Sut yunalishidagi qoramol zotlari va ularning tavsifi


Download 185.86 Kb.
bet1/2
Sana07.04.2023
Hajmi185.86 Kb.
#1336474
  1   2
Bog'liq
Сут йуналишидаги қорамол зотлари ва уларнинг тавсифи


Sut yunalishidagi qoramol zotlari va ularning tavsifi
REJA

  1. Sigir zotini tanlashda birinchi mezon – bu chorvachilik fermasining yoʻnalishi.

  2. Sut yoʻnalishidagi yirik qoramollar

  3. Golshtin-friz zoti (AQSH va Kanada ola-qora mol zoti)


Sigir zotini tanlashda birinchi mezon – bu chorvachilik fermasining yoʻnalishi. Yaʼni, sigir qanday ferma uchun va qay maqsadda sotib olinadi? Sut fermasi uchunmi? Sut-goʻsht fermasi uchunmi yoki goʻsht fermasi uchunmi? Shu savolga aniqlik kiritgandan keyin qanday yoʻnalishdagi qoramol zotini sotib olishni hal qilishingiz mumkin. Yirik qoramolning uchta asosiy yoʻnalishdagi turi mavjud: sut yoʻnalishidagi, sut-goʻsht yoʻnalishidagi va goʻsht yshnalishidagi qoramol zotlari. Shu bilan birga, iqlim sharoiti oʻxshashligi va zotning reproduktiv xussiyatlarini ham inobatga olish zarur. Sut va goʻsht yoʻnalishidagi mollar sut va goʻsht unumdorligi koʻrsatkichlaridan tashqari oʻzilarining tashki koʻrinishi, tana tuzilishi (eksteryer) bilan ham ajralib turadi.Oʻzbekistonning iqlim sharoitidan kelib chiqqan holda mutaxassislar bizning fermalarga isroil, AQSH va Kanadadan sut va goʻsht-sut yoʻnalishidagi zotli sigirlarni olib kelishni tavsiya etadilar.
Maqsadni belgilab olish uchun, keling sut va goʻshtning foydali xususiyatlarini yana bir esga solib olamiz.
Sut. Sut va sut mahsulotlari tarkibida biroz miqdorda bizga maʼlum deyarli barcha vitaminlar mavjud. Sut va sut mahsulotlari nisbatan katta miqdorda kaliy, kalsiy, natriy, magniy, xlor, fosfor, shuningdek muhim fiziologik ahamiyatga ega mikroelementlar bor. Kalsiy va fosforning oqilona nisbati kalsiy yaxshi oʻzlashtiriliga yordam beradi.

Goʻsht. Mol goʻshti – inson uchun noyob quvvat manbai. U oʻz tuzilishi, kimyoviy tarkibi va xususiyatlariga koʻra inson organizmi ehtiyojlariga juda mos. Oziqlanish normalari ilmiy hisob-kitoblariga koʻra odam bolasi yiliga 90 kg goʻsht isteʼmol qilishi kerak.


Tanlash oson boʻlish uchun qoramol zotlarining har biriga qisqacha tavsif berib chiqamiz. Mazkur maqola sut yoʻnalishidagi qoramol zotlariga bagʻishlangan. Shuningdek, saytimiz sahifalarida siz sut-goʻsht yoʻnalishidagi va goʻsht yoʻnalishidagi qoramol zotlari bilan tanishishingiz mumkin.
Sut yoʻnalishidagi yirik qoramol

Golland zoti


Golland sigirlari – dunyoda eng keng tarqalgan zot. Turli mamlakatlardagi deyarli barcha ola-qora mol zoti golland sigir ishtirokida yaratilgan. U proporsional tana tuzilishiga ega, yelini yaxshi rivojlangan va goʻsht unumdorligi ham yuqori darajada. Buzoqlarning tugʻilgandagi tirik vazni 35-40 kg ni, katta sigirlarning vazni esa 600 kg ni tashkil etadi. Sut sogʻimi – bir laktatsiya davrida 5000-6000 kg. Sutdagi oʻrtacha yogʻ miqdori 3,7%, ammo bu zot vatanida uzoq yilgi seleksiya natijasida bir laktatsiya davrida 7000 kg sut beradigan podalar tashkil etilgan boʻlib, sut yogʻliligi 4,2-4,4% ga yetkazilgan. 
Golshtin-friz zoti (AQSH va Kanada ola-qora mol zoti)

Mamlakatimizdagi ola-qora mol zotini takomillashtirishda bu zotdan faol foydalaniladi.
Niderlandiya va yevropaning boshqa mamlakatlaridan farqli oʻlaroq bu zot AQSH va Kanadada naslchilik va koʻpaytirish masalalariga emas, balki sut sogʻimi hajmi va tirik vazniga urgʻu bergan holda koʻpaytirilgan boʻlib, sut yogʻliligiga uncha eʼtibor berilmagan. Bunda buqalarni yetishtirish, boqish va parvarishlashning boshqacha texnologiyasi qoʻllaniladi. Aytish mumkinki, chatishtiruvchsiz, bir zot negizida butkul yangi qoramol zoti yaratilgan.
Golshtin-friz sigirlarining tirik vazni oʻrtacha 670-700 kg, buqalarning vazni 960 kgdan 1200 kggacha. Eng ogʻir sigirlarning tirik vazni 1000 kgga yetadi, buqalarniki – 1250 kg gacha. Buqachalarning tirik vazni yangi tugʻilganda 44-47 kg, gʻunajinlarniki 38-42 kg boʻladi.
Golshtin-friz zotli sigirlarning rangi ola-qora boʻladi, ammo baʼzida ola-qizil ranglilari ham uchrab turadi. Golshtin-frizlarning konstitutsiyasi mustahkam. Boshqa ola-qora zotlarga nisbatan golshtin-friz zoti yaxshi parvarish qilinganda unumdorligi yuqoriroq boʻladi. Chet elda ham, bizning mamlakatimizdagi yirik sut fermalarida ham koʻproq golshtin-friz zotli sigirlardan foydalaniladi.
Oʻtgan oʻn yillik davomida golshtin-friz zotli sigirlarning sut unumdorligi boʻyicha oʻrtacha yillik va rekord koʻrsatkichlari sezilarli darajada koʻpaydi, biroq boshqa mamalakatlardagiga nisbatansut yogʻliligi uncha koʻtarilmadi. Golshtin-friz zotli sigirlar suti tarkibida oqsil miqdori yuqori emas (3,2-3,35%).
Golshtin-friz zotini koʻpaytirishda laktatsiya davridagi sut sogʻimi va sut yogʻi miqdori boʻyicha hamda hayoti davomidagi unumdorligi boʻyicha rekorchilarni yetishtirishga katta eʼtibor beriladi.
Hozirgacha maʼlum golshtin-friz zotli sigirlar: Elen 7336725A toʻrtinchi marta bolalagandan soʻng 25 047 kg sut bergan, yoki Bri-Zevud Patsi Bert Pontiak 6174402 nomli sigir toʻqqizingi marta bolalaganda 21 517 kg sut bergan va suti yogʻliligi darajasi 4,71%ni tashkil etgan.
Golshtin-friz sigirlarning yelini kosasimon, koʻp sut sigʻdiradi. Indeksi oʻrtacha 45-46; (38,4 bilan 61,3% oʻrtasida). Ikki marta sogʻilganda bu sigirlardan sutkasiga 60-65 kg sut olish mumkin. Sut berish maksimal tezligi minutiga oʻrtacha 3,21 litrdan 3,51 litrgacha. 
Jersi zoti

Jersi zoti – eng qadimiy sut zotlaridan biri,katta biologik qiymatga ega. Jersi orolida (La-Mansh boʻgʻozi) xalq seleksiyasi yoʻli bilan yaratilgan. Dunyoning barcha mamlakatlarida boqiladi. Mahalliy zotlarning sutida yogʻ va oqsil miqdorini oshirish maqsadida foydalaniladi. Rangi malla va och qoʻngʻir. Burun oynasi toʻq rangda, atrofidagi tuklari esa och rangda. Tana tuzilishi biroz choʻziq, mushaklari nisbatan boʻsh rivojlangan va koʻkrak qafasi biroz tor. Sigirlarning tirik vazni 400-50 kg. Zot boʻyicha oʻrtacha sut sogʻimi bir laktatsiya davrida oʻrtacha 4800 kg, sut tarkibidagi yogʻ tva oqsil miqdori 5,8 va 4,3%. Danaiyada seleksiya qilingan zotlarning koʻrsatkichlari ayniqsa yuqori. Daniyada bu zotli sigirlar soni 100 000ta boʻlib, ularning oʻrtacha sut sogʻimi 4994 kg, tarkibidagi yogʻ miqdori 6,3 va oqsil miqdori 4,1 foizni tashkil etadi. Turli mamlakatlarda bir laktatsiya davrida sut sogʻimi hajmi 6-10 ming kgni, yogʻliligi7,8 va oqsil miqdori 4,3-4,5%ni tashkil etadigan sigirlar bor. Bu zotli sigirlar uzoq umr koʻrishi bilan ajralib turadi va yuqori unumdorligini 10-16 laktatsiya davomida saqlab qoladi. Turli sharoitga yaxshi moslashadi; orttirgan belgilari boshqa zotlar bilan chatishtirilganda saqlanib qoladi. Jersi zotli sigirlarni har qanday mamlakatda shaxsiy xoʻjaliklarda ushlagan maʼqul. Buning uchun ishlab chiqaruvchi buqaning urugʻidan foydalanish mumkin, urugʻni har qanday naslchilik tashkilotidan sotib olish mumkin.



Download 185.86 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling