Suvni uzoq masofaga transportda yuborish zarur bo’lsa, suvli idishni muzli chelakka qo’yish kerak. Koli–titr Eykman usulida va membrana filtrlarining yordamida aniqlanadi. Koli–titrni Eykman usulida aniqlamoq uchun Eykmanning maxsus muhiti (suv + pepton + mannit yoki glyukoza) kerak. 1,4 ml dan muhit solingan 10 ta probirkaga tekshirilayotgan suv 10 ml dan ekiladi va 14 ml dan muhit solingan 2 flakonga 100 ml dan suv ekiladi. Suv ekilgan muhitlar 42–43° dagi termostatga qo’yiladi va bir sutkadan keyin hamma probirka va flakonlardan mikroblar qovuzloqda Endo muhitiga olib ekiladi. Endo muhiti solingan likobcha 12 sektorga bo’linadi. Shu tariqa, suvning har bir namunasi uchun bittadan likobcha ishlatiladi. Likobchalar termostatga qo’yiladi va 24 soatdan keyin o’sib chiqqan koloniyalar tekshiriladi. Bu muhitda ichak tayoqchasining tipik koloniyalari qizil tusli bo’lib, metall kabi tovlanib turadi. Probirka va flakonda ichak tayoqchasi o’sib chiqqanligi hisoblanadi va koli–titr 6–jadvalga muvofiq (vodoprovod suvi va artezian quduqlar uchun) aniqlanadi. FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO’YXATI Buriev S. «Mikrobiologiya va virusologiya asoslari» fanidan ma‘ruza matnlari. Buxoro, 2000 y. Vakil M.M., Jarikova G.G., Xoshimov X. Mikrobiologiya va biotexnologiya asoslari. Toshkent, 1999 y. Gariev B.G. Mikrobiologiya. Toshkent, «Mehnat» nashriyoti, 1990 y. Kabulova F.D., Keldiyarov X.A. Mikrobiologiya i virusologiya. Samarkand, 2001 y. Mustaqimov G.D. O’simliklar fiziologiyasi va mikrobiologiya asoslari. Toshkent, «O’qituvchi» nashriyoti, 1995 y. www.ziyonet.uz www.nur.uz
Do'stlaringiz bilan baham: |