Surxondaryo viloyati qishloq xo


Download 48.73 Kb.
Sana12.03.2023
Hajmi48.73 Kb.
#1264133
Bog'liq
Документ Microsoft Office Word (8)





O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI QISHLOQ XO‘JALIGI VAZIRLIGI


SURXONDARYO VILOYATI QISHLOQ XOJALIGI BOSHQARMASI


190100, Termiz shаhаr М.Qaxxor kochasi 10-uyÉ Теlefon: (76) 22-3-01-92
E-mail:surxondaryo@agro.uz


«____» ____________ 2023-yil №______________


Sherobod tumani “Cho‘mishli” mahallasida yashovchi fuqaro
Ziyoyev Normengli Po‘latovichga
2023-yil 30-yanvardagi
79583/23-sonli murojaatga
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentiga Ishonch telefoni orqali kelib tushgan murojaatingiz o‘rganib chiqildi va quyidagilarni ma‘lum qilamiz.
Murojaatingizda dehqonchilik qilish uchun yer maydoni berilishida amaliy yordam so‘ragansiz.
Murojaatda Sherobod Tumanidagi “Cho‘mishli” mahallasida yashovchi fuqaro Ziyoyev Normengli bilan telefon orqali suhbat qilinib, 2023-yilda Sherobod tumani hududida 797 gektar yer maydoni “E-AUKSION” ochiq elektron tanloviga kiritilishi aniqlandi. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 24-noyabrdagi “Qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yer uchastkalarini ijaraga berish tartibiga doir normativ-huquqiy hujjatlarni tasdiqlash to‘g‘risida”gi 709-sonli qaroriga muvofiq yer maydonlarini ijaraga olish “E-AUKSION” ochiq elektron tanlovi orqali amalga oshirilishi batafsil tushuntirilganligini ma‘lum qilamiz.
E-“AUKSION” ochiq elektron tanloviga ishtirok etishingiz uchun ERI (elektron raqamli imzo)ni Davlat xizmatlari markazidan olishingiz va ERI orqali
“E-AUKSION” ochiq elektron tanlovga ishtirok etishingiz mumkin.
Ochiq elektron tanlovda ishtirok etish uchun bazaviy hisoblash miqdorining bir baravari miqdoridagi zakalat pulni operatorning maxsus depozit hisobvarag‘iga kiritadi, «Temir daftar», «Ayollar daftari», «Yoshlar daftari»ga va 2022-yil 1-mart sanasidan keyin xorijdan qaytib kelgan mehnat migrantlari ro‘yxatiga kiritilgan talabgorlar ushbu to‘lovdan ozod qilinadi.
O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi yer berish vakolati yo‘qligi sababli, Sizning murojaatingizni ijobiy hal qilish uchun faqatgina
“E-AUKSION” ochiq elektron tanloviga ishtirok etgan holda yer uchastkasini olishingiz mumkinligini ma‘lum qilamiz.
O‘zbekiston Respublikasi “Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari to‘g‘risida”gi Qonuni talabidan kelib chiqqan holda, murojaatni o‘rganishdan norozi bo‘lgan taqdiringizda yuqori turuvchi organlarga murojaat qilish huquqingiz borligini tushuntiramiz.
Boshqarma boshlig‘i A.Xo’jamqulov
Baj:K.Jabborov
Download 48.73 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling