Sut emizuvchilarning tashqi tuzilishi
Download 0.55 Mb.
|
Sut emizuvchilarning tashqi tuzilishi,
- Bu sahifa navigatsiya:
- Ko’rish organlari
E shitish organi ham odatda yaxshi rivojlangan bo’lib, tashqi, o’rta va ichki quloqdan iborat. Quloq suprasi faqat sut emizuvchilar uchun xos bo’lib, tovushni kuchaytirish va uning yo’nalishini aniqlash vazifasini bajaradi. Ko’pchilik hayvonlarda quloq suprasi harakatchan bo’ladi. Nog’ora parda tashqi quloqni ichki quloqdan ajratib turadi. O’rta quloq bo’shlig’ida 3 ta eshitish suyakchalari: bo’lg’acha, sandon, uzangicha joylashgan. Bo’lg’achaning yo’g’onlashgan uchi nog’ora pardaga, ikkinchi uchi sandoncha bilan harakatchan tutashgan. Uzangicha esa ichki quloqning oval tuynukchasiga tiralib turadi. Eshitish suyakchalari tovush to’lqinlarini tashqi quloqdan ichki quloqqa o’tkazadi. Ichki quloq chig’anoqdan iborat. Chig’anoq nayi ichiga ko’rtiеv organning minglab juda ingichka tolachalari tortilgan. Har qaysi tolacha muayyan uzunlikdagi tovush to’lqini ta'sirida tеbranadi. Tunda ov qiladigan yirtqichlar ayniqsa yaxshi eshitadi.
Ko’rish organlari boshqa umurtqalilarnikiga o’xshash. Ko’zning muguz qavati qavariiq, ko’z gavhari linzaga o’xshash, qovoqlari rivojlangan. Ular ko’zi qushlarnikiga nisbatan yaqinroq masofani ko’radi. Yuksak sut emizuvchilar binokulyar (ikki ko’z bilan) ko’rish xususiyatiga ega. Ta'm bilish organlari til va lablarda joylashgan bo’lib, Ayniqsa o’txo’r hayvonlarda yaxshi rivojlangan. Ular yordamida hayvonlar oziq bo’ladigan va zaharli (еb bo’lmaydigan) o’simliklarni bilib oladi. Sut emizuvchilar boshida vibrissalar dеb ataladigan uzun va dag’al qillar joylashgan. Vibrissalar tuyg’u organi hisoblanadi. Hayvonlar notanish ob'еktni bilib olish uchun boshini yaqinlashtirib bir vaqtning o’zida hidlab ko’radi, ko’z bilan qaraydi va tuyg’u yordamida his etadi. Tuproqda yashovchi hayvonlarda vibrissalar oyo’qlarda va tanasida joylashgan. Odamlar va maymunlarning asosiy tuyg’u organlari barmoqlarining uchki qismi, lablari va kaftida joylashgan. Download 0.55 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling