Sut, go’sht, tuxum va baliq mahsulotlari mikroflorasi


Stafilakokklar va streptokokklar keltirib chiqaruvchi zaharlanishlar


Download 89 Kb.
bet12/14
Sana19.12.2022
Hajmi89 Kb.
#1033746
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14
Bog'liq
1363876488 42740

Stafilakokklar va streptokokklar keltirib chiqaruvchi zaharlanishlar. Stafilakokkning tillarang va oqish shtammlari go’sht, va go’sht mahsulotlariga tushganda, ko’payib enterotoksin ishlab chiqaradi. Bu bakteriyalar enterotoksinni +15—+20 darajada ajratib chiqaradi. Bu toksinlar qonning eritrotsitlarini gemolizga uchratib, laktoza va moltozani kislotalarga qadar parchalab yuboradi. Stafilakkokklar issiqlikka chidamln bo’lib +70 darajada 30 minut davomida ham o’lmaydi. Enterotoksin zahari issiqlikka chidamli, 30 minut qaynatilganda ham o’zini kasallik chiqarish qobiliyatini saqlaydi. Kasallikning asosiy belgilari: 2–5 soatdan keyin namoyon bo’ladi va bosh aylanishi, holsizlanishi, qayt qilish bilan kuzatiladi.
6.8. Tuxum mikrobiologiyasi.
Odamlar uchun tovuq tuxumlari, nihoyatda qimmatbaho oziq–ovqat mahsulotidir. Tuxum asosan 95% gacha karbonat, kaltsiy moddadan iborat zich po’stloqdan, po’stloqning ostidagi pardadan, oqsilli moddalardan va sariq moddalardan iborat. Tuxum po’stlog’ining zichligiga qaramay unda turli hajmdagi teshiklar bor. Tuxumning ichki moddalari mikroorganizmlar uchun yaxshi oziq muhitidir. Teshiklar orqali tuxum ichiga o’tgan mikroorganizmlar rivojlanib, tuxumning buzilishiga olib kelishi mumkin.
Kyalduell degan olim o’z tadqiqotlarida 2510 ta yangi tuxumlarning ichida 8,8% gacha bakteriyalar aniqladi.
Olimlardan V. Yermoleva va B. P. Tokinlar pushtni (homilani) tashqi muhitning ta‘siridan saqlash kerak deydilar. Oqsilning tarkibida mikroorganizmlarga qarshi turadigan, ularni halokatga olib keladigan oqsilli modda – lizotsim bordir. Turli parrandalar tuxum oqsilining mikroorganizmlarga qarshi turish aktivligi lizotsimga bog’liq va ular turlicha.
SHuni aytib o’tish kerakki, lizotsim moddaning miqdori tuxum oqsilida qancha ko’p bo’lsa, tuxum shuncha mikrobli buzilishdan uzoq saqlanadi. Tuxumlarning mikroblar bilan zaharlanishi endogen va ekzogen yo’llar orqali bo’ladi. Endogen zaharlanish tuxum tuzilishi va tuxum yo’llarida sil, salmonellez (pulloroz) kasalliklari bilan kasallangan tovuqlardan o’tadi. Ekzogen zaharlanish esa zich po’stloq teshiklari orqali tashqi muhitdan o’tadi. Mikroorganizmlarning tuxumning ichiga o’tishi bir necha faktorlarga bog’liq. Bular havo temperaturasiga, uning namligiga, tuxumlarning yangiligiga, mikroorganizmlarning harakatlanishiga, lizotsimning aktivligiga va boshqalarga bog’liq.
I. S. Zagaevskiy tadqiqotlariga ko’ra 20 daraja issiqlikda va havoning nisbiy namligi 80–85% bo’lganda Pseudomonos va Prateus mikroorganizmlari tuxumning zich po’stlog’i sirtidan ichki qatlamlariga 2–5 kunda, Salm. Typhimulium 8–11 kunda, ichak tayoqcha 13–15 kunda va Aspergellus 5–9 kunda o’tadi.

Download 89 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling