Suv resurslarini boshqarish
Download 0.53 Mb. Pdf ko'rish
|
6SJkQAEGBC3nFYbfLmSw3ChZG07Hb5oCBb96fBVU
Orol dengizi havzasining suv resurslari (o‘rtacha yillik oqim km 3 /yil) 1.4-jadval Mamlakat Daryo havzasi, km 3 Orol dengizi havzasi jami Sirdaryo Amudaryo km 3 % Qozog‗iston 2,516 — 2,516 2,2 Qirg‗iziston 27,542 1,654 29,196 25,2 Tojikiston 1,005 58,732 59,737 51,5 Turkmaniston — 1,405 1,405 1,2 O‗zbekiston 5,562 6,791 12,353 10,6 Afgoniston va Eron — 10,814 10,814 9,3 Orol dengizi havzasi bo‗yicha jami 36,625 79,396 116,021 100 Ikki daryo bo‗ylab joylashgan yirik va ko‗p sonli suv olish inshoatlari muntazam ravishda oqim xajmini va Orol dengiziga uning quyilishini qisqartiradi. Daryo oqimi kamaydi, kolgan suv resurslarining sifati esa drenaj tizimlariga yuvilib chiqadigan va daryo suvi bilan qo‗shilib ketadigan agroximikatlar qoldiqlari va sug‗oriladigan maaydonlardan chiqadigan sho‗rlangan va ifloslangan suvlarning chiqishi oqibatida keskin yomonlashdi. Tuzlar va agroximik qoldiqlardan iborat bo‗lgan qishloq xo‗jaligidan chiquvchi tarqalma (nuqtali bo‗lmagan) ifloslantiruvchi moddalardan tashkari sanoat va kommunal-ro‗zg‗or sohasidan chiqariladigan oqava suvlarning ta‘siri katta bo‗lmoqda. Daryo suvi sifatida salbiy tendensiyalar kuzatilmokda. Suvning minerallashuv darajasi daryo uzunligi bo‗ylab, ayniqsa daryoning o‗rta va quyi oqimlari xududlarida ortmokda. XX-asrning 60 yillari so‗ngida suvning minerallashganligi hatto quyi oqimda xududlarida ham 1,0 g/l dan ortmagan. Xozirgi vaktda suvning mineralashganligi daryoning yuqori oqimi hududlarida 0,3-0,5 g/l bo‗lgani holda, daryoning quyi oqimi xududlarida 1,7- 2,0 g/l gacha etmoqda. Suvning minerallashganlik darajasi bo‗yicha eng yukori ko‗rsatkichlar yuqori oqim hududlarida mart va aprel oylarida hamda quyi oqim hududlarida aprel oyining oxirida kuzatiladi. Bunda sug‗oriladigan maydonlardagi shur yuvish ishlari ta‘siri judda katta bo‗ladi. Suvning minerallashganlik darajasidan (g/l) tashkari uning kimyoviy tarkibi xam daryo suvining sug‗orish uchun yaroqliligini belgilab beruvchi asosiy omillardan hisoblanadi. Ishqorlilikning rivojlanishi xavfini aniklash uchun mg/l 1/2 da ifodalanadigan natriyni yutish omili qo‗llaniladi (NYUO). Mavjud ma‘lumotlari taxlili shuni ko‗rsatiki NYUO ko‗p gidropostlarda odatda 0,5-7 mg/l 1/2 chegarasida o‗zgaradi. Bu ko‗rsatkichlar umuman suv sug‗orish uchun yarokli ekanini bildiradi. Aytish kerakki oxirgi bir necha yil ichida daryo suvining sifati okava suvlar chikarish qisqargani xisobiga bir oz stabillashdi. Mustakillik yillarida davlatlar o‗rtasida suv taksimotining qat‘iy limitlanishi amalga oshirildi va ekologik jihatlarga ko‗proq e‘tibor qaratildi. Bu suv sifatining biroz yaxshilanishiga olib keldi. Rasmdan ko‗rinib turibdiki, Amudaryoning quyi oqimi hududida suv minerallashishi bir muncha kamaygan. 1.1-rasm. Amudaryo bo‗yicha suvning minerallashuvi o‗zgarishlari dinamikasi Markaziy Osiyoning tog‗li hududlarida va jarliklarida tabiiy xosil bo‗lgan ko‗llar ko‗p. Tog‗ ko‗llari turli genetik turlarga taaluklidir. Yirik ko‗llarning ko‗pchiligi kelib chiqishi tektonik bo‗lgan chukurliklarni egallagan. (Issk-Ko‗l, Cheter-Kel, Qorako‗l, Sarichelak va b.). Shunday ko‗llardan Pomirdagi Yashinko‗l va Sarez ko‗li mavjud. Ko‗p sonli ko‗llarning kelib chiqishi muzliklar bilan bog‗liq. Eng yirik ko‗llardan biri Sharqiy Pomirda 4125 metr balandlikda joylashgan Zorkul ko‗lidir. Bundan tashqari karstli ko‗llar xam mavjud. Ko‗llardagi suv odatda chuchuk yoki oqim sifatiga bog‗liq ravishda biroz sho‗r bo‗ladi. Ko‗llar tartibi ularni to‗laroq o‗rganish uchun tadkikotlarni talab etadi. Pastliklardagi ko‗llarning ko‗pchiligi o‗z kelib chiqishiga ko‗ra arid iqlim sharoitlarida daryolarning erozion – akkumulyativ faoliyati bilan bog‗liqdir. Odatda ular kichik, qirg‗oqlari past, qamishlar o‗sib ketgan va ko‗pincha sho‗rxok tuproq va qum bilan o‗ralgan. Yog‗inlar etarli miqdorda bo‗lganda bu ko‗llarning ko‗pi oqayotgan suvning yaxlit liniyasiga aylanar edi, chunki ular xozirda qurib qolgan daryo o‗zanlariga yondoshgan. Pastlikdagi ko‗llar shur yoki chuchuk bo‗ladi. Tog‗li huddular va pastlikdagi ko‗llarning chuchuk suv zaxirasi 60 km 3 deb belgilangan. Oqmas tovoqsoylarga drenaj suvlari chikarilishi tufayli antropogen ko‗llar ko‗paydi. Ularning katta qismi kichik bunday turdagi ko‗llarning eng kattalari Sariqamish (Amudaryoning quyi okimida) Arnasoy (Sirdaryoning o‗rta oqimida). Chordaryo suv ombori (Uzbekiston va Kozogiston chegaralarida)dan pastda, ya‘ni Sirdaryo o‗zaninnig suv o‗tkazish qobiliyati pastligi tufayli ser suv yillarda yoki qishki mavsumda suvning ortikcha xajmlari Arnasoy kuliga chikarilgan. So‗nggi bir necha yil mobaynida bu tajriba Norin- Sirdaryo gidroenergetik kaskadidan energetik suv chiqarishlar oqibatida qish davrida xam odatiy bo‗lib qolgan edi. Antropogen xosil bo‗lgan ko‗llardagi suv xajmi 40 km 3 deb baxolangan. Ammo bu suvdardan foydalanish uchun ularni tortib chikarish kerak. Bundan tashkari ko‗llardagi suv o‗uta minerallashgan. Kelajakda bu suvdan baliqchilik va bioxilma-xillini saklash maqsadlarida foydalanish mumkin. O‗zbekiston Respublikasida qator avlodlar xarakati bilan xalq xo‗jaligining barcha soxalariga suv etkazib berishni ta‘minlash imkonini beruvchi kuchli suv xo‗jaligi tizimi yaratilgan va ishlamokda. Suv xo‗jaligi tizimi quyidagilarni o‗z ichiga oladi: -ilmiy tadqiqot va oliy ta‘lim muassasalari; -loyixalash izlanish institutlari; -buyutmachi xizmati; -kurilish va maxsus montaj bo‗linmalari ; -sanoat va industriya; -avtotransport xizmati; -eksplatatsion blok. Barcha bloklarning har biri o‗zining belgilangan vazifasini bajaradi, va shunga qaramay respublika uchun zarur bo‗lgan quyidagi ikkita muhim vazifani bajaruvchi yaxlit suv xo‗jaligi kompleksini tashkil etadi: -suv resurslarini boshkarish; -sug‗oriladigan yerlarning meliorativ xolatini ta‘minlash. O‗zbekistonda suvni etkazib berish 4235 ta suv foydalanuvchilarga, shu jumladan 2739 ta qishloq xo‗jalik korxonalari va 1496 ta qishloq xo‗jaligiga oid bo‗lmagan (komunal xo‗jalik, energetika, va boshqa ob‘ektlar) korxonalar uchun amalga oshiriladi. Sug‗oriladigan yerlar meliorativ xolatini ta‘minlash bo‗yicha ishlar 4270 ga maydonda amalga oshiriladi. Etkazib beriladigan suv resurslarining umumiy xajmidan 87% qishloq xo‗jaligi, 3,8% energetika, 3% sanoat, 4,2% kommunal xo‗jalik va 2% boshqa maqsadlarga sarflanadi. Suv resurslari va ulardan foydalanishni boshqarish va nazorat qilish faoliyati Qishloq va suv xo‗jaligi vazirligi markaziy apparati, respublika maxsus birlashmalari, qishloq va suv xo‗jaligining viloyat va tuman boshqarmalari, viloyatlararo va tumanlararo kanallar boshqarmalaridan tashkil topgan tarmoklangan davlat xizmati tomonidan amalgan oshirildi. Umuman bu vazifalar ma‘muriy – hududiy, havzaviy va tizimli tamoyillar bo‗yicha amalga oshiriladi. Download 0.53 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling