Reja: kolibakterioz kelib chiqishi qo’ZG’atuvchisi haqida ma’lumot patogenezi esherixioz kolibakterioz
Download 1.5 Mb.
|
KOLIBAKTERIOZ (1)
Patogenez. Tugʻilgandan keyin darhol yosh hayvon oshqozon ichak tizimiga juda katta miqdorda har xil mikroorganizmlar kiradi. Organizmga kirgan esherixiyalar miqdoriga, ularning toksigenligiga va adgezivligiga hamda yangi tugʻilgan hayvonning uviz suti olish vaqtiga bogʻliq holda esherixiyalarni ingichka va yoʻgʻon ichak yoʻllarida koʻpayishi va ayrim joylarda toʻplanishi har xil kechadi. Agar xoʻjalikda adgeziv antigenli yuqori patogenli esherixiya shtammlari mavjud boʻlsa, ular tezlik bilan ingichka ichak soʻrgʻichlari shilliq pardalari epiteliya hujayralariga yopishgan holda koʻpayadi va oʻzidan toksin ajratadi. Natijada ichaklarda yalligʻlanish jarayoni kelib chiqadi. Keyin esherixiyalar va ularning chiqargan toksinlari qonga oʻtib septitsemiya va toksikoz qoʻzgʻatadi (kolibakteriozning septik shakli). Agar uviz suti oʻz vaqtida olinib, undagi himoya oqsili (gamma-globulin) esherixiyaning koʻpayishiga va adgeziv xususiyatiga toʻsqinlik qilsa, ular keraklicha koʻpaya olmaydi va ichakdagi yalligʻlanish kichikroq joyni egallaydi. Natijada ovqat hazm qilish jarayoni buziladi va organizmda diareya (enterit shakl) kuzatiladi.
Diagnoz. Epizootologik maʼlumotlar, klinik belgilar va patologoanatomik oʻzgarishlar asosida dastlabki diagnoz qoʻyiladi. Bu koʻrsatkichlar hammasi bakteriologik tekshirishlar natijasi bilan tasdiqlanadi. Laboratoriyaga oʻlgan butun jasadni olib borish iloji boʻlmasa, bosh miya, naysimon suyak, taloq, buyrak, jigar, mezenterial limfa tugunlar va jarohatlangan ichak boʻlagi ikki tomonidan yaxshilab boylab yoʻllanma xat bilan bir kishi orqali yuboriladi. Esherixiyaning patogenligi oq sichqonlarga va joʻjalarga yuborilib aniqlanadi. Qoʻzgʻatuvchilarning qaysi serologik guruhga oidligi immun koli zardob toʻplami bilan tekshirib aniqlanadi. Agar q.-x.hayvonlarning taloq, naysimon suyak va bosh miyasidan yoki biosinov qoʻyilgan oq sichqon va joʻjalarning kamida 2 ta aʼzosidan esherixiya ajratilsa yoki qoʻzgʻatuvchi serologik tekshirilganda enteropatogen ekanligi aniqlansa, uning seroguruhi va patogennligi aniqlanmasdan ham esherixioz deb yakuniy diagnoz qoʻyiladi. Choʻchqalarning oshqozon yoki ingichka ichakning oldingi qismidan oq sichqonlar uchun patogen beta-gemolitik esherixiya ajratilsa yoki agglyutinatsiya reaksiyasida immun O-kolizardob toʻplami bilan uning seroguruhi aniqlansa, kolienterotoksemik esherixiozga (shish kasalligi) yakuniy diagnoz qoʻyilgan hisoblanadi. Download 1.5 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling