Suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq


Download 1.7 Mb.
Sana25.10.2023
Hajmi1.7 Mb.
#1720813
Bog'liq
Suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq Baratov Jamshid

Suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq

Baratov Jamshid

406-guruh

Reja:

  •  Suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliqning ob’yekti va uni aniqlash tartibi.
  • Suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq va uning joriy etilish sabablari.
  • Suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq stavkalari

Soliq

Suv

Suv

Yer soligʻi, suv resurslaridan foydalanganlik uchun esa soliq va aksiz soligʻi stavkalari oʻrtacha 10 foizga indeksatsiya qilish nazarda tutilyapti. Bunda, qishloq xoʻjalik yerlarini sugʻorish uchun foydalanilgan suv hajmi qismi va baliqlarni oʻstirish (yetishtirish), shu jumladan, dehqon xoʻjaliklari uchun belgilangan suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq stavkalari 2021-yil darajasida (1 kub metr uchun 40 soʻm) saqlab qolinmoqda.


O‘zbekiston sharoitida suv qadrli hisoblanadi.Chunki, Respublikamizda qishloq ho‘jaligi asosan sug‘oriladigan yerlardan iborat. Suv har qanday davlat uchun asosiy boylik hisoblanadi.

Aholi punktlarining suv ta’minoti uchun suv yetkazib berishni amalga oshiruvchi yuridik shaxslar faqat o‘z ehtiyojlari uchun foydalanadigan suv uchun soliqni to‘lovchilar deb e’tirof etiladi. Yer usti va yer osti manbalaridan olib foydalaniladigan suv resurslari suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq (bundan buyon ushbu bo‘limda soliq deb yuritiladi) solish ob’yektidir.

Quyidagilar soliq solish ob’yekti bo‘lmaydi: 1) notijorat tashkilotlar tomonidan notijorat faoliyatni amalga oshirish doirasida foydalaniladigan suv resurslari; 2) sog‘liqni saqlash muassasalari tomonidan davolash maqsadida foydalaniladigan yer osti mineral suvlari, bundan savdo tarmog‘ida realizatsiya qilish uchun foydalanilgan suv hajmi mustasno; 3) atrof-muhitga zararli ta’sir ko‘rsatishining oldini olish maqsadida chiqarib olingan yer osti suvlari, bundan ishlab chiqarish va texnik ehtiyojlar uchun foydalanilgan suv hajmi mustasno;

4) shaxtadan suvlarni qochirish uchun, foydali qazilmalarni qazib olish paytida chiqarib olingan va qatlamdagi bosimni saqlab turish uchun yer qa’riga qayta quyiladigan yer osti suvlari, bundan ishlab chiqarish va texnik ehtiyojlar uchun foydalanilgan suv hajmi mustasno; 5) gidroelektrostansiyalar gidravlik turbinalarining harakati uchun foydalaniladigan suv resurslari; 6) issiqlik elektr stansiyalari va issiqlik elektr markazlari tomonidan qayta quyiladigan suv resurslari; 7) qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan sho‘rlangan yerlarni yuvish uchun foydalaniladigan, suvdan foydalanish va suv iste’moli sohasidagi vakolatli organ tomonidan tasdiqlangan sho‘rlarni yuvish normalari doirasidagi suv resurslari.

Foydalanilgan suvning hajmi soliq bazasidir. Suv resurslarining yer usti va yer osti manbalaridan olingan suv hajmi suvdan foydalanishning buxgalteriya (dastlabki) hisobi hujjatlarida aks ettirilgan suv o‘lchagich asboblar ko‘rsatkichlari asosida aniqlanadi.

Suv yetkazib berishni amalga oshiruvchi yuridik shaxslar vodoprovod tarmog‘iga suv resurslarining yer usti va yer osti manbalaridan kelib tushadigan suv hajmlarining nisbati to‘g‘risidagi ma’lumotlarni soliq organlariga joriy soliq davrining 15 yanvariga qadar taqdim etishi kerak. Soliq organlari uch kun ichida ushbu ma’lumotlarni soliq to‘lovchilar e’tiboriga yetkazishi lozim.

Yuridik shaxslarning hududida ta’mirlash-qurilish ishlarini va boshqa ishlarni bajaruvchi soliq to‘lovchilar ushbu ishlarni bajarish jarayonida foydalaniladigan suv uchun soliq to‘lamaydi. Ta’mirlash-qurilish ishlarini va boshqa ishlarni bajarayotganda foydalaniladigan suv hajmi uchun bu ishlar qaysi yuridik shaxslar uchun bajarilayotgan bo‘lsa, o‘sha yuridik shaxslar soliq to‘laydi. Qurilish ishlari yangi qurilish maydonchasida bajarilgan taqdirda, qurilishda foydalaniladigan suv hajmi uchun qurilish tashkiloti soliq to‘laydi.

Suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliqni hisoblash tartibi va budjetga to‘lash muddatlari. Suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq bo‘yicha soliq hisob-kitoblarini topshirish muddatlari.


Suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq summasi belgilangan stavkalar asosida quyidagicha aniqlanadi: SRFs = Vs x Ss; bunda: SRFs – suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq summasi; Vs – foydalanilgan suv hajmi; Ss – suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq stavkasi.

Muddatlari


Soliq hisoboti suvdan foydalanish yoki suvni iste’mol qilish joyidagi soliq organlariga quyidagilar tomonidan yilda bir marta taqdim etiladi: O‘zbekiston Respublikasi yuridik shaxslari tomonidan, bundan qishloq xo‘jaligi korxonalari mustasno — yillik moliyaviy hisobot taqdim etiladigan muddatda; qishloq xo‘jaligi korxonalari tomonidan — joriy soliq davrining 15 dekabrigacha; O‘zbekiston Respublikasida faoliyatini doimiy muassasalar orqali amalga oshirayotgan O‘zbekiston Respublikasining norezidentlari bo‘lgan yuridik shaxslar, shuningdek yakka tartibdagi tadbirkorlar tomonidan — soliq davridan keyingi yilning 20 yanvarigacha. Soliq organlari soliq to‘lash to‘g‘risidagi to‘lov xabarnomasini dehqon xo‘jaliklariga soliq davridan keyingi yilning 1 fevralidan kechiktirmay topshiradi. Soliq davri mobaynida soliq to‘lovchilar soliq bo‘yicha bo‘nak to‘lovlarni to‘laydi, bundan qishloq xo‘jaligi korxonalari, O‘zbekiston Respublikasida faoliyatini doimiy muassasalar orqali amalga oshirayotgan O‘zbekiston Respublikasining norezidentlari bo‘lgan yuridik shaxslar, shuningdek dehqon xo‘jaliklari mustasno.

Сводка

Мы, коллектив Contoso, считаем, что свое дело надо выполнять на 110 %. Используя архитектуру данных нового поколения, мы помогаем организациям виртуально управлять гибкими рабочими процессами. Мы процветаем благодаря пониманию рынка и отличному коллективу, отвечающему за продукт. Как говорит наш генеральный директор: "Эффективность достигается благодаря упреждающим преобразованиям способа ведения бизнеса".

Спасибо!

Мария Анисимова

maria@contoso.com

www.contoso.com


Download 1.7 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling