Suv resurslarini boshqarish


Gidrosferaning chuchuk suvlari


Download 0.53 Mb.
Pdf ko'rish
bet12/18
Sana06.05.2023
Hajmi0.53 Mb.
#1436322
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   18
Bog'liq
6SJkQAEGBC3nFYbfLmSw3ChZG07Hb5oCBb96fBVU

Gidrosferaning chuchuk suvlari 
1.2-jadval


Gidrosfera qismlari 
CHuchuk suv 
xajmi, km
3
Gidrosferaning 
berilgan 
qismidan % 
CHuchuk suvning 
umumiy xajmidan 
%
Muzliklar
24000000
100 
85 
Yer osti suvlari 
4000000 
6.7 
14 
Ko‗llar va suv omborlari 
155000 
55 
0.8 
Tuproqning namligi
83000 
98 
0.3 
Atmosfera bug‗lari 
14000 
100 
0.06 
Daryo suvlari 
1200 
100 
0.004 
Jami
28253200 

100 
Insoning xo‗jalik faoliyati xususiyatidan kelib chiqqan holda «suv 
resurslari» tushunchasidan foydalaniladi. Bunda tuproq va atmosfera havosi 
namliklarini ham hisobga olgan holda yer usti suvlari zahiralaridan xo‗jalik uchun 
foydalanishga yarokli bo‗lgan qismi tushuniladi. Yer usti suvlari resurslari asosan 
suvlilik sharoiti bo‗yicha o‗rtacha hisoblangan yilning umumiy okimi bilan 
belgilanadi. Yer usti suv resurslari planeta va alohida mintaqalar bo‗ylab notekis 
taksimlangan va notekis foydalaniladi. MDH davlatlari dunyodagi ulkan suv 
resurslariga ega. MDH suv resurslari daryo oqimining o‗rtacha yillik qiymati 
bo‗yicha dunyoda 2-o‗rinni (Braziliyadan keyin) egallaydi. Yer osti suvlarining 
potensiali ham kattadir. Ammo bu resurslar MDX davlatlari bo‗ylab o‗ta notekis 
tarqalgan. Bunday holat alohida mintaqalarning geografik, iqlim, geologik va 
gidrogeologik sharoitlari bilan xarakterlanadi.
MDH bo‗yicha yer usti suvlari okimining umumiy o‗rtacha yillik miqdori
deyarli 4,7 ming kub km. ni tashkil etadi. Bunda uning katta kismi Rossiya 
Federatsiyasiga to‗g‗ri keladi - 4,27 ming kub km (90%). Oqimning notekis 
tarqalishi MDH davlatlarining suv resurslari bilan turlicha taminlanganligi 
sharoitini ham belgilaydi. Agar MDH davlatlari uchun solishtirma suv bilan 
taminlanganlik yiliga bir km
2
ga 210 ming km
3
bo‗lsa, eng yuqori darajadagi 
ta‘minlanganlik Gruziya va Tojikistonga to‗g‗ri keladi va mos ravishda bir km
2
ga 
877 va 667 ming km
3
ni tashkil etadi. Suv bilan ta‘minlanganlik darajasining eng 


past qiymatlari Turkmaniston va Kozogistonga to‗g‗ri keladi hamda mos ravishda 
yiliga bir km
2
ga 145 va da 46 ming km
3
ni tashkil etadi.
Quruqlik yuzasiga har yili o‗rtacha 800 mm yog‗in yog‗adi, 485 mm 
bug‗lanadi, dunyo okeani yuzasiga esa 1270 mm yog‗in yog‗adi va 1400 mm 
bug‗lanadi, okeanga kuruklikdan keladigan oqim yiliga 315 mm ni tashkil etadi. 
Yer planetasi bo‗yicha yog‗inlarning umumiy miqdori bug‗lanayotgan suv 
mikdoriga teng. Yerning suv balansi ko‗rsatishicha suvning aylanma harakatida 
gidrosferaning juda kichik qismigina qatnashadi. Bu dunyo suv resurslarining 0,04 
% nigina tashkil etadi, ammo ular insoniyatni chuchuk suv bilan taminlaydi. 
Chuchuk suv yer sharida o‗ta notekis tarqalgan. Okeaniya orollari va Janubiy 
Amerika suv bilan eng yaxshi taminlangan hududlardir. Yangi Zelandiya, Yangi 
Gveneya, Tasmaniyada xar yili o‗rtacha 3 metrli yog‗inlar qatlami yog‗adi va xar 
bir km
2
kuruklik yuzasidan sekundiga 50 l gacha suv oqimi shakllanadi. Janubiy 
Amerika qit‘asiga yiliga 1,5 m yog‗in yog‗adi. Har km
2
quruqlik yuzasidan 
o‗rtacha shakllanadigan oqim sekundiga 21 l. ni tashkil etadi. Lekin Avstraliyada 
chuchuk suv juda kam: uning xududining 2/3 qismini saxro va yarimsaxro 
egallaydi, ularning yuzasiga yiliga 300 mm yog‗in yog‗adi. Bu qitadagi jami oqim 
300 km

ni tashkil etadi (Volga daryosining oqimidan biroz ko‗p). 
Bu hududda har 
kvadrat metrdan okeanga sekundiga bir litrdan ortiq suv tushmaydi. Afrika ham 
chuchuk suv zaxiralariga boy bo‗lmagan, nam tropik o‗rmonlar va keng qaynoq 
cho‗llar qit‘asi bo‗lib, u bilan qo‗shni bo‗lgan hududlarda ba‘zan halokatli va ko‗p 
yillik qurg‗oqchilikni keltirib chiqaradi.
Boshqa qit‘alardan ajralib turuvchi «muzli kit‘a» Antarktida oqim umuman 
yo‗k. Antarktida doimiy daryolarga ega emas, faqat yoz davrida muz bilan 
siqilgan tekisliklarda 30-40 km uzunlikdagi yerigan suvlarning vaqtinchalik oqimi 
hosil bo‗ladi. SHunga qaramay, Antarktida o‗z qa‘rida –hududining deyarli to‗liq 
holda 1,5 km, ayrim joylarda esa 4,2 km qalinlikdagi muz katlamiga ega bo‗lib, yer 
kurrasidagi barcha chuchuk suv zaxiralarining 62%ni saqlaydi. Agar 
planetamizning bu ulkan chuchuk suv zaxirasi erib ketganda dunyo okeanining 
sathi 60 m ga ko‗tarilgan bo‗lar edi. Yaxshiyamki, bu kit‘aning o‗rtacha yillik 


harorati -50° darajadan pastda turadi, va uning muz koplami juda sekinlik bilan 
dunyo okeaniga erib tushib, ulkan muz qoyalar-aysberglar ko‗rinishida suzib 
yuradi.
Shunday qilib, cho‗llarning kam aholi yashaydigan xududlaridan tashqari, 
planetamiz aholisini chuchuk suvning yo‗qligi emas, balki uning «fazoda va 
vaktda» nomaqbul tarqalganligi xavotirga solishi kerak. Shunga qaramay, XX 
asrning ikkinchi yarmida suv resurslari muammosi iqtisodiyotning eng birinchi 
navbatdagi muammolaridan biri aylanib ulgurdi. XX asrning 80-yillarida insoniyat 
o‗z extiyojlari uchun yiliga 3000 mlrd. m
3
chuchuk suv sarflagan, bu barcha 
daryolar umumiy yillik oqimining 7% ni tashkil etadi. Ammo suv iste‘moli uchun 
suv sarflari kun sayin emas, soat sayin ortib bormoqda. Amerika gidrotexniklari 
AQSHda suv iste‘moli soatiga 5,7 ming m
3
tezlikda ortib borayotganligini 
hisobladilar. Yer yuzida chuchuk suv sarfi keskin ortishi kutilmoqda. Suv asosan 
sanoat, issiklik energetikasi, qishloq xo‗jaligi, muntazam o‗sib borayotgan 
shaharlarning kommunal xo‗jaliklari extiyojlariga sarflanadi. Foydalanish 
jarayonida suvlarning asosiy qismi yo‗kolib ketmay, suv aylanmasiga qaytsa-da, 
u, amalda, ifloslangan xolda qaytadi («suvning katta qismini iste‘mol qilmaydilar, 
undan foydalanadilar» va natijada undan qayta foydalanish uchun qimmatbaho 
tozalash tadbirlariga zaruriyat tug‗iladi. U yoki bu qit‘aning yoki xatto 
mamlakatning suv bilan ta‘minlanganligi xaqidagi ijobiy o‗rtacha statistik 
ma‘lumotlarga qarshi o‗laroq, sanoati rivojlangan davlatlar va aloxida industrial 
rayonlarda (AQSHning shimol sanoat xududi, Evropaning qator xududlari, MDH 
va b.) deyarli nafaqat daryolar resurslarini, balki yer osti suvlarini ham sarflab 
bo‗lishganligiga xayron qolmasa xam bo‗ladi. Shu bilan birga Braziliyaning kam 
aholili tropik o‗rmonlaridan oqib o‗tadigan Amazonkaning suv resurslari yoki 
buyuk Sibir daryolarning ulkan suv resurslaridan deyarli foydalanilmaydi.
Shubxasiz, keyinchalik daryo oqimidan oqilona foydalanish va uni vaktda va 
makonda boshqarish insoniyatni suv bilan ta‘minlanishining eng muxim 
resurslaridan bo‗lib qoladi. Muzliklardagi chuchuk suvlardan foydalanish yoki 
dengiz suvlarini chuchuklashtirish hozirgi kunda nisbatan ancha katta 


masshtablarda amalga oshiriladi. Ammo bir zaruriyat borki, bu ham bo‗lsa 
insoniyat xozirning o‗zida, iqtisodiyotning xar qaysi sohasida, har bir mintaqa, 
mamlakat, qit‘a chegarasida suv resurslaridan foydalanishda tejamkorlik 
zaruriyatidir. Suv resurslarini har erda tejash, suvni sarflashning yopiq sikllariga 
o‗tish, kamroq suv sarflaydigan texnologiyalarni ishlab chiqish va, nixoyat, suvni 
ifloslanishdan saqlash va barcha oqava suvlarini tozalash barqaror taraqqiyotning 
zaruriy shartidir.
Chuchuk suvlar umumiy xajmining faqat 0,01 % gina suyuq xolatda
daryolarda va 1,47% ko‗llarda to‗plangan. Mazkur suvlarni yig‗ish va ular bilan 
iste‘molchilarni muntazam ta‘minlash, shuningdek suv toshqinlarining oldini olish 
hamda elektr energiyasini ishlab chikarish uchun ko‗p daryolarda tug‗onlar 
qurilgan.
Suvning eng ko‗p oqimiga, binobarin, eng katta energetik potensialga 
Janubiy Amerikadagi Amazonka, Afrikadagi Kongo (Zoir) Janubiy Osiyodagi 
Gang va Braxmaputra, Xitoydagi Yanszi, Rossiyadagi Enisey, AQSHda Missisipi 
va Missuri daryolari egadir.
125 ming km
3
suvni o‗zida jamlagan chuchuk suvli ko‗llar daryo va sun‘iy 
suv omborlari insonlar bilan bir qatorda jonivorlar uchun muxim manba 
xisoblanadi. Ulardan shuningdek, qishloq xo‗jaligi yerlari, navigatsiya, rekreatsiya, 
baliqchilik va afsuski, maishiy va sanoat chiqindilarini tashlash uchun ham 
foydalaniladi. Ba‘zan, asta-sekin cho‗kindilar bilan to‗lishi yoki sho‗rlanishi 
oqibatida ko‗llar quriydi, ammo gidrosfera evolyusiyasi jarayonida ba‘zi joylarda 
yangi ko‗llar xosil bo‗ladi. Hatto «sog‗lom» ko‗llarda xam suv sathi ulardan 
chiquvchi daryo va irmoqlar harakati, tuproqqa singish va bug‗lanish tufayli 
pasayadi. Ularning tiklanishi yog‗inlar va ularga quyiladigan daryo va 
irmoqlarning, shuningdek, buloqlarning quyilishi xisobiga yuz beradi. Ammo, 
bug‗lanish natijasida hamda daryo oqimi bilan birga keladigan tuzlar hisobiga 
sho‗rlanish jarayoni ham davom etadi. SHuning uchun ming yillar o‗tib ko‗llar o‗ta 
sho‗r va ko‗p mikroorganizmlar hayoti uchun yaroqsiz bo‗lib qolishi mumkin.


Chuchuk suvlarning taxminan 37,5 mln. km
3
, yoki 98% suyuk xolatdagi 
yer osti suvlaridan iboratdir. Ularning taxminan 50%, 800m dan katta bo‗lmagan 
chukurliklarda joylashgan. Ammo, olinishi mumkin bo‗lgan yer osti suvlari xajmi 
suvli qatlamlar va suvni tortib chiqaruvchi nasoslar quvvati (imkoniyati) bilan 
belgilanadi. Saxara (Saxroi kabir) cho‗lidagi yer osti suvlarining zaxirasi taxminan
625 ming km
3
ni tashkil etadi. Hozirgi sharoitlarda ular yer usti suvlari xisobiga 
to‗ldirilmaydi, tortib olinganda esa qurib qoladi. Ba‘zi katta chukurlikda 
joylashgan yer osti suvlari suvlarning aylanma harakatida umuman ishtirok 
etmaydi va faqat faol vulqonli hududlarda bunday suvlar bug‗ shaklida ko‗tariladi.
Ammo yer osti suvlarining sezilarli qismi baribir yer ustiga chiqadi. Og‗irlik 
kuchi ta‘siri ostida bu suvlar tog‗ jinslarining qiya joylashgan suv o‗tkazmaydigan 
qatlamlari bo‗ylab xarakatlanib, tog‗ yon bag‗rlari va etaklaridan buloq va irmoq 
ko‗rinishlarida oqib chiqadi. Bundan tashkari, ular nasoslar bilan tortiladi, 
shuningdek, o‗simliklar ildizlari bo‗ylab ko‗tarilib keyin transpiratsiya jarayonida 
atmosferaga chiqadi. Sizot suvlari sathi, yer osti suvlarining etish mumkin bo‗lgan 
yuqori chegarasidir. Nishabliklar mavjud bo‗lgan xolatlarda sizot suvlari satxi yer 
sathi bilan kesishadi va buloq xosil bo‗ladi. Agar yer osti suvlari katta gidrostatik 
bosim ostida bo‗lsa, unda uning yuqoriga chiqish joylarida artezian manbalar 
shakllanadi. Quvvatli nasoslar yaratilishi va zamonaviy parmalash texnikalarining 
rivojlanishi bilan yer osti suvlarini chiqarish osonlashdi. Suvli qatlamlariga 
joylashtirilgan kichik quduqlar yordamida suv olishni ta‘minlash uchun 
nasoslardan foydalaniladi. Ammo bosimli artezian suvlari sathigacha bo‗lgan katta 
chukurlikda qazilgan quduqlarda artezian suvlari ko‗tariladi va yuqorida 
joylashgan sizot suvlarini to‗yintiradi, ba‘zan esa yuzaga chiqadi. Yer osti suvlari 
asta, bir sutkada yoki bir yilda bir necha metr siljiydi. Quduq qazish joyini to‗g‗ri 
tanlash uchun odatda, xududning geologik tuzilishi haqidagi ma‘lumotlar talab 
etiladi.
Yer sharining ba‘zi joylarida yer osti suvlari iste‘molining ortib borishi 
jiddiy oqibatlarga olib keldi. Yer osti suvlarini, ularning tabiiy tiklanishi 
imkoniyatlaridan taqqoslab bo‗lmas darajada ortiq tarzda va katta xajmda 


chiqarilishi namlik etishmovchiligiga olib keladi. Bu esa yer osti suvlari sathining 
pasayishiga hamda ularni chiqarish uchun sarflanadigan qimmatbaxo elektr 
energiyasiga bo‗lgan talabni ortishiga olib keladi. Suvli qatlamlar qurib bitgan 
joylarda yer satxi cho‗ka boshlaydi va u yerda suv resurslarining tabiiy yo‗l bilan 
tiklanishi qiyinlashadi.
Qirg‗ok yaqinidagi xududlarda yer osti suvlarining xaddan ortiq olinishi 
qatlamlarni dengizning sho‗r suvi to‗yinishiga olib keladi, va shu tarzda chuchuk 
suvning maxalliy manbalari degradatsiyasi yuzaga keladi. Tuzlarning asta-sekin 
to‗planishi oqibatida yer osti suvlari sifatining yomonlashuvi yanada xavfliroq 
oqibatlarga olib kelishi mumkin. Tuz manbalari tabiiy (masalan grunt tarkibidagi 
tuzlarning yerishi va chiqishi) bo‗lishi bilan birga antropogen (o‗g‗it solish yoki 
sho‗r suvlarni sug‗orish maqsadida haddan ortiq ishlatish) bo‗lishi xam mumkin.
Tog‗ muzliklaridan to‗yinadigan daryolar suvi tarkibida, odatda, 1g/l dan 
ko‗p bo‗lmagan miqdorda tuz bo‗ladi, ammo ba‘zi daryolar suvlarining 
minerallashganligi 9 g/l gacha bo‗lishi mumkin. Bu ularning katta uzunlikda tuzli 
jinslardan tarkib topgan xududlarni drenajlashi oqibatida yuzaga keladi. Zaxarli 
kimyoviy moddalarning tartibsiz tashlanishi yoki ko‗milishi natijasida ular 
ichimlik yoki irrigatsiya suvlari manbasi xisoblangan suvli qatlamlarga sizib kirishi 
yuz beradi. Qator xolatlarda zararli kimyoviy moddalar yer osti suvlariga sizib 
kirishi va u yerda sezilarli mikdorda to‗planishi uchun bir necha yoki bir necha o‗n 
yil ketadi. Birok, suv keltiruvchi qatlam agar bir marta ifloslangan bo‗lsa, uning 
tabiiy ravishda o‗z-o‗zini tozalashi uchun 200 dan 10000 yilgacha muddat kerak 
bo‗ladi.
Chuchuk suvlar insonga gidrologik siklda yoki tabiatdagi suvning aylanma 
harakati natijasida etib keladi.
Xar yili suvning bug‗lanishi yoki yomg‗ir va qor ko‗rinishida yog‗inlarning 
yog‗ishi oqibatidagi suvning aylanma harakatida taxminan 500000 km
3
suv 
ishtirok etadi. Nazariy xisoblarga ko‗ra foydalanish mumkin bo‗lgan chuchuk 
suvlarning maksimal xajmi yiliga 41 000 km
3
ni tashkil etadi. Chuchuk suvlardan 


foydalanishda ularni ko‗p marta ishlatish va qaytmas sarflar hajmini oshishi 
nazarda tutiladi.
Suvdan ko‗p marta foydalanish navigatsiya, baliqchilik va gidroelektr 
energiyasi olish kabi misollarda ta‘riflanishi mumkin. Qaytmas suv iste‘moliga u 
iste‘mol qilingandan keyin bug‗lanish oqibatida yo‗qotilgan (shu jumladan, 
o‗simlik barglaridan) chuchuk suv; shuningdek, oziq-ovkat maxsulotlari 
tarkibidagi suv va dengizning sho‗r suviga qo‗shilib ketgan oqim suvlari kiradi. 
Butun jaxondagi chuchuk suvning kaytmas sarfi yiliga 2500 dan 3000 km
3
gacha 
bo‗ladi, bunda bu mikdorning taxminan 10% maishiy maqsadlarda, 8% sanoatda, 
eng katta qismi (82%) esa irrigatsiya va qishloq xo‗jaligi uchun sarflangan 
suvlarga to‗g‗ri keladi.

Download 0.53 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   18




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling