Suv resurslarining roli va ulardan halq xo’jaligida kompleks foydalanish
Suv resurslaridan foydalanish va ularni muhofaza qilish samaradorligini oshirish tadbirlari
Download 411.62 Kb.
|
kurs ishi
3. Suv resurslaridan foydalanish va ularni muhofaza qilish samaradorligini oshirish tadbirlari
Bozor iqtisodiyotiga o’tish davrida tabiiy resurslardan va xususan suv resurslaridan oqilona foydalanish hamda ularni muhofaza qilishga katta ahamiyat berilmoqda. Suvni muhofaza qilish choralari noto’g’ri harakatlar yoki tadbirlarni to’xtatishgagina emas, balki asosan suv resurslari ifloslanishi va tugab qolishi oldini olishga qaratilgandir. Hovuzlardagi turli xil ingrediyentlarning yo’l qo’yiladigan yig’indilari me’yorlari mavjud. Ular suvdan xo’jalik va maishiy ehtiyojlar uchun kishilar sog’lig’iga zarar yetkazmay foydalanishga qaratilgan. Halq xo’jaligi iqtisodiyotining tez o’sishi va shahar qurilishining rivojlanishi bilan suvga ehtiyoj ko’payadi. Bu esa suvdan oqilona foydalanish va uni muxofaza qilishning ahamiyatini oshiradi. Sanoatning rivojlanishi, qishloq xo’jaligining industrial negizga o’tkazilishi va kommunal–maishiy xo’jalikning o’sishi ishlatilgan suvlar hajmi ko’payishiga olib keladi. Ishlatilgan suvlarni ajratish suv muhitini ifloslanishining asosiy sababidir. Xovuzlar kislorod mintaqasini ancha yomonlashtiradigan ko’k-yashil suv o’tlarining rivojlanishi natijasida suv omborlaridagi suvlar sifati yomonlashmoqda. Daryolarga iliq suvlarni oqizish va qishloq xo’jalik yerlari o’g’itlari qoldiqlarini tashlash, ko’k-yashil suv o’tlari o’sishi sabablaridan biridir. Qishloq xo’jaligini ximizatsiyalash suv manbalarining zaharli ximikat va o’g’itlar bilan bevosita ifloslanishga olib keladi. Bu ximikat va o’g’itlar daryolarga tuproq yer osti va sug’orish tizimlarining drenaj suvlari bilan birga tushadi. Bu narsa sug’orma sholikorlik tizimlarida ko’proq uchraydi. Xovuzlarning oqova suvlar bilan ifloslanishi halq xo’jaligiga katta zarar keltiradi. Xukumatimiz suv resurslari muhofazasi bo’yicha bir qancha choralar belgilaganlar. 1996 yilda Vazirlar Mahkamasi «mamlakat suv resurslaridan foydalanishni tartibga solish va ular muhofazasini kuchaytirish choralari to’g’risida» qaror qabul qildi. 1997 yilda Suv muammolari instituti tuziladi. 1996 yilda O’zbekiston Oliy Majlisi suv to’g’risidagi qonunni tasdiqladi. Davlat bu qonun bilan suv resurslari umum halq boyligi va ulardan oqilona foydalanish hamda ularni ifloslanishdan muhofaza qilish–davlat ahamiyatiga ega ish ekanligini yana bir bor tasdiqladi. Qonunda aholining xo’jalikning–ichish ehtiyojlari birinchi galda qondirilishi printsipi ta’kidlangan. Bu har qanday xo’jalik faoliyati axolini toza suv bilan me’yor ta’minlashga to’siq bo’lmasligi kerakligini bildirdi. Suv to’g’risidagi qonunlar asoslarida markaziy muammolardan biri bo’lgan suv resurslari muhofazasi juda muhim o’rin tutadi. Xovuzlar ifloslanishi oldini oladigan tozalash inshootlariga ega bo’lmagan ishlab chiqarish ob’ektlarini ishga tushirish qonun yo’li bilan ta’qiqlanadi. Qishloq va suv xo’jaligi vazirligi suvlardan foydalanish va ularni muhofaza qilishni tartibga solib turuvchi davlat organi hisoblanadi. Vazirlikning suvlardan foydalanish va ularni muhofaza qilish masalalari yuzasidan beradigan ko’rsatmalari idoraviy tobeliklaridan qat’iy nazar barcha korxona, tashkilot hamda muassasalar uchun majburiydir. Suvlarni tartibga solish va muhofaza qilishni nazorat qilish uchun Vazirlar Mahkamasi qoshida davlat suv nazorat inspektsiyasi tuzilgan. Ular faoliyati mintaqasiga havzalarga yaqin iqtisodiy rayonlar bilan birga bir yoki bir nechta daryoning havzasi kiradi. Masalan Amudaryoni boshqarish boshqarmasi va Sirdaryoni boshqarish boshqarmasi hamda Qoraqalpog’iston va viloyatlar inspektsiyasi. Suv manbalarini ifloslanishdan muhofaza qilish muammosi hozirgi vaqtda uch yo’nalishda hal qilinmoqda. Birinchidan, suvlarni tozalash ishlari qo’llamini kengaytirish ishlari olib borilmoqda. Buning uchun tozalash va boshqa suv muhofazasi inshootlarini qurish sur’atlarining tozalanmagan oqova suvlar tashlab yuborilishi o’sishining sur’atlaridan orkada qolishiga barxam berish kerak. Ikkinchidan, oqova suvlardan sug’orma dehqonchilikda foydalanish kengayib bormoqda. Shaharlar maishiy oqova suvlaridan foydalanish uchun sug’orishning dehqonchilik maydonlari deb atalgan maxsus sug’orish tizimlari qurilmoqda, tuproq va o’stiriladigan ekinlar yordamida oqova suvlarning tabiiy bioximik to’la tozalanishi sodir bo’ladi. Bunday dalalarda sanitariya gigiyena muxofazalariga ko’ra asosan texnika va ozuqa ekinlari o’stiriladi. Oqova suvlari bilan sug’orishning muayyan maqulligi bor. Bunda tuproq oqova suvlarni tozalabgina qolmay, balki hosildorlikni ham oshiradi. Tuproqqa nam bilan birga zarur ozuqa moddalari–azot, fosfor, kaliy va mikromoddalar kiradi. Bu moddalar oqova suvlarda yetarli miqdorda hamda o’simliklar uchun qulay shaklda mavjuddir. Bu narsa qishloq xo’jalik ekinlaridan yuqori va barqaror hosil olinishini ta’minlaydi. Kelajakda oqova suvlar bilan sug’oriladigan maydonlarni yirik shaharlar va sanoat markazlari atrofida ko’paytirish mo’ljallanmoqda. Bu chuchuk suvlarni tejashning qo’shimcha manbai, suv havzalari ifloslanishiga qarshi ishonchli kurash vositasi va qishloq xo’jalik mahsuloti ishlab chiqarishni ko’paytirishning muhim omili xizmatini o’taydi. Uchinchidan, sanoat korxonalarida suvdan yopiq sikl bo’yicha qayta-qayta foydalanishga qaratilgan texnologik jarayonlar mutasil takomillashtirilmoqda. Ishlab chiqarishga suv bilan ta’minlashning yopiq tizimlarini joriy qilishga sanoatning ximiya, metallurgiya neftni qayta ishlash va boshqa tarmoqlarida katta ahamiyat berilmoqda. Suv ta’minotining yopiq jarayonlariga o’tish suv resurslaridan oqilona foydalanish va ularni muhofaza qilish muammosini ancha to’liq hal etish imkonini beradi. Suv resurslarini ifloslanish va tugab qolishdan saqlash ulardan halq xo’jaligining barcha tarmoqlarida oqilona foydalanish kompleks dasturining tarkibiy qismidir. Download 411.62 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling