Reja: kolibakterioz kelib chiqishi qo’ZG’atuvchisi haqida ma’lumot patogenezi esherixioz kolibakterioz


Download 1.5 Mb.
bet2/3
Sana25.01.2023
Hajmi1.5 Mb.
#1119549
1   2   3
Bog'liq
KOLIBAKTERIOZ (1)

Qoʻzgʻatuvchining chidamliligi. Quritilgan oqsilli muhitda hayvon ahlatida, shilimshiq moddalarda esherixiyalar 30 kun, suv va tuproqda oylab faol saqlanadi. Issiqqa uncha chidamli emas, 74-76°S da darhol oʻladi. Oʻyuvchi natriy, fenol, formalin, xloramin, xlorli ohak va boshqa dezinfektor eritmalar esheriiyalarga odatiy konsentratsiyada halokatli taʼsir etadi.

Epizootologik maʼlumotlar. Esherixiozga barcha tur yosh hayvonlar moyil boʻladi. Yangi tugʻilgan buzoqlar hayotining 2-7 kunlarida; choʻchqa bolalari hayotining 1-kuni va haftasida hamda sut emishdan oldin va keyingi davrlarda; qoʻzilar hayotining 1-kunidan to 5-7 oylikkacha; qulunlar – 1- kundan boshlab; joʻjalar – 1-kundan 90 kungacha va tovuqlar tuxum tugʻish davrida; moʻynali hayvonlar bolalari – asosan 1-5 kunlik va kam holatlarda 6-10 kunligida kasallikka chalinadi.
Ushbu kasallik tabiatda keng tarqalgan boʻlib, u dunyoning barcha mamlakatlari hududlarida roʻyxatga olingan. Unga tugʻish kompaniyasi davrida ommaviy tarqalish xarakterli. Esherixioz barcha fasllarda boʻladi, biroq tugʻilish davrida koʻproq qayd qilinadi. Chunki, bu davrda chorvachilik binolarining enteropatogen esherixiyalar bilan ifloslanishi yuqori darajada boʻladi va moyil hayvonlar soni koʻpayadi hamda ularni tigʻiz saqlashga toʻgʻri keladi. Odatda yozning oxiri va kuzning boshida qoʻzilarni onasidan ajratish davrida (ayniqsa choʻl hududlarda) sutdan chiqib dagʻal ozuqaga oʻtkanda kasallik boshlanadi.
Kasallik qoʻzgʻatuvchisining asosiy manbai kasal va undan tuzalgan hayvonlar hisoblanadi. Katta yoshdagi hayvonlar ham esherixiya tashuvchi boʻlib xizmat qiladi. Ular asosan oʻzining fekali, ayrim holda siydigi bilan katta miqdorda qoʻzgʻatuvchi ajratadi va yaylovni, suvni ifloslan-tiradi. Kasalik qoʻzgʻatuvchisini oʻtish omillari boʻlib, hayvonlarni parvarish qiladigan choʻpon, mol, buzoq, choʻchqa buzoq va tovuq boqarlarning maxsus kiyimlari, hayvonlar axlati va siydigi bilan ifloslangan barcha ferma predmetlari xizmat qiladi. Yosh hayvonlar asosan tugʻish davrida gigiyenik qoidalarga rioya qilinmasa, oziqlanishda uviz, sut yoki suv esherixiyalar bilan ifloslangan boʻlsa, qoʻzgʻatuvchi bilan zararlanadi.
Kasallik asosan alimentar yoʻl bilan, ayrim hollarda aerogen yuqadi. Uzoq vaqt kolibakterioz boʻyicha nosogʻlom xoʻjalikda qulunlar, qoʻzilar, buzoqlar, choʻchqa bolalari ona qornida kasallik yuqtirishi mumkin. Joʻjalarga ham transovarial qoʻzgʻatuvchi tovuqdan tuxum orqali oʻtadi.
Esherixiozning kelib chiqishida organizm rezistentligining pasayishiga olib keluvchi shart- sharoitning taʼsiri katta. Zax, qorongʻi, eski binolarda yosh hayvonlarning saqlanishi, boʻgʻoz hayvonlarni zaruriy ozuqalar bilan balansli oziqlantirmaslik, sanitariya - gigiyenaning fermada talab darajasida boʻlmasligi yosh hayvonlar orasida kasallikni namoyon boʻlishiga imkon yaratadi. Yangi tugʻilgan buzoq, qoʻzi, choʻchqa bolasi, qulun va boshqa tur yosh hayvonlarning oʻziga xos fiziologik va immunobiologik holati esherixiozni paydo boʻlishida asosiy omil boʻlib xizmat qiladi. Birinchidan, ularning qon zardobida mikroorganizmlardan himoya qiladigan gamma-globulin boʻlmaydi, ikkinchidan, ingichka ichaklar shilliq pardalari unga tushgan oqsillarni nativ holatda, hazmlanmagan holda shimib qonga oʻtkazib yuboradi. Uchinchidan, bu davrda jigarning baryer faoliyati toʻla ishga tushmagan boʻladi, toʻrtinchidan, immun tizim toʻla shakllanmagan va faoliyati juda past va nihoyat beshinchidan, yosh organizm hali oʻzining gamma-globulinini sintez qilishga qodir emas. Shuning uchun, yosh yangi tugʻilgan hayvon himoya oqsillarini onaning uviz suti bilan olishga majbur. Agar yangi tugʻilgan buzoq, qoʻzi, choʻchqa bolasi, qulun 2 soat orasida uviz suti olmasa, oshqozon-ichak tizimiga tashqi muhitdan tushgan mikroorganizmlar, shu jumladan, esherixiyalar u yerda koʻpaya boshlaydi va kasallikni keltirib chiqaradi. Esherixiyalar himoyasiz organizmga tushib koʻpaygandan soʻng oʻz virulentligini oshiradi va organizmdan tashqi muhitga chiqib, keyingi tugʻilgan yosh hayvonlarni ommaviy zararlaydi va yengilgina kasal qilishga qodir boʻladi. Fermadagi antisanitariya holati, tugʻruqxonada tugʻiladigan hayvonni qabul qilishdagi gigiyenik holat, tugʻilgan hayvonni oʻzidan yoshi katta hayvonlar bilan birga saqlash, boʻgʻoz hayvonlarni saqlash va oziqlantirishdagi kamchiliklar, mikroklimatni meʼyor darajasida boʻlmas-ligi, kolibakteriozning paydo boʻlishida asosiy omillar hisoblanadi.
Esherixioz boʻyicha nosogʻlom fermadagi epizootik holatni esherixiyalarning oʻzida adgeziv antigen saqlovchi har xil 0 - serologik guruhlari keltirib chiqarishi mumkin. Birgina nosogʻlom fermada yosh hayvonlarda bir vaqtda qoʻzgʻatuvchining bir necha seroguruhga mansub har xil (K- va N –antigen) antigen toʻplamli shtammlari boʻlishi mumkin.
Esherixiozni yana bir oʻziga xos xarakterli xususiyati, buzoqxonani buzoqlar bilan toʻldirish muddatining choʻzilishiga bogʻliq holda kasallar sonining ortishi va uning ogʻir hamda asoratli kechishidar. Bunday holatda tashqi muhitda qoʻzgʻatuvchilar miqdorining keskin ortishi va ularning buzoq, qoʻzi, choʻchqa bolasi va qulun orqali bir necha marta passaj boʻlish hisobiga esherixiya virulentligining koʻtarilishi evaziga fermada hayvonlarning rezistenligiga va koʻmaklashuvchi omillarning yoʻqligiga qaramasdan, ularning ommaviy qayta-qayta zararlanishlari kuzatiladi.



Download 1.5 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling