Suv resurslari zahirasi va ularning geografik joylashishi Suvdan xalq xo`jaligida foydalanish. Chuchuk suv muammosi Suvning ifloslanishi va uni ifloslovchi manbalar
Prezident SH. M. Mirziyoyevning aholini toza ichim lik suvi bilan ta’minlash va suv inshoatlarini barpo etish bo’yicha qarorlari, chora tadbirlari
Download 2.08 Mb.
|
Suvning tabiat va inson hayotidagi ahamiyati (1)
Prezident SH. M. Mirziyoyevning aholini toza ichim lik suvi bilan ta’minlash va suv inshoatlarini barpo etish bo’yicha qarorlari, chora tadbirlari.
O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev 30 noyabr kuni «O‘zbekiston Respublikasida ichimlik suvi ta’minoti va kanalizatsiya tizimlarini rivojlantirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida"gi qarorni imzoladi. Qarorga muvofiq, quyidagilar suv ta’minoti va kanalizatsiya tizimlarini yanada rivojlantirishning ustuvor yo‘nalishlari etib belgilandi: suv ta’minoti va kanalizatsiya korxonalarini, shu jumladan, davlat-xususiy sheriklik shartlari asosida boshqarish hamda ulardan foydalanish sohasida ilg‘or xorijiy tajribani bosqichma-bosqich joriy qilish; suv ta’minoti va kanalizatsiya sohasida hisobga olish hamda monitoring qilishni ta’minlaydigan zamonaviy axborot va resurs tejovchi texnologiyalarni joriy etish, respublikadagi barcha iste’molchilarni ichimlik suvini hisobga oluvchi zamonaviy asboblar bilan jihozlash; turar joy komplekslarini qurishda sanitariya talablarini, shu jumladan, mahalliy tozalash inshootlarini qo‘llash orqali ta’minlash maqsadida kanalizatsiya ob’ektlarini ichimlik suvi ta’minoti ob’ektlari bilan birgalikda loyihalashtirish, qurish hamda rekonstruksiya qilish; ichimlik suvi ishlab chiqarish va sotish xarajatlarini o‘zi to‘liq qoplashini ta’minlaydigan, suv ta’minoti hamda kanalizatsiya ob’ektlarini boshqarish va ulardan foydalanishga xususiy sektorni jalb qilish imkonini beradigan yangi tarif siyosatini ishlab chiqish orqali suv ta’minoti va kanalizatsiya korxonalarining moliyaviy barqarorligini mustahkamlash; suv ta’minoti va kanalizatsiya sohasi mutaxassislarini tayyorlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirish tizimini ilg‘or xorijiy tajriba asosida takomillashtirish. Uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish vazirligiga 2019 yilning 1 yanvariga qadar xalqaro maslahatchilar jalb qilingan holda, quyidagilarni nazarda tutuvchi 2020−2024 yillarda O‘zbekiston Respublikasida suv ta’minoti va kanalizatsiya sohasini rivojlantirish konsepsiyasining loyihasini Vazirlar Mahkamasiga kiritish topshirildi: suv ta’minoti va kanalizatsiya sohasining ahvoli va uni rivojlantirish yo‘nalishlarini kompleks tahlil qilish; aholini ichimlik suvi va kanalizatsiya xizmatlari bilan ta’minlashning maqsadli ko‘rsatkichlari; suv ta’minoti va kanalizatsiya ob’ektlarini boshqarish va ulardan foydalanish sohasiga xususiy sektorni jalb qilish; tarmoqning investitsiyaviy jozibadorligini oshirish, to‘g‘ridan-to‘g‘ri, avvalo, xorijiy investitsiyalarni jalb qilish; ilg‘or axborot-kommunikatsiya texnologiyalari va innovatsion yechimlar, shuningdek, ichimlik suvini hisoblashning zamonaviy asboblarini joriy etish. O‘zbekiston rezidentlari bo‘lmagan yuridik shaxslar quyidagi loyihalar doirasida yuridik shaxslarning ishlar va xizmatlar ko‘rsatishdan topilgan daromadidan olinadigan foyda solig‘idan ozod etildi: O‘zbekiston prezidentining 2010 yil 16 apreldagi PQ-1324-son qarori bilan tasdiqlangan «Navoiy va Buxoro viloyatlari tuman markazlarini tutashtirgan holda Damxo‘ja hududlararo suv quvurini modernizatsiya qilish. Termiz shahrining kanalizatsiya tizimini rekonstruksiya qilish» loyihasi; O‘zbekiston prezidentining 2010 yil 30 iyuldagi PQ-1378-son qarori bilan tasdiqlangan «Qo‘qon va Andijon shaharlarining suv ta’minoti va kanalizatsiya tizimini hamda Farg‘ona, Marg‘ilon shaharlari va Rishton tumani markazining suv ta’minoti tizimini rekonstruksiya qilish» loyihasi. Moliya vazirligi huzuridagi «Toza ichimlik suvi» jamg‘armasi Moliya vazirligi huzuridagi Suv ta’minoti va kanalizatsiya tizimlarini rivojlantirish jamg‘armasiga aylantirildi va unga kanalizatsiya ob’ektlarini qurish hamda rekonstruksiya qilish dasturlari va loyihalarini moliyalashtirish bo‘yicha qo‘shimcha vazifalar yuklandi. Jamg‘armaning 248,1 million AQSH dollari miqdoridagi dastlabki kapitali quyidagi manbalar hisobidan shakllantiriladi: 2019 yilgi O‘zbekiston Davlat byudjeti doirasida suv ta’minoti va kanalizatsiya tarmoqlarini qurish hamda modernizatsiya qilishga yo‘naltiriladigan kapital qo‘yilmalardan — 131,8 million AQSH dollari ekvivalentida; xalqaro moliya institutlari va xorijiy hukumat moliya tashkilotlarining imtiyozli kreditlaridan — 95,6 million AQSH dollari miqdorida; 2019 yil boshida belgilanadigan Qoraqalpog‘iston Respublikasi byudjeti, viloyatlar byudjetlari, Toshkent shahar byudjeti mablag‘larining bo‘sh qoldiqlaridan — 20,7 million AQSH dollari ekvivalentida. Xorijiy maslahatchilarni jalb etgan holda, Toshkent shahri suv ta’minoti va kanalizatsiya tizimini modernizatsiya qilish va boshqarish loyihasi davlat-xususiy sheriklik shartlari asosida amalga oshiriladi. 2019 yil 1 aprelgacha Andijon, Namangan, Sirdaryo va Farg‘ona viloyatlarida Shveysariya hukumatining grantlari ishtirokida amalga oshirilgan tajriba loyihalari asosida suv ta’minoti va kanalizatsiya ob’ektlarini boshqarish hamda ulardan foydalanishning tajribadan o‘tkazilgan ushbu shakllari boshqa qishloq aholi punktlarida ham tatbiq etiladi. 2019 yil 1 iyulgacha Samarqand, Buxoro, Namangan va Qarshi shaharlarida suv ta’minoti hamda kanalizatsiya tizimlari davlat-xususiy sheriklik shartlari asosida boshqaruvga beriladi. Suv ta’minoti va kanalizatsiya sohasida davlat-xususiy sheriklik to‘g‘risida shartnoma tuzgan yuridik shaxslar tegishli shartnoma imzolangan sanadan boshlab 3 yil muddatga yagona ijtimoiy to‘lovdan boshqa barcha turdagi soliqlar va majburiy to‘lovlar, respublikada ishlab chiqarilmaydigan va belgilangan tartibda shakllantiriladigan ro‘yxatlar bo‘yicha uskunalar, butlovchi buyumlar, ehtiyot qismlar va materiallarni olib kelishda bojxona to‘lovlarini (bojxona rasmiylashtiruvi uchun yig‘imlardan tashqari) to‘lashdan ozod etildi. Kanalizatsiya xizmatlari uchun tariflarga miqdori Qoraqalpog‘iston Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari tomonidan hududiy moliya organlari bilan kelishilgan holda tasdiqlanadigan maxsus ustama puli belgilanadi. To‘rtta hududlararo filiallar negizida mamlakatning barcha hududlarida (Toshkent shahridan tashqari) «Suv ta’minoti va kanalizatsiya ob’ektlari qurilishi bo‘yicha injiniring kompaniyasi» DUKning hududiy boshqarmalarini tashkil etiladi. Shavkat Mirziyoyev qishloqlarda ichimlik suvi tarmoqlarini barpo etish bo’yicha topshiriq berdi. Unga ko’ra kelgusi besh yil davomida qariyb 9 ming kilometrlik ichimlik suvi tarmoqlari, 1 ming 400 ta quduq va 3 ming 600 ta suv inshooti quriladi va rekonstruktsiya qilinadi. Bu esa Qoraqalpogʻiston Respublikasi, Andijon, Jizzax, Navoiy, Sirdaryo, Samarqand, Toshkent, Xorazm viloyatlarida 3 million 200 ming aholini toza ichimlik suvi bilan taʼminlash va mamlakatimizda ushbu koʻrsatkichni 67 %dan 84 %ga yetkazish imkonini beradi. Kelgusi yil Oʻzbekistonda 7 ta yangi suv omobori quriladi – Shavkat Mirziyoyev Kelgusi yil Toshkent, Jizzax, Qashqadaryo va Samarqand viloyatlarida 7ta yangi suv omborlari barpo etiladi, dedi prezident. Xususan, prezident kelgusi yilda sugʻoriladigan yerlarning meliorativ holatini yaxshilash maqsadida Davlat byudjetidan qariyb 1,7 trillion soʻm, xalqaro moliya institutlarining 84 million dollar miqdoridagi mablagʻini yoʻnaltirishi rejalashtirilayotganini qayd etdi. Undan tashqari, suv omborlari tarmogʻini kengaytirish hisobidan soʻgʻorilmaydigan lalmi yerlarni oʻzlashtirish ham belgilanganini, buning uchun Oʻzbekistonda bir necha yangi suv omborlarini qurish rejalashtirilayotganini taʼkidladi. “Toshkent viloyatida jami 45 million kub metr suv yigʻiladigan “Parkentsoy”, “Qizilsoy”, “Toshtepa”, Jizzax viloyatining Forish tumanida “Karaman”, Qashqadaryo viloyatida “Guldara”, “Ayaqchisoy”, Samarqand viloyatida “Bulungʻur” suv omborlari barpo etiladi”, - dedi prezident. Shuningdek prezident qishloq xoʻjaligida kadrlar tayyorlash masalasida ham toʻxtalib oʻtdi. Bu borada, prezident, xorijdagi yetakchi oliy oʻquv yurtlari bilan birga qoʻshma fakultetlar tashkil etish, yaqinda ish boshlagan “El-yurt umidi” jamgʻarmasi orqali agro soha mutaxassislarini, yosh kadrlarni rivojlangan xorijiy mamlakatlarda oʻqitish belgilanganini aytib oʻtdi. Shu bilan birga, Shavkat Mirziyoyev kelgusi yil Oʻzbekistonda qishloq xoʻjaligisohasida 1 milliard 870 million AQSH dollari hajmidagi investitsiya loyihalarini amalga oshirish moʻljallanayotgani xabar qildi. Xulosa Agarda suv haqida gap ketsa inson ko’z oldiga rangsiz, shaffof, hidsiz, jilvalanib turuvchi hayotiy muhim bir suyuqlikni keltiradi. Agarda koinotda biror bir sayyorada xayot borligini tekshirish kerak bo’lsa suv izlarini qidirishadi. Agarda yerda suv bo’lmagan hayot ham bo’lmas edi. Bir tasavvur qilib ko’ringga o’zis suvsiz necha kun yashay olasiz? Yana Shuni aytish mumkinki yer sayyorasidagi hayot suv manbaiga qurilgan. Deyarli barcha narsa hoh u jonli organizm hoh u jonsiz predmet narsa bo’lsin suvga asoslangan holda yashaydi rivojlanadi. Suv haqida juda ko’p gapirish mumkin, ayniqsa uning yer sayyorasidagi vazifasi va o’rni haqida. Suv haqida gapirar ekanmiz foydalanishga yaroqli bo’lgan suv juda ham oz ekanligi, uni isrof qilmaslik muhofaza qilish haqida hech o’ylamaymiz. O’ylasakda amalda bajarmaymiz. Bu mustaqil ishimdan maqsadim ham manashu. Talaba yoshlarga kelgusi o’quvchilar va yosh avlodlarga suv tabiyat va jamiyat uchun nechog’lik muhimligi uning vazifasi o’lchab bo’lmas darajada ekanligi, uning juda oz miqdorigina foydalanishga yaroqliligi isrof qilmaslik va muhofaza qilish haqida tushunchalar berish kerak bo’lsa amaliy isbotlab ularda ko’nikma malakalarini shakllntirishdir. Download 2.08 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling