Suv resurslarining roli va ulardan halq xo’jaligida kompleks foydalanish


Download 411.62 Kb.
bet1/7
Sana17.06.2023
Hajmi411.62 Kb.
#1548966
  1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
kurs ishi


Mundarija
I. Kirish.
II. Asosiy qism.

  1. Suv resurslarining roli va ulardan halq xo’jaligida kompleks foydalanish.

  2. Qishloq xo’jaligida suv resurslaridan foydalanishning iqtisodiy samaradorligi.

  3. Suv resurslaridan foydalanish va ularni muhofaza qilish samaradorligini oshirish tadbirlari.

  4. Suv resurslaridan foydalanish samaradorligi.

  5. Rivojlangan mamlakatlarda qo’llanilayotgan ilg’or texnologiyalar va O’zbekistondagi ilg’orlar tajribalari.

III. Xulosa.
IV. Foydalanilgan adabiyotlar.
V. Internet saytlar.

Kirish
Qishloq va suv xo’jaligini bozor munosabatlariga o’tkazish va ularning iqtisodiyotini talab va taklif qonunlarining amal qilishi asosida rivojlantirish, ko’p jihatdan kadrlar tayyorlashning muvaffaqiyatli hal etilishiga bog’liq. Bu muammolarni hal etishda suv xo’jaligi iqtisodiyoti fanini talabalar tamonidan chuqur o’rganishi muhim ahamiyat kasb etadi. Mazkur


fanni o’qitish jarayonida talabalarga qishloq va suv xo’jaligini rivojlantirish, ularni bosqichma–bosqich bozor munosabatlariga o’tkazish, ishlab chiqarish faoliyatining biznes rejasini tuzish,
loyiha smeta xujjatlarini tuzish, meliorativ tadbirlar o’tkazish, ularning iqtisodiy samaradorligini ko’rsatuvchi iqtisodiy ko’rsatkichlarni hisoblash va boshqa dolzarb muammolarni o’rgatadi. Suv xo’jaligi iqtisodiyoti fani bo’lajak mutaxassislarning professional faoliyatida zarur bo’ladigan tegishli bilim, ko’nikma va malakalarni shakllantiradi.
Mazkur fan talabalarga belgilangan bilimlarni beradi, ularning ijodiy faolliyati va qobiliyatlarini rivojlantiradi, iqtisodiy qonunlarni, printsiplarni, texnika va texnologiyalarni mukammal o’rganib olish uchun zarur bilimlar bilan qurollantiradi. Mazkur fanni o’rganish uchun «iqtisodiy nazariya asoslari», qishloq xo’jaligi melioratsiyasi, sug’orish tizimlaridan foydalanish, Yer va Suv resurslaridan kompleks foydalanish, qishloq xo’jalik iqtisodi, statistika, tarmoqni boshqarish, buxgalteriya hisobi va moliyalashtirish fanlarini ham o’rganish zarur. O’quv jarayonini tashkil qilishda kompyuter yordamida tarmoqda mahsulot ishlab chiqarish va uning samaradorligini aniqlash bo’yicha hisob kitoblar bajariladi. Bundan tashqari o’quv jarayonida mavzular bo’yicha maxsus jadvallar va plakatlardan, o’quv videofilm va kinofilmlardan foydalaniladi.
Mazkur kurs ishida suv xo’jaligi iqtisodiyoti fanining ahamiyati, maqsadi, vazifalari, yer va suv resurslarning joylashishi, ulardan foydalanishining hozirgi kundagi ahvoli, ulardan foydalanishni yaxshilash yo’llari yoritilgan.
Suv xo’jaligi iqtisodiyoti fanining predmeti bo’lib, ushbu tarmoqni rivojlantirish bo’yicha olib boriladigan maqsadga muvofiq tadbirlar va uning rivojlanishida ishtirok etadigan iqtisodiy qonuniyatlar hisoblanadi, fanning mazmuni esa uning oldiga qo’yilgan, yechilishi lozim bo’lgan aniq vazifalardan iboratdir.
Suv xo’jaligida loyhalashtirish ishlari muhim masala hisoblanadi. Shundan kelib chiqib tarmoqda quriladigan ob’ektlarni loyhalashtirishning iqtisodiy asoslari bayon qilingan.
Bundan tashqari suv xo’jalik tizimlaridan foydalanish samaradorligini oshirish yo’llari, tarmoq uchun kadrlar tayyorlash muammolari, mehnat resurslari, ulardan foydalanishning hozirgi kundagi holati, mehnatga haq to’lash va moddiy rag’batlantirishni yaxshi yo’lga qo’yish, tarmoqning asosiy va aylanma fondlaridan foydalanish samaradorligini oshirish, mahsulot ishlab chiqarish xarajatlarini, uning tannarxini pasaytirish tarmoqda olinadigan foydani va
xo’jaliklarning rentabellik darajasini oshirish, xo’jaliklarni bosqichma-bosqich bozor munosabatlariga o’tkazish, kichik va o’rta biznesni rivojlantirish masalalari, kapital qo’yilmalarning samaradorligini aniqlash uslublari va uni oshirish yo’llari o’z aksini topgan.



Download 411.62 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling