Suv resurslarini muhofaza qilish va oqilona foydalanish, suv resurlarini tejash samarali foydalanish


Download 11.37 Kb.
Sana21.01.2023
Hajmi11.37 Kb.
#1105483
Bog'liq
Turdiyeva Hilola


O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O’RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI TOSHKENT VILOYATI CHIRCHIQ DAVLAT PEDAGOGIKA INSTITUTI “Suv resurslarini muhofaza qilish va oqilona foydalanish, suv resurlarini tejash samarali foydalanish” Mavzusidagi ilmiy-amaliy, nazariy semenar-konferensiya 22-mart Butun jahon suv resurslari kuniga bag’ishlanadi.
Turdiyeva Hilola “Kimyo” yo’nalishi 1-bosqich talabasi
Komilov Qamariddin O’rinovich, ilmiy rahbar, dotsent Toshkent viloyati Chirchiq davlat pedagogika instituti

Suv! Suv, sening ta’ming ham, hiding ham, ranging ham yo’q, seni nimaligini bilmasdan, sendan zavq, shavq va orom olinadi. Seni hayot uchun kerak deb bo’lmaydi- sening o’zing hayot-dursan! Sen bizni sezgilarimiz bilan tushuntirib bo’lmaydigan xursandchilik bilan to’ldirib toshdirasan. Sen bu yorug‘ dunyodagi eng katta boylikdirsan...


Antan dye Sent-Ekzyupern

Suv yer sharida eng keng tarqalgan moddadir. Yer shari yuzasining qariyb ¾ qismi suv bilan qoplangan (Ummonlar,dengizlar,ko’llar va muzliklar) va u 1,4*1018 t. atrofida bo’lib, bundan ichimlik suvi, (daryo va ko’llar) bor yo’g’I 2*1015t. ni tashkil etadi. Gidrosfera- bu ummmonlar, dengizlar, ko’llar, daryorlar, botqoqlik, va yer osti suvlarining yig’indisidir, ya’ni yerning suvli qatlamining iboratdir. Zaminimiz atmosferasida ham katta qism suv mavjuddir. Shuning qilib aytish mumkinki, bizning planetamiz suvga shimdirilgan va suv bug’lari bilan o’ralgandir.


Atmosfera havosining isishi tufayli Arktika va tog’lardagi muzliklarning 40 foizdan ortig’I erib ketdi, Afrikadagi Klimanjaro tog’i muzliklari erib tugagan, Antarktidadagi muzliklardan aysberglar hosil bo’lib, ocean suvlariga erib ketmoqda. Deyarli har yili Yevropaning ko’p mamalakatlarida, Rossiyaning ko’p viloyatlarida suv toshqinlari sodir bo’lmoqda. Atmosfera havosining isishi davom etaversa XXI asrda dunyo okeani sathi 1-5 metrgacha ko’tariladi, quruqlikning salmoqli qismini suv bosishiga olib keladi.
O’zbekistonlik mutaxasislarning hisob-kitobiga ko’ra, atmosfera havosining isishi davom etaversa 2000-2030 yillarda Respublikadagi suv resurslari 15-25% kamayadi; atmosfera havosi isiganda suvni parlanishi kuchayib, ekinlar rivojlanish davrida ko’p marta sugorishni talab qiladi. Ekinlarga suv yetishmasligidan hosildorlik kamayadi.
Birlashgan Millatlar Tashkiloti va Jahon Bankining ma’lumotlariga ko’ra hozirgi kunda yer shari aholisining 40% joylashgan 80 ta mamlakatda ichimlik suvining tanqisligi sezilmoqda. Ayniqsa 1 mlrd aholini qamrab olgan rivojlanayotgan mamlakatlarga kishilar toza ichimlik suvi yetishmasligidan jiddiy qiynalmoqdalar. Bu mamlakatlarda yetarlicha tozalanmagan suvni iste’mol qilish oqibatida turli kasallikaga chalinib, har yili taxminan 10 mln kishi hayotdan ko’z yumadi.
Bunday tashvishli signallar jahon jamoatchiligini hushyorlikka undaydi, kishilar tasavvurida “Bitmas-tuganmas” bo’lib ko’rinadigan chuchuk suv zaxiralarining hisob-kitobi borligidan, ularni isrof qilish va ifloslash global masshtabga suv tanqisligini keltirib chiqarishi mumkinligidan ogoh qiladi.
Chuchuk suv tanqisligining asosiy sababi qishloq xo’jaligida, sanoat va turmushda suv sarfining o’sib borayotganligidangina emas, balkim shu bilan bir vaqtda ochiq suv havzalariga tashlanayotgan sanoat va turmush oqava suvlari miqdorining tobora ko’payib borayotganligidandir, ya’ni suvlarning ko’p ifloslanayotganligidandir.
Suvning ifloslanish darajasi ayniqsa rivojlangan kapitalistik malakatlarda yuqori bo’lib, ba’zi joylarda suvlarni tozalash masalasi chinakam “milliy masala”ga aylanib bormoqda. Germaniyada oqava suvlarning yarmidan ko’pi, AQSH da esa uchdan bir qismi to’liq tozalanmay daryo va ko’llarga quyiladi. Yaponiya, Angliya, Gollandiya, Belgiya, va Fransiyaning ko’pgina rayonlarida, shuningdek Skandinaviya mamlakatlarida ham daryo va ko’llar suvi yuqori darajada ifloslangan. Eng iflos daryolardan biri Yevropanig yirik suv arteriyasi hisoblangan Reyn daryosidir.
Keyingi yillarda ko’llar suvida antropogen evtrofikatsiya hodisasi tarqalmoqda. Bu hodisaning mohiyati shundaki, bunda kundalik turmushdan chiqqan oqava suvlardagi biogen moddalar, ayniqsa azot va fosfor birikmalari kam harakat ko’l suvlariga tushib to’planadi va undagi gidrokimyoviy hamda gidrobiologik rejimni buzadi. Oqibatda suv tarkibidagi ko’k-yashil suv o’tlari ko’payib, kislorod kamayib boradi.
Insoniyat oldida turgan ko’pdan-ko’p vazifalar orasida suv resurlaridan toza saqlash va ulardan oqilona foydalanish alohida o’rin tutadi. Shu masalani xal qilishga bo’lgan urinishlar soni yildan-yilga oshmoqda. Ammo shunga qaramay suv bilan bog’liq muammolar ham ko’payib bormoqda.
Download 11.37 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling