Suv: qayta tiklanadigan va zahira qilinadigan manbalar


Jami: 4,82 Sirdaryo


Download 0.59 Mb.
bet5/10
Sana25.10.2023
Hajmi0.59 Mb.
#1722334
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
Suv resurslaridan foydalanish

Jami:

4,82

Sirdaryo suv havzasi

Farg‘ona vodiysining

kichik daryolari

1,50

o‘rta oqim daryolari

0,36

Chirchiq, Angren

4,79

Jami:

6,65

Jami Amudaryo va Sirdaryo havzalari

11,47


Ko‘rsatilgan hajmdan O‘zbekistonga to‘g‘ri keladigani 72,4 km kub, shundan 61,1 km kub sug‘orishga va 11,3 km kub boshqa iste’molchilarga sarflanmoqda. O‘zbekiston Respublikasining bor suv resurslari qayta tiklanadigan tabiiy yerosti va yerusti hamda antropogen asosli qaytib keluvchi suvlardan iborat.


Suv resurslari ikki guruhga bo‘linadi:

  • milliy suv resurslari;

  • transchegaraviy suvlar.

11-jadval

Sirdaryo va Amudaryo havzalarida sug‘orish va suv ishlatishni rivojlantirish imkoniyatlari







Respublika daryo havzasi

Sug‘oriladi
- gan maydon, ming, ga



Sug‘orish- ga suv ishlatish, mln. m kub/yil

Sanoat va maishiy xizmatga suv ishlatish,
mln. m kub/yil



Umumiy suv ishlatish, mln. m kub/yil

O‘zbekiston

Sirdaryo Amudaryo Jami

1892
2179


4071

21360
32620


53980

4130
4910


9040

25490
37530


63020

Qirg‘iziston

Sirdaryo

456

4380

500

4880

Amudaryo

30

240

20

260

Jami

486

4620

520

5140

Tojikiston

Sirdaryo

262

3170

490

3660

Amudaryo

455

7570

2000

9570

Jami

717

10740

2490

13230

Qozog‘iston

Sirdaryo

780

10400

4890

15290

Jami

1079

23430

1580

25010

Jami havza bo‘yicha

Sirdaryo

3390

39310

10010

49320

Amudaryo

3743

63860

8510

72370

Jami

7133

103170

18520

121690

Manba: stat.uz ma’lumotlari.


Milliy suv resurslari o‘z ichiga mahalliy daryo suvlari, yerosti va qaytib keladigan suvlardan, shuningdek, bir mamlakat chegarasida paydo bo‘ladigan suvlardan iborat.
Transchegaraviy suv resurslari ikki va undan ortiq davlatlar chegaralarini kesib o‘tadigan yoki shunday chegaralarda joylashgan har qanday yerusti yoki yerosti suvlaridir.
Transchegaraviy suv obyektlari ikki va undan ortiq davlatlar chegaralarini kesib o‘tadigan yoki shunday chegaralarda joylashgan suv obyektlaridir.
Transchegaraviy suv obyektlarining (Amudaryo, Sirdaryo, Zarafshon daryolari, Orol dengizi va boshqa transchegaraviy suv obyektlarining) suvlaridan foydalanish huquqi O‘zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalarida belgilanadi.
Suv O‘zbekiston Respublikasining davlat mulki – umummilliy boylik hisoblanadi, suvdan oqilona foydalanish lozim bo‘lib, u davlat tomonidan qo‘riqlanadi.

Yagona davlat suv fondi:


  • jilg‘alar, soylar, daryolar, suv omborlari, ko‘llar, dengizlar, kanallar, kollektor-drenaj tarmoqlari, buloqlar, hovuzlarning suvlari va boshqa yerusti suvlaridan;

  • yerosti suvlari, qor zahiralari va muzliklardan iboratdir.

Orol dengizi havzasi Markaziy Osiyo davlatlari o‘rtasida sxemalarda 1983-84-yillarda belgilangan davlatlararo suvni bo‘lish limiti, 1996-yili Davlatlararo muvofiqlashtirish suv xo‘jaligi komissiyasi tomonidan Chorjo‘y shahridagi yig‘ilishda tasdiqlangan.
Daryolar suvlari yil mobaynida bo‘ladigan va ko‘p yillik notekislik bilan tavsiflanadi: suv kam yilda (90 % ta’minot) suv hajmi o‘rtacha suvlik yillikka qaraganda 23 km kubga kam. Hozirgi kunda Amudaryo havzasida suv hajmi mavsumiy tozalashda 90 % kafolatda 60,7 km kub suv hajmi ta’minlanadi. Suv resurslarini ishlatish strategiyasida asosiy qiziqishni bor suv resurslari uyg‘otadi, ular nafaqat tabiiy, suv omborida saqlangan suv, balki qaytib keladigan va yerosti suvlarini ham hisobga oladi.
Suv kam yillari suv resurslari tanqisligi keskin ko‘tariladi. Bu eng katta hududiy mohiyatga ega gidroenergetik uzellarni energetik tartibga solish bilan (ayniqsa, Sirdaryo havzasida) bog‘liq, shu bilan birga, ma’lum ma’noda mavjud sug‘orish
tizimlarini yangilashning yo‘qligi, suvni tejash texnologiyasi yechimlarining hamda boshqa texnik va texnologik yechimlarning yuqorida qayd etilgan sxemalarda ko‘zda tutilmaganligi oqibatidir. Kuzatuvlar davridagi daryo suvlarining o‘rtacha ko‘p yillik tabiiy hajmi 123 km kubni tashkil etadi, shundan 81,5 km kub –
Amudaryo havzasida, 41,6 km kub – Sirdaryo havzasida.
Jami respublika bo‘yicha 17 mingdan ortiq tabiiy suv oqimi mavjud. Amudaryo havzasida ular – 9,9, Sirdaryo havzasida – 4,9 va ushbu daryolar oralig‘ida – 2,9 mingta. Biroq asosiy qismi kichik soylar 10 km dan ortiq bo‘lmagan uzunlikdagi suv oqimlaridir, bu, ayniqsa, Amudaryo va Sirdaryo oralig‘iga taalluqli, bu yerda, asosan, yil davomida quriydigan daryochalar mavjud va hatto 10 km dan uzun bo‘lgan suv oqimlarida ham har yili oqim bo‘lavermaydi.





Download 0.59 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling