Surxondaryo viloyati respublika iqtisoslashtirilgan ko’z mikro xirurgiya ilmiy amaliy tibbiyot markazi


IV. Markaz tuzilishi va uning faoliyatini boshqarish


Download 219 Kb.
bet12/16
Sana20.06.2023
Hajmi219 Kb.
#1631722
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   16
Bog'liq
glaznoy bansa tayyor boldi

IV. Markaz tuzilishi va uning faoliyatini boshqarish
12. Markazning tuzilmasi * qo‘shildi .
* Zarur hollarda Markaz rahbari O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi tomonidan tasdiqlash uchun Markaz tuzilmasiga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish bo‘yicha takliflar kiritishga haqli.
13. Markazga tegishli ma’muriy viloyat hokimining taqdimiga binoan O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vaziri tomonidan lavozimga tayinlanadigan va lavozimdan ozod etiladigan direktor rahbarlik qiladi.
14. Direktorning o‘rinbosarlari bo‘ladi. Markaz direktorining o‘rinbosarlari viloyat sog‘liqni saqlash boshqarmasi bilan kelishilgan holda markaz direktori tomonidan lavozimga tayinlanadi va lavozimdan ozod qilinadi.
15. Markaz direktori Markaz faoliyatiga umumiy rahbarlikni amalga oshiradi, ishlarni tashkil etadi, Markaz nomidan ishonchnomasiz ish olib boradi, barcha tashkilotlarda uning manfaatlarini ifodalaydi, Markazning mol-mulkini tasarruf etadi, shartnomalar, shu jumladan mehnat shartnomalari tuzadi; ishonchnomalar, bank hisob raqamlarini beradi.ochadi, tegishli mablag‘lar olish huquqidan foydalanadi, xodimlarni tasdiqlaydi, buyruqlar chiqaradi va Markaz faoliyati natijalari uchun shaxsan javob beradi.
16. Markaz direktori bo‘lmaganda uning vazifalari viloyat sog‘liqni saqlash boshqarmasi bilan kelishilgan holda uning o‘rinbosarlaridan biri tomonidan amalga oshiriladi.
V. Markazning moliyaviy-xo'jalik faoliyati
Oldingi tahrirga qarang .
17. Markazning moliya-xo‘jalik faoliyati qonun hujjatlariga muvofiq amalga oshiriladi.
(17-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022 yil 4 apreldagi 153-son qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 04.05.2022 y., 09/22/153/0266-son).
18. Markaz o‘z faoliyati maqsadlariga muvofiq o‘z mol-mulkiga egalik qiladi, undan foydalanadi va uni tasarruf etadi, shu orqali byudjet mablag‘lari va byudjetdan tashqari jamg‘armalar mablag‘laridan samarali foydalanishni ta’minlaydi.
19. Markazning mulki asosiy vositalar, shuningdek, boshqa moddiy boyliklar va moliyaviy resurslardan iborat.
Oldingi tahrirga qarang .
20. Markaz vaqtincha foydalanilmayotgan binolarni shartnoma asosida Markaz faoliyatini rivojlantirish uchun olingan mablag‘lar hisobidan ijaraga olishga, shuningdek qonun hujjatlariga muvofiq asbob-uskunalar va mol-mulkni balansdan chiqarishga haqli.
(20-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022 yil 4 apreldagi 153-son qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 04.05.2022 y., 09/22/153/0266-son).
Oldingi tahrirga qarang .
21. Markazning pullik konsalting-diagnostika xizmatlarini ko‘rsatishdan, korxonalarning, nodavlat jamoat tashkilotlarining xayriya va ixtiyoriy badallaridan hamda qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalardan tushumlari Markazning daromad manbalari hisoblanadi.
(21-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022 yil 4 apreldagi 153-son qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 04.05.2022 y., 09/22/153/0266-son).

Download 219 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   16




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling