Sut, go’sht, tuxum va baliq mahsulotlari mikroflorasi


Download 89 Kb.
bet13/14
Sana19.12.2022
Hajmi89 Kb.
#1033746
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14
Bog'liq
1363876488 42740

Tuxumlarning chirishi. Bunda chirituvchi mikroorganizmlar hosil qilgan proteolitik fermentlar oqsilning parchalanishiga olib keladi.
Yashil chirish Pseudomonas avlodidagi mikroblarning tuxumlar ichiga o’tishi orqali sodir bo’ladi. Bu turdagi mikroorganizmlar hayot faoliyatida yashil pegment hosil qilib tuxumlar oqsillarini shu rangga bo’yaydi.
Qizil yoki pushti chirish. Bu turdagi buzilishga faqat Pseudomonas avlodidagi mikroorganizmlar emas, balki boshqa mikroorganizmlar ham sabab bo’ladi. Micrococcus ronius, Serratia marcescens va boshqa turdagi mikroorganizmlar hayot faoliyatlarida qizil yoki pushti pigment hosil qilib, tuxum oqsilini shunday rangga bo’yashadi.
Qora chirish Proteus vulgaris va Pseudomonas mikroorganizmlar ishtirokida bo’ladi. Bularning ta‘sirida oqsil suyuq holga keladi va qora yoki qo’ng’ir rangni oladi. Shu turdagi mikroorganizmlar hayot faoliyatida hosil bo’lgan gazlar tuxumni yoradi. Yorilgan joyidan chiqqan suyuqlik boshqa tuxumlarga tegib, ularni iflos qiladi va buzilishga olib keladi.
Tuxumlarning mog’orlashi. Yer va iflos asbob–uskunalardan tushgan mog’or zamburug’lar va aktinomitsetlar tuxumlarning mog’orlashiga sabab bo’ladi. Bu zamburug’larga qulay sharoit (yuqori darajada namlik va past temperatura) bo’lganda, ularning sporalari unib chiqadi, po’stlog’idagi teshiklar orqali tuxum ichiga o’tib, avvalo tuxumning qalin po’stlog’iga so’ngra po’stlog’ining tagidagi yumshoq qatlamlarga kirib rivojlanadi.
Tuxumdagi zamburug’lar ovoskop yordamida tekshirilganda dog’ va dog’chalar bo’lib ko’rinadi. Bu qora dog’lar zamburug’larning koloniyalaridir.
Buzilishini hosil qiladigan zamburug’larning asosiy avlodlaridan: Penicillium va Aspergellus Cladosporium zamburug’lar tuxumlarning ichida chiruvchi bakteriyalarni rivojlantirmaydi.


6.9. Tuxum orqali tarqaladigan infektsiyalar.
Tuxum orqali odam va parrandalarga yuqumli kasalliklar tarqatuvchi mikroblar o’tishi mumkin. Bular asosan pulloroz, kolibakterioz, mikoplazmoz sil va boshqalardir. Bu yuqumli kasalliklar ifloslangan tuxumning po’sti orqali o’tadi. Shuning uchun jo’ja chiqarish uchun tuxumlar dezinfektsiya qilinadi. Dezinfektsiya yuqorida ko’rsatilgan yuqumli kasalliklarning oldini olish imkonini beradi. Asosiy dezinfektsion eritmalar sifatida formaldegid, geksaxlorofen va trietilenglikollar qo’llanadi.
Sil, salmonellyoz va boshqa yuqumli kasalliklarning yoki zaharlanishning oldini olish maqsadida tuxumlar 13–14 minut qaynatilib, iste‘mol qilinishi kerak.



Download 89 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling