Manba: “Suv resurslaridan mukammal foydalanish va muxofaza qilish” Valiyev X.I., Murodov Sh.O., Xolboyev B.
2 bo‘lim. 7 bob. Qiyinchilik darajasi 2.
Sanitar suv o‘tkazish oqim miqdorini hisoblashda nimaga asoslanib hisoblaymiz?
95 % ta’minlanganlikdagi o‘rtacha minimal oylik suv sarfiga
100 % ta’minlanganlikdagi o‘rtacha yillik suv sarfiga
50 % ta’minlanganlikdagi o‘rtacha minimal oylik suv sarfiga
75 % ta’minlanganlikdagi o‘rtacha yillik suv sarfiga
Manba: “Suv resurslaridan mukammal foydalanish va muxofaza qilish” Valiyev X.I., Murodov Sh.O., Xolboyev B.
10 bo‘lim. 9 bob. Qiyinchilik darajasi 3.
Suv resurslarini boshqarish deganda nimani tushunasiz?
suv resurslarining sifat va miqdorini makon va vaqt davomida tarqalishi va taqsimlanishini iste’molcha talabiga moslashtirish
suv resurslarini suv xo‘jalik majmuasi qatnashuvchilarining talablariga asosan qayta taqsimlash hamda tarqatish
tabiatga zarar yetkazmagan holda suv xo‘jalik majmuasi qatnashuvchilarining talablari asosida mavjud suv resurslarini qayta taqsimlash
tabiatga zarar yetkazmagan holda suv xo‘jalik majmuasi qatnashuvchilarining talablari asosida mavjud suv resurslarini daryolar, suv omborlari, kanallar yordamida loyiha asosida taqsimlash
Manba: “Suv resurslaridan mukammal foydalanish va muxofaza qilish” Valiyev X.I., Murodov Sh.O., Xolboyev B.
5 bo‘lim. 3 bob. Qiyinchilik darajasi 2.
Suv resurslaridan mukammal foydalanish deb nimaga aytiladi?
suv manbalarining hamma foydali xossa va xususiyatlaridan bir vaqtda yoki ketma-ket iqtisodiy jihatdan oqilona foydalanishga aytiladi
suv manbalarini makon hamda vaqt davomida taqsimlanishini iste’molchi talabiga moslashtirishga aytiladi
suv manbalarini u yoki bu maqsadlarda ishlatilgan, ishlatilayotgan hamda ishlatilishi mumkun bo‘lgan suv miqdoriga aytiladi
oqova suvlarni suv manbalariga tashlashga yo‘l qo‘ymasdan bir vaqtda yoki ketma-ket iqtisodiy jihatdan oqilona foydalanishga aytiladi
Do'stlaringiz bilan baham: |