Suv: qayta tiklanadigan va zahira qilinadigan manbalar


-rasm. Oqova suvlarning ifloslanishi


Download 0.59 Mb.
bet8/10
Sana25.10.2023
Hajmi0.59 Mb.
#1722334
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
Suv resurslaridan foydalanish

12-rasm. Oqova suvlarning ifloslanishi.


Sanoatda suv erituvchi xom ashyo, issiqlik tashuv- chi, sovituvchi va boshqa maqsadlarda ishlatiladi.
Masalan, metallni qayta ishlash, mashinasozlik, koks kimyosi, IESlarda
suv sovituvchi vosita sifatida ishlatiladi.

O‘zbekiston Respublikasining barcha asosiy suv oqimlari
bo‘yicha so‘nggi 20 yilda suv sifati yaxshilanishi dinamikasi kuzatilmoqda. Havzaning asosiy daryosi – Amudaryo suvining kimyoviy tarkibi ko‘p jihatdan Turkmaniston va O‘zbekiston hududlaridan daryoga tashlanadigan qishloq xo‘jalik oqovalari bilan ifloslanish ta’siri ostida shakllanadi.
Natijada turli zaharli moddalar bilan ifloslanadi. Shuningdek, kimyo, oziq-ovqat, qog‘oz ishlab chiqarish korxonalarida, gidroliz zavodlarida ko‘plab suv ishlatiladi va ifloslanadi. Ayniqsa, suv havzalariga, SAM (sirt aktiv moddalar) turli yo‘llar bilan tushib qoladi. Bu hol suvning o‘z-o‘zini tozalash jarayoniga salbiy ta’sir ko‘rsatadi. SAMlar uch turga bo‘linadi: sulfanatlar va ularning tuzlari, ionogen bo‘lmagan moddalar va kation aktiv moddalar, SAM vositalari asosida tayyorlangan sovunlar, emulsiyalar suvlarni o‘ta ifloslanishiga olib keladi. Oqova suvlarni sanoatda tozalashning bir necha usullari mavjud.
Tozalash inshootlarini qurishda, avvalo, ana shu oqova suvlardagi moddalar va ularning miqdori, agregat holatlari e’tiborga olinadi.
Oqova suvlarni qattiq zarrachalardan tozalashda filtrlash, tindirish va turlardan o‘tkazish usullari qo‘llaniladi. Bunday oqova suvlar, odatda, mashinasozlik korxonalarida, oziq-ovqat mahsulotlarini birlamchi tozalash jarayonlarida hosil bo‘ladi. Oqova suvlarning tindirish usuli suyuqliklar tarkibida qattiq zarrachalar ajratishga asoslangan. Bunda bir-biriga

yopishmaydigan, o‘z shakli va o‘lchamini o‘zgartirmaydigan, koagulyatsiyaga uchrab turadigan zarrachalar ko‘zda tutiladi.
Oqova suvlarni yog‘ mahsulotlaridan tozalashda yog‘ mahsulotlarining tarkibi va miqdoriga qarab tindirish va filtrlash kabi usullardan foydalaniladi.
Suv tarkibidagi qattiq zarrachalar va yog‘ mahsulotlarini markazdan qochuvchi kuch hosil qilish usulida, bosimli gidrotsiklon asbobi yordamida ham tozalanadi.
Suv havzalaridagi suvlar sifatini me’yorlashda ular ikki kategoriyaga bo‘linadi: birinchi kategoriyaga ichish va madaniy maishiy maqsadlar uchun ishlatiladigan suv havzalari, ikkinchi kategoriyaga esa baliqchilik xo‘jaliklari uchun suv havzalari kiradi. Suv havzalari sifati quyidagi parametrlar orqali aniqlanadi: tarkibida suzib yuruvchi va muallaq moddalar saqlashi, hidi, mazasi, rangi, harorati, pH ko‘rsatkichi, mineral qo‘shimchalar tarkibi va miqdori, suvning kislorodga bo‘lgan biologik talabi, zaharli va zararli moddalarning hamda kasallik keltirib chiqaruvchi bakteriyalarning soni.



Download 0.59 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling