Sutning kislota sonini aniqlash


Download 15.64 Kb.
Sana08.05.2023
Hajmi15.64 Kb.
#1445825
Bog'liq
4-laboratoriya ishi; Sutning kislota soni aniqlash. (2)


LABORATORIYA ISHI №4.

SUTNING KISLOTA SONINI ANIQLASH


Sut margarinning tarkibiy qismidan biri bo’lib, unga bir qator ijobiy sifatlarni beradi. Vaholanki sut bir qator talablarga javob bergandagina margarinning sifati yaxshi o’rinda bo’ladi. Sigir suti toza hid va ta’mga ega bo’lishi, ozgina sarimtirroq rangli bo’lishi, uning tarkibida yog` 3,2% dan kam bo’lmasligi, quruq modda miqdori 8,0 % kam bo’lmasligi va kislotaligi 21o Ternerdan oshmasligi kerak.


Shuning uchun sutni qayta ishlash va margarin zavodlarida sutni qabul qilishda uning sifat ko’rsatkichlari:

  1. Zichligi

  2. Kislotaligi

  3. Yog`liligi

  4. Quruq modda miqdori aniqlanishi muhim va shartdir.

Sutning kislotaligi 100 ml sutni fenolftalein ishtirokida 0.1 n ishqor (KON yoki NaOH) eritmasi bilan neytrallanganda zarur bo’ladigan ishqorning millilitr miqdori bilan ifodalanadi.
Yangi sutning titrlangan kislotaligi uning tarkibida fosfor kislota va limon kislota tuzlari, oqsil borligi bilan tushuntiriladi.
Solom sigirlarning yangi sutining kislotaligi 16-18o T atrofida bo’ladi. Sutni saqlashda va tashishda uning kislotaligi oshadi va bu bakteriyalarning, asosan sut bijituvchi (molochno- kislatny) bakteriyalarning hayot faoliyati bilan bog`liqdir.
Kislotaligi 21o Ternerdan oshiq bo’lgan sut qabul qilinmaydi, chunki u pasterizastiya davomida ivib qoladi.
Reaktiv va materiallar: 100-150 ml li konussimon kolba, fenolftalein eritmasi, 0.1n li NaOH yoki KON eritmasi.
Ishning bajarilishi: 100-150 ml li konussimon kolbaga pipetka yordamida 10 ml sut, keyin 20 ml distillangan suv va 3 tomchi 1%-li fenolftalein eritmasi solinadi, so’ngra sekin chayqatiladi va 0.1n natriy gidroksid eritmasi bilan 1 minut davomida yo’qolmaydigan binafsha rang hosil bo’lguncha titrlanadi.
10 ml sutni titrlash uchun ketgan 0.1n ishqor eritmasining millilitr miqdorini 10 ga ko’paytiriladi va 100 ml sutning Terner darajasidagi kislotaligi aniqlanadi.
Download 15.64 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling