Reja: kolibakterioz kelib chiqishi qo’ZG’atuvchisi haqida ma’lumot patogenezi esherixioz kolibakterioz


Download 1.5 Mb.
bet1/3
Sana25.01.2023
Hajmi1.5 Mb.
#1119549
  1   2   3
Bog'liq
KOLIBAKTERIOZ (1)




REJA:


1.KOLIBAKTERIOZ KELIB CHIQISHI


2.QO’ZG’ATUVCHISI HAQIDA MA’LUMOT


3.PATOGENEZI

ESHERIXIOZ - KOLIBAKTERIOZ
Esherixioz (lot., ingl. - Escherichiosis; ruscha - esherixioz, kolienterit, kolibakterioz) – oʻtkir kechuvchi infeksion kasallik boʻlib, kuchli diareya (enterit), ogʻir enterotoksemiya va septitsemiya belgilari bilan xarakterlanadi.

Tarixiy maʼlumot. Esherixioz (kolibakterioz) - oq ich ketishni yuqumli ekanligini 1865-yilda Obix aytib oʻtgan. Kasallik qoʻzgʻatuvchisi enteropatogen ichak tayoqchasini birinchi boʻlib 1885-yilda, yosh bolalar ichak axlati tarkibidan Gretsiyalik olim T.Escherih ajratib olgan. 1930-yillardan boshlab Rossiyada S. N. Vishelesskiy, N. A. Mixin, R. A. Sionlar ushbu kasallikni batafsil oʻrganishgan. N. A. Mixin tomonidan kasallikka qarshi maxsus giperimmun qon zardobi tayyorlangan. Keyinchalik qoʻzgʻatuvchida O-, K- va N antigenlar mavjudligi aniqlangan va ularni 1947-yilda F. Kaufman serologik klassifikatsiya qilish usulini yaratgan.
Samarqand qishloq xoʻjalik instituti va Veterinariya ilmiy tekshirish instituti olimlaridan A. M. Ahmedov, A. K. Siddiqov, I. D. Burluskiy, A.Abdusattorov, B. Elmurodav va R.U. Bulxanovlar Oʻzbekiston sharoitida ushbu kasallikni batafsil oʻrganib, maxsus profilaktikaga salmoqli hissa qoʻshdilar.
Qoʻzgʻatuvchisi. Kasallik qoʻzgʻatuvchisi enteropatogen bakteriya “Eschericha coli” hisoblanadi. Kasallik qoʻzgʻatuvchisini 1885-yil, yosh bolalar ichak axlatidan T.Escherih ajratib olgan va unga Bacterium coli commune deb nom berilgan. Keyinchalik ushbu olimning sharafiga ushbu bakteriya Eschericha coli, kasallikka esa, esherixioz deb nom berilgan. Ayrim olimlar kolibakteriozni qoʻzgʻatuvchisi ichak tayoqchasi deb notoʻgʻri hisoblashadi. Zamonaviy tasnif boʻyicha ichak tayoqchalari guruhi 3 ta mustaqil bakteriyalar avlodidan tashkil topgan: Eschericha, Citrobacter va Enterobacter. Esherixiyadan keyingi 2 ta avlod ham kolibakterioz qoʻzgʻatuvchisi emas. Bu uchala avlod ham Enterobacteriaceae oilasiga mansub.

Eschericha coli nisbatan kalta, yoʻgʻon (0,2-0,7 x 2 - 4 mkm), gram manfiy tayoqcha boʻlib, spora va kapsula hosil qilmaydi. Ularning harakatli va harakatsiz vakillari mavjud, ushbu belgi ularning yashash muhitlariga bogʻliq. Esherixiyalar aerob yoki fakultativ anaerob, suyuq ozuqa muhitlarni intensiv loyqalantiradi, ayrim holda yuzasida yupqa parda hosil qiladi. Qattiq ozuqa muhitlarida aylana, tiniq, yaltiroq yoki qabariq koloniyalar hosil qiladi. Endo muhitida qizil yoki toʻq qizil, Levin muhitida esa, binafsha yoki qora rangli koloniyalar hosil qiladi. Ushbu muhitlar esherixiyalar uchun elektiv hisoblanadi.
Esherixiyalarning antigen tuzilishi juda murakkab. Ushbu bakteriyada somatik O-antigen, kapsula va qobigʻida K-antigen va xivchinida N-antigen mavjud. Umuman olganda barcha tur yosh hayvonlarda va parrandalarda “Eschericha coli” ning 170 ga yaqin O-antigen boʻyicha farqlanadigan seroguruhlari, K-antigen boʻyicha 100 ta va N-antigen boʻyicha 60 ta serovariantlari mavjudligi adabiyot maʼlumotlaridan maʼlum. Bulardan tashqari, esherixiyalarda adgeziv antigen (K 88, K 99 va boshq.) aniqlangan, ular esherixiyalarni ichak epiteliyasiga yopishishini va uning patogen taʼsirini taʼminlaydi.
Koʻpchilik tadqiqotchilar Oʻzbekiston xoʻjaliklarida buzoqlar va qoʻzilarda enteropatogen esherixiyaning quyidagi 08, 09, 015, 026, 041, 055, 078, 0101, 0115, tovuq va joʻjalarda 026, 041, 055, 078, 0111 shtammlarini koʻproq holatda ajratmoqdalar. N.A. Radchuk (1990) va I. I. Blancoctal (1998) larning bergan maʼlumotlari boʻyicha “Eschericha coli” ning 45 ta seroguruhi parrandalarning esherixiozida muhim oʻrin tutadi. Ulardan ayniqsa 01, 08, 09, 011, 018, 022, 026, 035, 055, 078, 086, 0111, 0115, 0119, 0127, 0138, 0141 seroguruh shtammlari parrandalarda koʻp uchraydi.


Download 1.5 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling