Suv bug’i xossalari va diagrammalari bilan tanishish real gazlarda kechadigan termodinamik jarayonlar


Download 150.16 Kb.
bet1/7
Sana12.10.2023
Hajmi150.16 Kb.
#1699281
  1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
SUV BUG’I XOSSALARI VA DIAGRAMMALARI BILAN TANISHISH


SUV BUG’I XOSSALARI VA DIAGRAMMALARI BILAN TANISHISH


1. Real gazlarda kechadigan termodinamik jarayonlar (suv bug’g’i misolida).
2. Bug’g’ hosil bo’lish jarayonlari.
3.Bug’g’ hosil bo’lish jarayonining pv- diagrammada tasvirlanishi.
4. Bug’g’ hosil bo’lish jarayonining TS - diagrammada tasvirlanishi.
5. Suvning va suv bug’g’ining holat parametrlarini aniqlash.
1. Bug’g’ hosil bo’lish jarayonlari
Bug’g’lanish. Moddaning suyuq holatdan bug’g’ holatiga o’tishi bug’g’lanish deyiladi. Bug’nda molekulalarning bir qismi suyuqlik yuzasidan uchib chiqadi va uning ustida bug’g’ hosil bo’ladi. Bug’g’lanishda uchib chiqayotgan molekulalar yuzada qolgan molekulalarning tortishish kuchini yengadi, ya׳ni ular shu kuchlarga qarshi ish bajaradi. Molekulalar bug’g’ ishni o’zining issiqlik harakati kinetik energiyasi hisobiga bajaradi.
Suyuqlikka issiqlik keltirilmaganda bug’g’lanish jarayonida suyuqlik soviydi. Bug’nga sabab shuki, suyuqlik bug’g’langan sari undagi katta tezlikka ega bo’lgan molekulalar soni kamaya boradi, natijada qolgan molekulalarning o’rtacha tezligi kamayadi va suyuqlikning harorati pasayadi.
Agar suyuqlikning harorati o’zgarmas holda saqlab turilsa, ya׳ni unga to’xtovsiz issiqlik keltirib turilsa, u holda uchib chiqayotgan molekulalarning soni to’xtovsiz ortib boradi. Lekin bug’g’ molekulalari tartibsiz harakat qilganligi sababli ular suyuqlikdan gaz holatga o’tishi bilan bir vaqtda Teskari jarayon - kondensatsiya ham sodir bo’ladi; bug’nda bug’g’ molekulalarining bir qismi qaytadan suyuqlikka o’tadi. Agar bug’g’lanish yopiq idishda ketayotgan bo’lsa, u holda bug’g’ miqdori muvozanat holati qaror topguncha, ya׳ni suyuqlik va bug’g’ miqdorlari o’zgarmas bo’lguncha ortaveradi. Bug’ vaqt birligi ichida chiqib ketayotgan zarralar soni shu vaqt ichida suyuqlikka qaytayotgan zarralar soniga teng degan so’zdir. Suyuqlik bilan muvozanatda turgan bug’g’ to’yingan bug’g’ deyiladi. Muvozanat vaqtida bug’g’ning zichligi o’zgarmas bo’ladi, bug’g’ zichlik muayyan bosimga to’ri keladi. To’yingan bug’g’ bosimi harorat ko’tarilishi bilan ortadi. Harorat qancha yuqori bo’lsa, suyuqlikning shuncha ko’p molekulalari gaz fazaga o’tadi va bug’g’ning muvozanat qaror topgandagi zichligi, binobarin, bosimi shunchalik katta bo’ladi. Suyuqlikka tegib turgan va uning ustidagi bo’shliqni to’yintiradigan bug’g’ to’yingan nam bug’g’ deyiladi. To’yingan nam bug’ - bug’ bilan juda mayda suv tomchilari aralashmasidir. Suv bug’ aralashmada muallaq zarralar holida yoki idish devoridan oqib tushayotgan kichik oqimcha shaklida bo’lishi mumkin. Bug’ bilan muvozanatda turgan suv to’yingan suyuqlikka misol bo’la oladi.
Qaynash. Suyuqlikning faqat sirtidan emas, baiki bug’tun hajmi bo’yicha intensiv ravishda bug’ga aylanishi va bug’ pufakchalarining tez hosil bo’lishi va ko’paya borishi qaynash deyiladi.

Qaynash sodir bo’ladigan harorat bilan bosim bir-biriga boliqdir. Ular to’yinish harorati va bosimi deyiladi hamda tegishlicha tni va pm bilan belgilanadi. Suyuqlik qaynaydigan bosim qanchalik yuqori bo’lsa, qaynash harorati ham shunchalik yuqori bo’ladi.
Agar qaynayotgan suyuqlikka keltirilayotgan issiqlik miqdorini oshirsak, bug’ hosil bo’lishi yanada tezlashib ketadi. Lekin suvning oxirgi tomchisi bug’lanib ketmaguncha suv bilan bug’ning harorati o’zgarmasligicha qolaveradi. Harorati va bosimi to’yinish harorati va bosimiga teng, lekin tarkibida suv zarralari bo’lmagan bug’ to’yingan quruq bug’ deyiladi.
To’yingan bug’ning bug’ saqlami. Bug’ hosil bo’lish jarayonida nam miqdori kabi, quruq bug’ning miqdori ham noldan birgacha o’zgarishi mumkin.
Agar 1 kg bug’da x kg to’yingan quruq bug’ va (1-x) kg nam bo’lsa, x kattalik bug’ saqlami, boshqacha aytganda bug’ning quruqlik darajasi, (1-x) kattlik esa nam saqlami, boshqacha aytganda esa bug’ning namlik darajasi deyiladi.
x va (1-x) kattaliklar quyidagi rasmda shartii ravishda tasvirlangan. Ma׳lumki, bug’ bilan suyuqlikning orasiga yaqqol tushunarii bo’lishi uchungina shunday chegara qo’yish mumkin.
Haqiqatda esa bug’ saqlami har qanday bo’lganda ham suv bilan bug’ aralashgan holda bo’ladi.
x kattalik to’yingan nam bug’ning asosiy parametrlaridan biri hisoblanadi, agar to’yingan bug’ning quruqlik darajasi noma׳lum bo’lsa, bug’ning holatini aniqlab bo’lmaydi.
To’yingan bug’ning holati nihoyatda beqaror bo’ladi. Bug’ turgan sharoit ozgina o’zgarganda ham yoki kondensatlanish, yoki bug’ hosil bo’lish jarayonlari sodir bo’ladi.
O’ta qizigan bug’. Agar to’yingan quruq bug’ga o’zgarmas bosimda issiqlik berilsa, uning harorati ko’tariladi, hajmi ortadi va to’yingan quruq bug’ o’ta qizigan holatga o’tadi.
Bug’ning o’ta qizish darajasi t haroratlar ayirmasidan aniqlanadi:
t=t-tt
bug’nda t- o’ta qizigan bug’ harorati;
tt - to’yingan bug’ning harorati.
Bug’ning o’ta qizish harorati qancha yuqori bo’lsa, u o’zining hossalari jixatidan ideal gazga shunchalik yaqin bo’ladi.



Download 150.16 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling