Suv resurslari
Yer fondi va yer turlari maydonlari
Download 102.6 Kb.
|
Suv resurslari
- Bu sahifa navigatsiya:
- ^ Suv resurslaridan foydalanish melioratsiya va errigatsiya
- O’zbekistonning iqlimi va suv resurslariga umumiy tavsif.
- O’zbekiston ichki suvlarining xos xususiyatlari
- O`zbekistonning qazilma boyliklari va ulardan foydalanish
^ Yer fondi va yer turlari maydonlari (ming ga)
Yer fondining eng qimmatli qismi sug'oriladigan yerlardir. Har bir gektar sug'oriladigan yer undan tcTg'ri foydalanib borilganida beradigan maxsuloti jihatidan 6-7 gektar lalmi shudgorga, 50 gektar baland tog" yaylovlariga va 1000 gektar cho'l yavlovlarga teng keladi. Shu munosabat bilan sug'oriladigan yerlarning qishloq xo'jalik tasarrufida chiqib qolishiga yo'l qo'ymaslik nihoyatda muhim. Yangi yerlarni o'zlashtirish tuman va qishloq xo'jalik ishlab chiqarishga kiritib borish yo'li bilan qishloq xo'jaligini rivojlantirishni cheksiz davom ettirib bo'lmaydi, chunki qaytib dehqonchilik qilishga yaroqli yerlar cheklangandir. Yerdan yuqori unum bilan foydalanishda maqsad eng kam mehnat va mablag' sarf qilgan holda har bir gektar yer maydonida ko'proq miqdorda maxsulot olishdir. Shundan kelib chiqib kam mehnat va mablag" sarflagan holda yer maydoni birligidan olinadigan yalpi maxsulot yerdan foydalanish samaradorligining asosiy ko'rsatkich deb qabul qilingan. Maxsulot yetishtirish uning dehqonchilikdan yoki chorvachilikdan olinishiga qarab 100 gektar haydaladigan yerlarga yoki aniq eiin maydonlariga nisbatan hisob qilib aniqlanadi. Qishloq xo'jalik korxonalari faoliyatini qiyosiy baholashda rasm boMgan amaliyotdan yerlardan foydalanish darajasi ko'pchilik hollarda ishlab chiqarishning oxirgi natijalariga qarab belgilanadi. Yerdan foydalanishning yakunlovchi natural ko'rsatkichlaridan biri ekinlar hosildorligidir. ^ Suv resurslaridan foydalanish melioratsiya va errigatsiya Yer fondining eng qimmatli qismi-sug’oriladigan yerlardir. Har bir gektor sug’oriladigan yer undan to’g’ri foydalanib borilganida beradigan maxsuloti jihatidan 6-7 gektar lalmi shudgorga, 50 gektar baland tog’ yaylovlariga va 1000 gektar cho’l yaylovlariga teng keladi. SHu munosabat bilan sug’oriladigan yerlarning qishloq xujalik tasarrufidan chiqib qolishiga yo’l qo’ymaslik nixoyatda muhim. O’zbekiston sug’orishga yaroqli 7,0 mln. gektar yer mavjud. O’zbekiston qishloq xo’jalik ishlab chiqarishni asosi sug’oriladigan dehqonchilikdir. Suv xujaligi, qurilish, yerning meliorativ holatini yaxshilash ishlari va boshqa tadbirlar respublikada keng avj olib ketdi. Mirzacho’ldagi quriq yerlar o’zlashtirildi. Bu yerda paxta va qishloq xo’jaligining boshqa maxsulotlarini yetishtiradigan yirik tumanlar tashkil etildi. Qarshi, Jizzax, Zarafshon, Surxon – Sherobod dashtlari, Amudaryoning qo’yi oqimidagi yerlarni o’zlashtirish yuzasidan keng kulamda ishlar olib borilmoqda. O’zbekistonda ekinlarning ko’pchiligi sug’oriladigan shartli sug’oriladigan yerlarda yetishtiriladi. Demak, sug’orish bilan birga yerning zaxini qochirish, sho’rini yuvish, yaxshilab tekislash, to’g’ri almashlab ekishni joriy etish, tuproq unumini ta’minlaydigan boshqa tadbirlarni amalgam oshirish jamiyat taraqqiyotining va xalq ommasi turmush darajasini ko’tarishning muhin sharti bo’lgan. Ana shu o’tkaziladigan barcha tadbirlar kompleksi melioratsiv ya’ni o’z ichiga oladi. Xullas ilmiy nuqtai nazardan qaralganda melioratsiya deganda barcha sug’orish ishlari ham tushiniladi. Lekin amalda ayniqsa respublikamiz sharoitida irrigatsiya va melioratsiya terminlari alohida talqin etiladi: sug’orishga oid barcha ishlar irrigatsiya bilan bog’lansa yerning melioratsiya holatini yaxshilashga Oid tadbirlar melioratsiya tegishli deb belgilanadi. Xatto rasmiy hujjatlar ham “Irrigatsiya va melioratsiya ishlari” iborasini uchratamiz vaxolanki irrigatsiya melioratsiyaning muhim bir tarmog’i bo’lib hisoblanadi. Masalaning bunday hal etilish bizning fikrimizcha tarixan yuzaga kelgan va mamlakatimizning qurg’oqchil rayonlari iqtisodiyotiga ayniqsa dastlabki vaqtlarda bosh rol o’ynagan. SHunday bo’lishiga sug’orma dehqonchilikning kun vaqt davomida ekstensiv yo’l bilan rivojlanib kelganligi sabab bo’lsa kerak. CHunki meliorativ jixatdan noqulay bo’lgan yerlar keyingi navbatda o’zlashtirilgan bu tadbirlar uchun kam mablag’ sarflangan . Shularni etiborga olib respublikamizda melioratsiya haqida gap borganda ko’proq va asosan sug’oriladigan yoki sug’orish uchun muljallangan rayonlarda suniy ravishda yaxshilashni talab etadigan boshqa ob’ektlardagi chora va tadbirlar kompleksi tushuniladi va bunga odatda yerlarning meliorativ holatini yaxshilash bilan bog’liq ishlar kiradi. Suvga tanqislik tobaro yaqqol sezilip bormoqda. Xalq xujaligi ixtiyojlari uchun zarur bulgan suv chiqarish ayniqsa yerlarni sug’rishga suv tanqisligi tez-tez takrorlanayotgan yerlarda va sanoat maishiy xujaliklardagi oqova suvlarning yaxshi tozalanmasligiga ayrim xollarda suv resurslarni ko’proq ifloslanishga olib keladi. “ Milioratsiya” lotincha suz bo’lib “ yaxshilash” degan ma’noni bildiradi. Ilmiy muqtai nazardan bu tushunchani mohiyati keng qamrovlidir u tuproq sharoitini yaxshilashga oid barcha tadbirlarni o’z ichiga oladi, ya’ni kompleks xarakterga ega. Amalda melioratsiya haqida gap borar ekan avvalo qurg’oqchil rayonlarda sug’orish zax va botqoqlarni quritish, yerlarni shurdan tozalash xullas tuproqning suv va tuz rejimini tartibga solish tushiniladi. SHurlangan botqoqli yerlar deyarli hamma sug’oriladigan rayonlarda bor. Ayniqsa, Farg’ona vodiysining hozirgi Farg’ona Viloyati, Quqon zonasida, Buxoroda, Zarafshon daryosining quyi qismida, Toshkent voxasi va Xorazmda kengroq tog’ oldi qismida qirlarda esa kamroq tarqalgan. Sun’iy sug’orish orqali yerning tabiiy mavjud suv balansi buzilgan ayniqsa yer osti suvlari sathi ko’tarilgan va ularni tashqariga olib chiqib ketish tabiiy ravishda qiyinlashgan. Odatda, yer osti suvlari yuza suvida nisbatan yuqoriroq menirallashgan bo’ladi, bug’lanish oqibatida faqat tozza suv bug’lari atmosferaga chiqib ketib tuzlar esa ko’proq sirtida to’planadi. Natijada yer shurlanadi va ma’lim vaqtdan keyin agar kerakli meliorativ chora-tadbirlar qurilmasa ishdan chiqadi. Agar yer usti suvlari chuchuk bo’lsa botqoqlanish zax bosishi ro’y beradi. Shu yo’l bilan yerning meliorativ holati yomonlashadi. Bunday vaqtlarda qo’shimcha tadbirlar ko’rishni sharoit taqozo etadi. Bu holat o’z-o’zidan sotsial sharoitni ham yomonlashtiradi, zaxdan kasallanish begona o’tlar ayniqsa qamishzorlar tufayli bezgak chivini kasali vjudga qoladi, ichimlik suv muammosi kuchayadi, atrof muhit muhofazasi yomonlashadi. KIRISH O‘zbеkiston Turkistonning markaziy qismida joylashgan. Uning hududining asosiy qismi Amudaryo bilan Sirdaryo orasida bo’lib, mo’'tadil va subtropik iqlim mintaqalarida o’rnashgan. O’zbеkistonning eng shimoliy nuqtasi Ustyurt platosining shimoli-sharqida, Orol dеngizi qirg’og’ida bo’lib, 45° 31 shimoliy kеnglikdadir. Eng janubiy nuqtasi esa Tеrmiz shahri yonida, Amudaryo qirg’og’ida bo’lib, 37° 11 shimoliy kеnglikka to’g’ri kеladi. Respublikamizning eng g’arbiy nuqtasi Ustyurt platosida 56° 00 sharqiy uzoqlikda, eng sharqiy nuqtasi esa O’zbеkiston bilan Qirg’iziston chеgarasida, Uzgan shahri yaqinida bo’lib, 73° 10 sharqiy uzoqlikdadir. O’zbеkistonning eng shimoliy nuqtasi bilan eng janubiy nuqtalari orasidagi masofa 925 km, eng g’arbiy nuqtasi bilan eng sharqiy nuqtalari orasidagi masofa esa 1400 km. O’zbеkiston janubi-sharqda Tojikiston bilan, sharqda Qirg’iziston bilan, shimol va shimoli-g’arbda Qozog’iston bilan, janubi-g’arbda esa Turkmaniston bilan chеgaradosh. Janubda O’zbеkiston torgina Surxon-Shеrobod vodiysida Afg’oniston bilan chеgaradoshdir. Bu yеrda Afg’oniston bilan O’zbеkiston chеgarasi Amudaryo orqali o’tadi. O’zbеkiston gеografik o’rniga ko’ra juda qulay. Chunki uning hududi Turkistonning markazidagi tabiiy sharoiti qulay va tabiiy boyliklarga sеrob bo’lgan yеrlarni o’z ichiga oladi. O’zbеkistonning ko’p qismining tеkislikdan iborat bo’lishi hamda sеrunum vohalarning — Chirchiq-Ohangaron, Farg’ona, Zarafshon, Qashqadaryo, Suxondaryo, Quyi Amudaryoning mavjudligi jumxuriyat iqtisodiyotining rivojlanishiga qulay sharoit yaratib bеrgan. O’zbеkiston O’rta dеngiz atrofidagi mamlakatlar bilan dеyarli bir gеografik kеnglikda joylashgan. O’rta dеngiz atrofidagi mamlakatlar subtropikka xos landshaft bilan tavsiflanadi. Lеkin O’zbеkiston iliq okеan va dеngizlardan uzoqda, matеrik ichkarisida joylashganligi tufayli tabiiy sharoiti jihatidan O’rta dеngiz atrofidagi davlatlardan butunlay farq qiladi. Chunki O’zbеkiston hududining shimoliy qismi ochiq bo’lib, qishda shimoldan va shimoli-sharqdan esuvchi sovuq, quruq havo oqimi bеmalol ichki qismlarigacha yеtib qеladi. Aksincha, janubida baland tog’larning mavjudligi esa Hind okеanidan esadigan nam va iliq havo massalarini O’zbеkiston hududiga o’tishiga to’siqlik qiladi. Binobarin, O’zbеkiston subtropik iqlim mintaqasida joylashsada, asosan cho’lga xos bo’lgan landshaft bilan tavsiflana-di. Faqat atrofi tog’lar bilan o’ralgan Surxon-Shеrobod vodiysidagina quruq subtropik landshaft mavjud, xolos. O’zbеkiston hududi janubi-sharqdan shimoli-g’arbga qarab cho’zilib o’sha tomonga qarab pasayib boradi. Respublikamiz yеr usti tuzilishi jihatidan Tojikiston va Qirg’izistondan kеskin farq qiladi. O’zbеkiston hududining ko’p kismi (71%) dеhqonchilik uchun qulay vodiylar, tеkisliklar va tor oldi tеkisliklaridan iborat. Tеkislik yеrlarning ko’p bo’lishi va bu joylardan Amudaryo, Sirdaryo, Zarafshon, Chirchiq, Qashqadaryo va boshqa daryolarning oqib o’tishi, iqlimiying qulayligi, sug’orma dеhqonchilikning va ayniqsa, paxtachilikning juda qadimdan rivojlanishiga imkon bеrgan. O’zbekistonning iqlimi va suv resurslariga umumiy tavsif. O’zbеkiston okеan va dеngizlardan uzoqda, yеvrosiyo matеrigining ichki qismida joylashganligi tufayli kontinеntal iqlimga ega bo’lib, osmoni nixoyatda ochiq, sеroftob, uzoq davom etadigan jazirama issiq va quruq yoz bilan, shu gеografik kеnglik uchun birmuncha sovuq qish bilan tavsiflanadi. O’zbеkistonda iqlimning barcha unsurlarining yillik o’zgarishi orasida katta tafovutlar mavjud bo’lib, ular eng avvalo iqlim hosil qiluvchi omillarning xususiyatlariga bog’liq. O’zbеkiston iqlimi uning gеografik o’rni va u bilan bog’liq holda quyosh radiatsiyasi, atmosfеra sirkulyatsiyasi, rеlеfi, yеr yuzasining holati, iqlimga kishilar xo’jalik faoliyatining (antropogеn) ta'siri natijasida tashkil topadi. O’zbеkiston iqlimini hosil qiluvchi omillar ichida eng muhimlaridan biri — uning gеografik o’rni va u bilan bog’liq quyosh radiatsiyasidir. Quyosh radiatsiyasi barcha tabiiy jarayonlarning eiеrgеtik nеgizi (bazasi) hisoblanadi. Quyosh radiatsiyasi esa o’z navbatida joyning gеografik kеngligiga, havoning ochiqligiga va Quyoshning nur sochib turadigan davriga uzviy bog’liqdir. O’zbеkiston okеan va dеngizlardan uzoqda, Yеvrosiyo matеrigining ichki qismida joylashganligi tufayli kontinеntal iqlimga ega bo’lib, havo ochiq, sеroftob, uzoq davom etadigan jazirama issiq va quruq yoz bilan, shu gеografik kеnglik uchun birmuncha sovuq qish bilan tavsiflanadi. O’zbеkistonda iqlimning barcha unsurlarining yillik o’zgarishi orasida katta tafovutlar mavjud bo’lib, ular eng avvalo iqlim hosil qiluvchi omillarning xususiyatlariga bog’liq. O’zbekistonning suv bilan taminlanishida O’rta Osiyoning eng yirik daryolari: Amudaryo va Sirdaryo katta ahamiyat kasb qiladi. Eng uzun daryo Sirdaryo bo’lib uning uzunligi 2981 km. Eng sersuv daryo esa Amudaryodir. Uning uzunligi esa 2660 km dir. Ammo bu daryolar respublikaning suvga bo’lgan ehtiyojini to’la qondirmaydi. O’zbekiston hududida 250 yaqin ko’llar bo’lib ular asosan mayda ko’llardir. Bu ko’llardan eng yiriklari Orol, Aydarko’llardir. Orol ko’li kattaligi sababli dengiz nomini olgan edi, lekin uning sathi keyingi yillarda keskin pasayib ketdi. Kichik ko’llardan ayrimlari shifobaxshligi bilan ajralib turadi (Tuzkon, Axsikent, Dengizko’l, Qurbonko’l, Baliqko’l va boshq). O’zbеkiston ichki suvlariga daryolar, ko’llar, yеr osti suvlari, muzliklardagi suvlar, suv omborlari, kanal va ariqlardagi suvlar kiradi. Ichki suvlar faqat respublika iqlim xususiyatlariga emas, balki uning tabiatining boshqa unsurlariga, xususan rеlеfiga ham bog’liqdir. Rеlеf ichki suvlarga, shu jumladan oqim hosil bo’lish jarayoniga bеvosita hamda tabiiy-gеografik omillar, ayniqsa iqlimiy omillar orqali bilvosita ta'sir etadi. Chunki tog’ yonbag’irlarining ko’pincha tik bo’lganligi tufayli yoqkan yomg’ir, erigan qor va muz suvlari tеzda pastga oqib tushib, soy va daryolarni hosil qiladi. Buning ustiga tog’larda mutlaq balandlikning ortib borishi tufayli yog’in ko’proq tushadi, haroratning pastligi oqibatida qalin qor qoplami hosil bo’ladi, muzliklarni to’yintirib turadi. Qor va muz suvlarining erishi natijasida yеr osti suvlarining hosil bo’lishiga, daryolarni to’yintirib turishiga qulay sharoit yaratadi. Respublikamiz yеr maydonining 71% ni ishg’ol qilgan tеkislik qismida tog’larda vujudga kеlgan suvlar bug’lanish (ekin dalalaridan, sug’orish shoxobchalaridan, tuproq yuzasidan va o’simliklar orqali) va shimilish natijasida sarflanib kеtadi. Chunki tеkislik qismida yog’in juda kam, aksincha bulutsiz jazirama issiq kunlarning uzoq davom ztishi tufayli mumkin bo’lgan bug’lanishning ko’pligi oqibatida daryolar juda kam, yеr osti suvlari nisbatan chuqurda joylashib, sho’rtang. Ana shu sabablarga ko’ra respublikamiz tеkislik qismida tranzit daryolarni hisobga olmaganda doimiy oqimga ega bo’lgan daryolari yo’q hisob. O’ZBEKISTONNING IQLIMIY XUSUSIYATLARI Ma'lumki, O’zbеkiston cho’l zonasida, asosan subtropik kеngliklarda, okеanlardan ichkarida joylashgan. Bu esa uning iqlimidagi ba'zi xususiyatlarni, chunonchi, Quyoshni ufqdan baland turib uzoq vaqt yoritib va isitib turishini, kam bulutli bo’lishligini shakllanishida muhim o’rin tutadi. O’zbеkiston ancha janubiy kеngliklarda (taxminan 37° va 45°-36 shimoliy kеngliklarda) joylashganligi tufayli yozda. Quyosh nuri ancha tik tushib (iyunda shimolda 71—72°, janubda 760 balandda turadi) uzoq vaqt nur sochib turadi. Qishda O’zbеkiston shimolida quyosh 21°, janubida esa 29° burchak hosil qilib turadi,. Respublikamiz hududining shimoldan janubga 8°25 cho’zilganligi tufayli Quyoshning nur sochib turish davri va u bilan bog’liq holda yalpi quyosh radiatsiyasining miqdori ham o’zgaradi. Shu sababli Toshkеntda Quyosh yiliga o’rta hisobda 2889 soat nur sochib tursa, eng janubda joylashgan Tеrmizda bu ko’rsatkich 3095 soatni tashkil etadi. O’zbеkistonda yil bo’yi, ayniqsa, yozda havo ochiq. bo’lib, bulutli kunlar juda kam. Shu tufayli respublikamizda qishloq xo’jalik ekinlarining pishib yеtishadigan davri xisoblangan may—oktyabr oylarida Toshkеntda Quyosh 1749 soat nur sochib tursa, Tеrmizda 2012 soatga tsng. Vaxolanki, bu ko’rsatkich Qohirada (taxminan 30° sh. k. joylashgan) etadi (1jadvalga qarang.) Chunki Qohira O’rta dеngizga yaqin bo’lganligi tufayli bulutli kunlar Toshkеnt va Tеrmizga nisbatan ko’p bo’ladi. Binobarin, O’zbеkiston quyoshli o’lka dеb bеjiz aytilmagan. O’zbеkistonda yozda (iyun—avgust oylarida) Quyosh nur sochib turadigan davri nur sochishn mumkin bo’lgan davrning 84—95%ni, qishda (dеkabr—fеvral) esa 40—50%ni tashkil etadi. O’zbеkistonning tog’li qismida quyoshning nur sochib turish davri tеkislikka nisbatan 600—700 soat kam bo’ladi: tog’larning 2000 m balandlik qismida Quyosh yiliga o’rtacha 2300—2500 soat nur sochib turadi. Buning asosiy sababi tog’ yonbag’ri bo’ylab ko’tarilgan sari bulutli kunlarning ortib borishi, tog’ yonbag’rining quyoshga nisbatan holati (ekspozio’iyasi)dir. O’zbеkistonda Quyosh ufqdan baland bo’lganligi, bulutsiz kunlarning ko’pligi (Toshkеntda bir yilda 90 kun, Tеrmizda esa 57 kun bulutli bo’ladi) oqibatida quyosh uzoq vaqt nur sochib turganligi tufayli uning hududiga ko’p yorug’lik enеrgiyasi (issiqlik) tushadi. Respublikamiz shimoliy qismida har sm2 yuzaga yiliga 136—140 kilokaloriya issiqlik, ya'ni radiatsiya tushsa, janubiy qismiga 160 kilokaloriya issiqlik tushadi. Yalpi quyosh radiatsiyasining miqdori yil bo’yi bir xil taqsimlanmagan. Eng ko’p quyosh radiatsiyasi yoz oylariga (qish oylariga nisbatan 5 marta ko’p) to’g’ri kеladi. Hatto O’zbеkistonning janubida iyulda radiatsiya balansi 20 kkal/sm2ga yеtadi. Bunga sabab yozda quyosh ufqdan balandda turib, uzoq vaqt yoritib, isitib turishidir. Aksincha, qishda quyosh nuri yotiq tushadi, bulutli kunlar ko’p bo’lganligidan kam yoritadi, qor qoplamining mavjudligi tufayli albеdo katta bo’ladi. Natijada qishda, xususan yanvarda yalpi radiatsiya miqdori O’zbеkistonning markaziy va janubiy qismida musbat bo’lib, bir sm2 yuzaga 0,1—1,0 kkal.ni tashkil etadi. O’zbekiston ichki suvlarining xos xususiyatlari O’zbеkiston hududida daryo tarmoqlarining zichligi bir xil emas. Respublika yеr maydonining 71 foizini ishg’ol qilgan tеkislik qismida daryo tarmoqlari juda siyrak joylashib, har kv. km maydonga 2 m. uzunlikdagi daryo to’g’ri kеladi, vaholanki, xamdo’stlik hududi bo’yicha daryo tarmoqlarining o’rtacha zichligi xar kv. km maydonga 140 mеtrdir. Respublikamiz hududining 17 foizini ishg’ol qilgan adirlar qismida esa daryo tarmoqlari nisbatan zichlashib boradi. Lеkin bu yеrlardan juda ko’p sug’orish shoxobchalari (ariq, kanal) boshlanib, ularning suvini har tomonga tarqatib, sug’orishga sarflab yuboradi. O’zbеkiston yеr maydonining 12 foizini ishg’ol qilgan tog’li kismida har kv. km. maydonga o’rtacha 140—150 m. uzunlikdagi daryo tarmoqlari to’g’ri kеladi. Respublikamiz xududida daryo tarmoqlarining zichligi bir xil emasligi eng avvalo uning rеlеfiga, iqlimiy xususiyatlariga bog’liq. Shu sababli rеlеfi baland, sеrnam, yog’inga nisbatan (haroratning pastligi tufayli) bug’lanish kam bo’lgan (potеno’ial bug’lanish) torli qismida yoqqan yog’inning ko’p qismi oqimga aylanib, soy va daryolarni hosil qiladi. Ma'lumotlarga ko’ra respublika torlarining g’arbiy qismida yiliga 1000—1500 mm gacha yog’in tushadi. Bu esa torlarning g’arbiy yonbag’ridai boshlanuvchi Norin. Zarafshon. Chirchiq, Koradaryo kabi daryolarning •sеrsuv bo’lishiga sababchi bo’lgan. Respublikamiz tеkislik qismida esa, aksincha, yoz issiq, quruq, sеroftob bo’lib, yillik yog’in miqdori 80—200 mm atrofida, lеkin mumkin bo’lgan bug’lanish esa 1500—2000 mm ga yеtadi. Bunday iqlimiy sharoitda oqimning vujudga kеlishi juda qiyin. Shu tufayli respublikamiz tеkislik qismida daryo tarmoqlari juda siyrak. O’zbеkiston daryolari asosan uning tog’li qismidan hamda Qirg’iziston va Tojikiston hududidagi torlardan suv oladi. Agar Amudaryo va Sirdaryo havzalarida vujudga kеladigan yillik oqimi 100% dеsak, shundan Amudaryoning 8%, Sirdaryoning 10% oqimi O’zbеkiston hududida vujudga kеladi, xolos. Shuningdеk, O’zbеkistonning eng muhim daryolari hisoblangan Norin, Qoradaryo, Sox, Chirchiq, Zarafshon, Kattadaryo, Surxondaryolarning ham yukori oqimlari respublika hududidan tashqarida joylashib, o’sha joylardan suv to’playdi va to’plagan suvini o’rta va quyi oqimida, ya'ni respublikamizda sarflaydi. O’zbеkiston hududidan oquvchi daryolarning aksariyati Tojikiston va Qirg’iziston respublikalari hududida joylashgan tog’lardagi doimiy qor va muzliklarning erishidan suv to’playdilar. Respublikamiz tog’lari u qadar baland bo’lmaganligi tufayli daryolarni suv bilan to’yintirib turishda asosiy manba qorlardir. V. L. Shults uning ma'lumotiga ko’ra Turkiston daryolarining to’yinishida qorlarga nisbatan muzlik suvlarning hissasi ancha kam. Uning ma'lumotiga ko’ra muz suvlari umumiy oqimning 10—15% ini tashkil etadi, xolos. Hatto respublikamizda suv yig’adigan havzasida muzliklar eng ko’p bo’lgan Isfara, So’x, Zarafshon kabi daryolarda ham muzning hissasi yillik oqimlarning 25—30% tashkil etadi. Aksincha Turkiston, jumladan respublikamiz daryolarini suv bilan to’yintirib turishda qor va yеr osti suvlarining hissasi katta. O’zbеkiston daryolarining to’yinishida muz, qor suvlaridan tashqari yilning issiq faslida yomg’ir suvlarining ham hissasi bor. Yomg’ir suvlarining hissasi respublika daryolarining yillik oqimining taxminan 5—15% ni tashkil qiladi. Tog’larning baland qismidan boshlanadigan Zarafshon, So’x, Isfara kabi daryolarning to’yinishida yillik oqimning faqat 1—2% ni yomg’ir; suvlari tashkil etsa, Sirdaryo havzasidagi daryolar yillik oqimining 6%, Amudaryo havzasidagi daryolar yillik oqimining 3,5% ini tashkil qiladi. Past tog’lardan boshlanuvchi Ohangaron, G’uzor, Sangardak, Shеrobod kabi daryolarning to’yinishida yomg’ir suvlarining hissasi 10—15% ga yеtadi. Hatto Talas, Tusun daryolarining yillik oqimida yomgir suvlarining hissasi 30% va undan xam oshishi mumkin. Shunday qilib, V. L. Shults va R. Mashrapovlarning ma'lumotlariga ko’ra Turkiston, jumladan, O’zbеkiston tog’laridan tеkisliklarga kеladigan umumiy oqimning 5 foizigina yomg’ir suvlaridan hosil bo’ladi. O‘zbekiston foydali qazilmalar Davlat balansi ma'lumotlariga ko‘ra, mamlakat hududida 1895 ta foydali qazilmalar manbai ochilgan. Shuni alohida ta'kidlash lozimki, foydali qazilmalarning umumiy hisob bo‘yicha 35 foizi mustaqillik yillarida ochilgan. Ochilgan 1895 ta foydali qazilmadan 235 tasi uglevodorodli, 151 tasi metalli, yettitasi ko‘mirli, 55 tasi tog‘-kon, 34 tasi tog‘-kimyo va 30 tasi yarim qimmatbaho ashyoli, 764 tasi turli yo‘nalishdagi qurilish materialli va 619 tasi yer osti mineral suvlidir. Shuni ta'kidlash lozimki, O‘zbekiston oltin zaxirasi bo‘yicha jahonda 10-o‘rinda, qazib olish bo‘yicha esa 11-o‘rinda boradi. Oltin qazib olish hududlariga quyidagilar kiradi: Qizilqumdagi foydali qazilmalar (Muruntog‘, Metenboy, Chuqurquduq, Ajibugut, Omontog‘, Ko‘kpatas, va boshqalar), Samarqanddagi (Chormiton, Sarmich, Biron, Marjonbuloq) va Toshkent viloyatida (Kuchbuloq, Qayrag‘och, Qizilolmasoy, Kavladi, Pirmirob, Kuzaksoy va boshqalar). Yuqorida ko’rib o’tgan resurslar nafaqat sanoatda, balki iqtisodiyotda ham muhim ahamiyat kasb etadi. Sababi bunday resurslarsiz ishlab chiqarish shakllanmaydi va iqtisodiy sektorlar rivojlanmaydi. Ishlab chiqarishni yurguzuvchi resurslar nafaqat qazilma resurslari, balki tabiat inom etgan barcha resurslarni tushunishimiz kerak. Ya’ni yerimiz bizga tortiq etgan barcha xomashyolar bu ishlab chiqarishni, iqtisodiyotni yurgiztirib turuvchi resurslardirO`zbekistonning qazilma boyliklari va ulardan foydalanish O`zbekiston respublikasining zamini juda katta miqdordagi turli-tuman qazilma boyliklarga ega. Bu zaminda Mendeleyev davriy sistemasining deyarli barcha elementlari topilgan. Respublika hududida hozirgacha 2700 dan ziyod foydali qazilma konlari va ular namoyon bo`lgan joylar aniqlangan. Aniqlangan bu konlarda 100 ga yaqin xom ashyo turlari mavjud bo`lib, ularning umumiy miqdori 3,3 trillion AQSH dollarga baholanadi. Fakatgina neft va gaz zahiralarining qiymati 1 trillion dollarga teng. Aniqlangan konlardan 900 tasi topilgan va o`rganilgan bo`lib, ulardagi zahiralar qiymati 970 mlrd. dollarga teng. Hozirgi kunda respublikada foydalanayotgan konlar soni 400 ga yaqin. Har yili bu konlardan 5,5 mlrd. dollarlik qazilma boyliklar olinmoqda va qo`shimcha 6-7 mlrd. dollarlik yangi zahiralar topilmoqda. O`zbekiston yoqilg`i-energetika zahiralariga boy o`lka. Unda qidirib topilgan tabiiy gaz zahiralari 2 trillion m. kub atrofida. Bu gaz zahiralari respublikani 35 yil gaz bilan ta'minlashga yetadi. Faqatgina Ko`kdumaloq konlaridagi gazning zahirasi 144 mlrd m. kubga yaqin, ulardagi neft 54,2 mln tonnagaz kondensati esa 67,4 mln.tonnaga teng. Hozirgi paytda foydalanayotgan neft konlarining soni 160 dan ortiq bo`lib, ularning zahiralari 30 yilga yetadi. Birgina 1985-1994 yillar ichida 38 ta yangi neft va gaz koni ishga tushirildi. Bulardan tashqari neft, gaz va gaz kondesati bo`yicha yana 155 ta istiqbolli konlar ham aniqlangan. Tekshirishlar ko`rsatishicha respublika zaminining qariyb 60% da yer osti neft va gaz qatlamlari bor. Bu qatlamlar asosan 5 ta mintaqada joylashgan. Bular: Ustyurt, Buxoro-Xiva, Janubiy-G`arbiy Xisor, Surxandaryo va Farg`ona mintaqalaridir. Respublikada olinayotgan jami neftning 90% dan ortigi arzon ya'ni favvoralar usulida olinmoqda. Hozircha respublika hududida aniqlangan neft zahiralarining fakat 32% o`zlashtirildi, xolos. Bu ko`rsatgich turkmanistonda 61%, Tojikistonda 60% va Qirg`izistonda 41% ni tashkil qiladi. Tabiiy gaz zahiralarini o`zlashtirishda ham ahvol shunga o`xshash. Ko`mirning umumiy zahirasi 2 mlrd tonna bo`lib, ko`mir zahirasi salmogi bo`yicha respublikamiz markaziy osiyoda ikkinchi o`rinda turadi. Ko`mir Angren, Shargun va Boysun konlaridan qazib olinadi. bu konlardan ko`mir bilan birgalikda qimmatbaho minerallar-kaolin, ohaktosh va kvartsli qum ham olinadi. Kaolindan glinozem, ya'nialyuminiy oksidi va alyuminiy, o`tga chidamli materiallar, keramik qoplamalar, metlax plitkalari, chinni, fayans, oq va boshqa rangli tsement, o`tga chidamli g`isht kabi materiallar olinadi. O`zbekiston zaminida qimmatbaho metallarning katta zahiralari mavjud. Uning hududida 32 turdagi qimmatbaho rangli metallar topilgan bo`lib. Hozirgi paytda ular 33 ta kondan qazib olinmoqda. Oltin zahiralari bo`yicha O`zbekiston dunyoda to`rtinchi o`rinda, uning qazib olinishi bo`yicha esa yettinchi o`rinda turadi. Oltinning asosiy zahirasi Markaziy qizilqumda joylashgan. Hozirgi kunda oltin 7 ta kondan olinmoqda. Muruntov koni dunyodagi konining topilishi Xalqaro geologiya jamoatchiligi tomonidan yigirmanchi asrning ikkinchi yarmida oltin sohasida qilingan eng katta kashfiyot deb e'tirof qilindi. Bu yerda affinaj ya'ni eng sof metall olish jarayoning zamonaviy texnologiyasi joriy etilgan va kon oltinining sifati yuqori bo`lgani uchun ham oliy tovar ko`rinishiga ega bo`lgan, soflik darajasi «to`rtta to`qqiz»ga teng asl oltin olinmoqda. Hozirgi paytda Muruntov konidan olib ishlatilgan va ko`p yillardan beri otvalga chiqarib tashlangan ruda tuprog`i Amerikaning «Nyumont Mayning Korporeyshn» kompaniyasi ishtirokida qayta ishlanib, tarkibidagi qolgan oltin ham ajratib olinmoqda. Oltin shuningdek Qizilqum hududidagi Ajibugut, Bulutkon, Balpantov, Aristontov va Turboy konlarida ham bor. Bu konlarni o`rganish davom etmoqda. Keyingi vaqtlarda oltin Toshkent va Samarkand viloyatlari hududida ham topildi. Kumush konlari Navoiy viloyatining Visokovoltnoye, Ukjetpes va Kosmonachi hududlarida hamda Namangan viloyatining oqtepa hududida mavjud. O`zbekistonda qimmatbaho metallar qatori uran konlari ham mavjud. Topilgan uran zahiralari bo`yicha respublika dunyoda 7-8 o`rinlarda turadi. Uranning topilgan zahirasi uni 50-60 yil qazib olishga yetadi. Uran bilan yo`l-yo`lakay reniy, skandiy, lantanoidlar va boshqa nodir metallar ham qazib olinadi. Rangli metallardan O`zbekistonda mis, qo`rg`oshin, rux, volfram va shu guruhga kiruvchi boshqa metallarning zahiralari aniklangan. Bu zahiralarning asosiy qismi olmaliq ruda maydoniga jamlangan. Qidirib topilgan mis zahirasi bo`yicha respublika dunyoda 10-11 o`rinlarda turadi. Hozirgi sur'atda qazib olganda mis 40-50 yilga, rux va qo`rg`oshin 100 yilga yetadi. Mis rudasi bilan yo`l-yo`lakay oltin, kumush. Molibden, kadmiy. Indiy, tellur, selen, reniy, kobalt, nikel, osmiy kabi 15 dan ortiq turdagi qimmatbaho va noyob rangli metallar qazib olinmoqda. Istiqbolli dalneye mis konida mis, molibden, oltin, kumush, reniy, tellur, selen va oltingugurtning katta zahiralari mavjud. Mis konlari orasida hozir ishlatilayotgan Kalmaxir koni alohida e'tiborga sazovor. Bu kon mis-molibden rudalarini qazib olish bo`yicha dunyodagi barcha konlardan ustun turadi. Uning rudasini O`zbekistondagi eng yirik korxonalardan hisoblangan Olmaliq kon-metallurgiya kombinati qayta ishlamoqda. Bundan tashqari hozirgi kunda istiqbolli Dalneye mis koni ham topilgan bo`lib, unda mis, molibden, oltin, kumush, reniy, tellur, selen va oltingugurtning katta zahiralari mavjud. Qo`rg`oshin-rux asosan Jizzax viloyatidagi Uchquloch va Surxondaryodagi Xondiza konlarida jamlangan. Xondiza konida shuningdek ko`pgina yo`ldosh xom ashyolar – mis, kumush, kadmiy, selen, oltin va indiy ham bor. Selen va tellurdan asosan yarim o`tkazgichlar, quyosh batareyalari, termogeneratorlar, po`lat va shishaning maxsus navlarini ishlab chiqarishda, reniydan aviatsiya va kosmik texnika uchun o`tga chidamli qotishmalar, elektron uskunalar va neftni parchalash uchun katalizatorlar ishlab chiqarishda foydalaniladi. O`zbekiston hududida 20 ta marmar, 15 ta granit va gabbro konlari topilgan. Oqdan qora ranggacha xilma-xil bezakbop toshlar olinadigan bu konlar Yevroosiyodagi eng yirik konlar hisoblanadi. Qoplama toshlarning umumiy zahiralari 85 mln. m. kubdan oshib ketadigan bu konlar toshni qayta ishlaydigan korxonalarni yuzlab yillar davomida xom ashyo bilan ta'minlaydi. Bu jihatdan O`zbekiston MDH mamlakatlari orasida yetakchi o`rinni egallaydi. Ayni vaqtda G`ozg`on, Nurota va Zarband konlarida marmar bloklarini zamonaviy texnologiya asosida qazib olish yo`lga qo`yilgan. O`zbekistonda topilgan Jeroy-Sardara konidagi fosforitlar zahirasi taxminan 100 mln. tonnaga teng. Bularni qayta ishlash uchun hozir Qizilqum fosforit kombinati ko`rilmoqda. Bundan tashqari Markaziy Qizilqumning Qoraxat va Shimoliy Jetitov fosforit konlarida juda katta miqdorda xom ashyo mavjudligi aniqlandi. Bu zahiralarining xo`jalik oborotiga jalb qilinishi respublikada juda ko`p miqdorda fosfat o`gitlari ishlab chiqarish imkonini beradi. Keyingi paytlarda Toshkent viloyatining Qayrag`ochsoy hududida topilgan barit koni ham diqqatga sazovor. Bu konning o`zlashtirilishi chuqur quduqlarni parmalashda foydalaniladigan va hozirgacha chetdan sotib olinayotgan baritni o`zimizdan olib ishlatish imkoniyatini beradi. Aytilganlardan tashqari O`zbekistonda juda katta tuz konlari mavjud. Qashqadaryodagi tubakat va Surxondaryodagi Xo`jaikon kaliy tuzlari konida respublikamiz hayoti uchun hali 100 yildan ko`pga yetadigan xom ashyo mavjud. Aniqlagan 5 ta tosh tuzi Koni-Xo`jaikon, Tubakat, Borsakelmas, Boybichakon va Oqkal'a konlarida taxminan 90 mlrd. tonna xom ashyo bor. Qo`ng`irotda kimyoviy usulda kaltsiy va kaustik soda ishlab chiqaradigan zavod qurilishidan Borsakelmas konining tuzlarini qayta ishlash ko`zda tutilmoqda. Bulardan tashqari respublika hududida 32 ta ma'danli shifobaxsh suv konlari aniqlangan bo`lib, shulardan 12 tasi bazasida shifoxona va kurortlar qurilgan, 9 tasidan olinayotgan suv zavodda qadoqlanmoqda. O`zbekiston yer osti qazilma boyliklariga boy mamlakat bo`lgani holda bu boyliklardan unumli foydalanish va atrof muhitning sofligini saqlash hozircha talab darajasida emas. Shu kunda respublikada 16 ta tog`-kon korxonalari ishlab turibdi. Ulardan xar yili chiqayotgan 60 mln. tonnagacha chiqindilarni saqlashga 10 ming gektar yer ketmoqda. Buning ustiga otvalga tashlangan kon chiqindilari biosferani ifloslamoqda. Aniqlanishicha shamolning tezligi sekundiga 5 metr bo`lganida 1 kv. metr maydondan sutkasiga 70 kg. chang zarralari havoga ko`tariladi. Respublikadagi minerallarniing barcha konlari ochiq-karyer usulida ishlatilmoqda. Ularni har bir portlatishda havoga 250 tonnagacha chang hamda 10 ming m. kubgacha zararli gazlar chiqadi va shamol yo`nalishi bo`ylab 10-15 km. masofagacha tarqaladi. Chang tarqalishi ayniqsa marmar va granit konlaridagi toshlarni kesishda juda ko`p bo`ladi. Masalaning yana bir kamchilik tomoni tog`-kon ishlarida yo`l qo`yilayotgan nobudgarchilikda. Shargun ko`mir konidan olinayotgan xom ashyoning 25% tog` jinslariga aralashib atrof muhitga chiqib ketadi. Angren ko`mir konidan chiqadigan kaolinning 10-15% ishlab chiqarishga yo`naltirilib, qolgan qismi tog` jinslariga aralashib chiqarib tashlanmoqda. Bunday holdan ham iqtisodiyot ham tabiiy muhit zarar ko`rmoqda. Tog`-kon ishlarida dunyoning ilgor texnologiyalarini qo`llash, katta hajmdagi investitsiyalarni kiritib, qo`shma korxonalar barpo etish, rudalarni ishlab chiqarishga to`liq jalb etib, ulardagi yo`ldosh minerallarni ham ajratib olish va shu asnoda ham iqtisodni yuksaltirish va ham chiqindilarni kamaytirish rejalari tuzilmoqda. Bu ishlar juda katta kuch, mablag` va vaqtni talab qiladi. Hozirgi vaqtda bu yo`lga ilk qadamlar qo`yilib, oltin olish bo`yicha Britaniyaning «Oksis Mayning» kompaniyasi, qo`rg`oshin, rux va oltin olish bo`yicha «Omontaytov-Fred» kompaniyalari ish boshladi. Tuzilayotgan rejalar va bajarilayotgan ishlar, shubhasiz, O`zbekistonni kelajakda rivojlangan mamlakatlar darajasiga ko`tarish o`zbek xalqining faravon turmushini ta'minlashga poydevor bo`ladi. O‘zbekiston tabiati va tabiiy boyliklarini muhofaza qilish —inson uchun zarur bo‘lgan qazilma boyliklardan oqilona foydalanish, suv va havoni toza saqlash, tuproqni eroziyadan saqlash, o‘simlik va hayvonot dunyosini tabiiy holicha asrab qolib, qayta tiklashni hamda xushmanzara joylar (sharshara, shovva, ajoyib manzaralar, buloq va boshqalar)ni tabiiy holicha saqlash kabilarni o‘z ichiga oladi. Lekin hozir tabiatga inson xo‘jaligi faoliyatining ta’siri natijasida respublikamizning ba’zi okruglari (Orolbo‘yi, Surxon vodiysi, Quyi Zarafshon va Quyi Amudaryo)da ekologik holat yomonlashib bormoqda. O‘zbekiston havosining ifloslanishida energetika, neft-gaz sanoati, transport, kimyo sanoati, metallurgiya sanoati, maishiy-kommunal xo‘jalikning hissasi katta. O‘sha korxonalar chiqarayotgan zararli birikmalarni 100 foiz desak, ular quyidagicha taqsimlangan. O‘zbekistonda sanoat tarmoqlari va transportdan yiliga 2000 tonna atrofida iflos chiqindi (birikma)lar chiqarilib, uning 1300,1 tonnadan ortig‘i transport hisobiga to‘g‘ri keladi. Binobarin, Toshkent, Samarqand, Buxoro, Farg‘ona, Andijon kabi katta shaharlar havosi ifloslanishining 80 foizi avtotransport hissasiga to‘g‘ri keladi. Yirik sanoat obyektlari joylashgan shaharlarda havoning ifloslanishida sanoatning hissasi katta. Natijada, Olmaliq, Angren, Navoiy, Andijon, Farg‘ona, Toshkent kabi shaharlar havosi oltingugurt, azot oksidlari, ammiak, vodorod ftorid va boshqa gazlar bilan ifloslangan. Surxondaryo viloyatining Sariosiyo va Uzun tumanlari havosi Tojikistonning Tursunzoda shahridagi aluminiy zavodidan chiqqan zaharli ftor gazi bilan ifloslangan. Natijada, tumanlarda bolalar o‘limi ko‘paymoqda, uzum va mevali daraxtlarning bargi sarg‘ayib, qoramollar kasallanib, tishi to‘kilib ketmoqda. Respublikamiz havosini toza saqlash uchun korxonalarda zamonaviy tozalovchi inshootlar qurish zarur. Bunda havoni ifloslovchi moddalarni ushlab qolib, ulardan qayta foydalanish imkoniyati vujudga keladi. Respublikamiz daryolari sanoat korxonalari, maishiy xizmat ko‘rsatish, sog‘lomlashtirish tashkilotlari, parrandachilik majmuyi va chorvachilik fermalaridan chiqqan suvlar hamda zovur suvlari bilan ifloslanmoqda. Suv boyliklarini toza saqlashdagi asosiy vazifa o‘sha korxonalardan chiqayotgan iflos suvlarni tozalab, zararsizlantirib, so‘ngra suv havzalariga tashlashga erishishdan iborat. O‘zbekistonning tuproq qatlamini eroziyadan saqlash, uning unumdorligini tiklash uchun kurashish kerak. Buning uchun ekinlarni sug‘orish qoidasiga rioya qilish, sug‘orishning ilg‘or usullaridan foydalanishga o‘tish zarur. Ekinlarning hosildorligini oshirish uchun ko‘proq organik o‘g‘itlar (go‘ng) dan foydalanib, qishloq xo‘jaligi zararkunandalariga qarshi biologic usul bilan kurashishga erishish zarur. Respublikamiz havosining musaffo, xushmanzara yerlarining ko‘p bo‘lishi, avvalo, yashil o‘simliklarga, ayniqsa, o‘rmonlarga bog‘liq. Aholining o‘rmonlarga, ayniqsa, mevali (yong‘oq, pista, bodom, do‘lana va hokazo) va dorivor (zira, piyoz, anzur, qoraqand, oqqayin, yetmak va boshqa) o‘simliklarga nisbatan noto‘g‘ri munosabatda bo‘lishi tufayli ular kamayib ketmoqda. Shu sababli dam oluvchilar, sayyohlar, o‘quvchilarga o‘simliklarni nobud qilmaslik, ularning mevasini, urug‘ini ruxsatsiz yig‘maslik kabi tushuntirish va targ‘ibot ishlarini keng olib borish zarur. So‘nggi yillarda insonning xo‘jalik faoliyati ta’sirida (yerlarni haydash, yangi turar joylar barpo etish, yaylovlardan noto‘g‘ri foydalanish, noto‘g‘ri ov qilish) hayvonlar soni va turi kamayib ketmoqda. Chunonchi, oqquyruq, jayron, laylak, xongul, arxar, burama shoxli echki (morxo‘r), qirg‘ovul, kaklik miqdori keskin kamayib ketdi. Ba’zi hayvonlar, jumladan, Turon yo‘lbarsi butunlay yo‘qolib ketdi. O‘zbekiston tabiatining ko‘rkamligi uning hududida nodir tabiat go‘shalari (ajoyib soy, jilg‘a, buloq, sharshara, shovva, noyob daraxtlar, har xil jinslar, ochilib qolgan qoyalar, g‘orlar, korizlar, sardobalar va hokazolar)ni tabiiy holicha saqlab qolishga bog‘liq. O‘zbekistonda turi, soni kamayib borayotgan noyob o‘simlik va hayvonlarni hisobga oluvchi ikki jildli «O‘zbekiston Qizil kitobi» nashr etilgan. Uning birinchi jildiga noyob o‘simlik turlaridan Korovin shirachi, Turkiston yovvoyi noki, yovvoyi anor, Zarafshon piyozi, tog‘piyoz, O‘zbekiston lolasi, yovvoyi anjir, Omonqora va Buxoro astragali, yovvoyi uzum, chinnigul, mingdevona, sumbul, chilonjiyda, Chimyon lolasi, guli salim kabi o‘simliklar kiritilgan. «Qizil kitob»ning ikkinchi jildidan shalpangquloq ko‘rshapalak, ko‘k sug‘ur, katta qo‘shoyoq, qo‘ng‘ir ayiq, Turkiston qunduzi, sirtlon, qoplon, gepard, xongul, jayron, Ustyurt qo‘yi, Buxoro qo‘yi, arxar, oq va qora laylak, qizil g‘oz, lochin, burgut, oq turna, echkemar, kapcha ilon kabilar o‘rin olgan. O‘zbekiston tabiatini muhofaza qilishda qo‘riqxona, milliy bog‘ va buyurtmaxonalarning ahamiyati juda katta. O‘zbekiston hududida 2016-yil holatiga ko‘ra 8 ta davlat qo‘riqxonasi, 3 ta milliy bog‘, 12 ta buyurtmaxona, 1 ta biosfera rezervati hamda 3 ta parvarishxonalar mavjud. Qazilma boyliklar qayta tiklanmaydigan resurslar hisoblanadi. Ulardan foydalanish natijasida miqdori va sifati kamaya boradi. Qayta tiklanmaydigan tabiiy boyliklardan unumli foydalanish va uni qo’riqlash quyidagicha bo’lmog’i lozim: miqdori va sifatini hisobga olish, kompleks ravishda to’g’ri, tejab, o’rnida foydalanish, ularni qazib olish, tashish, qayta ishlash, ishlatishda nobudgarchilikka yo’l ko’ymaslik, chiqindi kam chiqarish choralarini ko’rish, yangi konlar topish, ayniqsa yerning chuqurroq qatlamlarini o’rganish zarur va nihoyat ularning o’rnini bosuvchi yangi sun’iy manbalar topish va boshqalar. Qayta tiklanmaydigan tabiiy resurslardan oqilona foydalanilsa, ular kishilik jamiyati ehtiyojlarini uzoq muddatlargacha to’la ta’minlay oladi. Fan va texnika taraqqiyoti natijasida ba’zi foydali qazilmalar tugaguncha ularning o’rnini bosa oladigan yangi resurslar yaratish mumkin. Qayta tiklanadigan resurslarga asosan, suv, tuproq, o’simliklar va hayvonot dunyosi kiradi. Masalan: tuproq, unda o’simlik o’stirib foydalanilishi natijasida tugab yo’q bo’lib ketmaydi. Tuproq shuning uchun ham tugamaydigan – qayta tiklanadigan resurslar jumlasiga kiritiladiki, madaniy o’simliklar undagi mineral ozuqa moddalar (azot, fosfor, kaliybirikmalarini va boshqalar) ni shimib oladi, ana shu ozuqa moddalar tiklab borilmasa, tuproqning unumdorligi yildan-yilga kamayib, dehqonchilik uchun butunlay yaroqsiz bo’lib qoladi. Tajribadan ma’lumki, tuproq unumdorligini doimo tiklab borish mumkin. Bu tiklanish tabiiy va sun’iy ravishda bo’lishi mumkin. Masalan: tuproq yo’qotgan mineral ozuqalarini o’simlik qoldiqlarining chirishi natijasida, tog’lardan oqib keladigan suvlar tarkibidagi turli birikmalar hamda kishilar tomonidan beriladigan tabiiy mineral o’g’itlar hisobiga qayta tiklaydi. Agar tiklanadigan resurslardan plansiz ravishda, vaxshiylarcha foydalanilsa ular tiklanmaydigan holga tushib qoladi. Bunga yer sirtida atom bombasini portlashi, konlar tugagandan so’ng o’z holiga tashlab ketishlar va boshqalar kiradi. Tuprog’ini suv yuvib yoki shamol uchirib ketgan joyni qayta tiklash mumkin. Ammo buning uchun ko’p mablag’, uzoq vaqt mehnat qilish kerak. Ekinlar ekiladigan joylarga ko’plab kimyoviy o’g’itlar solish ham, uni yaroqsiz holga olib keladi, oqibatda hech narsa o’smaydigan bo’lib qoladi. Er sharida o’rmonlar, o’simliklar dunyosi nihoyatda ko’p va rang-barang. O’simlik dunyosi tabiatda alohida ahamiyat kasb etadi. Darahtlar, o’rmonlar qirqilsa, uni qayta tiklash mumkin. SHu sababli darahtlarni shartli ravishda qayta tiklanadi deyiladi. O’rmonlarni qayta tiklash uchun 20-30 yil vaqt kerak bo’ladi. Qayta tiklanishi mumkin bo’lgan tabiiy (boyliklar) resurslar sekinlik bilan, uzluksiz tiklanib boradi. Biroq ularning tiklanishi uchun ia’lum darajada tabiiy sharoit bo’lishi lozim. Agar ana shu tabiiy sharoit buzilsa, tabiiy resurslarning o’z-o’zidan tiklanishi sekinlashadi yoki batomom to’xtashi mumkin. Demak, inson qayta tiklanadigan (boyliklar) resurslaridan foydalanishda uning tabiiy holatiga alohida e’tibor berishi zarur. Suv yer yuzida hayot mavjudligining asosiy shartlaridan biridir. Suv manbalari hajmi, hosil bo’lishi va joylashish o’rniga qarab mahalliy, regional va global suv resurslariga bo’linadi. Suvsiz inson hayotining tasavvur qilib bo’lmaydi. Suv o’simliklar, hayvonlar va odamlar uchun hayot hamda asosiy ozuqa manbai hisoblanadi. Suvning eng yaxshi tomoni shundaki, undan qaysi maqsadda va qaerda foydalanilmasin, u yo’q bo’lib ketmaydi. Faqat bir holatdan boshqa holatga o’tishi, bir jism tarkibidan boshqa jism tarkibiga o’tishi mumkin. SHu sababdan ham suv tugamaydigan, qayta tiklanadigan tabiiy resurs hisoblanadi. Suv qayta tiklanish uchun: 1. daryolar, yer osti suvlari, muzliklar zapasi asrlar davomida o’zgarmasligi; 2. insonning xo’jalik faoliyati ta’sirida tabiiy suvlarning ifloslanish darajasi ularning sifat jihatidan o’z-o’zini tiklash imkoniyatidan katta bo’lmasligi lozim. Inson faoliyati ta’sirida Yer sharining ayrim joylarida suv miqdori ancha o’zgarishi va ifloslanib yaroqsiz holga kelib qolishi mumkin. Amaliy jihatdan olganda faqat okean suvlarigina tugamaydi. Ammo, okean suvlari ham neftь hamda turli chiqindilar ta’sirida o’zining suvlari ham neftь hamda turli chiqindilar ta’sirida o’zining tabiiy xususiyatini yo’qotadi. Bu hol esa hayvonlar va o’simliklar hayotini xavf ostida qoldiradi. CHuchuk (toza) suv miqdori yer sharida nihoyatda ko’p. Ammo Yer sharining ko’pgina joylarida uning miqdori kamaygan. Bu joylarda ekin maydonlarini sug’orish, kommunal ehtiyojlar sanoat xom ashyolari, ichish uchun toza suv yetishmaslik hollari sezilmoqda. Joylarda toza suvlarning kamayishiga sabab faqat unga bo’lgan talabning oshganligi bo’lmasdan, suv keladigan daryolarning, ko’llarning o’rmonlar kesilishi natijasida qurib qolishi va inson faoliyati natijasida suvning ifloslanishi kabi hollar ham sababchidir. Toza suv masalasi yildan-yilga eng muhim muammolardan biri bo’lib qolmoqda. Ifloslangan suv ichish uchun yaroqsiz bo’lib, u hatto tirik organizmlar uchun xavfli bo’lib qoladi. SHu sababdan undan ratsional foydalanish, uning tozaligini saqlash va muhofaza qilish hozirgi vaqtda eng muhim masalalardan biri hisoblanadi. Respublikamiz yillik yuza suv resurslari 99,5 km3 ga teng bo’lib uning faqat 12,2 km3qismi shu o’lka territoriyasida hosil bo’ladi. Ma’lumki, suv resurslarini muhofaza qilish ikki yo’nalishda olib boriladi. Birinchidan, uni miqdoriy jihatdan kamayishidan saqlash bo’lsa, ikkinchisi uning ifloslanish va minerallash darajasi oshib ketishining oldini olishdir. Hozirgi vaqtda o’lkamizda har ikki yo’nalish ham juda muhimdir. Iqlim resurslari. Atmosferadagi havo, shamol energiyasi iqlim resurslariga mansub. Atmosfera havosidan har qancha foydalanilgan taqdirda ham u tugamaydi boshqa narsaga aylanib qolmaydi. Hajmi ham deyarli o’zgarmaydi. SHu sababdan ham atmosfera havosi tugamaydigan tabiiy resurs hisoblanadi. Ammo havo insoniyatning turli faoliyati natijasida tez ifloslanib havfli manba bo’lib qolishi mumkin. Bu hol havoni muhofaza qilish lozimligini ko’rsatadi. Kosmik resurslarga quyosh radiatsiyasi, Yer va Oyning o’zaro tortishi natijasida dengiz hamda okeanlardagi suvning ko’tarilishi yoki pasayishi jarayonida hosil bo’ladigan energiyalar, olam fazosidagi yer sirtiga keladigan turli xil nurlar, meteorit oqimlar kiradi. Tabiat o’ziga ta’sir etmaydigan tabiiy omillarga bardosh berib, ularning ifloslanishidan o’z-o’zini himoya qilib turadi. Download 102.6 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling