Suv resurslarini boshqarish
Iqtisodiy va ekologik extiyojlar uchun suvga bo‘lgan talabning
Download 0.53 Mb. Pdf ko'rish
|
6SJkQAEGBC3nFYbfLmSw3ChZG07Hb5oCBb96fBVU
- Bu sahifa navigatsiya:
- Suvdan foydalanish
- Suv iste’moli (suvni iste’mol qilish)
1.3. Iqtisodiy va ekologik extiyojlar uchun suvga bo‘lgan talabning
ortish dinamikasi Inson faoliyatida suv juda keng qo‗llaniladi. Suv sanoatda turli xil maxsulotlar va texnologik jarayonlar tarkibiga kiruvchi xom-ashyo, issiqlik keltiruvchi vazifasini bajaradi, isitish maqsadlari uchun xizmat qiladi. Suvning muayyan balandlikdan tushish kuchi gidroelektrostansiyalar trubinalarini xarakatga keltiradi. Suv omili qator sanoat korxonalarini rivojlantirish va joylashtirishda belgilovchi omil xisoblanadi. Sanoatning suvni ko‗p sarflovchi tarmoqlariga kimyo va neft-kimyo sanoati korxonalari kiradi, ularda suv nafaqat yordamchi material, balki xomashyoning eng muxim turlaridan biri sifatida xizmat qiladi. Xuddi shunday suv elektr energetikasi, qora va rangli metallurgiya, o‗rmon xo‗jaligining bazi sohalari, engil va oziq ovqat sanoatida ham xizmat qiladi. Suv qurilishi va qurilish materiallari sanoatida xam keng qo‗llaniladi. Insonning qishloq xo‗jalik faoliyati ayniqsa sug‗orma dehqonchilik katta miqdordagi suv istemoli bilan boglik. Daryo, kanal va ko‗llar – arzon traspor yo‗llaridir. Suv ob‘ektlari bu – insonlarning dam olishi, sog‗ligini tiklash, sport va turizm maskanlaridir. O‗z taraqqiyotida insoniyat suvdan foydalanishning ko‗plab bosqichlarini bosib o‗tgan. Avval boshda suvdan to‗g‗ridan to‗g‗ri – ichimlik sifatida, ovqat tayyorlash uchun, maishiy xo‗jalik maqsadlarida foydalanilgan. Asta sekin daryo va dengizlarning suv transportini rivojlantirishdagi axamiyati ortib boradi. Sivilizatsiyaning ko‗plab yangi markazlari barpo bo‗lishi aynan suv yo‗llari mavjudligi bilan bog‗liq. Insonlar suv xavzalaridan suv yo‗llari sifatida, baliq ovlash uchun, tuz olish va boshka xo‗jalik faoliyati turlari uchun foydalanishgan. Xozirgi kunda xam suv yo‗llaridan foydalanish dunyo iqtisodiyoti rivojlanishida katta ahamiyat kasb etadi. SHu kabi dengiz transporti yiliga 3-4 mlrd. tonna yukni tashiydi bu umumiy yuk tashish xajmining 4-5 % ni tashkil etadi. XX asrning taraqqiyotdagi ajratib turuvchi jixatlaridan bir turli yo‗nalishlar bo‗yicha suv istemol qilishning tezlik bilan o‗sib borganligidir. Suv istemol qilish hajmi bo‗yicha qishloq xo‗jaligi ishlab chiqarishi birinchi o‗rinda turadi va eng yirik suv iste‘molchisi hisoblanadi. Planetaning ortib borayotgan aholisini oziq ovqat maxsulotlari bilan taminlash uchun dehqonchilikda ulkan miqdordagi suv resurslari zarur bo‗ladi. Namlik va issiqlik resurslari hamda ularning munosabati dunyoning turli tabiiy iqlim zonalarida tabiiy biologik unumdorlikni belgilaydi. Yer sharidagi sug‗orma yerlar maydoni xozirgi vaqtda 290 mln ga ni tashkil etadi. Ular dunyo qishloq xo‗jalik maxsulotining taxminan yarmini beradi. Sug‗oriladigan yerlarda dunyodagi g‗o‗za ekinining 2/3 qismi joylashgan. Zamonaviy chorvachilik ferma va komplekslarida ham suvga bo‗lgan extiyoj kattadir. Jumladan 1 kg sut etishtirish uchun 4 tn, 1 kg go‗sht uchun 25 tn suv sarflanadi. Sanoat ishlab chiqarishida xam suv sarfi ortib bormoqda. Suv kislorod, vodorod, oksidlar, azot kislatasi, spirt va ko‗plab boshqa muhim kimyoviy maxsulotlarni ishlab chiqarishda ishtirok etuvchi kimeviy reagentdir. Suv – qurilish materiallari ishlab chiqarishda zarur komponent: sement, gips, oxak va boshqalar. Sanoatda iste‘mol qilinadigan suvning asosiy qismi energiya ishlab chikarish va sovutish uchun foydalaniladi. Qayta ishlash sanoatida esa suv asosan katta mikdorda eritish, aralashtirish, tozalash va boshqa texnologik jarayonlar uchun ishlatiladi. Ishlab chiqarishning katta qismi faqat chuchuk suvlardan foydalanishga mo‗ljallangan; sanoatning eng yangi sohalariga aloxida toza suv zarur (yarim o‗tkazgichlar, atom texnikasi va boshqalar). Zamonaviy sanoat korxonalari, issiklik elektrostansiyalari, yirik daryolarning yillik oqimi bilan teng keladigan ulkan mikdordagi suv resurslari ishlatadilar. Aholi soni va shaxarlarning ortib borishi bilan kommunal maishiy extiyojlar uchun suv sarfi xam ortib boradi. Iqlim sharoitlariga bog‗liq ravishda insonning suvga bo‗lgan fiziologik extiyoji 9-10 l/sutkani tashkil etadi. Anchagina mikdorda suv xo‗jalik maishiy va sanitar extiyojlar uchun zarur. Suv taminotining markazlashgan tizimlari tomonidan taminlanadigan suvning etarli darajasidagina oqizuvchi kanalizatsiya yordamida chiqindilar va axlatlarni yo‗qotish mumkin. Xo‗jalik ichimlik suv istemoli darajasi sezilarli miqdorda suv olish kolonkalaridan suv istemol qiluvchi binolarda 30-50 l/sutkani tashkil etadi. Tabiiyki, shaxar va qishloqlardagi hayotning maishiy-kommunal sharoitlarini yaxshilanishi suv iste‘molining ortishiga olib keladi. Iqtisodiyot sohalari suv resurslarining miqdori, sifati va rejimiga turli talablar qo‗ymokda, shuning uchun suv xo‗jalik qurilishi bilan bog‗liq masalalarni, xar bir sohaning o‗ziga xosliklarini hamda yer osti va yer usti suvlari tartibini o‗zgarishida gidrotexnik inshootlar kurilishi va ularni ekspluatatsiyasi tufayli paydo bo‗ladigan va ekotizimlarni buzadigan o‗zgarishlarni xisobga olib kompleks ravishda xal etish maqsadga muvofik bo‗ladi. Suv resurslaridan kompleks ravishda foydalanish xalq xo‗jaligi sohalarining suvga bo‗lgan extiyojlarini eng ratsional tarzda qondirish, barcha suv iste‘molchilari va suv foydalanuvchilarining manfaatlarini muvofiklashtirish, suv xo‗jaligi inshootlari qurilishiga sarflanadigan xarajatlarni tejamkorlik bilan amalga oshirish imkonini beradi. Shunga bog‗liq ravishda suv resurslaridan oqilona foydalanish va ularni asrash barqaror rivojlanishning mustahkam poydevoridir. Suvga bo‗lgan eng katta talablar suv xo‗jaligi majmuasining 4 ta asosiy qatnashuvchilari hisobiga to‗g‗ri keladi: qishloq xo‗jaligi, elektr energiyasini ishlab chiqarish, sanoat va maishiy-xo‗jaligi sohalari. Suv xom ashyo olish, issiqlik jarayonlarida sovitish, tozalash, ekinlar etishtirish va turbinalarni ishga tushirishda foydalaniladigan birlamchi energiya va elektr energiyasini etkazib beruvchilar uchun bebaho ishlab chiqarish resursidir. Xozirdayoq bir mlrd. dan ortiq kishining elektr energiyasi va energiyaning boshqa toza manbalariga bo‗lgan extiyojlari to‗liq qondirilmayapdi. Aholi sonining ortishi va iqtisodiy faoliyatning kengayishi xisobiga talabning o‗sishi energiyadan foydalanishning keskin ortishiga olib kelishi kutilmokda. Suv va oziq-ovqat ishlab chiqarish o‗rtasida bevosita bog‗liqlik bor. Qishloq xo‗jaligi maxsulotlarini etishtirish va chorvachilik – suv ko‗p talab etuvchi jarayonlardir. Qishloq xo‗jaligi, kommunal xo‗jaligi va sanoat sohalari (energetikani ham hisobga olganda) oladigan umumiy suvlarning 70% qishloq xo‗jaligiga to‗g‗ri keladi. Chorvachilik maxsulotlariga nisbatan ortib borayotgan talab qisman suvga bo‗lgan talabni ham oshiradi. Bu shuningdek, suvning sifatiga xam ta‘sir qiladi. Qishloq xo‗jaligida suv resurslarini ma‘suliyat bilan boshqarish kelajakning global suv xavfsizligining muhim qismi bo‗ladi. 2050 yilga kelib jahondagi oziq-ovqatga bo‗ladigan talabning 70 % ga ortishi taxmin qilinmoqda. Ammo qishloq xo‗jaligida suvga bo‗lgan talabni bashorat qilish noaniq natija berishi mumkin va foydalanilayotgan uslub hamda taxminlarga bog‗liq bo‗ladi. Talab aholining soni, zarur bo‗lgan oziq-ovqatlar turlariga va iste‘mol xajmlariga, eng avvalo qishloq xo‗jaligining jahon miqyosidagi suv iste‘moliga (sug‗oriladigan va sug‗orilmaydigan yerlarda) bog‗liq. Qishloq xo‗jaligining ekin turlari, hosildorlik va ishlab chiqarish samaradorligi ham talab etilayotgan suv miqdoriga ta‘sir etadi. Iqlim o‗zgarishlari esa hisoblardagi noaniqlikni kuchaytiradi. Mutaxassislarning fikrlariga ko‗ra, 2050 yilga kelib qishloq xo‗jaligining jahon miqyosidagi suv iste‘moli taxminan 19 % ga ortadi. Insonning suv iste‘mol qilishi masalasiga kelsak, talabning asosiy qismi suvni asosan ichimlik va gigienik maqsadlarda foydalanuvchi shaxar aholisi hissasiga to‗g‗ri keladi. Bashoratlarga ko‗ra, shaxarlar aholisining umumiy sonining ortishi qishloq joylaridan shaharlarga migratsiya bo‗lishi xisobiga bo‗lib, 2009 yildagi 3,4 mlrd.dan 2050 yilga kelib 6,3 mlrd.gacha etadi. Xozirdanoq shahar aholisiga suv xizmatini ko‗rsatishda sur‘atdan orqada qolish kuzatilmokda va ming yillik maqsadlarini(MDGs) qabul qilgan vaqtdan keyingi davrda suv ta‘minoti tizimlaridan foydalana olmaydigan shahar aholisining soni taxminan 20% ga ortgan. Jahonning turli mamlakatlarida suv resurslaridan turli xo‗jalik maqsadlari uchun foydalanish (umumiy suv iste‘moliga nisbatan % xisobida) 1.3-jadval Suv iste‘moli guruxlari Rossiya AQSH Fransiya Finlyandiya Qishloq xo‗jaligi 22 49 51 10 Sanoat 33 41 37 80 Kommunal-maishiy 24 10 12 10 Suv resurlaridan foydalanish xarakteriga ko‗ra, suv xo‗jaligi majmuasi qatnashchilari, ya‘ni bir manbaning suv resurslaridan birgalikda foydalanuvchi xalq xo‗jaligi soxalarini suv iste‘molchilari va suvdan foydalanuvchilarga ajratiladi. Suvdan foydalanish — yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan suv resurslarini suv ob‘ektidan olmagan holda ularning miqdori hamda sifatiga ta‘sir etmagan holda o‗z ehtiyojlari uchun foydalanish. Suvdan foydalanuvchi — suv resurslarini suv ob‘ektidan olmagan hamda ularning miqdori hamda sifatiga ta‘sir etmagan holda ulardan o‗z ehtiyojlari uchun foydalanuvchi yuridik yoki jismoniy shaxs. Suv iste’moli (suvni iste’mol qilish) — yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan o‗z ehtiyojlarini qondirish uchun suv resurslaridan ularni suv ob‘ektidan belgilangan tartibda olgan, bir qismini qaytmas holda iste‘mol qilib bir qismini sifatini o‗zgartirgan holda manbaga qaytarib, ya‘ni suv resurslarini miqdori va sifatiga ta‘sir etgan holda foydalanishdir. Suv iste’molchisi — o‗z ehtiyojlarini qondirish uchun suv ob‘ektidan suv resurslarini belgilangan tartibda oluvchi va suv resurslarini miqdori va sifatiga ta‘sir etgan holda foydalanuvchi yuridik yoki jismoniy shaxs. Suv iste‘molchilari qishloq xo‗jaligi, sanoat, kommmunal-ro‗zg‗or xo‗jaligi va boshqalar misol bo‗ladi. Shunday qilib suvni iste‘mol kilishda suv uning manbalaridan olinadi, bir qismi qaytmas holda ishlab chikilayotgan maxsulot tarkibiga kiritiladi, ifloslantiriladi va bug‗lanadi. Suv iste‘mol qilish suv resurslaridan foydalanish nuktai-nazaridan qaytadigan (manbaga qaytuvchi) va qaytmaydigan suvlarga bo‗linadi. Suvdan foydalanishda esa bunga yo‗l qo‗yilmaydi. Shu asosda gidroenergetika (suvuq iqlimli sharoitlardagina), suv transporti, balikchilik (tabiiy suv havzalari sharoitida), dam olish va boshqalar suvdan foydalanuvchilarga misol bo‗ladi. Ammo gidroenergetika issik iklim va cheklangan suv resurslari sharoitida suv iste‘molchilari toifasiga kiritilishi kerak, chunki bunday sharoitlarda suv suv omborlarida to‗planadi va suvning bug‗lanishi, infiltratsiya va vakt o‗tishi bilan suvning minerallashuvi kabi oqibatlar suvning sifati va miqdoriga bo‗ladigan selilarli ta‘sirlardi. ya‘ni issik iklim va cheklangan suv resurslari sharoitida gidroenergetika ham suv resurslarining sifati va mikdoriga ta‘sir ko‗rsatadi. Hozirgi kunda iqtisodiyotning turli soxalari suv resurslariga turlicha talablar qo‗ymokda, shuning uchun suv xo‗jaligi qurilishi bilan bog‗liq murakkab masalalarni xar bir soxaning xususiyatlarini, gidrotexnik inshootlarni qurish hamda ularni ekspluatsiya qilish jarayonida sodir bo‗ladigan, oqibatda ekotizimlarga salbiy ta‘sir etadigan o‗zgarishlarni xisobga olgan xolda kompleks xal etish maqsadga muvofiqdir. Suv resurslaridan mukammal foydalanish - xalk xo‗jaligining xar bir sohasining suvga bo‗lgan talabini ratsional ravishda qondirish, suv iste‘molchilari va suvdan foydalanuvchilar manfaatlarini optimal muvofiqlashtirish, suv xo‗jaligi inshootlarini qurishga ajratiladigan mablag‗larni tejash imkonini beradi. Download 0.53 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling