Suv resurslarini boshqarish


 Suv resurslarini barqaror boshqarish – mintaqaviy va suv xo‘jaligi


Download 0.53 Mb.
Pdf ko'rish
bet16/18
Sana06.05.2023
Hajmi0.53 Mb.
#1436322
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   18
Bog'liq
6SJkQAEGBC3nFYbfLmSw3ChZG07Hb5oCBb96fBVU

 1.5 Suv resurslarini barqaror boshqarish – mintaqaviy va suv xo‘jaligi 
muammolarini barqaror hal qilishning asosi 


Orol dengizi mintaqadagi yangilanib turuvchi suv resurslari yer usti va yer 
osti suvlaridan tashkil topgan, shuningdek ular antropogen foydalanishdan qaytgan 
suvlar (oqava va drenaj suvlari) hisobiga to‗yinadi. Orol dengizi havzasida 2 ta 
yirik daryo xavzasi mavjud: shimolda Sirdaryo va janubda Amudaryo. Bu asosiy 
daryolar o‗rtasida Zarafshon daryosi ham mavjud bo‗lib, u Amudaryoning sobiq 
irmog‗idir. 
Mintaqaning o‗ziga xos xususiyatlaridan biri, uning xududining uchta zona 
bo‗linishi xisoblanadi: 
a) oqimning shakllanishi zonasi (tog‗li hududlarda oqimning shakllanishi 
zonasi); 
b) tranzit va okimni tarqalish zonasi; 
v) delta zonalari. 
Odatda oqim shakllanishi zonasida jiddiy antropogen o‗zgarishlar 
kuzatilmaydi, ammo shu zona chegarasida yirik tug‗onlar va suv omborlari 
qurilishi tufayli daryo quyi oqimlari hududlarida oqim tartibi keskin o‗zgaradi.
Tranzit va oqimni tarqatish zonasida butun gidrologik sikl va oqim, daryolar va 
xudud o‗rtasidagi o‗zaro ta‘sirlar natijasida o‗zgaradi. Bu o‗zaro ta‘sir 
sug‗oriladigan maydonlar uchun daryolardan suv olish va qaytarilayotgan oqava 
suvlarni, ularning tarkibidagi tuzlar bilan hamda qishloq xo‗jaligida foydalanilgan 
kimyoviy moddalarning daryolarga tashlanishi bilan tavsiflanadi. 
Sirdaryo suvliligi buyicha Markaziy Osiyoda ikkinchi va uzunligi bo‗yicha 
birinchi o‗rinda turadi. Norin daryosining uzunligi 3019 km, xavzasining maydoni 
esa 219 ming km
2
ni tashkil etadi. Sirdaryoning boshlanish joyi markaziy Tyan-
shanda joylashgan. Norin va Qoradaryo daryolari qo‗shilganidan keyin Sirdaryo 
deb ataladi. Daryoning suvlari muzliklar va qorlar yerishi hisobiga shakllanadi
ammo oqimning ko‗proq qismi qorlar hissasiga to‗g‗ri keladi. Suv tartibi uchun 
aprelda boshlanadigan baxor-yozgi suv toshqini xarakterlidir. Daryoning eng katta 
oqimi iyun oyiga to‗g‗ri keladi. Sirdaryoning 75,2% oqimi Qirg‗iziston 
respublikasida shakllanadi. Sirdaryo O‗zbekiston va Tojikiston hududini kesib 
o‗tadi va Orol dengiziga Qozog‗iston xududida quyiladi. Sirdaryoning 15,2 % ga 
yaqkin oqimi O‗zbekiston hududida, 6,9 % Qozog‗istonda va 2,7% Tojikistonda 
shakllanadi.


Amudaryo Markaziy Osiyoning eng yirik daryosidir. Uning uzunligi Panj 
daryosi boshlangan yerdan 2540km, xavzasining maydoni esa 309 ming km

ni 
tashkil etadi. Panj va Vaxsh daryolarining qo‗shilgan yeridan boshlab daryo 
Amudaryo deb ataladi. O‗rta oqim zonasida Amudaryoga uchta yirik o‗ng sohil 
irmoqlari (Kofirnigon, Surxandaryo va Sherabod) va bitta chap sohil irmog‗i 
(Kunduz) quyiladi. Undan keyin Orol dengizigacha bo‗lgan uzunlikda daryoga 
boshqa bitta ham irmoq quyilmaydi. Daryo suvlari asosan yerigan qor va muz 
suvlari bo‗lib, daryoning maksimal suv sarfi yozda, eng kam suv sarfi esa esa 
yanvar –fevral oylarida kuzatiladi. Oqimning yil ichida bunday tarqalishi daryo 
suvlarining irrigatsiya maqsadlarida ishlatilishi uchun o‗ta qulay sharoit yaratadi. 
Tekislik bo‗ylab oqqanda, Kerkidan Nukusgacha bo‗lgan masofada Amudaryo o‗z 
oqimining katta qismini bug‗lanish, infiltratsiya va sug‗orishga sarflaydi. Loyqaligi 
bo‗yicha Amudaryo Markaziy Osiyoda birinchi o‗rinda va dunyoda oldingi 
o‗rinlarning biridadir. Amudaryoning asosiy oqimi (taxminan 74%) Tojikiston 
xududida shakllanadi. SHuningdek daryo Afgoniston va O‗zbekiston chegarasi 
bo‗ylab oqib o‗tadi, Turkmanistonni kesib o‗tadi va yana O‗zbekistonga qaytib 
Orol dengiziga quyiladi. Amudaryo oqimining 13,9%i Afgoniston va Eron 
xududida, 8,5 % esa O‗zbekistonda shakllanadi .
Orol dengizi havzasidagi barcha daryolarning umumiy o‗rtacha ko‗p yillik 
oqimi 116km
3
ni tashkil etadi. Bu oqimdan 79,4 km
3
Amudaryo va 36,6 km

Sirdaryo hissasiga to‗g‗ri keladi. Oqimning extimoliy taqsimotiga muvofiq 5% li 
ta‘minlaganlik (sersuv yil) va 95% li ta‘minlanganlik (qurg‗oqchil yil) yillarida 
yillik oqim miqdori Amudaryo uchun mos ravishda 109,9 va 58,6 km
3
ni hamda 
Sirdaryo uchun 51,1 va 23,6 km
3
ni tashkil etadi.


Download 0.53 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   18




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling