Bunday ekologik o‘zgarishlaming ba’zilarini keltirib o‘tamiz:
1. Orol havzasida atmosfera yog'inlaridagi tuzlar miqdori 5—7 marta oshdi, kislotasimon yomg'irlar tez-tez yog‘adigan bo‘ldi, ular tuproq, suv, me’morchilik hamda tarixiy yodgorliklar, o‘simlik va hayvonot dunyosi holatiga katta salbiy ta’sir ko‘rsatmoqda.
2. Orol Qorabo‘g‘oz havzasining qurigan qismidan havoga ko‘tarilayotgan zaharli sulfat aerozollari nam bilan to‘yingan bulutlarni og‘irlashtirib pastga tushirishdan tashqari xlor-ftor-uglerodlar kabi atmosferaning azon qatlamini jadallik bilan yemirmoqda.
3. Orol va Kaspiv dengizlaritiing ta’siri tarqaladigan maydonlaridan global iqlim sharoitini o‘zgartiruvchi chang va to'zon bo‘ronlari kuchaymoqda. Hozirda bunday bo‘ronlar sodir bo’layotgan mintaqa chegarasi Moldovaning g‘arbidan boshlanib Chernoves. Kiyev, Xarkov. Voronej, Penza, Kuybishev, Ural. Orenburg, Omsk, Kustanay. Petropavlovsk, Barnaul shaharlari orqali o'tib Oltoy tog'larida tugaydi.
Janubda esa bu chegara Turon pasttekisligini qamrovchi tog‘ tizmalari orqali o'tadi.
4. Kaspiy dengizi sathining o‘zgarishini yer sharining iqlimini o‘zgarishi bilan taqqoslash shuni ko‘rsatdiki. undagi suvlar boylik bo'lmay, balki antropogen omillar, Orol va Qorabo‘g‘ozning qurigan tubidan ko'tarilayotgan qattiq aerozollar dengiz sathidan bug'lanayotgan namni kondensatsiyalashtirib, atmosferada nisbatan baland bo’lmagan bulutlarni hosil qiladi. Ular esa quyosh radiatsiyasini qavtaradi. dengiz ustida havo haroratini pasaytiradi, yog’in miqdorini oshiradi, bugManishni kamaytiradi. Natijada dengiz suvining sathi ko‘tarilib, qirg‘og’ini suv bosadi.
5. Dengizlarning qurigan qismidan ko‘tarilayotgan tuz, cliang va qum zarrachalari Pomir va Tyan - Shai»(ehtimol Himolay) tog' tizmalariga ham tarqalmoqda. Bu yerlarda o'rmonzorlar va yozgi yaylovlarning buzilish jarayoni sodir bo‘lmoqda. muzliklami erishi jadallashmoqda, ulardagi suv zaxiralarini to’ldiruvchi qorlar yog‘ishi kamaymoqda, daryolar (ayniqsa, kichik daryolar) oqimi kamaymoqda, yomg‘ir miqdori ko‘paymoqda. Umunian mintaqa bo‘ylab yog‘in tartibi va miqdori o‘zgarmoqda va h.k. Qayd qilinganlar bilan Orol dengizi qurishining salbiy oqibatlari tugamaydi. Bu muammoni nihoyatda muhim va murakkabligini, uni maxsus va jiddiy o‘rganish lozimligini asoslaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |