Surxondaryo viloyati hokimligining
Download 0.67 Mb.
|
A ISHLATILADIGAN A F M
a b
5. 3- rasm. Avtomobil transmissiyasidagi ish jarayonida uchraydigan moylash turlarining sxematik ifodasi. Bunday og‘ir ish rejimida ishlaydigan agregatlarning sirpanuvchi detallar sirtida mustahkam va issiqlik ta’siriga chidamli bo‘lgan parda hosil qilishi uchun moy tarkibiga oltingugurtli va fosforli yemirilishga qarshi qo‘shilmalar qo‘shiladi. Buning natijasida detal sirtida ikkita qatlam, ya’ni avval yemirilishga qarshi qatlam, uning ustida esa chegaraviy qatlam hosil bo‘lishiga erishiladi (5.3- e rasm). Harorat ko‘tarilib, molekulalar orasidagi o‘zaro ta’sir kuchi kamayganida moyning moylash xususiyati ancha pasayadi. Juda ham og‘ir ish sharoitlarida ishlaydigan uzellarda, masalan, gipoidli uzatmalarda quruq ishqalanish hosil bo'lishi hisobiga yemirilish va timalishlaming kelib chiqishiga to‘la barham beril- magan. Tirnalishga qarshi qo'llaniladigan usullarning eng sama- ralisi moy tarkibiga tirnalishga qarshi qo'shilmalar qo'shishdir. Tirnalishga qarshi qo'shilmalaming ta’sir mexanizmi yemirilishga qarshi qo'shilmalar kabi bo'lib, sirpanuvchi detal sirtida tirnalishga qarshi moy pardasini hosil qiladi. Odatda, ishqalanishning bunday aralash rejimi mexanizmlarni ishga tushirishda, yuklanish va ish harorati ortib ketganida, qovushoqligi mos kelmaydigan moy ishlatilganida yoki ishqalanuv- chi sirtlarga yetarli moy berilmaganida yuzaga keladi. Suyuqlikli ishqalanish ko'pincha moyga abraziv mexanik aralashmalar tush- ganida buziladi. Suyuqlikli ishqalanish mexanizm, agregat, uzel- ning barcha ish rejimlarida ta’minlanmaydigan hollarda moy par- dasi qancha mustahkam bo'lsa, detallar shuncha kam yeyiladi. Moyning himoyalovchi xususiyatlari. Moylarning bu xususiyati transmissiya detallarining elektrokimyoviy уemirilishining oldini olishi bilan baholanadi. Amaliy kuzatishlarning ko'rsatishicha, tarkibida korroziya in- gibitorlari bo'lmagan transmission moylar uzluksiz (uzoq muddat to'xtatmay) ishlatiladigan mashinalarning transmissiyasi detalla- rini elektrokimyoviy korroziyadan himoyalash xususiyatiga ega. Ishchi-himoyalovchi moylar, ya’ni tarkibida korroziya ingibitorlari bo'lgan moylar, mashina detallarini 3-5 yil va hatto 10 yil va undan ham ortiq muddat ishlatilganida yoki saqlanganida himoyalash xususiyatiga ega. Transmission moylarga ulami kimyoviy aktivligi, adsorbsion xossalari va termodinamik noturg'unligini oshirish uchun ko'p miqdorda qo'shilma va komponentlar qo'shiladi. Moyning tarkibidagi qo'shilmalar va komponentlar cho'kib qolmasligi kerak va moy asosi bilan fizikaviy turg'un bo'lgan aralashma hosil qilishi lozim. Agar moy tarkibiga quyultiruvchi polimer qo'shilmalar qo'shi- ladigan bo'lsa, bunda moy qovushoqligini kamaytirish qaytmas jarayon bo'lish ehtimoli borligini hisobga olish lozim. Oksidlanishga qarshi turg‘unligi. Transmissiya agregatlaridagi ish jarayonida moyning katalitik aktiv metallar ishtirokidagi yuqori haroratlarda havo kislorodi bilan o‘zaro ta’sirlashuvi natijasida moyning fizikaviy-kimyoviy va ekspluatatsion xossalari o‘zgaradi. Natijada moyning qovushoqligi va kislotaliligi ortadi, moyda oksidlanish mahsulotlari ko‘payib ketadi. Moy qovushoqligining ortishi, o‘z navbatida, moyning qovushoqlik-harorat xususiyatlarini yomonlashtiradi. Kislotaliligining ortishi esa podshipnik va boshqa detallaming yemirilishiga olib keladi. Moyning oksidlanishga qarshi xususiyati issiqlik ta’sirida oksidlanish turg‘unligi deb baholanadi. Bu ko‘rsatkich ДК-2-НАМИ asbobida yoki moyning yuqori haroratlarda ishlaydigan ish sharoit- iga yaqin sharoit yaratiladigan boshqa asboblar yordamida aniqlanadi. Taj riba o‘tkaziladigan harorat va tajriba davomiyligi moy turlari bo‘yicha Davlat standard va texnik shartlarga asosan tanlanadi. Transmission moylarning oksidlanishga qarshi xususiyatini yaxshilash uchun ularga detallar yuzasida aktiv bo‘lmagan parda hosil qiluvchi qo‘shilmalar qo‘shiladi. Bunday qo‘shilmalar sifatida oltingugurt, fosfor yoki oltingugurt va fosforli birikmalardan foydalaniladi. Transmission moylarning konstruksion materiallarga ta’siri Davlat standartlari asosida baholanadi. Transmission moylarning markalanishi . Umumiy ishlаrgа mo’ljаllаngаn mоylаr, bu mоylаrning mаrkаsi TS hаrfi bilаn bоshlаnаdi. Mаsаlаn, TS10-ОTR mаrkаsidаgi hаrf vа rаqаmlаr trаnsmissiоn mоyning 100 Cº dаgi qоvushоqligini 10 mm²/s ekаnligini, tirnаlishgа vа yеyilishgа qаrshi ОTR qo’shilmаsi bоrligini ifоydаlаydi. TSr-15K mоyi mаrkаsidаgi r hаrfi trаnsmissiоn mоy tаrkibidа qo’shilmа bоrligini K hаrfi esа bu mоy KаmАZ аvtоmоbillаri аgrеgаtlаri uchun ishlаb chiqаrilgаnligini bildirаdi. Аvtоmоbillаr uchun trаnsmissiоn mоylаr .bu mоylаr mаrkаsigа TА hаrfi bilаn bоshаlаnаdi. Mаsаlаn, TАD-174I mоyi mаrkаsidаgi D hаrfi mоy tаrkibidа fаqаt qоldiq mоyginа emаs, distilyat mоyi hаm bоrligini tа’minlоvchi kоmplеks qo’shilmаlаr bоrligini bildirаdi. Хоzirgi pаytdа quyidа kеltirilgаn mоylаr kеng qo’llаnilаdi: - TАD17I mоyi uzаtmа hаrаkаtlаridа, rul mехаnizmining qutisidа vа rul bоshqаrmаsi kаrtеrlаridа ishlаtilаdi, (VАZ,GАZ-3102, Vоlgа, GАZ 24 va boshqalar); - TS-15K mоyi KаmАZ, MАZ, KRАZ, KАZ dizеlli аvtоmоbillаri trаnsmissiyalаrining bаrchа аgrеgаtlаri uchun ishlаtilаdi; - TS mоyi uzаtmаlаr qutisi kаrtеrlаri, rul bоshqаrmаsidа («Mоskvich» «Zаpаrоjеs» GАZ 24 Vоlgа) ishlаtilаdi. - TSshp mоyi yеngil аvtоmоbillаrning shpоid uzаtmаlаridа (IJ) shpоndli yеtаkchi ko’priklаrning kаrterlаridа («Mоskvich», GАZ 24, «Vоlgа») ishlаtilаdi. Yuk аvtоmоbillаrining shpоidli uzаtmаlаridа bu mоydаn fоydаlаnish tаqiqlаnаdi. TEKSHIRISH UCHUN SAVOLLAR: Transmission moylarning ish sharoitlari qanday?
Nazariy o’quv mаshg’ulоtining o’qitish tехnоlоgiyasi
O’quv mashg’ulotining ta’lim texnologiyasi modeli
O’quv mаshg’ulоtlаridа tа`lim tехnоlоgiyasi хаritаsi
Mavzu:Plastik surkov moylar. Reja: 1.Plastik surkov moylarining umumiy xususiyatlari. 2.Plastik surkov moylarining mexanik xususiyatlarini baholash usullari. 3. Plastik surkov moylarining vazifasi va ularning sifatiga qo‘yilgan asosiy talablar. Plastik surkov moylari avtomobillarning, asosan, germetik ber- kitilmagan (karterlar ichiga joylashtirilmagan) ishqalanib ishlaydigan tarmoqlarini moylash uchun ishlatiladi. Bunday moylar antifriksion surkov moylari deb ataladi. Plastik surkov moylarida suyuq va qattiq moylash materiallari- ning xususiyatlari mujassam etilgan. Plastik moylar panjara (kar- kas) ko‘rinishdagi tuzilishga ega bo‘lib, u quyultiruvchining qattiq zarrachalari (dispers faza) va shu panjara ichiga kiritilgan suyuq moylar (dispersli muhit)dan tashkil topgan. Yuklanishlar ta’sirida karkas buziladi va moy suyuqlik holatida ishlaydi, yuklanish olin- gach panjara yana tiklanib, moy yana qattiq jism shakliga o‘tadi. Bu plastik moylarning asosiy xususiyatidir. Plastik surkov moylari tarkibiga moy (asos) (80-90%), quyul- tirgich (sovun) (10-20%), qattiq uglevodorodlar, bir jinsliligini saqlash maqsadida qo‘shilgan stabilizator, ba’zan to‘ldirgich (masalan, grafit) kiruvchi murakkab birikmalardir. Plastik surkov moyining asosiy xususiyatlarini unga qo‘shiladigan sovunli va sovun- mas quyultirgichlar belgilaydi. Sovunli quyultirgichlar moyli kislotalarning tabiiy yoki sun’iy tuzlaridan iborat bo‘lib, ulardan ko‘proq kalsiyli, litiyli, natriyli, bariyli, aluminiyli, ruxli, qo‘rg‘oshinli va boshqalar ishlatiladi. Bu quyultirgichlar bilan tayyorlangan surkov moylari o‘rta va yuqori haroratlarda ishlatishga yaroqli bo‘ladi. Plastik surkov moylari ishqalanayotgan sirtlarga agressiv suyuqliklar, bug‘lar, abraziv materiallar (chang, ifloslik va boshqalar)ni kirishiga to‘sqinlik qilib u sirtlarning yeyilishini kamaytiradi. Antifriksion xususiyatlarga ega bo‘lishi tufayli, moylar ishqalanishga sarflanadagan energiyani kamaytiradi, mexanizm va mashinalardagi ishqalanishga sarflanayotgan quvvatni tejashga imkon beradi. Plastik surkov moylarining mexanik xususiyatlarini baholash usullari. Moy penetratsiyasi. Plastik moylarning mexanik xususiyatlarini baholashda bir qator qiyinchiiiklarga duch kelinadi, bulardan biri nisbatan jiddiy e’tibor berilishi lozim bo‘lgan, quyultirgichlar yordamida hosil qilingan strukturaning tashqi muhit ta’siriga sezgirligidir. Bu xususiyat qattiq va moylar uchun me’yorlanishi zarur bo‘lgan tavsifiy ko‘rsatkichlardan biridir. Shu sababli bir qator moylash materiallarining xususiyatlari penetratsiya ko‘rsatkichi bo‘yicha baholanmoqda. Moy penetratsiyasini aniqlashda standart penetrometrdan foydalaniladi. Penetrometming asosiy detali yo‘naltiruvchi shtativ 4 ga o‘matilgan prujinali stopor 3 yordamida tutib turiladigan shtok bilan 5 qattiq bog‘lanishdagi konus 2 dan iborat. Penetratsiyani aniqlashda sinalishi lozim bo‘lgan moy stakanga 1 quyiladi va penetrometr stoliga qo‘yiladi. Shundan so‘ng stopor & 1- rasm. 3 ni ezgan holda shtok 5 ni ushlab, konus 2 Penetrometr uchi moy sirtiga ehtiyotkorlik bilan keltiriladi va stopor 3 tezlik bilan qo‘yib yuboriladi.- sxemasi. Tishli reyka 9 ning yuqori qismi shtok 5 ning yuqori qismiga ohista keltiriladi, penetrometr strelkasi 8 ixtiyoriy yo‘nalishda buralib, shkala (6) 0 holatiga keltiriladi. Bu holatda penetrometr ishga tayyor hisoblanadi. Shundan so‘ng stopor 3 5 s davomida siqib ushlab turiladi va konus ning shtok 5 bilan birgalikda siljib, surkov moyiga botishi kuzatiladi. 5 s vaqt o‘tganidan so‘ng stopor qo‘yib yuboriladi va reyka asta-sekin shtok 5 ning yuqori qismiga tekkunga qadar pastga tushiriladi. Reyka pastga tushayotgan paytda, reyka bilan shester- nya 7 yordamida biriktirilgan strelka 8 ma’lum burchakka burila- di va shkala 6 bo‘yicha millimetrning o‘ndan bir ulushi aniqligida penetratsiya miqdorini ko‘rsatadi. Penetratsiyani moyning mexanik xususiyati ko‘rsatkichi sifatidagi kamchiligi shundan iboratki, bu ko‘rsatkich asosida moyning ishlatilish doirasini aniqlab bo‘lmaydi. Plastik surkov moylarining mustahkamlik chegarasi va qovushoqligi. Plastik surkov moylarining mustahkamligi deganda, tarmoqlami moylashda quyultirgichlar asosida hosil qilingan pan- jarani buzilish paytida hosil bo‘ladigan siljish zo‘riqishning minimal bo‘lishini ta’minlay olish xususiyati tushuniladi. Surkov moylari yumshoq moylash materiallari jumlasiga kirsada (odatda, xona haroratidagi mustahkamlik chegarasi 0,5-2 kPa), ularning mustahkamlik xususiyati avtomobillami ishlatishda muhim ahamiyatga ega. Aynan moylarning mustahkamlik chegarasi ulami tarmoqlarda (aylanuvchi detallarda) tura olish xususiyatini belgilab beradi. Surkov moylarining qovushoqligi moyning suyuqliklarga xos bo‘lgan xususiyatlarini aks ettiradi. Uning qiymati moylangan detallami siljitish uchun sarflanadigan energiya miqdori bilan aniqlanadi. Mustahkamlik chegarasi bir xil bo‘lgan (ish sharoiti bir xil) ikki xil surkov moyining qaysi biridan foydalanish maqsadga muvofiq ekanini aniqlash uchun ularning qovushoqligini o‘zaro solishtirish lozim va qovushoqligi kichik bo‘lgan moyni tanlab olish zarur. Surkov moylarining chegarasi va qovushoqligi bo‘yicha yuqorida aytilgan fikrlarga asosan ularning mexanik xususiyatiga qo‘yiladigan talablarni quyidagicha ifodalash mumkin: surkov moylari ma’lum mustahkamlik chegarasiga va berilgan ish sharoiti uchun imkon qadar kamroq qovushoqlikka ega bo‘lishi lozim. Plastik surkov moylarining vazifasi va ularning sifatiga qo‘yilgan asosiy talablar. Plastik surkov moylarining asosiy vazifasi huddi suyuq moylar vazifasi kabi: detallaming yeyilishini kamaytirish, ishqalanish koeffitsiyentini pasaytirish va metallarni korroziyadan saqlashdan iborat. Yuqorida ta’kidlab o‘tilgan birinchi ikkita vazifani yoki bu ikki vazifaning birini bajara oladigan moylar antifriksion moylar deyiladi. Metall buyumlarni korroziyadan saqlash (saqlashda, tashishda va hokazo) uchun ishlab chiqariladigan moylar konservatsion (himoya) moylar deyiladi. Texnikada asosiy vazifasi detallar orasidagi tirqishlarni zichlashdan iborat bo‘lgan zichlash moylaridan ham keng ko‘lamda foydalanilmoqda. Antifriksion moylar eng ko‘p tarqalgan bo‘lib, sirpanib ishqalanishdagi tutashma detallarining yeyilishini kamaytirish uchun ishlatiladi. Antifriksion moylar dastlab suyuq moyning oqib ketishini ger- metiklash qiyin bo‘lgan va tashqi muhitdan suv, chang, qum va boshqa korrozion va abraziv materiallar kirishi ehtimoli bo‘lgan tarmoqlarda (g‘ildiraklar podshipniklari, turli uzatmalar sharnirlari va boshqalar) qo‘llanila boshlangan. Tarmoqlar plastik moy yordamida moylanganida, tarmoqning ish jarayonida moy o‘z o‘rnidan siljimaydi, moy turi to‘g‘ri tanlanganida ish paytida hosil bo‘ladi- gan inersion kuchlar ta’sirida sochilib ketmaydi va o‘z-o‘zidan mexanizmdan oqib ketmaydi. Natijada tarmoq uzoq vaqt moylash materiali bilan ta’minlangan hisoblanadi. 0‘z navbatida, antifriksion moylar indekslar bilan belgilanadi- gan kichik guruhlarga bo‘linadi: С - umumiy ishlar uchun mo‘ljal- langan; О - yuqori haroratlarda ishlatiladigan (110°C gacha); M ko‘p maqsadlarda ishlatiladigan (minus 30°C dan +130°C haroratda) hamda o‘ta nam sharoitda ham ishlay oladigan; Ж - issiqlik ta’siriga chidamli (150°C va undan yuqori haroratlarga chidamli); X - sovuqqa chidamli (minus 40°C dan past haroratlarga ham chidamli). Konservatsion yoki himoya moylari 3 harfi bilan belgilanadi. Ular mexanizmlarni saqlash va ishlatish vaqtida metall sirtlarini korroziyalanishdan saqlash uchun surtiladi. Tekshirishlar shuni ko‘rsatadiki, surkov moylari o‘z xususiyatlarini sezilarli darajada yo‘qotmagan holda uzoq vaqt ishlashi mumkin. Bugungi kunda asosan mukammal ta’mirgacha yoki ma’lum miqdordagi yo‘lni (20-30 ming km) bosib o‘tgunga qadar almashtirish talab etilmaydigan agregatlar yaratilmoqda. Plastik surkov moylari har xil sharoitlarda ishonchli ishlashi uchun quyidagi sifat ko‘rsatkichlariga ega bo‘lishi lozim: yuqori chidamlilik chegarasiga ega bo‘lishi va qiya tekisliklar- da, harakatdagi va qiyin zichlanadigan ishqalanish tarmoqlarida ushlanib turilishi, ya’ni oqib ketmasligi lozim; ma’lum harorat chegaralarida o‘z xususiyatlarini saqlashi, ya’ni ma’lum tomchilab oqish haroratiga ega bo‘lishi kerak; bir jinsli bo‘lishi, ya’ni tarkibida erimay qolgan qismlar, abraziv aralashmalar va suv bo‘lmasligi, yaxshi barqarorlikka ega bo‘lishi, ya’ni qatlamlanmasligi lozim. Surkov moylarining turg‘unligi. Surkov moylari o‘z xususiyatlarini bir qator omillar ta’sirida, birinchi navbatda, haroratning keskin ortishi va moy miqdorining kamayishi ta’sirida qisman yoki butunlay yo‘qotishi mumkin. Tomchilab tushish harorati. Bu ko‘rsatkich surkov moyining harorat o‘zgarishiga bardosh berish ko‘rsatkichi hisoblanadi. Uni suyuq holatga o‘tishiga asosiy sabablardan biri uning me’yordan ortiq qizishidir. Shuning uchun ixtiyoriy surkov moyining muhim sifat ko‘rsatkichi quyultirgich asosida hosil qilingan kristall karkasning katta miqdorda yemirilishi natijasida surkov moyi oquvchanlik xususiyatiga ega bo‘lib qoladigan harorat hisoblanadi. Surkov moylarining plastik holatdan suyuq holatga o‘tish haroratini shartli ravishda tomchilab tushish harorati deyiladi. U laboratoriya sha- roitlarida aniqlanadi. Maxsus asbobda istalgan moyning harorati belgilangan darajaga yetganda birinchi tomchisi tushadi. Plastik surkov moyining tomchilab tushish harorati maxsus asbob yordamida aniqlanadi (6. 2- rasm). Asbobning asosiy detali simob zoldirli monometr 1 bo‘lib, uning pastki qismiga metall gilza 5 biriktirib qo‘yilgan. Gilzaning ostki qismiga kalibrlangan teshikchali shisha kosacha 6 o‘matilgan. Moyning tomchilab tushish haroratini aniqlash uchun shisha kosacha chiqarib olinib, tekshirilishi lozim bo‘lgan moy bilan to‘ldiriladi va o‘z o‘rniga mahkamlanadi. Shundan so‘ng shisha mufta 3 bo‘g‘izi tiqin 2 yordamida zichlab berkitiladi. Mufta 3 asbob bilan birgalikda suv yoki glitse- rin bilan to‘ldirilgan stakan 4 ga bo- tiriladi. Stakandagi suyuqlik gaz gorelkasi yordamida (oson suyuqla- nadigan moylarni tekshirishda 30°C gacha, o‘rtacha suyuqlanadi- gan moylarni tekshirishda 60°C gacha, natriyli va litiyli moylarni tekshirishda mos ravishda 110°C va 150°C gacha) isitiladi. Isitish paytida shisha kosachadagi surkov moyining kalibrli teshikcha orqali oqib tushgan birinchi tomchisining oqib tushish harorati manometr yordamida aniqlanadi va u tomchilab tushish harorati deyiladi. Tomchilab tushish harorati qiymatiga ko‘ra surkov moylari qiyin suyuqlanadigan (Литол-24, ЯМЗ-2, № 158, ЦИАТИМ-201 va boshqalar), o‘rtacha suyuqlanadigan (solidollar va УСс-А), oson suyuqlanadigan (PBK va BTB-1 himoya surkov moylari) xillarga bo‘linadi. Surkov moylari tarmoqlardan oqib ketmasligi uchun ularni tomchilab tushish haroratidan past haroratlarda ishlatish tavsiya etiladi. Ish jarayonida surkov moyi qizishi mumkin bo‘lgan eng yuqori harorat oson suyuqlanadigan (tomchilab tushish harorati 65 °C gacha) surkov moylari uchun tomchilab tushish haroratidan kamida 10°C (boshqa moylar uchun 15°C) past bo‘lishi zarur. Download 0.67 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling