurakka ham ko‘pam jabr bo‘lavermang!
U ham o‘zi xohlagandek uraversin.

Nedan ohlar to‘kilsin bu tilingizdan,


Boqiy baxtlar yetaklasin qo‘lingizdan.
Bahorlarni seving chin dilingizdan,
Toki ko‘zlar mudom kulib turaversin!

Ko‘nglingizni ranjitganlar yaxshi yomon,


Parvo qilmang siz ularga bo‘lsin omon.
Yuzingizni burmang biroq ular tomon,
Ular o‘zin yo‘llaridan yuraversin.

Arshlar ichra uchib borar oq qanotlar,


Sohillarin kezib borar oppoq otlar,
Hali sizga tilab berar bir hayotlar.
Oq orzular hayollarin suraversin!

Dunyo karvonsaroy ekan kelib ketar,


Omad ham bir shamoldayin yelib ketar,
Ha ko‘ngilning bir sinig‘i qolib ketar.
Demang uni qancha sinsa sinaversin!

Mohira Zarpullayeva

Ko‘p ishonma

Ko‘p ishonma yulduzlaringga,


Ishqing mingga bo‘laverma ko‘p.
Ular baribir seva olmaydi,
Ishonaver oymomodan ko‘p.

So‘z ochmagin oshiq ahlidan,


Bir jonimga tutaverma dor.
Bir kun darding olmoqqa jon deb,
Topilmaydi bitta haridor.

Yuzim ol deb suyinaverma,


Qoshing hilol bo‘lganida ham.
Lek bo‘lib qo‘y vafosizlardan,
Bu dunyoda vafodorlar kam.

Yuraverma osmonlaringda,


Olislashib ketishing tayin.
Keyin shuncha qiynalasan ko‘p,
Oy qadrini bilganing sayin.

Mohira Zarpullayeva

Ketaversin

Qo‘y ketaversin ketyotgan bo‘lsa,


Qarshidan otilib chiqma ko‘ndalang.
Mayli ko‘ngillari shu bilan to‘lsa,
Mayli bo‘shab qolsin biy dalang.

Kuzatib qo‘yaver ketyotgan mahal,


Manzillari boshqa bo‘lsa ketsin bas.
Bu shunday yorug‘lik, bu shundayin kuch,
Ishon, bu hech qanday ko‘rgulik emas.

Aytib qo‘y manzili qayer bo‘lsa ham,


Yo izlab yurgani bordir farqi yoʻq.
Axir ko‘rding o‘zing bu nima o‘zi,
Na mehr, ko‘ngli bor hatto bag‘ri yoʻq!

Ketsin, bu ham senga inoyat asli,


Allohning atagan taqdirlari bor!
Sen baxtli bo‘lasan meni aytdi de,
Ko‘nglingga bahorlar keladi takror

Kim ketar, do‘stingmi, yoringmi yoki,


Qarindosh ishongan tog‘ingmi mayli.
Ularga so‘z dema, ranjitmay dilin,
Xudoga topshirmoq qanday chiroyli!

Mohira Zarpullayeva


Baxt

Baxt buncha hayajonlar to‘ldirding dilga,
Buncha boshqachasan aytchi bu safar.
Yoshlikning eng nafis lahzalarida,
Ishqdan keltiribsan menga hushxabar.

Baxt tuyg‘ularing buncha chiroyli,


Aqlimdan, hushimdan ayrildim butkul.
Hammasi chiroyli, hammasi go‘zal,
Yuragimga sochding dasta gul.

Baxt, bunchalar oydin ekansan,


Oy ekansan, quyosh ekansan.
Yana shuni angladim hozir,
Shodliklarga makon ekansan.

Ishon, yuragimga boryapman sig‘may,


Qanday bahor bo‘lmay, yomg‘irday yog‘may.
Vujudim nurlarga to‘ldirib turaang,
Qanday kulgichimda kulgular yoymay.

Baxt kel ko‘ksimning qasirlariga


Ko‘zlaring ko‘zgu qil, xirom etayin.
Menga bir hukmlar o‘qigin shunday,
Bir umr sen bilan qolib ketayin.

Mohira Zarpullayeva


Qachon aytar ekanman


Daraxtday shivirlab turibdi qalbim,


Oppoq gullarini ulashib dilga.
Sokin kechalarning ostonasidan,
Shirin hayollarim chiqadi yo‘lga.

Oydin koinotga asirman butkul,


Ruhim bulutlardek kezadi ko‘kni.
Oppoq orzularning rohidan qarab,
Ko‘rgim kelar sizni har kuni.

Yomg‘irlar sochimni siladi bu tong,


Ko‘zgular ayladi kichik ko‘lmaklar.
Ishqning tuyg‘ularin alangalatib
Sog‘inchlar shahridan boqar yuraklar.

Falak ko‘zlarini ochmayin hali,


Pinhon tuyg‘ularim ayladim zoxir,
Cheksiz yulduzlarning guvohligida,
Men sizni shunchalar sog‘indim oxir!

Tushundim, baxt nima, muhabbat nima,


Bu shirin azobni netar ekanman?
Sog‘indim, ammo lek sog‘inganimni,
Sizga qachon aytar ekanman.

Mohira Zarpullayeva

Hali...

Hali yuragingga o‘t tushar shunday,


Chidolmay qolasan hali shu desang.
Hali yuragingda boshlanar g‘avg‘o,
Kunlarning birida meni eslasang.

Hali yodim seni tinch qo‘ymas bir on,


So‘ramay tushlaring etaman asir.
Qalbingda bir umr bo‘laman mehmon!
Ayt o‘zing unutib bo‘larmi axir.

Axir ko‘ngil degan ko‘narmi Salga,


Alam deganlari jim yasharmi hech.
Yurak torlarini uzib bo‘larmi?
Sog‘inch deganlari qo‘yadimi tinch!

Bir kun ostin ustun bo‘lar dil uyi,


Olovlar tutashar ko‘ksingiz tomon!
O‘qdek botib kirar yuragingizga,
Ismim qulog‘ingga chalingan zamon!

Mohira Zarpullayeva


Yurak

Ne kelsa qalqondek tutilding, yurak,
Bir so‘z aytolmayin yutilding, yurak.
Alam va tashvishning ermagi etdim.
Bir marta umrimda kechirgin, yurak.

Yig‘lasam, ohimning osmonisan sen,


Yana kim men uchun yig‘laydi yurak.
Faqat kuchim yetar seni qiynashga,
Boshqasiga haddim sig‘maydi, yurak.

Seni olovlarga otdi otilding.


Buncha qiynoqlarga arzon sotilding.
Gohi yomg‘ir misol, qorday to‘kilding,
Men nima qilayin? kechirgin, yurak.

Og‘ir bir tunlarga tashladim seni,


Ne ne tuzoqlarga boshladim seni.
Bugun ham ko‘zlaring yoshladim seni.
Bir marta umrimda kechirgin, yurak.

Bisotimda ne bor barini tutdim.


Yig‘lab turgan edi, yig‘lab yupatdim.
Bilaman dunyoning qiymatini ham,
Seni yupatishni bilmayman yurak.
Kechir boshqa unday qilmayman yurak!

Mohira Zarpullayeva

Unutolmaysan!

Sen meni hech qachon unutolmaysan.


Ko‘ksingni kuydirib yonaman har choq.
Sog‘inchlar zarbiga bas kela olmay,
Tunlar hayolingga ochasan quchoq.

Yo‘q meni hech qachon unutolmaysan,


Yuraging bog‘larin makon etaman,
Bir lahza yodimsiz qolar bo‘lsang ham,
Ortingdan shamolday quvib yetaman.

Sen meni, sen meni unutolmaysan.


Aytib qo‘y dildagi quyoshlaringga,
Ko‘ngling dengizlari sohillaridan,
Qo‘shilib ketaman ko‘zyoshlaringga.

Shu so‘zga qasamim unutolmaysan,


Qadahlar tutasan tilingda ismim,
Men seni hech qachon qo‘ymayman holi,
Pinhon kechalarda chizasan rasmim.

Bilib qo‘y o‘lguncha unutolmaysan,


Ko‘nglingni eshigin qo‘ysang ham yopib.
Hatto olislarga ko‘chib ketsang ham,
She'rlarim boradi uyingni topib.

Mohira Zarpullayeva

ISHQ

Dilni bir boshqacha hislar o‘rasa,


Oy nurlari soching tarasa,
Shu so‘zni ayt kimdir so‘rasa,
Ko‘ngil aytganiga ko‘nmoqlikdir ishq.

Ko‘ksing yonaversa yurakni olib,


Pinhona hislaring kelganda g‘olib,
Qo‘lingga qalam va qog‘ozlar olib,
Oqshomlar bayt bitib qo‘ymoqlikdir ishq.

Yulduzday porlagan ko‘zlar tilida,


Eng nafis eng go‘zal so‘zlar tilida,
G‘ururni to‘xtatib ko‘ngil yo‘lida,
Sevaman deb aytib qo‘ymoqlikdir ishq.

Sog‘inch samosida yulduzdek boqib,


Binafsha, boychechak, chambarin taqib.
Goh yomg‘ir gohida chaqmoqdek chaqib,
Joningni olovda yoqmoqlikdir ishq.

Garchand og‘ir kelib ketganda g‘amlar,


So‘zlarin hanjardek tutsa odamlar,
Mayli g‘animat deb hatto bu damlar,
Bariga bir kulib qo‘ymoqlikdir ishq.

Quvmayin mishmishlar zanjirlarini,


Olib ikki dunyo ajrlarini.
Davolab muhabbat hajrlarini,
O‘zingdan hayolar qilmoqlikdir ishq.

Hayajon sig‘mayin ketib ruhingga,


Sevinchlar qo‘shilib ketganda unga.
Tunlar o‘rtasida aylanib tongga,
Dunyoda baxt nima bilmoqlikdir ishq.

Huziring yo‘qolib dilingdan butkul,


Quvonchlar quchoqlab kelsa turfa gul.
Muhabbat boshidan sochib atirgul,
Hayolni ikkiga bo‘lmoqlikdir ishq.

Hayot so‘qmoqlari ichra toliqmay,


To‘siq, sinovlaridan qo‘rqmay,
O‘zga bir ko‘ngillar eshigin qoqmay,
Sadoqat qasrida qolmoqlikdir ishq.
Mohira Zarpullayeva 24.02.2023
(Mohitobon)

Oqqushlarim keladi uchib


Menga nima ishim bor,


Tomoqlarda tutilsa unlar.
Qayrilmayman, qaramayman ham,
G‘amlar kelib ketaversinlar.

Nay chalmasin dillarda honish,


Qay urinish bo‘ldi gunoh ish.
Menga nima alam-u tashvish,
Izzat ko‘rmay yotaversinlar.

Shodliklarim kelar gul quchib,


Oqqushlarim keladi uchib,
Hali ketar dardlarim ko‘chib,
Hozir handon otaversinlar.

Aqli past yo axmoq emasman.


Shodlik turib g‘amni demasman.
Oymomodan pastda emasman.
G‘iybatchilar bilaversinlar.

Boshim omon. Shukur tanim sog‘,


She'rlar o‘qib har kun vaqtim choq
Yomon, yog‘iy, o‘sha maqtanchoq.
Izlarimda qolaversinlar.


Mohira Zarpullayeva
Download 104.49 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling