Suv resurslarini boshqarish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida
Download 59.06 Kb.
|
PQ-4486 09.10.2019 (1)
- Bu sahifa navigatsiya:
- “Xorazm viloyatining Toshsaqa tizimidagi magistral sug‘orish kanallarini tiklash” 145,5 mln
- “Navoiy viloyatidagi “Navoiy” va “Uchkara” nasos stansiyalarini rekonstruksiya qilish”
- “Janubiy Qoraqalpog‘istonda suv resurslarini boshqarishni yaxshilash” 376,7 mln
- Surxondaryo viloyatida suv resurslarini boshqarishni yaxshilash (Xazarbog‘ — Oqkapchigay kanallar tizimini rekonstruksiya qilish)”
- “Qarshi nasos stansiyalari kaskadini kapital-qayta tiklash. 3-faza” 105,3 mln
- “Farg‘ona vodiysida suv resurslarini boshqarish. 2-faza” 228,2 mln
- Suv xo‘jaligi obyektlarini qurish va modernizatsiya qilish bo‘yicha ustuvor investitsiya loyihalarining RO‘YXATI
- Qizilsoy sel suv omborini
- Obizarang sel suv omborini
- Amudaryo o‘ngqirg‘oq kollektorini
- “Zang” va “Bobotog‘”
- O‘zbekiston Respublikasi Suv xo‘jaligi vazirligining TAShKILIY TUZILMASI ”.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 9-oktabrdagi PQ-4486-son qaroriga 4-ILOVA Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti sohaga oid kafedralarining ishlab chiqarish va foydalanish tashkilotlari negizida joylashtiriladigan ixtisoslashtirilgan sinflari RO‘YXATI
Izoh: Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti sohaga oid kafedralarining ixtisoslashtirilgan sinflari o‘zaro kelishuvga ko‘ra boshqa ishlab chiqarish va foydalanish tashkilotlari negizida ham tashkil etilishi mumkin. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 9-oktabrdagi PQ-4486-son qaroriga 5-ILOVA O‘zbekiston Respublikasi Suv xo‘jaligi vazirligi huzuridagi Suv xo‘jaligi sohasidagi loyihalarni amalga oshirish agentligiga yuritish uchun topshiriladigan suv xo‘jaligi sohasidagi investitsiya loyihalari RO‘YXATI
Umumiy qiymati 1 384,7 mln AQSh doll. bo‘lgan jami 6 ta loyiha, shundan xorijiy kreditlar — 908,6 mln doll., O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining hissasi — 436,1 mln doll., O‘zbekiston Respublikasi Tiklanish va taraqqiyot jamg‘armasi — 40,0 mln doll. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 9-oktabrdagi PQ-4486-son qaroriga 6-ILOVA Suv xo‘jaligi obyektlarini qurish va modernizatsiya qilish bo‘yicha ustuvor investitsiya loyihalarining RO‘YXATI
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 9-oktabrdagi PQ-4486-son qaroriga 7-ILOVA O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 17-apreldagi “O‘zbekiston Respublikasi Suv xo‘jaligi vazirligi faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-3672-son qaroriga kiritilayotgan o‘zgartirishlar va qo‘shimcha 1. 1-bandning to‘qqizinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon etilsin: “zarur hollarda, O‘zbekiston Respublikasi Suv xo‘jaligi vazirligining (keyingi o‘rinlarda Vazirlik deb yuritiladi) markaziy apparati, shuningdek, idora va tashkilotlari tuzilmalariga xodimlarning belgilangan soni va mehnatga haq to‘lash jamg‘armasi doirasida o‘zgartirish kiritish”. 2. 5-bandning “b” va “v” kichik bandlari quyidagi tahrirda bayon etilsin: “b) suv xo‘jaligi vazirining birinchi o‘rinbosari quyidagilar uchun shaxsan javobgardir: suv xo‘jaligini rivojlantirish dasturlarini ishlab chiqish hamda amalga oshirish, shu jumladan suv xo‘jaligi obyektlarini qurish, rekonstruksiya va modernizatsiya qilish bo‘yicha ustuvor hamda istiqbolli loyihalarni shakllantirish; sohaga xalqaro moliya institutlarining grantlari va kreditlarini jalb qilish, xalqaro tashkilotlar faoliyatida Vazirlikning faol ishtirokini ta’minlash; suv xo‘jaligi va suvdan foydalanish tizimini takomillashtirishga, irrigatsiya va melioratsiya tizimini, suv omborlari, nasos stansiyalari va boshqa suv xo‘jaligi hamda gidrotexnika inshootlarini rivojlantirishga qaratilgan loyihalarni samarali va o‘z vaqtida amalga oshirish; suv xo‘jaligini mexanizatsiyalashtirish, suv xo‘jaligi tashkilotlarining meliorativ mashinalar va mexanizmlar parkini yangilash, yoqilg‘i-moy materiallari jamg‘armasini shakllantirish va undan oqilona foydalanish sohasidagi ishlarni tashkil etish va muvofiqlashtirish; suv xo‘jaligi sohasida ilmiy va ilmiy-texnik faoliyatni rivojlantirish, Vazirlik tizimining ilmiy salohiyatini oshirish va mustahkamlash; v) suv xo‘jaligi vazirining o‘rinbosarlari quyidagilar uchun shaxsan javobgardirlar: suv resurslarini boshqarishni havza tamoyili asosida tashkil etish va suvni cheklangan tarzda ishlatish hamda undan foydalanish tartibini amalda ro‘yobga chiqarishni ta’minlash, suv resurslari balansini ishlab chiqish, davlat suv kadastri va suv hisobini yuritish, barcha manbalarning suv resurslari bo‘yicha yagona ma’lumotlar bazasini yaratish hamda rivojlantirish; irrigatsiya va melioratsiya tizimlaridan, boshqa suv xo‘jaligi va gidrotexnika inshootlaridan lozim darajada foydalanilishini, ularning uzluksiz ishlashini va muntazam ravishda modernizatsiya qilinishini ta’minlash, Vazirlik tasarrufida bo‘lgan yirik va o‘ta muhim suv xo‘jaligi obyektlari xavfsizligini ta’minlash va muhofazasini tashkil etish, ularning texnik jihatdan ishonchliligini oshirish; sug‘oriladigan yerlarning meliorativ holatini yaxshilash bo‘yicha dasturlar ishlab chiqish va ularni amalga oshirish, yer osti suvlarini me’yorda ushlab turish hamda sug‘oriladigan yerlarning sho‘rlanishini kamaytirish, yerlarning meliorativ holatini yaxshilash va bardoshliligini ta’minlash bo‘yicha choralar ko‘rish; suvni tejaydigan sug‘orish texnologiyalari, shu jumladan, tomchilatib va yomg‘irlatib sug‘orish tizimlari qo‘llanilishini rivojlantirish, shuningdek, suvni tejab ishlatishni taqdirlash va rag‘batlantirish mexanizmlari bo‘yicha takliflar ishlab chiqish, suv iste’molchilari uyushmalari faoliyatini muvofiqlashtirish, qo‘llab-quvvatlash, ichki xo‘jalik sug‘orish tarmoqlari hamda ularning gidrotexnika inshootlarini ekspluatatsiya qilish va rivojlantirish bo‘yicha ishlarni tashkil etish; Vazirlikning suv xo‘jaligi foydalanish tashkilotlarini zarur zamonaviy texnikalar bilan ta’minlash, ularning maqsadli va samarali ishlatilishi bo‘yicha choralar ko‘rish, suv xo‘jaligi sektoriga zamonaviy, innovatsion hamda resurs tejaydigan texnologiyalarni joriy etish, suvni boshqarish va undan foydalanish sohasidagi axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini va ilg‘or xorijiy usullarni keng qo‘llash; kadrlarni tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish, suv xo‘jaligi tashkilotlarining ta’lim va ilmiy muassasalar bilan o‘zaro integratsiyasini kuchaytirish, ilm-fan yutuqlarini va innovatsion ishlanmalarni amaliyotga tatbiq qilish choralarini ko‘rish”. 3. 1-ilova matni quyidagi tahrirda bayon etilsin: “O‘zbekiston Respublikasi Suv xo‘jaligi vazirligining TAShKILIY TUZILMASI ”. 4. 2-ilova matni quyidagi tahrirda bayon etilsin: “O‘zbekiston Respublikasi Suv xo‘jaligi vazirligi markaziy apparatining TUZILMASI Boshqaruv xodimlarining cheklangan soni — 96 birlik. * Texnik va xizmat ko‘rsatuvchi xodimlar soni o‘rnatilgan me’yorlarga muvofiq aniqlanadi. ”. 5. 3-ilovada: “Qurilish va ta’mirlash ishlarini tashkil qilish bo‘limi 3” blokidagi “3” raqami “2” raqami bilan almashtirilsin; izohdagi “20” raqami “19” raqami bilan almashtirilsin. 6. 4-ilovada: “Qurilish va ta’mirlash ishlarini tashkil qilish bo‘limi 2-3” blokidagi “2-3” raqamlari “2” raqami bilan almashtirilsin; “Moliya-xo‘jalik bo‘limi 4” blokidagi “4” raqami “3-4” raqamlari bilan almashtirilsin; izohdagi “231”, “20” va “17” raqamlari tegishincha “219”, “19” va “16” raqamlari bilan almashtirilsin. 7. 5 v-ilovada: “Moliya-xo‘jalik bo‘limi 2” blokidagi “2” raqami “1-2” raqamlari bilan almashtirilsin; izoh quyidagi tahrirda bayon etilsin: “Boshqaruv xodimlarining umumiy shtatlar soni — 92 birlik, shu jumladan: Qoraqalpog‘iston Respublikasi Suv xo‘jaligi vazirligi huzuridagi meliorativ ekspeditsiyada, Amu-Buxoro va Amu-Qashqadaryo irrigatsiya tizimlari havza boshqarmalari huzuridagi meliorativ ekspeditsiyalarda — 8 birlik (I guruh); Norin-Qoradaryo, Amu-Surxon, Chapqirg‘oq-Amudaryo, Norin-Sirdaryo, Quyi-Sirdaryo, Sirdaryo-Zarafshon, Sirdaryo-So‘x va Chirchiq-Ohangaron irrigatsiya tizimlari havza boshqarmalari huzuridagi meliorativ ekspeditsiyalarda — 7 birlik (I guruh); Quyi-Zarafshon va Zarafshon irrigatsiya tizimlari havza boshqarmalari huzuridagi meliorativ ekspeditsiyalarda — 6 birlik (II guruh). *) Ishlab chiqarish, texnik va xizmat ko‘rsatuvchi xodimlar soni o‘rnatilgan me’yorlarga muvofiq aniqlanadi”. 8. 5 g-ilovaning izohida: birinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon etilsin: “Boshqaruv xodimlarining umumiy shtatlar soni — 31 birlik, shu jumladan:”; quyidagi mazmundagi to‘rtinchi xatboshi bilan to‘ldirilsin: “Norin-Sirdaryo irrigatsiya tizimlari havza boshqarmasi huzuridagi Katta Namangan magistral kanali (7 birlik) va Shimoliy Farg‘ona magistral kanali (8 birlik) boshqarmalari — 15 birlik”. 9. 5 d-ilovada: “Suv resurslari, gidrometriya va dispetcherlik xizmati bo‘limi 1 — 6” blokidagi “6” raqami “5” raqami bilan almashtirilsin; izoh quyidagi tahrirda bayon etilsin: “Boshqaruv xodimlarining umumiy shtatlar soni — 392 birlik, shu jumladan: Qoraqalpog‘iston Respublikasi Suv xo‘jaligi vazirligi huzuridagi “Kattagar-Bo‘zatov” (5 birlik), “Quarishjarma” (7 birlik), “Qizketken-Kegeyli” (9 birlik), “Paxtaarna-Nayman” (10 birlik), “Suyenli” (13 birlik) irrigatsiya tizimi boshqarmalari va Orol bo‘yi delta boshqarmasi (4 birlik) — 48 birlik; Norin-Qoradaryo irrigatsiya tizimlari havza boshqarmasi huzuridagi “Andijonsoy” (5 birlik), “Qoradaryo-Maylisoy” (4 birlik), “Savay-Oqburasoy” (4 birlik), “Ulug‘nor-Mazgilsoy” (6 birlik), “Shahrixonsoy” (6 birlik) irrigatsiya tizimi boshqarmalari — 25 birlik; Amu-Buxoro irrigatsiya tizimlari havza boshqarmasi huzuridagi “Amu-Qorako‘l” (8 birlik), “Toshrabot-Jilvon” (6 birlik), “Xarxur-Duoba” (7 birlik), “Shoxrud-Do‘stlik” (7 birlik) irrigatsiya tizimi boshqarmalari — 28 birlik; Sirdaryo-Zarafshon irrigatsiya tizimlari havza boshqarmasi huzuridagi “Zomin” (7 birlik), “Tuyatortar-Qli” (4 birlik), “Uchtom” (5 birlik) irrigatsiya tizimi boshqarmalari — 16 birlik; Amu-Qashqadaryo irrigatsiya tizimlari havza boshqarmasi huzuridagi “Qarshi magistral kanali” (17 birlik), “Mirishkor” (11 birlik), “Oqsuv” (8 birlik), “Eski-Anhor” (8 birlik), “Yakkabog‘-G‘uzor” (7 birlik) irrigatsiya tizimi boshqarmalari — 51 birlik; Quyi-Zarafshon irrigatsiya tizimlari havza boshqarmasi huzuridagi “Karmana-Konimex” (5 birlik), “Toshrabot-O‘rtacho‘l” (5 birlik) irrigatsiya tizimi boshqarmalari — 10 birlik; Norin-Sirdaryo irrigatsiya tizimlari havza boshqarmasi huzuridagi “Zardaryo” (7 birlik); “Norin-Haqqulobod” (5 birlik), “Podshoota-Chodak” (7 birlik) irrigatsiya tizimi boshqarmalari — 19 birlik; Zarafshon irrigatsiya tizimlari havza boshqarmasi huzuridagi “Oq-Qoradaryo” (8 birlik), “Darg‘om” (11 birlik), “Miankal-Tos” (5 birlik), “Mirza-Pay” (9 birlik), “Narpay” (8 birlik) irrigatsiya tizimi boshqarmalari — 41 birlik; Amu-Surxon irrigatsiya tizimlari havza boshqarmasi huzuridagi “Amu-Zang” (11 birlik), “Surxon-Sherobod” (9 birlik), “To‘palang-Qoratog‘” (11 birlik) irrigatsiya tizimi boshqarmalari — 31 birlik; Quyi-Sirdaryo irrigatsiya tizimlari havza boshqarmasi huzuridagi “Boyovut” (14 birlik), “Sho‘ro‘zak-Sirdaryo” (11 birlik) irrigatsiya tizimi boshqarmalari — 25 birlik; Chirchiq-Ohangaron irrigatsiya tizimlari havza boshqarmasi huzuridagi “Ohangaron-Dalvarzin” (12 birlik), “Bo‘zsuv” (10 birlik), “Parkent-Qorasuv” (13 birlik) irrigatsiya tizimi boshqarmalari — 35 birlik; Sirdaryo-So‘x irrigatsiya tizimlari havza boshqarmasi huzuridagi “Isfayram-Shohimardon” (9 birlik), “Isfara-Sirdaryo” (7 birlik), “Norin-Farg‘ona” (9 birlik), “So‘x-Oqtepa” (7 birlik) irrigatsiya tizimi boshqarmalari — 32 birlik; Chapqirg‘oq Amudaryo irrigatsiya tizimlari havza boshqarmasi huzuridagi “Qaramazi-Qilichbay” (5 birlik), “Polvon-G‘azovat” (8 birlik), “Toshsaqa” (8 birlik), “Shovot-Qulovat” (10 birlik) irrigatsiya tizimi boshqarmalari — 31 birlik. 10. 6a-ilova matni quyidagi tahrirda bayon etilsin: “O‘zbekiston Respublikasi Suv xo‘jaligi vazirligi huzuridagi Katta va alohida muhim suv xo‘jaligi obyektlarining texnik holatini hamda bexatar ishlashini nazorat qilish davlat inspeksiyasi TUZILMASI Umumiy cheklangan soni — 51 birlik, shundan boshqaruv xodimlari soni — 24 birlik”. (Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 10.10.2019-y., 07/19/4486/3886-son) Download 59.06 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling