Surxondaryo viloyati Jarqo'rg'on tumanidagi "Jarqo'rg'on Minorasi", " Alisher Navoiy", " Namuna", " Qora bura", “Zartepa”, “Soqchi” mahallalarida qo'llaniladigan dialektizmlar


Download 26.5 Kb.
Sana07.01.2023
Hajmi26.5 Kb.
#1083254
Bog'liq
Jarqo\'rg\'on minorasi, Namuna, Soqchi mahalla dialektizmlari 12121212121212123333333


Surxondaryo viloyati Jarqo'rg'on tumanidagi "Jarqo'rg'on Minorasi", " Alisher Navoiy", " Namuna", " Qora bura", “Zartepa”, “Soqchi” mahallalarida qo'llaniladigan dialektizmlar
1. Cho't katman - kichkina ketmoncha
2. Satil - chelak
3. Vaskarcha- ichiga paxta solinib qaviladigan yengsiz ust kiyim
4. Jengsa- tandirga non yopishda issiq o'tmasligi uchun qo'lga kiyiladigan kesilgan yeng shaklidagi narsa.
5. Rapida - qalin, qattiq bo'ladi. Non rapida ustiga qo'yilib tandirga yopiladi
6. Sholcha - eshik oldiga to'shaladigan kichkina gilamcha
7. Poyonop - suvning quyilish joyi
8. Teraska - uyning eshikdan kirgandagi qismi, ya'ni ayvon.
9. Sanjap bo'lmoq - tinchlanmoq, kamaymoq singari ma'nolarda qo'llaniladi. Masala: Ishlar ancha sanjap bo'ldi
10. Yagana - g'uj bo'lib chiqqan ekinlarni siyraklashtirish
11. Chalop - qatiq ezilib, suv solinib tayyorlanadigan suyuq ichimlik
12. Shatak - yozgi oyoq kiyim
13. Bubak - kichkina chaqaloq
14. Cho'pchak - g'zaning tomir qismi
15. Pishak - mushuk
16. Kesartki - kaltakesak
17. Shirdan - uyning tomini somon qo'shiladigan lot bilan suvash jarayoni
18. Ispant - isiriq
19. Ko'rak - paxtaning tugunagi
20. Yashin - chaqmoq
21. Bopta - ko'ylak- lozimlarga tikiladigan bezak turi
22. Po'pka - semiz odam
23. Tunovin - kecha, o'tgan kun
24. Pishtalamoq - patir yoki nonni s
25. Bo'xcha - qizlar sepi solingan katta tugun
26. Simxori - simyog'och
27. Juvaldiz - Katta igna, asosan ko'rpa qavishda ishlatiladi
28. Chotiriq - o'rgimchak uyasi
29. Gilagay - yangi tuqqan sigir suti
30. To'mor - daraxtlarning qalin shoxlari, o'tin
31. To'ngmoy - qotgan qo'y yog'i
32. Jo'ngirchqa - beda
33. Joydari- mahalliylashgan
34. Dov uruppa- yog'ey, nahotki
35. Jonggag'i - boyagi, haligi
36. Qushur - eshikni yop ma'nosida
37. Po'stak - qo'y junidan tayyorlangan to'shak
Download 26.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling