Suv resurslari


Mamlakatda mavjud mineral resurslar, ularning geografiyasi, ahamiyati, zaxiralari


Download 102.6 Kb.
bet2/6
Sana04.04.2023
Hajmi102.6 Kb.
#1324167
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
Suv resurslari

3. Mamlakatda mavjud mineral resurslar, ularning geografiyasi, ahamiyati, zaxiralari.
«O’zbekiston o’z yer osti boyliklari bilan xaqli suratda faxrlanadi bu yerda mashhur Mendeleev davriy sistemasining barcha elementlari topilgan. Hozirga qadar 2,7 mingdan ziyod turli foydali qazilma konlari va ma’dan namoyon bo’lgan istiqbolli joylar aniqlangan. Ular 100 ga yaqin mineral - hom ashyo turlarini o’z ichiga oladi. Shundan 60 dan ortig’i ishlab chiqarishga jalb etilgan. 900 dan ortiq kon qidirib topilgan bo’lib, ularning tasdiqlangan zaxiralari 970 milliard AQSh dollarini tashkil etadi. Shu bilan birga, umumiy mineral - xom ashyo potentsial 3,3 trillion AQSh dollaridan ortiq baholanayotganini ham aytib o’tish kerak.
G’oyat muhim strategik manbalar - neft va gaz kondensanti, tabiiy gaz bo’yicha 155 ta istiqbolli kon, qimmatbaho metallar bo’yicha - 40 dan ortiq, rangli, nodir radioaktiv metallar bo’yicha 40, konchilik - kimyo xom ashyosi bo’yicha 15 ta kon qidirib topilgan».
O’zbekiston quvvati katta, tabiiy manbalari xilma-xil turlarga va ulkan zahiralarga ega bo’lgan yoqilg’i energetika sanoatiga ega. Respublika yoqilg’i balansida neftning salmog’i sal kam 10 foizni, tabiiy gaz salmog’i - 85 foizdan ortiqni, ko’mirning salmog’i salkam 5 foizni tashkil etadi. Respublika sanoati yalpi mahsulotida yoqilg’i energetika kompleksining salmog’i 1999 yilda 28,9 foizni tashkil etdi va 1995 yilga nisbatan 9,7 foizga ko’paydi.
O’zbekistonda 1999 yilda 8,1 mln tonna neft (gaz kondensanti bilan), 51,0 mlrd kub tabiiy gaz va 2,8 mln tonna ko’mir (asosan, qo’ng’ir ko’mir) qazib chiqarildi. O’zbekiston hududida ulkan neft va tabiiy gaz zahiralari mavjud bo’lib, ularning ayrimlari asosida yirik konlar ochilgan. “Neft va gaz mavjud bo’lgan 5 ta asosiy mintaqani ajratib ko’rsatish mumkin, bular: Ustyurt, Buxoro-Xiva, Janubi – g’arbiy Hisor, Surxondaryo, Farg’ona mintaqalaridir. Neft va gaz resurslarining zahiralari bir trillion AQSh dollaridan ziyod baholanmoqda”.
Yuqoridagilardan Buxoro-Xiva va Farg’ona mintaqalari neft hamda gazga ham boy. Ustyurt va Janubiy Hisor mintaqalarida esa tabiiy gazning yirik zahiralari topilgan. O’zbekistondagi neft va gaz konlari yirik geostrukturali birliklar ichida joylashgan bo’lib, ularning ichida Amudaryo, Ustyurt, G’arbiy Farg’ona va Janubi-g’arbiy Hisor platformalari va orogen hududlari alohida o’rin egallaydi.
O’zbekistonda ko’mir zahiralari katta, lekin ularning asosiy qismini energetik yoqilg’i hisoblangan - qo’ng’ir ko’mir tashkil etadi. Respublikada yirik qo’ng’ir ko’mir koni Angren shahri yonida joylashgan bo’lib, yoqilg’i yura qatlamlarida mavjud. Ko’mir ochiq kar’er usulida qazib olinadi. Zahirasi 2 mlrd tonnaga yaqin. Ko’mirning boshqa ikki koni Surxondaryo viloyatidagi Sharg’un va Boysunda joylashgan. Ushbu konlardagi toshko’mir qatlamlari qalin emas. 1990 yillardan keyingi davrda ko’mir qazib chiqarish hajmi keskin qisqardi, hamda 1999 yilda 2,8 mln tonnani tashkil qildi, xolos. Vaholanki, respublikaning ko’mirga bo’lgan extiyojlari yiliga 8-9 mln tonnani tashkil etadi. Bunday holat tarmoqni rivojlantirishga bo’lgan e’tiborning yetarli emasligidan dalolat bermoqda. Ana shunga o’xshash muammolarni ijobiy xal qilish maqsadida 1994 yillarda «Ko’mir» aktsionerlik birlashmasi tuzildi.
Mamlakatmiz metall qazilmalarga ayniqsa, rangli metallar rudalariga boy. Bu o’rinda oltin, kumush, qo’rg’oshin, ruh, mis hamda yer bag’rida kam uchraydigan metallar zahiralari juda katta ekanligini aytib o’tish zarur. Qimmatbaho rangli va radioaktiv metallar tarkibida birga uchraydigan foydali komponentlar sifatida kamyob va nodir elementlarning kattagina miqdordagi zahiralari jamlanganki, bu ularning qiymatini ancha oshiradi. Mamlakatimiz oltin, uran, mis, volfram, qo’rg’oshin, ruh va shu guruhlarga kiruvchi boshqa eng muhim foydali qazilmalarning tasdiqlangan zahiralari va ularning ko’paytirish istiqbollari bo’yicha nafaqat MDҐ mamlakatlari o’rtasida, balki butun dunyoda yetakchi o’rinlardan birini egallaydi. Masalan, oltinning tasdiqlangan zahiralari bo’yicha O’zbekiston dunyoda 4-o’rinda, uni qazib chiqarish bo’yicha 7-o’rinda turadi. O’zbekiston dunyoda ulkan oltin resurslariga ega bo’lgan mamlakatlar qatoriga kiradi, 41 ta oltin koni, shu jumladan 33 ta oltin-ma’dan koni qidirib topildi. Yevrosiyo qit’asida eng yirik hisoblangan Muruntov koni jahondagi ulkan konlar qatoriga kiradi. Samarqand viloyatida oltin ma’danli Zarmiton va boshqa oltin konlari axtarib topildi. Shu konlarni o’zlashtirishni jadallashtirish bo’yicha o’tkazilayotgan tenderda dunyoda katta nufuzga ega bo’lgan Avstraliya kompaniyasi g’olib deb topildi. Toshkent viloyatining Angren shahri yaqinida infratizimi yuksak darajada rivojlangan Qizilolmasoy va Ko’chbuloq konlari topildi. Endilikda, ushbu konlarda cheklangan hajmda qazib chiqarish ishlari olib borilmoqda. Ana shu konlarni o’zlashtirish bo’yicha o’tkazilgan xalqaro tenderda mashhur Yaponiya kompaniyalari g’olib chiqishdi. Keyingi yillarda jahondagi eng yirik oltin rudali mintaqa Qizilqumda Ajibugut, Bulutkon, Balpantov, Aristantov, To’rboy singari yangi konlar qidirib topilmoqda va o’rganilmoqda. O’zbekiston talaygina kumush zahiralariga ega. Navoiy viloyatida Visokovoltnoe, O’qjetpes va Kosmonachi konlari ishlatishga tayyorlab qo’yilgan. Namangan viloyatida Oqtepa koni o’rganilmoqda. O’zbekistonda uranning mineral xom ashyo bazasi vujudga keltirilgan, uning negizida Navoiy kon metalurgiya kombinatining bir qator korxonalari ishlab turibdi. Uranning qidirib chamalangan zahiralari qumtoshga taalluqli bo’lib, ularni yuqori samarali va ekologik jihatdan muxofazalangan yer ostida ishqorini yuvish usuli yordamida qazib olish mumkin. Respublikamiz Uchquloch va Xondiza konlarida jamlangan qo’rg’oshinning ko’plab zahiralariga ega. Xondizada qo’rg’oshin va ruh bilan birga mis, kumush, kadmiy, selen, oltin ham mavjud. Markaziy Qizilqumda fosforit konlari qidirib topilgan bo’lib, ular kimyo va boshqa iqtisodiyot tarmoqlari uchun qimmatli xom ashyo, qishloq xo’jaligi uchun o’g’it ishlab chiqarish imkonini beradi.
Administrator
Qishloq xo'jaligi uchun yer hayot -mamotning moddiy sharti bo'libgina qolmay balki ishlab chiqarishning aktiv ashyoviy omili hamdir. Ishlab chiqarish jarayoni tuproq unumdorligi bilan, tabiiy biologik jarayonlar bilan bevosita bog'liq. Yer takror ishlab chiqarmaydigan ishlab chiqarish vositalari qatoriga kiradi. Shu munosabat bilan umuman yer resurslari va ayniqsa qishloq xo'njaligida foydalanish uchun yaroqli bo'lgan yerlar cheklangandir. Tabiatan yerning cheklanganligi undan intensiv suratda foydalanish zarurligi masalasini juda keskin qilib qo'yadi. Qishloq xo'jaligida yer ishlab chiqarishning asosiy vositasi hisoblanadi. Mamlakat yer boyliklaridan oqilona foydalanishning davlatimiz agrosiyosatini asosi bo'lib, qishloq xo'jalik ishlab chiqarishni intensivlashtirishning eng muhim shartidir.

Tuproq juda ko'p xususiyatlarini o'zida mujassamlashtirgan tabiiy jism bo'lib, shulardan eng muhimi unumdorlik hosil etishtirish qobiliyatidir. Tuproq unumdorligi deganda o'simliklarning butun o'sish davri davomida talab etadigan miqdorda suv va oziq moddalar bilan uzluksiz ta'minlash orqali qishloq xo'jalik ekinlaridan yuqori hosil yetishtirish qobiliyati sanaladi. O’zbekistonning yer resurslari 45 mln. ga atrofida. Uning atigi 1/10 qismidan foydalaniladi xolos. Hozir 4,2 mln. ga yerlarda sug'orib dehqonchilik qilinadi. Sug'orib dehqonchilik qilinadigan hududlar anchagina, ammo suv yetishmasligi sababli ulardan foydalanib bo'lmaydi va quyidagilar.

1. Yer hajmi jihatidan cheklangan, ya'ni uni inson hohishiga kcTra kattalashtirib yoki kichiklashtirib bo'lmaydi.

2. Yerni hech qanday ishlab chiqarish vositasi bilan almashtirib bo'lmaydi. U qishloq xcTjaligining asosi hisoblanadi.

3. Yer tabiat maxsuli, u inson mehnati mahsuli emas.

4. Yer abadiy ishlab chiqarish vositasi bo" lib, undan to'g'ri foydalanish kerak.

O’zbekiston dehqonchilikda foydalaniladigan yerlar maydoni 5-6 mln. ga bo"lib; ular sog'oriladigan va lalmi yerlardir. Bu yerlarning 1,6 mln. gektari cho'l zonasida joylashgan. Sug'oriladigan yerlar Farg'ona Zarafshon vodiylarida va quyi Amudaryo rayonida ancha maydonlarni egallaydi.

O’zbekiston qishloq xo'jalik ishlab chiqarishni asosi sug'oriladigan dehqonchilikdir. Suv xo'jaligi (kanallar, suv omborlari, injenerlik va gidrotexnika inshoatlari) qurilish, yerning miliorativ holatini yaxshilash ishlari va boshqa tadbirlar Respublikada keng avj olib ketdi. Mirzacho'ldagi quruq yerlar o'zlashtirildi. Bu yerda paxta va qishloq xo'jaligining boshqa maxsulotlarini yetishtiradigan yirik tumanlar tashkil etildi. Qarshi, Jizzah, Zarafshon, Surxonsherobod dashtlari, Amudaryoning quyi oqimidagi yerlarni o'zlashtirish yuzasidan keng ko'lamda ishlar olib borilmoqda. Qishloq xo’jaligidan foydalaniladigan yerlar deb qishloq xo'jalik ehtiyojlari uchun berib qo'yilgan va shu maqsadlarga mo'ljallangan barcha yerlarga aytiladi. Bunday yerlar jumlasiga haydaladigan yerlar, ko'p yillik daraxtzorlar, qo'riqlar, pichanzorlar va yaylovlar kirsa, qishloq xo'jaligiga yaroqsiz yerlarga -o'rmonlar, bo'tazorlar, botqoqliklar, qum bosgan va boshqa noqulay yerlar kiradi. Haydaladigan yerlar barcha qishloq xo'jaligiga yaroqli yerlarning tahmini 15 % ni tashkil etadi. CTzbekistonda ekinlarning ko'pchiligi sug'oriladigan va shartli sug'oriladigan yerlarga yetishtiriladi. Shu munosabat bilan sug'oriladigan yerlarning har gektari juda katta ahamiyatga ega. Sug'oriladigan yerlarda tcTg'ri foydalanish ularning samaradorligini oshirib borishqishloq xo'jalik tasarrufidan chiqib ketishga ycTl qo'ymaslik Respublika qishloq xo'jaligini intensivlashning asosiy shartidir. Davlat yer fondi yer egaligi yoki yerlardan foydalanuvchilar hududidagi barcha yerlarni - haydalma yerlar, daraxtzor, yaylov, pichanzor, o'rmonzor, bo'z yerlar qishloq xo'jaligida foydalanilmaydigan yerlarning jamini o'z ichiga oladi. Respublikaning umumiy yer fondi 44797,7 mingga, barcha qishloq xo'jalik yerlari 22446,1 mingga yoki Respublika yer fondining 50,5 % ni qishloq xo'jalik turlari 17346,2 minggani, shundan sug'oriladigan yerlar maydoni 3281,1 minggani tashkil etadi. (2006). Qishloq xo'jalik maqsadlarida foydalaniladigan yerlar eng qimmatli hisoblanib, ular qishloq xo'jalik ishlab chiqarishni ta'minlash bilan birga barcha agrolandshaftlar hamda qulay tabiiy muhit yaratish jihatidan ham muhimdir. Rspublika bo'yicha qishloq xo'jalik maqsadlari uchun mo'ljallangan yerlarning tarkibi va o'zgarish jarayonida umumiy qishloq xo'jalik yer turlari maydonining kamayib borishi kuzatilmoqda.

Yerdan foydalanishning yangi shakllari rivojlanmoqda. Bular fermer va dehqon xo'jaliklari xususiylashtirilgan chorvachilik fermalari shirkat xo'jaliklari va boshqa turdagi qishloq xo'jalik korxonalaridir. Sug'oriladigan haydalma yerlar respublika qishloq xo'jaligini va iqtisodiyotni rivojlantirishda muhim ahamiyatga ega. Sug'oriladigan yerlar mamlakat yer fondining 9,6 % ni tashkil etgan holda jami qishloq xo'jalik maxsulotlarini 98 % aynan shu yerlarda yetishtiriladi. Respublika bo'yicha lalmikor yerlar maydoni 752,7 mingga bo'lib bu yerlarda qishloq xo'jalik ekinlarini yetishtirish faqat yogMnlar hisobiga amalga oshiriladi.



Download 102.6 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling