Sutemizuvchilarni muhofaza qilish
Download 1.67 Mb.
|
Sutemizuvchilarni muhofaza qilish
- Bu sahifa navigatsiya:
- Hozirgi vaqtda MDHda 130 ta qoriqxona bor. Bu qoriqxonalarning umumiy maydoni 8 mln gektarga yetadi.
- E’tiboringiz uchun raxmat
Sutemizuvchilarni muhofaza qilishQo`ziyeva Xurshida Shukurjon qiziOlimlarning hisoblariga qaraganda, oxirgi 300 yil ichida 120 tur sutemizuvchilar Yer yuzidan qirilib ketgan.
Hayvonlarning kelajakda yo'qolib ketish xavfining oldini olish uchun 1966-yilda jamoatchilik tashabbusi bilan Xalqaro «Qizil kitob» tashkil qilingan. O'zbekiston «Qizil kitobi» birinchi marta 1983-yilda chop etilgan va unda sutemizuvchilarning 22 ta turi kiritilgan edi. Hayoti xavf ostida qolgan yoki soni kamayib borayotgan hayvonlarni himoya qilishning eng samarali choralaridan biri qo’riqxonalar va buyurtmaxonalar tashkil etishdir.
Hozirgi vaqtda MDHda 130 ta qo'riqxona bor. Bu qo'riqxonalarning umumiy maydoni 8 mln gektarga yetadi.
O'zbekistonda so'nggi yillarda biologik xilma-xillikni saqlab qolish borasida bir qancha muhim tadbirlar amalga oshirilmoqda. Ularni yanada jadallashtirish kamyob va yo‘q bo'lib ketayotgan hayvonlar muhofazasini kuchaytirish hamda sonini tiklash maqsadida Respublikamizning turli hududlarida oltita tog' (Hisor, Zomin, Kitob, Nur ota, Surxon, Chotqol), uchta cho'l-to'qay (Qizilqum, Boday-To`qay, Zaratshon) qo'riqxonalari, ikkita milliy bog’ (Zomin, Ugom-Chotqol) to`qqizta buyurtmaxonalar (Arnasoy, Dengizko`l, Qoraqir, Qorako`l, Qarnabcho‘1, Qo’shrabod, Sayg'oqli, Sarmish, Sudoche) va ikkita tabiiy yodgorlik (Vardonze, Yozyovon) tashkil qilingan va ular hayvonot olamining majmuyi muhofazasiga, uning resurslaridan barqaror foydalanishga xizmat qilmoqda.
O’zbekistonda uchraydigan 105 tur sutemizuvchilardan 23 turi va 1 ta kenja turi kamyob, yo'qolib borayotgan turlar hisoblanib, 2009- yilda qayta to'ldirilib chop etilgan O‘zbekiston Respublikasi «Qizil kitobi»ga kiritilgan. Bularga uzun ignali tipratikan, kichik taqaburun, uzun dumli tunshapalak, oq qorinli o'qquloq, keng quloqli qat-qat lab, ko‘k sug'ur, mitti qo shoyoq, qo'ng'ir ayiq, Hind asalxo'ri, O'rta Osiyo qunduzi, sirtlon, gepard, qoraquloq, Turkiston silovsini, qoplon, Turon yo'lbarsi. ilvirs, Turkman kulani, xongul (Buxoro bug'usi), jayron. morxo'r (burama shoxli echki), Ustyurt qo'yi (arkal), Buxoro qo‘yi va Qizilqum qo‘yi kiradi.
Nafaqat Respublikamizda, balki butun mintaqada yagona, kamyob hayvonlarni ko'paytirish, ularni saqlash va reintroduksiya qilish bilan shug'ullanuvchi «Jayron» ekomarkazi ham alohida muhofaza qilinadigan hudud maqomiga ega. O'zbekistonga Amerika qit’asidan ondatra, nutriya va norka keltirilib iqlimlashtirilgan.
E’tiboringiz uchun raxmatDownload 1.67 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling