Soch yozgan suluv misol.
Tushirganmi uzugin,
Termulib surar xayol (Qo`shiqdan)
4. Tarmeva, sabzavot va shu kabilar tarkibidagi shira, sharbat, suyuqlik.
Anor suvi. Tarvuz suvi.
5. Tirik organizm va a`zolardan ajralib chiqadigan suyuqlik , shira.
Oshqozon suvi. Burun suvi.
Tumov orqasida burnidan toʻxtovsiz oqqan suvni ham sezmaydi.
Oybek, «Tanlangan asarlar»
6. Umuman , turli narsalar tarkibidagi namlik .
Suvi qochgan non.
Suvi qochgan non, olmachoy bilan nonushta qilishayotganda, Gadoyboy paydo boʻldi. H. Gʻulom, «Feruza»
7. Suv leksemasi ko`chma ma`noda maza-matrasi , shirasi yoki jiri yo`q
( meva yoki ovqat haqida )
Bu sho`rva emas, shildir-shildir suv .
8.Kashtachilikda to`g`ri yoki to`lqinsimon chiziq shaklidagi gul elementi.
Suvi oq, guli turli qiyiqcha.
9. Eski o`zbek tilida o`n tanobga teng o`lchov birligi.
Har o`n tanob yer bir suv hisoblanib, mana shu maydon hisobigan ariq tozalashga bir hasharchi yuborilar edi.
(I. Jabborov. “Ko`hna harobalar siri”)
10.Turli birikmali nomlar tarkibida keladi.
Suv kalamushi, suvosti kemasi, suvayirg`ich, suvilon
“Suv ” leksemasi o`zbek onomastikasida ham o`z o`rniga ega. Toponim, gidronim, antroponim kabi onomastik birliklar yasalishiga xizmat qiladi.
“Suv” leksemasining gidronimlar tarkibida kelishi juda keng tarqalgan. Chortoq suv ombori(Namangan v. Chortoq t.), Sardoba suv tashlagichi (Sirdaryo v), Jilisuv (Qashqadaryo v. Kitob t), Yettisuv (Qozog`iston R.), Bo`zsuv (kanal, Toshkent v), Qorasuv (Chortoq t. Alixon q), Oqsuv (Qashqadaryo v.), Qizilsuv (Tojikiston), Achchiqsuv (Farg`ona v., O`zbekiston t.), Suvozariq (Chust t., Axcha q.) ,Kuyovsuv(Sariosiyo t., jilg`a), Ko`ksuv(Chirchiq), Suvlisoy (soy, Chiroqchi t.), Sho`rsuv(Jilg`a, Farg`ona v.),Xotinsuv, Yaxsuv,
Z.m. Boburning “Boburnoma ” asarida tilga olingan gidronimlarda suv- suy shaklida uchraydi: Ars suyi, Sang suyi, Koson suyi
“Suv ” leksemasining toponimlar tarkibida kelishi:
Egrisuv(Qashqadaryo v., Qamashi t., qishloq ), Oqsuv (qishloq, Qashqadaryo v.),Qorasuv (shahar, Andijon), Yettisuv (Viloyat, Qozog`iston r.),Suvyorgan va boshqalar.
“Suv ” leksemali asar nomlariga namunalar:
“Bir piyola suv ” (Ulug`bek Hamdam), “Suv va tuz” (Pol Bregg), “Quyoshga qarab oqqan suv” (Muhammad Yusuf), “Suv parisi” (X.K.Andersen), “Suv qizi”(Ertaklar to`plami), “Suv daraxti” (K. Chandar), “Suv ostida sakson ming kilometr”(Jyul Vern), “Suvosti mamlakatida” (A. Ryunoske), “Oqar suv”(O`lmas Umarbekov), “Suv va olov”.
“Suv” leksemasi ko`chma ma`noda qo`llanib, bir qator ibora(turg`un birikma)tarkibida ham keladi.
Suvga oqmoq- befoyda, natijasiz sarf bo`lmoq.
Qancha pul suvga oqdi. Mirtemir janjal qilib bo`lsa ham maqolani chiqardi. (Jahongir Muhammad . Tarixiy roman )
Do'stlaringiz bilan baham: |