10-mavzu. Korxonaning mujassamlashgan menejment tizimi. Reja


Download 0.63 Mb.
Pdf ko'rish
bet1/4
Sana18.06.2023
Hajmi0.63 Mb.
#1557143
  1   2   3   4
Bog'liq
10-MAVZU. KORXONANING MUJASSAMLASHGAN MENEJMENT TIZIMI.



10-MAVZU. KORXONANING MUJASSAMLASHGAN MENEJMENT 
TIZIMI. 
Reja: 
10.1. ISO 9001 «SIFAT MENEJMENTI TIZIMI». 
10.2. ISO 14001 «EKOLOGIK MENEJMENT TIZIMI». 
10.3. OHSAS 18001 «MEHNAT MUHOFAZASINI TA’MINLASH VA 
SALOMATLIKNI SAQLASH MENEJMENT TIZIMI».
 
Korxonaning mujassamlashgan menejment tizimiga quyidagi kiradi: 
1. Ishlab chiqarishni boshqarish. 
2. Hodimlarni boshqarish. 
3. Moliyaviy menejment. 
4. Ekologik menejment tizimi. 
5. Sifat menejmenti tizimi. 
6. Mehnat muhofazasini ta’minlash va salomatlikni saqlash menejment tizimi. 
1. ISO 9001: 2008
«Sifat menejmenti tizimi» 
2. ISO 14001: 2004
«Ekologik menejment tizimi» 
3. OHSAS 18001: 2007
«Mexnat muxofazasini ta’minlash va
salomatlikni saklash menejment tizimi» 
 
10.1. ISO 9001: 2008 «SIFAT MENEJMENTI TIZIMI» 
ISOni faoliyat turi va mulkchilik shaklidan kathiy nazar barcha korxona, tashkilot 
va muassasalarda qo`llash mumkin. ISO standarti mahsulot, jarayonlar va tizim sifatini 
yaxshilash, harajatlarni kamaytirish hamda korxonani yanada takomillashtirish uchun 
kerak. ISO stanlartining ustunlik tarafi shundaki, sifat xarajatlari kamayadi
rakobatdoshlik ortadi, istehmolchi ishonchi ortadi hamda daromad ortadi. 
Standartlashtirish bo`yicha xalqaro tashkilot
14 oktyabrg’ 1946 yili tashkil 
topgan, ISO 1947 yilda ISO nizomi tasdiqlangach rasmiy ravishda ish boshladi. ISO 
grekcha so`zdan olingan bo`lib, «TENG» degan ma’noni bildiradi. Xalqaro tovar 
ayriboshlash va o`zaro yordamni osonlashtirish xamda intelektual, ilmiy, texnik va 
iktisodiy faoliyatda hamkorlikni kengaytirish uchun standartlashtirishni dunyo 
miqyosida 
rivojlanishiga 
ta’sir 
ko`rsatish 
tashkilotning 
maqsadi 
hisoblanadi. Standartlashtirish bo`yicha milliy organlar ISO ahzolari bo`lib 
hisoblanadi. ISOning qonuniy organi bo`lib barcha milliy tashkilotlar vakillarining 
umumiy yig’ilishlari hisoblanadi. Bu yig’ilish "Bosh Assambleya" deb nomlanadi va 
ISO faoliyatidagi muxim masalalarni yechadi va uning siyosatini aniqlaydi. Tashkilot 
boshida prezident turadi. U har 3 yilda qayta saylanadi. Tashkilotning amaliy ishlarini 
shu tashkilotning kengashi olib boradi. "Xalkaro standartlarni yaratish bo`yicha" 



"ISO"ning ishchi organi bo`lib, texnik komitetlar va ishchi guruhlar hisoblanadi. 
Ushbu tashkilot asosan ingliz, frantsuz va rus tillarida ish olib boradilar.

Download 0.63 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling