Suv, bug’, elektr energiya normalari, transport aloqalari va qurilish uchun joy tanlash Reja
Download 12.67 Kb.
|
Suv, bug’, elektr energiya normalari, transport aloqalari va qurilish uchun joy tanlash
Qurilish uchun maydon tanlash
TIA tuzishda loyiha topshirig‘ini tasdiqlagancha sanoat korxonasini yoki inshootini qurish uchun mos tarmoq sanoati rivojlanishi va joylashtirish sxemasiga va ishlab chiqarish kuchlarini joylashtirish sxemasi bo'yicha belgilangan iqtisodiy joy, tumanlarda va viloyatlarda maydon tanlanadi. Taklif qilingan joylashtirish variantlari qurilish joyini tanlash uchun tadqiq qilinadi va texnik-iqtisodiy tahlil uchun zarur ma'lumotlami to‘playdi va ularning iqtisodiy samaradorligini aniqlaydi. Qurilishga mo'ljallangan korxonani tavsiflovchi dastlabki ma’lumotlarni joylashtirish varianti uchun tavsiya qilishga asos bo'lib xizmat qiladi. Dastlabki ma'lumotlar korxonani rivojlanish sxemasi va tarmoqni joylashishini yoki TIA tuzishga texnik va iqtisodiy hisoblar natijasini kiritish uchun malumot bemvchi manba bo‘lib, yirik ko‘rsatkichlar asosida ishlanadi. Qurilish maydoni tanlash jarayonida barcha omillar korxonani ko‘rish va ekspluatatsiya sharoitlarini juda yaxshi qanoatlantirish nuqtayi nazaridan maydonni tadqiq qilish bo'yicha texnik-iqtisodiy hisoblar solishtiriladi. Bu holda quyidagilar hisobga olinadi: maydon o ‘lchami va shakli, korxonani kengaytirish imkoni mavjudligi; yerlar kimga mansubligi va ulami qishloq xo‘jaligiga yaroqligi; maydonning gidrogeologik sifati (relyef, o'rtacha qiyalik, yerosti suvlari chegarasi, suv bosishi, yerga yo‘l qo‘yiladigan bosim); qurilishni buzish; shaxarga maydonning yaqinligi (odamlar yashash joyiga) va ular bilan aloqa sharoitlari; sanitargigiyenik va texnik talablami qondirish; tanlangan maydonda korxonani joylashtirilishi shaharda sanoatni rivojlanishi bilan bog'liqligi; energiyani olish sharoiti va trassalami (elektroenergiya, issiqlik, gaz, suv ta’minoti, radiofikatsiya va aloqani) uzunligi; oqova suvlarni tashlab yuborish sharoitlari va xo‘jalik-axlat va yog‘in-sochin suvlari trassasining uzunligi; avtomobil yo‘llarining korxonaga kirish yo‘laklarining mavjudligi; ayrim hollarda sanab o ‘tilgan texnik-iqtisodiy ko‘rsatkichlar quyidagi ma'lumotlar bilan to‘ldirilishi mumkin; temir yo‘l stansiyasiga tutashgan va maTum masofada boTish sharoiti; qurilish qiyinlashtiradigan omillaming (cho'kadigan yerlar, kars hodisalari, yer osti kon ishlanishi natijasida hosil boTadigan bo'shliqlar va boshqalar); boshqa korxonalar bilan uyushish imkoniyatlari; yer ishlari, yo‘1 qurish, elektr ta’minot manbalariga tutashish, tashqi kommunikatsiyalar va uyushish yoli bilan obyektlarni ko'rish, boshqa korxonalarga o‘z ulushi bilan qatnashish. Agar qurilish qo‘shimcha maydonni o‘zlashtirishi bilan bog‘liq bo‘lsa vazirlik yoki buyurtmachi-mahkama (boshqarma) tomonidan hay’at tuzilib korxona, bino, inshoot (qurilish uchun maydoncha) joylashtirish uchun joy aniqlanadi. Hay'at ishi tanlangan maydoncha yuzasidan akt tuzish bilan tugallaydi, bu esa barcha hay’at a'zolari ishtirokida hokimiyatda rasmiylashtiriladi. Barcha hay'at a'zolari aktga qo‘l qo‘yadilar va uni vazirlik yoki muassasa-buyurtmachi belgilangan tartib bilan tasdiqlaydi. Tasdiqlangan akt belgilangan qarorni kelishilganligi • va ta'minot manbalariga, muhandislik turlari va kommunikatsiyalariga ulanishiga sharoit yaratilganligi haqidagi hujjat bo'lib hisoblanadi. Download 12.67 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling